Tarix va madaniy meros


II. TARIXIY YOZMA MANBALARDA O’LKAMIZ TARIXIY GEOGRAFIK O’RNI TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR VA YANGI DAVRDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR



Download 1,03 Mb.
bet5/8
Sana01.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#726374
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xoliqov Sodiqjon

II. TARIXIY YOZMA MANBALARDA O’LKAMIZ TARIXIY GEOGRAFIK O’RNI TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR VA YANGI DAVRDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR
II.1. Yozma manbalarda o’lkamiz tarixiy geografiyasi haqida ma’lumot
O’lkamiz haqidagi daslabki ma’lumotlar “Avesto”da uchraydi. Unda qadimgi viloyatlarning nomlari berilgan. “Yasht” kitobining uchinchi va “Videvdatning birinchi bobida sanab o’tilgan “Yasht” ro’yxatidagi birinchi mamlakat eroniy qabilalarning vatani- “Aryonam Vayjo” (Oriylarning sayhon yerlari)ni sanab o’tgan. U yurtda yaylovlarga ega baland tog’lar, keng va chuqur ko’llar bo’lgan. Keyingi mamlakatlar ro’yxatida Mouru, Gava So’g’da, Xvarizam keltiriladi.
O’rta Osiyoning qadimgi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog’liq masalalar Eron manbalarida: Behustin qoya tosh bitiklari, Suza va Persipol shahar xarobalaridan topib o’rganilgan sopollarga bitilgan hujjatlar, ahamoniy hukmdorlarining Saroyida xizmat qilgan yunon tabibi Ktesiyning “Persika” va Geradotning “Tarix” kitoblarida ham qimmatli mia’lumotlar mavjud. Keyingi Eron hujjatlari va Behustin qoya toshlarida Avestoda keltirilgan viloyatlar ularga ahamoniy shohlarning yurishlari va O’rta Osiyo xalqlari va o’lkalarining ahamoniylar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida tutgan o’rni to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
“Avesto” va qadimgi manbalarda o’lkamiz turlicha - Aryonam Vayjo–Aryoshayyona, Turon, Movarounnahr, Turkiston kabi nomlar bilan atalib kelgan. Ayrim o’lkalar yirik tarixiy-madaniy viloyatlar Baqtriya, Marg’iyona, Sug’diyona, Xorazm, Ustrushona, Choch, Farg’ona kabi nomlar bilan atalgan. Bu hududlarning geografik markazi ikki daryo oralig’i bo’lib (Amudaryo va Sirdaryo) u arablar tomonidan Movarounnahr, deb atalgan. Yevropa tarixshunoslari Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni “Transoksoniya” deb ataganlar.
O’rta asrlar davri mualliflari ‘Turon” geografik tushunchasini yetarli tasvirlaydilar. Ba’zi tarixchilar va geograflarning aytishicha, Turon – bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan ma’noni bildirib, keyinchalik “Turkiston” tushunchasiga aylangan. XVI-XVII asrlarga qadar tarixiy geografik adabiyotlarda, Turkiston o’lkasi sifatida noaniq tasvirlaganlar. XIX-XX asr boshlariga oid adabiyotlarda Turkiston ikki geografik qismga bo’lib ko’rsatilgan; Sharqiy Turkiston (sintszyan – uyg’ur o’lkasi) va G’arbiy Turkiston (O’rta Osiyo) .
O’lkamiz to’g’risida ilk bor ishonchli geografik ma’lumotlarni arab sayyohlari berib o’tgan (IX-XII asrlar). Ular Orol dengizi, Amudaryo Sirdaryo oralig’idagi yerlarni yaxshi bilganlar va bu hududlar to’g’risda turli xil ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Arab sayyohlari o’lkamizning barcha hududlarida bo’lib, u yerlarda yashovchi aholining turmish tarzi, shahar va qishloqlari to’g’risida qiziqarli boy ma’lumotlar qoldirishgan27. Tarixiy o’lkashunoslikga oid bir qancha qimmatli ma’lumotlarni yurtdoshlarimiz tomonidan ham berib o’tilgan. Abu Rayhon Beruniy deyarli barcha yo’nalishlari bo’yicha buyuk kashfiyotlar qilgan olimdir. U kishilik jamiyati tarixida ilk bor yerning dumaloq shaklda ekanligini Aniqlab, globusni yaratadi. Beruniyning yirik asarlaridan biri “Al osorul boqiya oqil qurunilxoliya” (“qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) da alloma o’zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, rimliklar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma (kalendar) tizimlarini bir-biriga taqqoslab, ularning kelib chiqish tarixini tahlil qilib beradi. Bu asarda Turon zamin xalqlarining urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o’z ifodasini topgan.
XI asrda yashab ijod etgan Mahmud Qoshg’ariyning umumiy turkiy tillarni o’rganish, turkiy til shevalarining qiyosiy grammatikasini tuzish, folklor va etnografiya sohasidagi xizmatlari juda kattadir. Shu bilan birga, u tabiiy fanlar terminologiyasini yaratishga va geografiya fanida ham katta hissa qo’shgan.
Qoshg’ariyning geografik merosi quyidagilarni o’z ichiga oladi: “Devon” da berilgan tabiiy geografik terminlar va ularning izohi; “Devoni Lug’atit turk” ga ilova qilingan dunyo kartasi; “Devon”da uchraydigan joy nomlari va ularning izohi; O’rta Osiyodagi ayrim qabilalarning joylashishi haqidagi “aholi geografiyasi”ga doir ma’lumotlar; “Devon”dagi astronomik ma’lumotlar, kalendar sistemasi–lug’atlar va ularning tarixi28.
Mahmud Qoshg’ariyning tasviriga ko’ra O’rta Osiyo yer yuzasi jihatidan tog’lik va tekislik qismlaridan iborat, uning tog’lik qismi hozirgi Qozog’iston, O’zbekiston o’lkalariga to’g’ri keladi. Shimoli-g’arbda faqat bitta tog’ - Jabali Qorachuk yozilgan, boshqalarining yozuvi yo’q. Yer yuzasining markazi qilib qoraxoniylar davlatining poytaxti, ma’muriy markazi Bolosog’un shahri olingan. Shuningdek, u o’lkamizdagi joy nomlariga ham shu asarida ta’rif berib o’tgan. Mahmud Qoshg’ariyning ma’lumoti bo’yicha Toshkent XI-XII asrlarda “Tarkan” ham deb yuritilgan29.
XVI asrda yashab ijod etgan davlat arbobi Zahiriddin Bobur (1483-yil 14-fevral) o’lkamiz tarixiga oid “Boburnoma” asarini yozib qoldirgan. Umuman, “Boburnoma”da bir mingga yaqin geografik nom - mamlakat, shahar, qishloq, qal’a, dasht, tog’, davon, dara, daryo, ko’prik, kichik ko’l, chashma, bog’, yaylov, o’tloq va boshqa joylarning nomlari tilga olingan. Masalan Boburning “Boburnoma” asarida Toshkent nomi ustida to’xtalib Toshkent nomini Shosh, ba’zan Choch deb qayd etiladi.
O’rta Osiyo XVI asr oxirlarida yaratilgan muhim geografik asarlardan Yana biri “Sharafnomai shohiy”dir. U Buxoro xoni Abdullaxonning (1533-1589) tarixi bo’lganligidan “Abdullanoma” nomi bilan mashhurdir. Uni Buxorolik shoir, tarixchi va o’lkashunos Mir Muhammad Hofiz Tanish Buxoriy 1584-1591-yillar oralig’ida yozgan. Bu asar geografik nuqtai-nazardan ham muhimdir, chunki asarda XVI asrdagi O’rta Osiyoning tarixiy geografiyasi, shahar va qishloqlari bayon etilgan, harbiy yurishlar, jang maydonlari, turli ko’priklar, kechuv qal’alar, manzil va quduqlar ta’riflangan. Beruniy “Hindiston” asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib o’tgan30.
XVII asrda yashagan tarixchi Mahmud ibn Vali shunday yozadi: “Shosh-Sayxunning o’ng tomonida joylashgan shahar u Turkistonga qaraydi... Uni Choch deb ataydilar biroq hozirgi vaqtda Toshkent nomi bilan mashhurdir”. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida Choch o’zining kamoni shoshiy (o’q-yoylari) bilan mashhur bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Mag’mud ibn Valining yozishicha “Mo’g’il Kepakxon u yerda Saroy qurdiradi. Saroy mo’g’ilcha “Qarshi” deb atalganligi uchun u joylashgan shahar Qarshi nomi bilan mashhur bo’ldi. U kichik bo’lsa ham did bilan reja asosida qurilgan. Unda ko’plab bog’lar va ekin maydolari mavjud. Ularda madrasa, xonaqa, masjidlar va hamomolar mavjud”31.
1219-yil Mo’g’ullar istilosigacha qadar bo’lgan davrda Gurganjda bo’lgan Yoqub Hamaviy: “Men Gurganj kabi buyuk va go’zal shahar ko’rmadim” –deb yozadi. Qazviniy esa Gurganj haqida fikr bildirib, bu go’zal shahar “Jannatdagi shahar uni chimildiqdagi kelinchakni qo’riqlaganday, farishtalar qo’riqlaydi” deb yozadi.
At – Tabariy “payg’ambarlar va podshohlar tarixi” kitobida Samarqand shahriga shoh Samar asos solganligi, “Qand” esa bu joylarda yashagan turk aymog’i ekanligi aytiladi. XV asrda yashab ijod etgan Hofiz Abruyning arabcha yozilgan “Jug’rofiy “ asari «Kitob al-masolik va almamolik» (Yo’llar va mamlakat kitobi) deb atalgan, uni «Ashkon al-akolim» (Iqlimlar surati) deb ham nomlashgan.
Kesh shahri haqida Ibn Xavqal bunday yozadi: “Kesh esa ko’handiz, qo’rg’on va rabodga ega bo’lgan shahardir. “Kitob al-masolik va-l-mamolik”Abu Zayd Balxiy, Istahriy va Ibn Xavqal ijodi mahsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh qal’a (ko’handiz), shahar qo’rg’oni (hisn) va shahar atrofi (rabod) qismlardan iborat bo’lgan. Xudud-ul-olam muallifi noma’lum, X asrda forsiy tilda yozilgan geografik asar. Mazkur asarning Movarounnahr tavsifi qismida Kesh haqida ham ma’lumot bor.
Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning (1113-1167)Kitab al-ansobqomusiy asarida O’rta Osiyo tabiati, xo’jaligi, shaharlari, olim va fuzalolari hahida qimmatli ma’lumotlar berilgan, Kesh alohida viloyat sifatida tavsiflangan. Yohut al-Xamaviyning (1179-1229) Mu’jam al-buldon asari Sharq mamlakatlari, jumladan, O’rta Osiyo haqida geografik va tarixiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan muhim qomusiy manba hisoblanadi32.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish