3-mavzu. Tarixiy o‘lkashunoslikda arxeologik ma’lumotlarning o‘rni. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)
O‘lkamiz tarixini o‘rganishda arxeologiya fanining tutgan o‘rni va ahamiyati. Kishilik jamiyatining qaror topishi. Tosh davri xususiyatlari. Tosh xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Tarixiy-madaniy jarayonlar. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllariga (dehkonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik) o‘tish va ularning keyingi taraqqiyoti. Bronza va temir davrlari xususiyatlari. O‘troq dehkonchilik va ko‘chmanchi qabilalarning tarqalishi. Ularning xo‘jaligi va moddiy madaniyati. O‘lkamizdagi qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharlari va me’moriy obidalari. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yilda qabul qilingan «Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining o‘lka tarixini o‘rganishdagi o‘rni.
4-mavzu. Antropologik va etnologik ma’lumotlarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)
Antropologiya va etnologiya fanlari va tadqiqot obe’ktlari. O‘zbekistonning qadimgi odam tarqalgan hudud ekanligi (Selung‘ur, Teshiktosh, Samarqand topilmalari). O‘zbekiston hududida zamonaviy odamlarning paydo bo‘lishi va voha bo‘ylab tarqalishi. Neolit, eneolit va bronza davrlari dehqonchilik va chorvador qabilalari. O‘rta Osiyodagi etnik guruhlar. (So‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar) to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar. Antik davri migratsiyalari va etnik jarayonlari (yuechjilar, usunlar, xioniylar, toxarlar, eftalitlar va b.). O‘rta Osiyoning qadimgi aholisining antropologik shakllari va tipi. O‘rta asrlarda turkiy tilli xalqlarning kirib kelishi masalalari va uning bosqichlari (qarluqlar, o‘g‘uzlar va qipchoqlar). G‘arbiy Eron tili – doriyning tarqalishi. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi. Toxiriy va Somoniy sulolalarining etnik asosi. O‘rta Osiyoning rivojlangan feodalizm davrida etnik tarixi. O‘rta Osiyo hududiga Qoraxitoylarning kirib kelishi. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi. O‘rta Osiyo antropologik xaritasining shakllanishi. Amir Temur va Temuriylar davlati va uning inqirozga yuz tutishi. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining etnik tarkibi. O‘rta Osiyo hududida asosiy xalqlarning va etnik guruhlarning tarqalishi va tillari. O‘zbek xalqi shakllanishining nihoyasiga etishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |