Tarixiy geografiya va kartografiya



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/99
Sana18.07.2022
Hajmi2,47 Mb.
#823221
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
Tarixiy geografiya va kartografiya

Narshaxiy. 
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy X asming birinchi 
yarmida (899-959 yihar) Buxoroda yashagan tarixchi olimdir. U 944 yilda Buxoro 
viloyatining tarixi to'g'risida arab tilida „Tahqiqi al-viloyat“ nomh ajoyib asar 
yozgan. 
“Tahqiqi al-viloyat“ kitobini ba’zan „Axbori Buxoro“, „Buxoro tarixi", 
ko‘pincha, „Narshaxiy tarixi" deb ham ataganlar. “Tarix“da Buxoro to‘g‘risida 
turh rivoyatlar va hikoyatlar, hokimlaming hayoti va urushlar yozilgan. Ammo biz 
uchun uning geografik tomoni — Buxoro viloyatining tabiati, shahar topografiyasi, 
qishloqlari, boyligi, sanoati va ahohsi to'g'risidagi ma’lumotlar juda muhimdir. 
Narshaxiy Buxoro viloyatidagi shaharlami ham qisqacha ta’riflagan: 
„Afshina 
katta bir shahar bo‘lib, qal’asi bor. Bir nechaqishloqlar unga qarashlidir. 
Odamlar и joyni tabarruk deydilar.Haftaning muayyan bir kunida и yerda bozor 
bo ‘ladi“.
„Karminada mullalar va shoirlar ko‘p bo'lgan. Qadimda Karmanani 
bad’iyan xurdak (kichkina tog'ora, kichik obdasta) deb ataganlar.
Buxorodan to Karminagacha 12 toshdir“. 
Asarda bulardan tashqari, Buxorodagi katta yong'in, viloyatdagi ariqlar
ekinlar, masofalar to‘g‘risida ham mukammal ma’lumotlar bor. Joy nomlari bilan 
bir qatorda geografik atamalar ham uchraydi. 
Beruniy. 
Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asarning 
muallifidir. Ba’zi sharqshunoslar, u 180 tacha kitob yozgan, degan fikrda. 
Sharqshunoslarning eng keyingi hisobiga ko‘ra, Beruniy asarlari quyidagicha 
taqsimlanadi: 
astronomiyaga oid asari
— 70 ta, 
matematikaga oidi
— 20 ta, 
geografiya-geodeziyaga oidi —
12 ta, 
kartografiyaga oidi
—4 ta, 
iqlim va ob-
havoga oidi —
3 ta, 
mineralogiyaga oidi —
3 ta, 
falsafaga oidi — 4 ta,/izikaga oidi
— 1 ta, 
dorishunoslikkaoidi —
2 ta, tarix, 
etnografiyaga oidi —
15 ta, 
adabiyotga 
oidasari
28 tadir. 
Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir maxsus kitoblar anchagina; uning 
astronomiya va boshqa sohalarga bag‘ishlangan kitoblarida ham geografik 
ma’lumotlar ko‘p. Beruniyning uzunliklar va kengliklar, Yer yuzidagi odamlar 
yashaydigan mamlakatlaming chegaralarini aniqlash, suratga tushirish, havoning 
isishi va sovishi sabablari to‘g‘risidagi asarlari ham bo'lgan; u Ptolemey 
,,Geografiya“siga qisqacha sharh ham yozgan. 
„Osori boqiya“ („Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya“- „Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar“) taxminan 1000 yilda, Abu Rayhon Jurjon (Kaspiy 
dengizining janubi-sharqidagi shahar)da yashaganida yozib tamomlangan. Bu asar 


19 
1879 yil ingliz tiliga, 1943 yil fors tiliga, 1957 yil rus tiliga, 1968 yil o'zbek tiliga 
taijima qilinib, nashr etildi. Asarda turh xalqlarning 
kalendartizimi, oy
va 
muchal 
nomlari, bayramlari, Oy manzillari,
juda ko‘p 
meteorologik, fenologik
va 
tarixiy 
та ’lumotlar, qabilalar
va 
joylaming nomlari
yozilgan. Yevropalik sharqshunoslar 
bu asarni qisqacha ,,Xronologiya“ deb ataydilar. 
„Kartografiya" („Tastih as-suvar va tabtih al-quvar“) 10 varaqdan iborat 
risola bo‘lib, xorazmshoh Abul Abbos Ma’munga bag‘ishlangan. Risolaning kirish 
so‘zida 
astronomiya, kartografiya
va 
geografiyaning amaliy ahamiyati
tushuntirilgan.
,,Geodeziya“ („Kitobu tahdidi nihoyot al-amokin li tashih masofat al-
masokin“ — „Turar joylaming oralaridagi masofalami aniqlash uchun joylaming 
chegaralarini belgilash haqida kitob“). Bu kitobning bittagina qo‘lyozma nusxasi 
mavjud. Unda „23 rajab 426“ yozuvibor; bu-1025 yil 20 oktyabr degani. Kitob shu 
yili yozib tugatilgan. Aslida Beruniy uni 1017 yilda Xorazmda yoza boshlab, 
Kobulda davom ettirgan va G ‘aznada nihoyasiga yetkazgan. 
Kitobning uchinchi bobida dunyo geografiyasi bayon etilgan- shaharlarning 
kengliklarini aniqlash, iqlimlarga bo'lish, ulaming chegaralari, okeanlar, dengizlar 
va orollaming taqsimlanishi bayon etilgan, shimolda yashaydigan isu va yugra 
qabilalari tilga olingan. 
Kitobning beshinchi bobi joylaming geografik uzunligini aniqlash usullariga 
bag‘ishlangan. Umuman, bu kitobda taklif qilingan va amalda qo‘llanilgan 
o‘lchash uslublari, asboblari o‘rta asrlarda eng ilg‘or usullar va eng ma’qul 
asboblar bo'lgan. Beshinchi bobning oxirida ko‘pgina misollar keltirilgan; 
jumladan, Bag‘dod bilan Ray, Ray bilan Jurjon, Jurjon bilan Bolxon oraliqlaridagi 
meridian farqini aniqlash usuli, Balx va Jurjoniya shaharlarining uzunlik va 
kengliklariga asoslanib Omul (Choijo‘y)ning uzunlik va kengligini aniqlash usuli, 
Balx bilan Buxoro orasidagi masofani ularning kenglik va uzun- liklariga qarab 
aniqlash usullari va hakozolar berilgan. Olim bir qancha joylarning kenglik va 
uzunliklarini shu usullarda aniqlagan. 
„Hindiston“ („Kitobi fi tahqiqi molil hind min maqola Maqbula fil aql au 
marzula“ — „Hindlarga maxsus narsalarni tushuntirish kitobi“) ni olim 1020 yilda 
yoza boshlab, 1030 yilda tamomlagan. Geografiya uchun bu kitobning ahamiyati 
katta. Unda umumiy geografik ma’lumotlar (Yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 
quruqlikning chegarasi, dengiz va quruqliklar, suv ko'tarilishi va qaytishi, 
boshlang‘ich meridian tarixi) bilan birga, Hindiston tabiatining mufassal ta’rifi 
(tog‘lari, daryolari, shaharlari, qabilalari, hayvonoti va hokazo), tom ma’nosi bilan 
Hindiston tabiiy gegrafiyasi bor. Undagi etnografik ma’lumotlar, din, falsafa, urf-
odatlar ta’rifi mufassal va haqiqiydir. 


20 
Qoshg‘ariy. Mahmud Qoshg'ariyning umumiy turkiy tillami o'rganish, turkiy 
til shevalarining qiyosiy gramatikasini tuzish, folklor va etnografiya sohasidagi 
xizmatlari benihoya kattadir. Shu bilan birga, u turli tabiiy fanlar 
atamashunosligini yaratishga va geografiya faniga ham katta hissa qo‘shgan. 
Mahmud Qoshg'ariy mashhur „Devonu lug‘atit turk“ asarini bundan IX asr awal 
yozib qoldirgan bo‘lib, u qimmath tarixiy-geografik va toponimik manba 
hisoblanadi. 
Qoshg‘ariyning geografiyasi quyidagilami о ‘z ichiga oladi:
1)
“Devon“da berilgan tabiiy geografik atamalar va ulaming izohi; 
2)
„Devonu lug‘atit turk“ka ilova qilingan dunyo kartasi; 
3)
,,Devon“da uchraydigan joy nomlari va ulaming izohi; 
4)
O`rta Osiyoda uchraydigan ayrim qabilalaming joylashishi haqidagi „aholi 
geografiyasi“ga doir ma’lumotlar; 
5)
,,Devon“dagi astronomik ma’lumotlar, kalendar tizimi - muchallar va 
ulaming tarixi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish