Tarixiy geografiya va kartografiya



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana18.07.2022
Hajmi2,47 Mb.
#823221
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
Tarixiy geografiya va kartografiya

Xorazmiy. 
O'rta asrlarda xalifa Ma’mun tashkil qilgan „Bayt al-hikma“ 
(„Donishmandlar uyi“)da buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy ham 
faoliyat ko‘rsatgan. Xalifa Ma’mun o'sha davrda yer yuzining batafsil kartalarini 
tuzish to‘g‘risida topshiriq bergan. „Dunyo kartalari" aslida yaxlit atlas bo‘lishi 
kerak edi. Atlas tuzish ishi bilan 70 ga yaqin olim shug‘ullangan, ularga esa 
Muhammad Muso al-Xorazmiy boshchilik qilgan. 
Bu kartalar yig‘indisi „Ma’mun dunyo kartasi" nomi bilan ham yuritilgan. 
Tadqiqotchilaming fikricha, uni tuzish ishlari 840 yillarga yaqin tugallangan bo'lsa 
kerak. 
Xorazmiyning mazkur kartalar munosabati bilan yozilgan „Surat al-arz“ 
kitobi o‘z davrida juda mashhur bo'lgan, undan hamma bilimdonlar 
foydalanishgan. „Xorazmiy geografiyasi" nomi bilan mashhur bo‘lgan ta’limot 
olimning ayni shu asariga asoslangan. 
Kitobning taxminiy maununi quyidagicha
: kitob bir necha o‘nlab kartalar va 
ularga berilgan izohnomalardan iborat bo'lgan. Shu- larning hammasi „Kitobu 
surat al-arz“ deb atalgan. “Arz" so‘zi — yer, dunyo ma’nosida, „surat“ - umumiy 
qiyofa, ko‘rinish ma’nosini anglatsa ham, ko'pincha „geografiya" so‘zi o'rnida 
ishlatilgan; shuning uchun kitobning nomi „Yeming surati“ yoki „Geografiya" deb 
taijima qilingan. Kitobning ikkinchi nomi: „Kitobi rasm ar-rub al-
ma’mur“(„Ma’muraning rasmi", „Ahoh yashaydigan chorak rasmi"). 
Bu asaming faqat bir nusxasi topilgan, uning ham ko'p betlari yo'qolib 
ketgan ekan. Qo'lyozma 1878 yilda Qohirada topilgan, bir necha yildan so‘ng 
Strasburg shahridagi kutubxonaga o'tib qolgan. Izohnomalar to‘la saqlangan. 
Izohlar asosan zij tarzida, ya’ni raqamlar jadvali tarzida yozilgan. Har sahifada ikki 
qator jadval berilib, unda dunyoning turli mintaqalari iqlimlar bo'yicha 
joylashtirilgan va koordinatalari ko'rsatilgan. Jami 537 ta eng muhim joyning 
nomi, g'arbdan sharqqa qarab ketma-ket yozilgan. Awalo shaharlar birma-bir aytib 


17 
o'tilgan, so'ngra tog'lar (203 nom), dengizlar va orollarning nomlari, eng oxirida 
daryolar alohida-alohida yozilgan. 
Jayhoniy. X asrda Buxoro somoniylar davlatining poytaxti edi. 914 yili 
hokim Ahmad ibn Ismoilning vafotidan so'ng uning go'dak o'g'li - shahzoda Nasr 
ibn Ahmad taxtga o'tirdi, ammo davlatni boshqarishga yoshlik qilganidan butun 
ishni ulug' vazir, ayni vaqtda buyuk geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Ahmad 
ibn Nasr Jayhoniy bajardi. 
Jayhoniy IX asr oxirida (870 yillarda) tug'ilgan. 914 yildan umrining oxiri 
— 942 yilgacha vazirlik qilgan. Fanimiz tarixida chuqur iz qoldirgan bu ajoyib 
siymo o'zining yuksak lavozimidan ilm-fan manfaatlari uchun foydalana bilgan, 
xususan, geografik mashg'ulotlarga va sayohatlarga homiylik qilgan: mashhur Abu 
Zayd Balxiyni qo'llab-quwatlagan, Arabistondan Buxoroga kehb qolgan va shu 
yerda xizmat qilgan geograf va shoir Abu Dulafni Xitoy, Tibet, Hindistonga 
sayohatga yo'llagan, sayyoh ibn Fadlonni 921 yili sentyabrda Buxoroda mehmon 
qilgan (ibn Fadlon X asr arab sayyohi bo'lib, Bag'doddan Eron-Buxoro- Xorazm-
Ural orqali Volgagacha yetib borgan). 
Jayhoniy fanning bir qancha sohasiga oid asarlar yaratgan, jumladan, dunyo 
geografiyasidan taxminan 907-922 yillar oralig'ida katta hajmli asar yozgan. Arab 
geografi Muqaddasiy (947-1000 yillar) kutubxonada Jayhoniyning yetti jildlik 
geografiya kitobini ko‘rganligini e’tirof etgan. Bu kitobning „Kitob al-masolik val-
mamolik“ („Masofalar va mamlakatlar kitobi“) deb atalganligi Abu Rayhon 
Beruniyning „Osori boqiya“ asarida aytib ketilgan.
Uning „Kitob al-masolik fi ma’rifat al-mamolik “ („Mamlakatlami bilishda 
masofalar kitobi“) deb atalganligi ham bizga ma’lum. 
“Kitob al-masolik val-mamolik“ X-XII asrlarda juda mashhur bo‘lgan, eski 
geografik adabiyotlarda hurmat bilan tilga olinib turgan. 
Jayhoniy geografiyasining yana bir xususiyati shundaki, urf- odatlar va 
udumlar yozma manbalardan, jumladan Ibn Xurdodbeh asaridan foydalanish bilan 
birga, talay geografik ma’lumotlami bevosita turU mamlakatlardan kelgan odamlar 
bilan suhbatlashib yig‘ar ekan. Muqaddasiyning yozishicha, Jayhoniy chet ellik 
sayyohlar, m ehm onlar bilan suhbatlashganida ulardan mamlakatlari, bu 
mamlakatlarga boradigan yo‘llar, savdo-sotiqdan olinadigan foyda haqida 
surishtirgan, yulduzlaming balandligi, buyumlardan soya tushishi, falakning 
aylanishi to‘g‘risida ular bilan fikr olishgan. Hatto, Rus, Hindiston, Xitoy va 
boshqa mamlakatlarga maktublar yo'llab, maktubda urf-odatlar va udumlar, u 
yerlardagi aholi, urf-odatlar, saroy va devon tartib- qoidalari to‘g‘risida 
surishtirgan. Jumladan, Tunkat bilan Xitoyning poytaxti oralig‘idagi masofa 140 
kunlik yo‘lga teng ekanligini elchilardan surishtirib olgan (Tunkat shahri 
Ohangaron vodiysida bo‘lgan). Jayhoniy asarida Sharq mamlakatlariga katta 


18 
e’tibor berilgan. Unda Markaziy Osiyo va O`rta Osiyo, Hind vodiysi, turk 
qabilalari, Uzoq Sharq to‘g‘risida yangi ma’lumotlar bor. Jayhoniy asari G ‘arb 
mamlakatlari to‘g‘risida asarlar yozgan Sharq mamlakatlari uchun asosiy manba 
bo‘lishi bilan birga, ularga Sharq to‘g‘risida ham boy ma’lumot bergan. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish