O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “TARIX VA MADANIY MEROS” FAKULTETI
“BUXORO TARIXI” KAFEDRASI
“TARIXIY O’LKASHUNOSLIK” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: ”ILK O’RTA ASRLAR DAVRI SHAHARLARI VA ME’MORIY OBIDALARI”
5120300- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)
Bajardi: ___-kurs _____-guruh talabasi ____________________________
Ilmiy rahbar: _______________________________
Topshirgan sana: _____________________
Himoya qilgan sana: _______________
Baho: ________________
Buxoro-2022
MUNDARIJA
Kirish------------------------------------------------------------------------------------ 3
I. ILK O’RTA ASRLARDA SHAHARLAR PAYDO BO’LISHI VA ME’MORIY OBIDA, YOGORLIKLARI---------------------------------------------------------- 5
I.1.Ilk o’rta asrlardagi shaharlar tarixi----------------------------------------------- 5
I.2.Ilk o’rta asrlardagi yodgorliklar va me’moriy obidalar haqida---------------- 15
II. TARIXIY YOZMA MANBALARDA O’LKAMIZ TARIXIY GEOGRAFIK O’RNI TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR VA YANGI DAVRDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR ------------------------------------------------------ 25
II.1. Yozma manbalarda o’lkamiz tarixiy geografik jihatdan o’rganilishi------ 25
II.2. O’zbek va Yevropa olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar olib borilgan tadqiqotlar------------------------------------------------------------------------------ 29
Xulosa----------------------------------------------------------------------------------- 35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati----------------------------------------------- 37
Ilovalar---------------------------------------------------------------------------------- 38
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Keyingi yillarda mustaqilligimiz sharofati bilan o’tmish tarixga, boy madaniy merosga bo’lgan qiziqish ortdi. Tariximizni birlamchi manbalar asosida o’rganmay turib, kelajakni qurish, madaniy-ma’rifiy va milliy o’zligimizni anglash qiyin, degan fikrni O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bir guruh tarixchilar va jurnalistlar bilan uchrashuvlarida ta’kidlab o’tgan edi. Bu uchrashuvlarda milliy o’zligimizning sarchashmasi tarix va madaniy meros ekanligi alohida ta’kidlab, ularga munosabat davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Vazirlar Mahkamasining 7- iyul 1998-yildagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” chiqargan qarori bunga misol bo’la oladi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asarida olg’a surilgan g’oyalar o’zbek xalqi va uning davlatchilik tarixining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi… Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas…Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz ychun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”1. Ta’kid etilgan hujjatlarning muhim tomonlaridan biri – ularda mamlakatimiz hududida eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha bo’lgan davlatchilik tarixi va uning bosqichlari, shu hududda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini keng va chuqur o’rganish uchun qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berildi. Hozirda Markaziy Osiyo hududining geografik yaxlitligi, tarixiy voqealarning unda joylashgan barcha davlatlar va xalqlarga daxldorligi, ular etnomadaniy umumiylik asosida yaratilgan madaniy va ma’naviy merosning vorislari ekanligini anglab yetish davri keldi. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karomovning: “Biz uchun Turon – mintaqadagi turkey tilda so’zlashuvchi xalqlarning o’ta siyosiy emas, balki madaniy birligining ramzidir. Bundan tashqari, umumiy madaniy, tarixiy va antrapologik ildizlarimiz bizni tojik xalqi bilan ham tutashtiradi. Bu hol bizga o’z madaniyatimizni Markaziy Osiyo uchun ma’lum darajada noyob bo’lgan turk va fors madaniyatlarining sintezi deb hisoblashga to’la huquq beradi”2- deb ta’kidlagani bejiz emas. O’zbekiston va qolaversa, Markaziy Osiyo tarixining ilk o’rta asrlar bosqichi (V-VIII asr birinchi yarmi o’iga xos tarixiy jarayonlari bilan ahamiyatlidir. II-IV asrlarga kelib, Kushon va Qang’ kabi davlatlar tanazzuli kuchayib, ular siyosiy jihatdan mustaqil va mahalliy ma’muriy boshqaruviga ega davlatlar (Afrig’iylar, Choch va Farg’ona) va davlat uyushmalri (So’g’d va Toxariston konferensiyalar) vujudga keldi. Ularning shakillanishida mintaqada kechgan ijtimoiy-siyosiy va etnomdaniy jarayonlar muhim rol o’ynadi. Xususan, ikki yirik etnik guruh: hind-yevropa tillari oilasiga mansub so’g’diylar, xorazmiylar, baxtariylar va oltoy tillari oilasi vakillari- turkiylarning o’ziga sinkretik yaqinlashuvi kuchaydi. Prototurk qabilalari uyushmasi “turk” nomi ostida mintaqada yetakchi mavqega chiqa boashladi. Natijada, bu hodisa etnomadaniy jarayonlarni takomillashtirdi. Marvdan Xitoy devoriga qadar turli etnoslar, jumladan turkiy va so’g’diy komponentlar simboizi ro’y berdi. Bu yangi tipdagi davlatlarining siyosiy barqarorligi, rivoji mahalliy xalqlarning shakillanishiga zamin hozirladi. Ilk o’rta asrlar yangi tarixiy davr sifatida o’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixida muhim bosqich bo’lib, hanuzgacha ilmiy adabiyotlarda to’laqonli yoritilmagan. Bu davrni chuqur o’rganish, atroflicha tahlil etish va voqealarga obektiv baho berish XXI asr boshlarida vujudga kelgan hududiy va etnik mansublik kabi muammoli masalalarning yechimini topishga ham yordam beradi. Ilk o’rta asrlar davrida Markaziy Osiyo mintaqasida kechgan murakkab jarayonlarda boshqa etnik guruhlar qatori faol ishtirok etgan turkiylar vaso’g’diylar o’rtasidagi munosabatlar bu davrdagi davlatchilining holati va evalutsiyasini xolis, ilmiy asoslangan, manbalarga suyangan holda to’laqonli yoritishning dolzarbligini tasdiqlaydi. Zero, mintaqada kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlarni so’g’diy, qadimgi turkiy, xitoy, arab-fors va boshqa manbalardagi ma’lumotlar asosida, ko’p bosqichli, uzviy va tadrijiy turk-so’gd munosabatlarini o’rganish orqali obektiv va chuqur yoritish mumkin. Muammo XIX asr oxiri – XX asr boshlarida topilgan arxeologik ashyolar va yozma yosgorliklar ma’lumotlari asosida ayrim tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. Ular masalani yoritishda o’zlarining siyosiy va mafkuraviy yondashuvlari asosida muammoning muayyan jihatlariga e’tibor qaratganlar. Biroq, turk-so’g’d munosabatlarining V-VII asrlar davlatchiligi va etnomadaniy jarayonlarga tasiri maxsus tadqiq etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |