Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: Strabonning "Geografiya" asaridagi tarixiy geografik ma'lumotlarning ahamiyati, ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini hisobga olgan holda o’rganish, o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish.
Kurs ishining predmeti: Strabonning "Geografiya" asaridagi tarixiy geografik ma'lumotlarning ahamiyatini o’rganish metodikasining maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli.
Kurs ishining vazifalari:
1. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi;
2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti;
3. Strabon asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi haqidagi ma’lumotlar;
4. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniyati tarixi haqida manbalarni
o’quvchilar ongiga yetkazishning interfaol o’qitish usullari.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI TARIXSHUNOSLIGI
1.1.O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi.
O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda asosiy muammo ularning o’zlari haqida yozma manbalar kam qoldirganligidadir. Ko’chmanchilar ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, xo’jaligi va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi turli davrga oid manbalar sayyox, savdogar, elchi yoki missionerlik tarzida yurtimizga kirib kelgan kishilar tomonidan umumiy tarzda yozib qoldirilgan. Ularda faqat ba’zi voqyealar haqida ko’proq siyosiy voqyealar haqida to’xtalib, xo’jaligi va yashash tarzi haqida umumiy ma’lumotlar yozilgan. Bu manbalarda O’rta Osiyoning alohida bir hududi haqida to’xtalilmay , umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, xitoylik josus- elchilarni ko’proq bu o’lkada yashaydigan xaqlarning joylashuvi, chegaralari, aholi soni, qurollanishi ittifoqchilari qiziqtirgan. Shuning uchun ko’plab xujjatlar bir- biriga o’xshash va ularda ko’proq geografik nomlar keltirilgan. “Avesto” yashtlarida ta’kidlangan turlar, danay- turlarining Yaksart saklari ekanligi. Avestoning muqaddas ilox Anaxitaga bag’ishlangan qismida dastlabki Turon podsholari qarorgohlaridan Qang’xa (Qang’ye) "baland va muqaddas" deb ta’riflangan siyosiy va diniy markazning Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lganligi, bu xalqlardan xaomu pishiruvchi buyuk “tur”lar-xaumovargalarning ham shu hududda yashashi eslatiladi.1
Eron ahamoniylarining Bihustun bitiklarida saklarning katta guruhi saka-tigraxaudalarning Sirdaryo o’rta oqimida yashaganligi, ularning ittifoqlari haqida ma’lumot beriladi. Suzadagi saroy qurilishi haqidagi Doro I yozuvida uchi o’tkir kigiz qalpoqli saka-tigraxaudalar ahamoniylarga xiroj olib kelayotganlarning o’n birinchi guruhida, ot yetaklagan, qo’llarida sarupo tutgan holda tasvirlangan.
Antik davr mualliflari O’rta Osiyoning Sirdaryo xavzasini sak qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri deydi.Ular saklarning sug’dlar bilan ko’shnichiligi, so’g’dning sharqiy chegaralari Sirdaryo bo’yi dashtlari bilan tutash bo’lib, jangovor ko’chmanchilarni Yaksart daryosi sug’dliklardan ajratib turishi, bu saklarning Yaksart orti saklari saka-xaumavarkalar ekanligini ta’kidlaydi.
Dionisiy va Periyeigit So’g’d ortida, Yaksart bo’ylab, kamonda jang qiluvchi va dunyoda undan eng behato otuvchi saklar yashaydi deb ma’lumot beradi. Ma’lumki, davlatlar tashkil topishida aholining dehqonchilik vohalari bo’ylab joylashishi ham muhim ahamiyatga ega. Bunday jarayonlar miloddan avvalgi I ming yillikning so’ngi choragida Sirdaryo bo’ylarida ham jadal kechmoqda edi. Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Bu xalqlar tarixini yozish, Gomer, Esxil, Aristey kabi adiblar tomonidan boshlangan, lekin skif(sak va massaget)lar haqida keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib Miloddan avvalgi V asrlarda yashagan yunon tarixchisi Gerodot beradi. Ksenofont, Ktesiy ( mil. avv V-IV asrlar) kabi tarixchilar ham bu qabilalar haqida ma’lumot bergan. Yunonlar bosqinidan keyingi rim manbalarida bu o’lkada yashovchi aholining mohir jangchilar ekanligi, ular Iskandarni Sirdaryoning naryog’iga o’tishga qo’ymaganligi haqida yoziladi. Skiflar turmush tarzi, urf-odatlari haqida Gippokrat (m er.av. V-asr) Misr, Kichik Osiyo, Liviya va Skiflar mamlakatlariga qilgan safar kundaliklarida ma’lumot beradi.2
Kvint Kursiy Ruf (milodiyI asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr), Pompyoy Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II-I asrlar) kabi muarrixlar ham O’rta Osiyo ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf odatlari va mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumotlar beradi.
Antik tarixchilardan Strabon(miloddan avvalgi I asr) birinchi bo’lib O’rta
Osiyo ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida hududiy joylashishiga qarab, mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning yozishicha “Skiflarning katta qismi Kaspiydan boshlab sharqka tomon daxlar deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan chorvador ko’chmanchilar ekanligi ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan avvalgi IV-II asrlar) saklarning stasionar manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida ham ma’lumotlar berilgan.
Xitoy yilnomalarida ko’chmanchi sak qabilalari tomonidan asos solingan Qang’ davlati haqida eslatiladi. Unda ta’kidlanishicha bu davlat Janubiy Qozog’iston, Toshkent voxasi, Sirdaryo bo’ylari, Xorazm va So’g’dgacha bo’lgan hududlarni birlashtirgan edi.
Shuningdek qang’arlar haqida, “paxsa (loy) devorli uylar ichida yashovchi,”- deb ham ma’lumot beriladi. Bular hududda ko’chmanchi chorvadorlar bilan birga dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi salmog’ining ham ancha bo’lganligini ko’rsatadi.
Shuningdek, ilk o’rta asrlarga mansub Xitoy va arab manbalarida hududga tutash dehqonchilik viloyati bo’lgan Ustrushona haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan. Grek va Rim adabiyoti orqali boy va betakror tariximizning antik davri tasvirlangan go’zal sahifalarga duch kelamiz. Hatto, Homer davrlaridayoq, skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgandi. Bu o’rinda Homerning skiflar haqidagi fikri beixtiyor e’tiborimizni o’ziga jalb etadi. «Homer o’zining poemasida skiflar haqida kuylagan edi,— deb yozadi Flaviy Arrian «Aleksandrning yurishi» asarida.— Skiflar haqiqatgo’y odamlar bo’lgan. Ular Osiyoda yashaydi, bir oz kambag’alrog’u, ammo juda haqiqatgo’y». Bu satrlarni mutolaa qila turib, chuqur o’yga tolasan, kishi.
Eramizdan ilgarigi VIII—VII asrlarda yashagan yunon shoiri Homerning skiflarga bunday ta’rif berishi tasodifiy hol bo’lmasa kerak, albatta. Bundan ko’rinadiki, o’sha davrlardayoq Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek va Rim sayyohlarn Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi. Bu ulug’ olimlarni o’rta osiyoliklar xuddi o’zlarining donishmandlaridek hurmat bilan tilga olganlar. Ular haqida xalqimiz orasida donolik va aql-farosatdan hikoya qiluvchi xilma-xil afsonalar yaratilgan. Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish mumkin.
Mana shu dalillarning o’ziyoq yunonlarning eramizdan ilgarigi VIII—VII asrlarda skiflar hayotiga qiziqish Bilan qaraganligi, hatto skiflar yurtiga kelib ketganligidan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy-siyoyeiy aloqa mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, yunonlar bilan troyaliklar o’rtasidagi qariyib o’n yiddan ziyod davom etgan qirg’in-barot urush, eramizdan avvalgi XIII asrda bo’lib o’tgan edi. Grek lashkarlari hozirgi Turkiya yerlariga bostirib keladi. Hatto Qora dengiz bo’ylaridagi ayrim elatlarnn ham o’zlariga qaram kilib oladi. Homerdan so’ng skiflar hayotiga qiziqish bilan qaragan ma’rifatli ziyolilardan biri Gerodot edi. Gerodotning skiflar hayotiga qiziqish bilan qarashida Homer ijodining ta’siri bor, albatta. Gerodot dunyoga kelgan Galikarnos shahri Hamerning ona shahri Ioniyaga qo’shni hududda edi. Shuning uchun ham Homer poemalari Ioniya atrofidagi shaharlarda juda ko’p nusxalarda keng tarqalgandi. Galikarnosliklar Xomer poemalarini o’qishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar. Hatto ular uchun Homer poemalarini yod olish odat tusiga kirgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |