Tarixiy geografiya va kartografiya


  Amaliy va laboratoriya mashg`uloti mavzulari  116



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/99
Sana18.07.2022
Hajmi2,47 Mb.
#823221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Tarixiy geografiya va kartografiya

1.2 
Amaliy va laboratoriya mashg`uloti mavzulari 
116 
II 
MUSTAQIL TA`LIM MASHG`ULOTLARI 
125 
III 
GLOSSARIY 
128 
IV 
ILOVALAR 
133 
IV.1 
Fan dasturi 
134 
IV.2 
Ishchi fan dastiri 
145 
IV.3 
Tarqatma materiallar 
167 
IV.4 
Testlar 
177 
IV.5 
Fan bo`yicha baholash mezonlari 
188 
IV.6 
Fan bo`yicha yakuniy nazorat savollari 
192 
IV.7 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 
197 



I.
 
O`QUV MATERIALLAR
M a` r u z a m a t n l a r i 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1-MAVZU:Tarixiy kartografiya va geografiyaning vazifalari. Tarixiy 
geografiyaning asosiy bo‘limlari. 
REJA 
1. Tarixiy kartografiya va geografiyaning vazifalari. 
2.Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari 
3. Tarixiy geografiyani o‘rganishda yordamchi tarixiy fanlarning o‘rni 
Tayanch so`z va iboralar:
 
Tarixiy kartografiya, Tarixiy geografiya, 
zamonaviy geografiya, tabiiy-tarixiy geografiya, aholi tarixiy geografiyasi, xo‘jalik 
(tarixiy-iqtisodiy) geografiyasi, siyosiy-tarixiy geografiya, arxeologiya, toponimika, 
genealogiya, geraldika, diplomatika, numizmatika,xronologiya
Umumta’lim maktablarida O`zbekistonning, dunyoning 
tabiiy, iqtisodiy, 
siyosiy
va 
aholi
geografiyasini o`rganamiz. Xo'sh, tarixiy geografiya ulardan 
nimasi bilan farqlanadi?
Yuqorida ко‘rib chiqqanimizdek, tarixiy geografiya fani to‘g‘risida XX 
boshlariga qadar ilmiy adabiyotlarda aniq tasawur mavjud emas edi. G ‘arbda ham 
Rossiya, qolaversa, 0‘zbekiston tarix va geografiya fanida ham bu sohada hozirga 
qadar turli qarashlar mavjud. Vaholanki, qadimdan toki hozirgi kungacha 
yaratilgan ko'plab tarixiy asarlar mazmunini tarixiy-geografik ma’lumotlar tashkil 
etadi. 
Hozirda tarixchi va geograf olimlar tarixiy geografiya bilan tarix o‘rtasidagi 
farqni juda yaxshi tushunadilar. Geografiya tarixi (ko‘pincha uni 
geografik 
bilimlar tarixi
ham deb atashadi) geografik kashfiyotlar va sayohatlar, shuningdek, 
geografik tasawurlar, umuman ajdodlarimizning geografik dunyoqarashlari tarixini 
o'rganadi. Tarixiy geografiya fani esa o‘tmishni geografiya bilan bog‘lab o'rganadi. 
Shu tariqa zamonaviy geografiya va tarixiy geografiya bitta ob’ektni farqh 
jihatlarda tadqiq etadi. Zamonaviy geografiya mazkur ob’ektni hozirgi holatini 
o‘rgansa, tarixiy geografiya uning o‘tmish tarixidagi o‘zgarishlarini tahlil qiladi. 
Hatto nomidan ham bilinib turibdiki, bu fan oitmish davrning geografiyasini 
o‘rganuvchi fandir. Bu fan „geografiya tarixi" fanidan farqh o‘laroq (geografiya 
tarixi fani geografiya fanining paydo bo‘lishidan to rivojlanishiga qadar o'rganadi) 
jamiyatning turli davrlarida rivojlanish sharoitini o‘rganuvchi aniq geografiyani 
tashkil etadi. Tarixiy geografiya alohida tumanlardagi ishlab chiqarishning turh 
davrlarda o'sishi haqidagi ma’lumotlami aniqlashtiradi. Yoki tarixiy voqea-
hodisalaming bo'hb o‘tganjoylarini, geografik shart- sharoitlarini tahlil qiladi. 
Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o'rganadi, ammo shu bilan birga 
uni geografiya fanidan ham ajratib bo'lmaydi, chunki geografiya fanida 



ochilayotgan yangi ilmiy ma’lumotlar tarixiy geografiya fani uchun muhimdir. 
Tarixiy geografiya fanining materiallari tarixiy kartografiya fanining asosi bo'lib 
xizmat qiladi. Tarixiy geografiya fanining rivojlanishi esa tarix fanining 
rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. 
Tarixiy geografiya tarixiy bilimlaming asosiy tarmog'i bo'hb, usiz tarixiy 
jarayonlar geografiyasini o'rganib bo'lmaydi. Tarixiy geografiyasiz tarix haqidagi 
tasawurimiz to‘liq va mukammal shakllanmaydi. 
Geografiya fanining muammolari tarixiy geografiya fani oldida turgan 
muammolar bo'lishi mumkin, ammo o‘tmishning aniq geografiyasi bo‘lishi 
mumkin emas. Tarixiy geografiya o‘tmish tarixning aniq geografiyasini o‘rganadi. 
Demak, tarixiy geografiya fani tarix fanlari sirasiga kirib, insoniyat tarixini 
o‘tgan davrlar geografiyasini o'rganadi. Bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalaming tarixini 
haqiqiy baholash uchun o‘sha davming tarixiy geografiyasini yaxshi bilish kerak. 
Bu O`zbekiston, qolaversa, 0‘rta Osiyo tarixini obyektiv, ilmiy asoslangan holda 
o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy geografiya zamonaviy geografiya 
kabi o‘z bo‘limlariga ega bo‘lib, asosan, 
to ‘rt yirik bo ‘limdan tashkil topgan:
1.
Tabiiy-tarixiy geografiya. 
2.
Aholi tarixiy geografiyasi. 
3.
Xo‘jalik (tarixiy-iqtisodiy) geografiyasi. 
4.
Siyosiy-tarixiy geografiya. 
So‘nggi bo‘limga ichki va tashqi chegaralar geografiyasi, siyosiy m a’muriy 
bo'linishlar, shaharlar va qal’alar joylashishi, shuningdek, tarixiy voqealar, harbiy 
yurishlar 
yo'nalishlari, 
muhorabalar 
kartalari, 
milliy-ozodlik 
harakatlari 
geografiyasi ham kiradi. 
Tabiiy-tarixiy geografiya esa o‘tgan bir necha ming yillar davomida deyarli 
o‘zgarishsiz qolgan. Kishilik jamiyati, insoniyat sivilizasiyasining rivojlanishi 
uchun tabiat o‘zgarishlarini o‘rganish muhimdir, chunki daryolar o‘zanining 
o‘zgarishi, vodiylaming yo‘qolib ketishi, sug‘orish tizimlarining paydo bo‘lishi, 
ko‘l va dengizlar chegaralarining o‘zgarishi, o'rmonlar hayvonot dunyosi
ba’zi turlarining yo‘q bo‘lib ketishi insoniyat tarixining o'zgarishiga sabab 
bo‘luvchi omil bo‘lishi mumkin. 
Qadimdan aholi qulay geografik shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan hududlarda 
istiqomat qilib kelgan. Jumladan, Qadimgi Misr aholisi uchun Nil, Xitoy uchun 
Xuanxe va Yanszi, Ikki daryo oralig‘idagi xalqlar uchun Dajla va Frot, O'rta Osiyo 
aholisi uchun esa Amudaryo va Sirdaryoning qanchalik muhim ahamiyat kasb 
etganligini alohida keltirish mumkin. Tabiiy geografiya ma’lum bir hududda 
aholining kelib joylashishi yoki u yerlami tark etishiga ham sabab bo'ladi. 
Bulaming barchasini tabiiy-tarixiy geografiya bo'limi tadqiq etadi. 



Ma’lum bir mintaqa yoki davlatning ahohsi, u joylashgan hududlar, 
aholining etnik tarkibi va soni kabi masalalarni aholi tarixiy geografiyasi o'rganadi. 
Davlatning taraqqiy etishida aholining va ishlab chiqaruvchi kuchlarning soni hal 
qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Agar biror davlatning tarixini o'rganmoqchi bo'lsak, tarixiy- iqtisodiy va 
xo'jalik geografiyasini o'rganishimiz ham kerak bo'ladi. Chunki iqtisodiy 
munosabatlar va xo'jalik turlarining mukammalashib borishi, savdo-sotiqning 
taraqqiy etishi natijasida jamiyatlaming ham rivoji kuzatiladi yoki aksincha. 
Tarixiy geografiyani o'rganish mobaynida turli xil muammo- larga duch 
kelishimiz mumkin. Masalan, X-XII asrlarda 
qoraxoniylar davlati
hududlarining 
o'zgarib turishi, XVII-XVIII asrlarda 
ashtarxoniylar
davlati chegaralarining 
o'zgarib turishi, 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish