Tarix va madaniy meros


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Download 1,03 Mb.
bet2/8
Sana01.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#726374
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xoliqov Sodiqjon

Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Kurs ishi ilk o’rta asrlardagi inshootlarni davlatlararo, hududlararo manbalarda o’rganib, tarixiy bilimni oshirishga yanada hissa qo’shadi.Buni o’rganishda olimlardan M.Narshaxiy “Buxoro tarixi”A.Byorns “Buxoroga sayohat”,N.N.Muravyov “Esdaliklar”. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ushbu kurs ishining bajarish dan ko’zlangan maqsad va vazifalari: Ilk o’rta asrlarga oid obidalarni aniqlab ularni tadqiq etish, shuningdek u qaysi hududda joylashganiga qarab o’sha hududda qanday davlatlar bo’lganligini aniqlash, qanday madaniyat hukumron bo’lganini tadqiq etishdan iborat bo’ladi. Jumladan, o’sha obidalarni o’rganish natijasida uni nejoxlik muhim ekanligiga qarab muhofazaga olishni tashkil qilish.
Kurs ishi tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi 43 betdan iborat.

I. ILK O’RTA ASRLARDA SHAHARLAR PAYDO BO’LISHI VA ME’MORIY OBIDA, YODGORLIKLARI
I.1. Ilk o’rta asrlardagi shaharlar tarixi
Buxoro arablar istilosidan avval Buxoro shahri O’rta Osiyoning yirik savdo va madaniy markazlaridan biri edi. O’sha davrlarda Buxoroning hududi 30-35 ga teng bo’lgan. Shahar devorlar bilan o’rab olingan 7 ta darvozadan iborat bo’lgan. Shahristondan g’arbda Ark joylashgan. Arablar istilosigacha Arkda shahar hokimlari Buxorxudotlar yashardi. Arablar shaharni bosib olgandan so’ng bu yerda o’z hukmronligini o’rnatdilar3.
VIII asrga kelib Samarqand shahriga nisbatan ham obro’si ortib bordi. Bu davrda shahar Shahriston qismga ajratilgan. Al-Istaxriy Buxoroda bo’lgan davrda shaharning shahriston qismidagi darvozalarining nomlarini keltirib o’tadi.
1.Madina darvozasi;
2. Nur darvozasi;
3. Podkopo darvozasi;
4. Temur darvoza;
5. Bonu Asad darvozasi;
6. Bonu Sad darvozasi bo’lganligini ta’kidlaydi.
IX asrga kelib Buxoroda Somoniylar hukmronlik qila boshlaydi. Buxoro shahrini o’z poytaxti qilib oladi. Bu davrda O’rta Osiyoda hunarmandchilik savdo va madaniyat juda tez rivojlandi. Ayniqsa, rus davlati bilan savdo-sotiq ishlari kuchayadi. Somoniylar davrida shaharning tashqi ko’rinishi o’zgardi, aholisi ancha ko’paydi. Shahriston atrofida yangi mahallalar, guzarlar, bozorlar, ustaxonalar paydo bo’ldi. 967-yilda Abubakr boshchiligida qo’zg’olon boshlanadi. O’sha davrda Buxoroda o’zaro munosabatlarning rivojlangan davr hisoblanardi. Shu vaqtdan boshlab shahar bo’lina boshlandi. U asosan uch qismga Ark, Shaxriston va Rabotga ajratiladi. Registon maydoni shaharning ma’muriy markazi bo’lib qoldi. Bu yerda devonlar, ya’ni asosiy muassasalar joylashdi. Registon atrofida saroy amaldorlarining urug’ aymoqlariga tegishli hashamatli uylar quriladi. Shaxriston chegarasidan tashqarida Rabod paydo bo’ldi. Aholi o’z kasb-hunarlariga ko’ra joylashgan edi. Rabodning ayrim qismlari devor bilan o’rab olinadi. Bulardan tashqari shahar hududi 11 ta darvozali baland devorlar bilan o’rab olinadi.
Kesh shahri haqida Ibn Xavqal bunday yozadi: “Kesh esa ko’handiz, qo’rg’on va rabodga ega bo’lgan shahardir. Shuningdek, rabodga tutashib ketgan boshqa madina ham mavjud. Undagi uylar loy va yog’ochdan qurilgan”. Al-Maqdisiy ham Kesh madina va rabodga ega bo’lgan shahar bo’lganligini yozgan. Uning tavsifi hozirgi Shahrisabz o’rnida bo’lgan Keshga to’g’ri keladi, chunki manbada ichki madina ko’handizi bilan (Kitob o’rnidagi ilk Kesh) tashlandiq holdaligi, tashqisida esa aholi zich joylashganligi ta’kidlangan. Lekin jome’ masjidi vayron bo’lgan madinada, bozorlar esa rabodda joylashgan. “Uning imoratlari, - deb yozadi al-Maqdisiy, - Buxorodagi kabi loy va yog’ochdan qurilgan”. Ibn Xavqalning “Yo’llar va yurtlar”asarida Kesh haqida quyidagi ma’lumotlar saqlangan: “Kesh shahristonida to’rt darvoza bor: Temir darvoza, uning yonida Ubaydulloh darvozasi va to’rtinchisi tashqi shahar darvozasi. Tashqi shaharda ikkita darvoza bor: ichki shahar darvozasi va Barkanon darvozasi. Siyom tog’laridan boshlangan daryo shaharning janubida oqadi, yana bir daryo - Asrud; Qashqrud rustoqidan boshlanib, shaharning shimolida oqadi”4.
Kitob al-masolik va-l-mamolik”Abu Zayd Balxiy, Istahriy va Ibn Xavqal ijodi mahsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh qal’a (ko’handiz), shahar qo’rg’oni (hisn) va shahar atrofi (rabod) qismlardan iborat bo’lgan. Qal’a arablar istilosi davrida xarob etilganicha, hali tiklanmagan edi. Shahar eniga va bo’yiga 2 km dan ortiqroq maydonni ishg’ol qilgan va 4 ta darvozasi (tashqi devorda 2 ta darvoza) bo’lgan. Shahar yonidan daryo oqib o’tishi, iqlimi issiqligi, mevalar mo’l-ko’lligi ta’kidlangan.
Xudud-ul-olam muallifi noma’lum, X asrda forsiy tilda yozilgan geografik asar. Mazkur asarning Movarounnahr tavsifi qismida Kesh haqida ham ma’lumot bor. Unda shaharning shahriston, ko’handiz va rabodi borligi, uning yonidan oqib o’tuvchi daryo suvidan dehqonchilida foydalanilishi, yaqinidagi tog’lardan tuz va boshqa qazilma boyliklar qazib olinishi yozilgan.
Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning (1113-1167) «Kitab al-ansobqomusiy asarida O’rta Osiyo tabiati, xo’jaligi, shaharlari, olim va fuzalolari hahida qimmatli ma’lumotlar berilgan, Kesh alohida viloyat sifatida tavsiflangan. Kesh shahri Naxshabga nisbatan kichikroq va mahalliy aholi shahar nomini “Kishsh” shaklida talaffuz qiladi, deyiladi. Kesh viloyatida esa o’nta qishloqning nomi va o’rni qayd etilgan5.
Yoqut al-Xamaviyning (1179-1229) “Mu’jam al-buldon” asari Sharq mamlakatlari, jumladan, O’rta Osiyo haqida geografik va tarixiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan muhim qomusiy manba. Mazkur asarda Kesh shahrining nomi arabcha talaffuzda “Kis” shaklida yozilgani aytilgan. Kesh shahri va viloyatidagi qishloqlar haqida qisqa geografik ma’lumotlar berilgan.
Termiz arablar bosqini davrida shahar maydoni 70 gektarni egallagan bo’lib, to’rtburchak shakldagi qal’adan iborat bo’lgan. X asrda bo’lgan “Hudud al -olam” asarida, Termiz “Jayxun bo’yidagi ko’rkam va obod shahar qal’asi daryo bo’yida ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chog’aniyon ahli shu yerda savdo qiladi”, deb tarif berilgan1220-yilda Termiz Mo’g’ullar tomonidan vayron qilinadi. Sharafiddin ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida berilgan ma’lumotda Termiz aholisi mo’g’ullarga qattiq qarshilik ko’rsatgan shu boisdan shahar “Madinat ur-Rijol” (Mardlar shahri) deb atalgan.1333-yilda Termizga tashrif buyurgan arab sayyohi Ibn Battuta o’z “Sayohatnoma”sida “Ko’hna Termiz shahri Jayhun bo’yida barpo etilgan edi. Chingizxon bu shaharni vayron etgandan so’ng yangi shahar ikki chaqirim narida qurilgan. Bu shaharda gavjum bozorlar va muhtasham imoratlar bo’lib uni ko’plab anhorlar kesib o’tadi. Unda bog’-rog’lar mo’l. Ayniqsa, bu joyning uzumi va behisi haddan ziyod shirindir” deb ta’kidlab o’tadi.
Jizzax. Yunon solnomalarida Kiropol va Gazoni deb tilga olishadi. Arxeologlar Gazo shahrining o’rnini aniq va asosli tayin aytmasalarda tarixiy manbalarda Samarqand va Toshkent oralig’ida joylashganligini aytadilar. Olimlar Gazoni qadimiy joy deb taxmin qiladilar. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyohlaridan Ibn Havqal va Muqaddasiylarning asarlarida Usturshonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar bir necha bor inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan.
Zomin. Tarixiy shahar bo’lib qadimda Sarsakda, Susakda, Sabda nomlari bilan yuritilgan. Uning asos solingan vaqti noma’lum. Arab sayyohlarining ma’lumotlariga ko’ra (Ibn Havqal, MuqaddasiyXasr). Zomin arablar kelmasdan oldin ham bo’lgan va Usturshonada yirik shaharlardan biri bo’lgan. Shahar Zomin suvining har ikkala sohilida joylashgan. X asrda Zomin yonida arablar kelgunga qadar bo’lgan eski shaharning xarobalari saqlanganligi manbalarda qayd etilgan. Shahar yonida jome’ masjidi bo’lgan. Zominning Samarqand, Buxoro, Shosh va Farg’ona vodiysi shaharlarini bog’lovchi katta karvon yo’lda joylashganligi uning ravnaqiga ijobiy ta’sir qilgan. XV-XVII asrlarda Zomin mustahkam qal’adan iborat viloyat markazi edi6.
Farg’ona vodiysi Movaraunnahrning muhim viloyatlaridan biri bo’lgan Farg’ona ibn Havqalning ma’lumot berishicha, katta hududni o’z ichiga olgan va ko’plab shahar hamda qishloqlarga ega bo’lgan. Uning poytaxti Ahsikent bo’lib, shaharda ko’plab bozorlar faoliyat ko’rsatgan. Shaharning 5 darvozasi bo’lib, ular Merdakush, Koson, Jome’ masjidi darvozasi va boshqalar. Sa’moniy (XII asr) ma’lumotlariga ko’ra poytaxt Axsikent Farg’onaning eng go’zal va ozoda shaharlardan hisoblangan. Bu shahar xarobalari Kosonsoyning Sirdaryoning o’ng qirg’og’iga quyulish joyida, Namangandan 20 km janubiy g’arbda joylashgan7. Farg’ona shaharlari va savdo yo’llari haqida Istahriy ham muhim ma’lumot berib o’tadi. U Farg’onani eng gullab-yashnagan katta viloyat, Turkiston darvozasi deb ataydi. U yerdagi tog’larda kumush, tillo konlari nashtar va simob mavjudligini aytadi. Istahriy Farg’ona Xo’jand bilan chegaralanganligini ta’kidlaydi va Xo’janddan Axsikentga o’tish yo’lini ko’rsatadi. Axsikentdan 5 farsax uzoqlikda Koson shahri joylashgan.
Sa’moniy ma’lumotlariga ko’ra, Kosonda mustahkam qal’a bo’lgan. Bu shahar hozirgi Namangan viloyati Kosonsoy tumani markazidagi Mug’ qo’rg’oni qal’asiga mos tushadi. Farg’onaning shimoliy qismida esa Nejem va Kerva tumanini Istahriy esga olib o’tadi. Kosondan Nejemgacha 1 farsax, Kosondan Kervangacha 4 farsax bo’lgan. Nejem hozirgi Nanay qishlog’i, Kervon esa hozirgi Chustning shimoliy qismida bo’lgan8. Farg’ona shaharlaridan yana biri Qubo (Quva) esa Istahriyning ma’lumotlariga ko’ra, kattaligi jihatidan Axsikentdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi va qal’a Rabot, Jome’ masjidi va yirik bozorlari mavjud bo’lgan. Bu shahar xarobasi Farg’ona viloyati Quva tumani markazida joylashgan. Ibn Havqalning yozishicha, Quva Sayxungacha yetib boradigan Nahr sohilida qad ko’targan. Uning markazida Registon maydoni, Kuhandizda Jome’ masjidi, Rabodida esa saroy hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar mo’g’illar tomonidan vayron etilgan9.
Samarqand shahri to’g’risida X asr arab geografi Istaxriy fikr bildirib shaharni “Mavoraunnahrning quruqlikdagi bandargohi” deb tarif beradi. IX-XII asrlarda shahar hayoti Shahriston devorlaridan tashqariga chiqib, Cho’ponota tepaliklaridan tortib Darg’om daryosi etaklariga, Zarafshon vodiysining bepayon kengliklariga yoyilgani takidlangan. Manbalarda keltirilishicha, Samarqand o’zining ko’klamzorligi bilan mashhur bo’lgan.
Istahriyning ta’rifiga ko’ra, Samarqandda so’g’d daryosidan janubda joylashgan va undan baland turgan shahardir. Bu yerda ark, shahriston va rabod bor. Men arkka ko’tarilib, inson ko’zi hech qachon ko’rmagan ajoyib manzaralardan birini, ko’m-ko’k daraxtlarni hashamatli qasrlarni oqayotgan kanallarni va uzliksiz barq urib turayotgan madaniyatni ko’zdan kechirdim. Bularning hammasi hamisha mavjlanib turgan kanallarda va suvga to’la havzalarda aks etadi. Samarqandda qal’a va to’rtta darvoza bor. Sharqiy darvoza “Xitoy darvozasi” deb ataladi u tepalikda joylashgan. Ana shu joydan ko’p sonli zinopoyalar orqali so’g’d daryosiga tushiladi. G’arbiy darvoza Navbahor deb ataladi. U ham tepalikda joylashgan. Shimoliy darvoza Buxoro darvozasi. Janubiy darvoza – Katta darvoza ham deb atalishini takidlagan.
At – Tabariy “payg’ambarlar va podshohlar tarixi” kitobida Samarqand shahriga shoh Samar asos solganligi, “Qand” esa bu joylarda yashagan turk aymog’i ekanligi aytiladi. Ayrim tarixchilar shahar nomini “uchrashuv joyi”, “Savdogarlar yig’iladigan joy” tarzida talqin qildilar. Aleksandr Maqduniy (Makedanskiy) shaharni istelo qilgandan so’ng yunonlar uni “Marokanda” deb atay boshlaganlar.
XV asrda yashab ijod etgan Hofiz Abruyning arabcha yozilgan “Jug’rofiy “ asari “Kitob al-masolik va almamolik” (Yo’llar va mamlakat kitobi) deb atalgan, uni “Ashkon al-akolim” (Iqlimlar surati) deb ham nomlashgan. Asarda Samarqandning qisqacha tarixidan so’ng shahar va shahar atrofining, shahardagi qal’alar, saroylar, machitlar, bog’lar, qishloqlar ta’rifi berilgan. Shovdor – Samarqandning janubida, durust havosi bor, aholisi baquvvat va sog’lom. U Koxiyaning bo’yi (darozi) 10 farsang. Odamlari shuto’rdor (ot- ulovi ko’p). Dobusiya – kichik shahar, Buxoro bilan Samarqand orasida. Hozir aytadilarkim, uni sulton Jaloliddin qurgandir. Dobusiyadan Kushongacha 5 farsang yo’l10.
Nasaf, Istahriy ma’lumotiga ko’ra, Nasaf - kuhanduz, shahriston va raboddan iborat yirik shahar edi. Shaharni daryo kesib o’tgan bo’lib, shahar darvozalari (Buxoro, Samarqand, Kesh, Gubdin) qo’shni yirik shaharlar va aholi punktlariga eltuvchi nomlar bilan atalgan. Nasaf rabodi ham devor bilan o’ralganva uning to’rt darvozasi bo’lgan. Bu darvozalar Samarqand, Kesh, Kajarit va Gubdin deb nomlangan. Jome’ masjidi rabodda, bozorlar yonida yirik bozor qad ko’targan.
Ibn Havqal ma’lumotiga ko’ra Gubdin darvozasi yonida yirik bozor bo’lganligini ta’kidlaydi. Sa’moniy (XII) Nasafda uning mahalla, to’rt ko’cha, ikki masjid, bir darvoza va bir rabod bo’lganligini sanab o’tadi. XVII asr muallifi Mag’mud ibn Valining yozishicha “Mo’g’il Kepakxon u yerda Saroy qurdiradi. Saroy mo’g’ilcha “Qarshi” deb atalganligi uchun u joylashgan shahar Qarshi nomi bilan mashhur bo’ldi. U kichik bo’lsa ham did bilan reja asosida qurilgan. Unda ko’plab bog’lar va ekin maydolari mavjud. Ularda madrasa, xonaqa, masjidlar va hamomolar mavjud”11.
Chog’oniyon Arab tarixchisi Istahriyning ma’lumotlariga ko’ra, Chag’oniyonning Termizdan maydoni jihatdan katta, biroq Termiz aholisi soni va boyligi bilan Chag’oniyonddan ustun turgan. Manbalarda poytaxt Chag’onyondan karvon yo’llari Hisorning janubiy yon bag’rlari bo’ylab shimoli-sharqqa Qorateginga va Surxon soyi bo’ylab Pomir orqali Xitoyga o’tganligi ta’kidlangan. Shu ma’lumotlar bilan birgalikda bu yo’ldagi birinchi to’xtash joyi Hamavaron shahrini ko’rsatib o’tadi. Qudam ibn Ja’far Hisordan 15 km uzoqlikda joylashgan Shahri nav yodgorligi o’rnida bo’lganligini aytib o’tadi. Bundan so’nggi aholi manzili Shuman (hozirgi Hisor) bo’lgan. Ibn Xurdodbeh yana bir oraliq to’xtash joyi – Abu Kasvon bekatini ham eslatib o’tadi. Bu bekat Xashavarondan 8 farsax, Shumandan 5 farsax uzoqlikda joylashgan. Chag’oniyonning markaziy shahri Chahoniyonda Ibn Havqalning ta’riflashicha, ark-kuhandiz mavjud bo’lgan. Al Muqaddasiy esa shaharda juda ko’p muhtasham yopiq bozorlar bo’lib ulardan birining markazida pishirilgan g’ishtdan qurilgan juma masjidi joylashgan deb ta’kidlaydi. “Hudud al-olam” da esa Chag’oniyon tog’ning yon bag’rida joylashgan katta shahar deb ta’rif bergan.
Usturshona Ibn Havqal Usturshonani alohida viloyat deb tasvirlaydi, viloyatning eng katta shahri Bunjikent bo’lgan.Hukmdor qarorgohi ham shu yerda joylashganligini ta’kidlaydi. Bunjikent yirik siyosiy va hunarmandchilik markazi bo’lib, IX-X asrlarda aholisi zich va juda qulay, suvga serob bo’lgan yerda joylashgan shahar bo’lgan. Shahar Shahriston, Ko’handuz va Rabotdan iborat bo’lib, Shahristonda 2 ta darvoza, rabotda esa 4 ta darvoza mavjud bo’lgan. Bu darvozalar Zomin, Morsmonda, Nujeket, Qahlabod deb atalgan. XII asrda Bunjakent tushkunlikka uchragan. Bu shahardan so’ng kattaligi jihatdan keyingi o’rinda turuvchi shahar Zomin hisoblanadi. Istahriyning ma’lumotiga ko’ra, Zomin Farg’ona va Xo’janddan So’g’dga eltuvchi yo’lda joylashgan. Zomin aholi zich joylashgan hunarmandchilik va savdo sotiq markazi bo’lgan. Ibn Havqal Usturshona shaharlaridan yana Jizzaxni eslab o’tadi va uni tekislikda joylashgan shahar deb ataydi12.
Istahriy o’zining ma’lumotlarida Usturshona shaharlarini bog’lovchi yo’llarni, ular orasidagi masofalarni keltirib o’tadi, Xarakakadan Jizzaxgacha 5 farsax, Xarakakadan Zomingacha esa 9 farsax, Zomindan Sabotgacha 3 farsax, Zomindan Qurkatgacha 13 farsax, Usturshona va Sabot oralig’idagi masofa 3 farsax, Nujekat va Xarakan oralig’idagi masofa 2 farsax bo’lganligini yozadi. Usturshona aholi punktlarini bog’lab turuvchi ichki yo’llar tarmog’iga ega bo’lgan. Bu yo’llar, o’z navbatida O’rta Osiyo savdo yo’llarining tarkibiy qismi sifatida ham ahamiyatga ega edi. Usturshona hududi orqali Samarqand, Buxoro, Xuroson hamda g’arbda joylashgan shahar va mamlakatlarga boruvchi yo’llar o’tgan. Ilk o’rta asrlarda (V-IXasr) O’rta Osiyodagi Usturshona tarixiy geografik viloyati tarkibiga kirgan. Uning siyosiy tarixi manbalarda ham yoritilgan. U O’ratepa nomi bilan daslab Boburning “Boburnoma” asarida (XVI asr) tilga olinadi. XVIII asrda mustaqil hudud sifatida ma’lum edi.

Xorazm vohasi shaharlari Xorazm hududidan o’tgan karvon yo’llari va ular bo’yida joylashgan shaharlar, karvonsaroylar haqida o’rta asr mualliflari Istahriy, Yoqut,Madisiy,Muqaddasiy va boshqalar ma’lumot beradilar. Xorazmning poytaxti bo’lgan Kat shahri muhim savdo-iqtisodiy, savdo yo’llarida joylashgan. Istahriy Xorazm shaharlarining iqtisodiy hayotini yoritganda “Xorazm shaharlari serhosil va mevalarga boy, u yerda paxta va jundan buyumlar tayyorlanadi, turklar bilan olib boriladigan savdoda katta foyda ko’radi” deb xabar beradi. Muallifi noma’lum bo’lgan “Hudud al olam” asarida Urganch shahri ichki va tashqi shahardan iborat ekanligi aytiladi. Muqaddasiy esa uning 4 ta darvozasi bo’lgan yirik shahar ekanligini ta’kidlaydi. 1219-yil Urganchda bo’lgan arab sayyohlaridan biri Yoqut bu shaharning xalqaro savdo aloqalarida muhim o’rin tutganini ta’kidlab, bu shahar ko’chalarida yurgan kishi bamisli gavjum bozordan o’tgandek bo’ladi deb yozgan. O’rta asrlarda Xorazm iqtisodiy jihatdan yuksaladi va bu davrda shaharlar sonining ortib borishini kuzatish mumkin. Istahriy 13 ta shahar bo’lganligini ta’kidlasa, Maqdisiy esa Xorazmda shaharlar sonini 30 ta bo’lganligini keltirib o’tgan. Arab mualliflaridan yana biri Muqaddasiy Xorazm shaharlarini katta va kichik shaharlarga ajratgan


katta shaharlarga: Kat, Urganch, Mizdaxkan, Darg’onni;
kichik shaharlar qatoriga: Barategin, Jaz, Mashira, Zardux, Kuderki kiritadi.
Xorazmshohlar davlatining poytaxti – Gurganj shahri hisoblangan. Zakariyo Qazviniyning yozishicha, Gurganj Jayhun daryosi bo’yidagi katta shahar, aholisi juda ko’p deb tarif beradi. 1219-yil Mo’g’ullar istilosigacha qadar bo’lgan davrda Gurganjda bo’lgan Yoqub Hamaviy: “Men Gurganj kabi buyuk va go’zal shahar ko’rmadim” –deb yozadi. Qazviniy esa Gurganj haqida fikr bildirib, bu go’zal shahar “Jannatdagi shahar uni chimildiqdagi kelinchakni qo’riqlaganday, farishtalar qo’riqlaydi” deb yozadi13.
Mo’g’illar istilosiga qadar Gurganj juda obod aholisi gavjum zich bo’lgan. Z.Qazviniy yozishicha Gurganjda aholi ko’pligidan ko’chalarda, bozorlarda odamlar bir-biriga urilib yurgan va o’tish ancha qiyin bo’lgan. Shahar bozorlari gavjum bo’lib, savdo-sotiqni muhtasib nazorat qilib turgan. Muhtasib mollarning sifatini qop, qonar idishlarning tozaligini, mevalarning yangi uzulganligini, tosh-torozilarning to’g’riligini tekshirgan. Mo’g’illar istilosidan 1 yil avval 1219-yil dekabrda Xeva shahrida bo’lgan Yoqut Hamaviy Xevani – Gurganjdan 15 farsax olisdagi qal’a shahar deb tariflaydi. Xorazm davlatining boshqa shaharlarida islom ahli hanafiya mazhabiga amal qilsa, faqat Xevada Shofiya mazhabiga amal qilishganligini yozadi.
Toshkentning qadimgi nomiyozma manbalarda keltirilishicha “Choch” bo’lgan. Toshkent arablar tasarrufiga o’tgach, arab alifbosida “t” harifining yo’qligi tufayli arablar uni “shosh”, ilk o’rta asrlarda u “Choch”, “Shosh”, “Shoshkent”, “Madinat ash-shosh”, “Binkat” va “Tarkan” deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki ma’lumotlar Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning “Kitob al masolik val mamolik” (yo’llar va mamlakatlar) asarlarida Shoshning bosh shahri Binkat deb ko’rsatiladi. “Hudud-al olam” (Olamning chegaralari) kitobida “Choch katta viloyat, xalqi jangovar va saxiydir, u yerda kamon va o’q yoy yasaladi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir” deb ta’riflaydi. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida Choch o’zining kamoni shoshiy (o’q-yoylari) bilan mashhur bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor14. Shahar “Toshkent” nomi bilan dastavval Abu Rayxon Beruniy va Mahmud Qoshhariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy “Hindiston” asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib, “Tosh” so’zi asli turkcha bo’lib Shosh ko’rinishini olgan. “Toshkand – toshli qishloq demakdir” deb izohlaydi.
Mahmud Qoshg’ariyning ma’lumoti bo’yicha Toshkent XI-XII asrlarda “Tarkan” ham deb yuritilgan. Boburning “Boburnoma” asarida Toshkent nomi ustida to’xtalib Toshkent nomini Shosh, ba’zan Choch deb qayd etiladi. XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta – sekin muomaladan tushib qoladi. XVII asrda yashagan tarixchi Mahmud ibn Vali shunday yozadi: “Shosh-Sayxunning o’ng tomonida joylashgan shahar u Turkistonga qaraydi... Uni Choch deb ataydilar biroq hozirgi vaqtda Toshkent nomi bilan mashhurdir”. O’rta asrlarda Toshkent vohasi Shosh va Iloq nomi bilan yuritilgan. Mutaxasislar Iloqni Angren daryosi vodiysi, Shoshni esa Parak daryosi (Chirchiq) vodiysi deb tushuntiradilar. Angren etagida Benaket shahri, Chirchiq etagida esa Nejaket shahri joylashgan bo’lib, ular orasidagi masofa Istahriy 3 farsaxga teng deb keltiradi. Ibn Havqal vohaning o’ziga xosligi haqida to’xtalib, Xuroson va Movarounnahr Shosh vohasidek masjidlarga, katta-katta qishloqlarga boy, ko’plab binolar mavjud bo’lgan hududni ko’rmaganligini ta’kidlaydi15. U Shosh vohasi chegaralari bir tomondan Shosh daryosigacha, ikkinchi tomondan esa Temirdarvozagacha, uchinchi tomondan esa Iloq tog’larigacha, To’rtinchi tomondan esa Xristianlar qishlog’i Vikkerdgacha cho’zilganligini ta’kidlaydi.
Manbalarda xalifalik poytaxtidan Choch orqali Janubiy –Sharqiy Osiyogacha o’tuvchi ikkita tranzit yo’li – janubiy va shimoliy yo’l qayd etiladi. Janubiy yo’lni Istahriy “Benaket” yo’li deb nomlagan. Bu yo’l So’g’ddan Usturshona orqali Chochga, so’ngra Benaketga, u yerdan esa Harashketga va Xudoynket orqali Parak vodiysiga o’tgan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish