Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


-Mavzu: Antik davrda ilmiy tafakkurning paydo b



Download 3,33 Mb.
bet3/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

2-Mavzu: Antik davrda ilmiy tafakkurning paydo bо’lishi va shakllanishi
1-mashg’ulot
Reja:
1. Qadimgi Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil, Hindiston va Xitoy) da dastlabki bilimlarning tо’planishi.
2. Hamurappi qonunlari dastlabki huquqiy hujjat.
3. Finikiyaliklar alifbosi.
4. Vavilonliklarning ilmiy bilimlari.


2-mashg’ulot
Reja:
1. Qadimgi hind yozma adabiyotining vujudga kelishi (“Mahabxarata” va “Ramayana” dostonlari).
2. Qadimgi Xitoyda ilmiy tafakkurning rivojlanishi.
3. Sima Tsyan tomonidan Xitoyning eng qadimgi zamonlardan boshlanadigan tarixini yozilishi va uning ahamiyati.
4. Konfutsiy va uning ta’limoti.
Tayanch sо’z va iboralar: Ilk jamiyatlar, Ellada, Qadimgi Sharq, Hindiston, Jaynizm, zardо’shtiylik, orfizm, konfutsiy, trepanatsiya, buddizm, yil hisobi, slavyanlar, eskimoslar, skeptiklar.
Ilk jamiyatlar paydo bо’lganidan keyin, ayniqsa, antik quldorlik davridan boshlab, inson mohiyati va qadri mutlaqo yangicha talqin qilina boshlangan. Erksiz qullar kо’pchilikni tashkil qilgan bо’lsada, ular odam hisoblanmasdan ishchi hayvon darajasiga tushirilgan. Inson va insonparvarlik faqat hukmron tabaqalarga xos bо’lgan.
Antropologik, ya’ni odam haqidagi muammolar erkin fuqarolar taqdiri, ularning his tuyg’ulari, ma’naviy hayot va jismoniy qiyofasi axloqi va maishiy turmushini qamrab olgan va barcha falsafiy-estetik, diniy ta’limotlarda о’z ifodasini topgan.
Qadimgi Elladada ilmiy tafakkur tongining nurlari, aniq fanlarning dastlaki shakllanishi Sharqda avj olgan yirik diniy harakatlar davrida rо’y bera boshlagan.
Mil.ol. VII-V asrlarda Hindistonda Yangi diniy e’tiqod Jaynizm, О’rta Sharqda Zardо’shtiylik zaminida paydo bо’lgan yangi din talabiga mos dualistik e’tiqodlar Xitoyda buddizm ta’limotiga Yangi ruh kiritishga intilgan Konfutsiychilik shular jumlasidandir. Yunonistonda ham bu davrda Yangi diniy oqim – Orfizm keng tarqalgan edi.
Jaynizm-Hindistonda tarqalgan dinlardan biri (3 mln kishi e’tiqod qiladi.) mil.avv. VI asrlarda paydo bо’lgan. Rivoyat kо’ra jay. Asrlar osha 24 ustoz payg’ambar orqali yetib kelgan. Ularning eng sо’nggisi Jinna (ya’ni g’olib, dinning nomi shundan) va Maxavira taxallusini olgan Vardhamana bо’lib, shu din asoschisi hisoblandi.
Jayn. qad. Hind jamiyatidagi harbiylar (Kshatriy) bilan ruhoniy –braxmanlar о’rtsidagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi oqibatida vujudga kelgan. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha jaynizm-buddizmning bir mazhabidir. )
Buddizm –Budda nomidan olingan. Buddaviylik –jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Unga e’tiqod qilgan Tax. 500 mln. ortiq. Mil.ol. V-VI asrlarda Hindistonda paydo bо’lgan. )
Konfutsiychilik- Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta’limot. Keyingi eng ta’sirli uch asosiy falsafiy diniy oqimlardan biri. (daosizm va buddizm bilan birga.) Konfutsiy asos solgan. Konfutsiylik milodiy I asrlarda davlat ta’limotiga aylandi.
Kо’p mamlakatlarda ilk davlatlar paydo bо’lgan davrda tabiat va inson birligiga asoslangan. Ibtidoiy odamga xos bо’lgan о’tkir ko’zatuvchilik va uning tabiat bilan chuqur tanishishi insonni tuganmas tabiat kitobining ba’zi sirli varaqlarini о’qiy bilish darajasiga kо’targan.
Albatta, mazkur ijobiy bilimlar tо’planmaganda insoniyat о’zining gо’daklik davridan chiqa о’lmas, umuman rivojlanish bо’lmas edi. Uning yо’lida uchragan va doimo g’ov bо’lib kelgan notо’g’ri, teskari xayoliy tasavvurlar qanchalik kо’p bо’lmasin, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotni xech vaqt tо’xtata olmagan. Aksincha, ijobiy bilimlar о’zidan keyin paydo bо’lgan ilmiy tafakkurning ashaddiy raqibi hisoblangan diniy tasavvurlar bilan murosasiz kurashda shakllanib, bu kurash jarayonida tо’plagan bilimlarning qanchalik haqiqiy ekanligi aniqlangan.
Eng qadimgi davrlardan boshlab Quyosh, oy, yuldo’zlar kompas va soat vazifasini bajargan. Bir tadqiqotchining obrazli iborasi bilan aytganda, odamni xayvondan ajratadigan belgilaridan biri, uning ba’zan boshini kо’tarib osmonga qarashining asosiy sababi ish mavsumini yuldo’zlarning xarakatlari va sonlari о’zgarishiga qarab belgilash zaruriyatidadir. Masal, papuaslar quyoshning yurishiga qarab ishni boshlash va tugatish vaqtini aniqlaganalar, Arabistonda yashovchi kо’chmanchi qabilalar uchun jazirama issiqdan qochib, kechalari kо’chib yurganlarida oy doimiy yо’lchi bо’lgan. Shuning uchun ham bu yerda paydo bо’lgan Islom dinining muqaddas alomati yarim oydir.
Kо’p xalqlarda hozirgacha yil Hisobi oy kalendariga asoslangan.
Deyarli barcha qabilalarda yuldo’zlarni hayvon ismi bilan nomlash odat bо’lgan. mas, afrikalik bushmenlar u yoki bu yuldo’zni toshbaqa, kaltakesak, tog’ echkisi va x.k. Hayvon nomi bilan ataganlar. Tub avstraliyaliklar jadi yuldo’zlarini kenguru deb ataydilar. Ularning о’ylashicha osmon ovchilari tutib yeyish uchun bu kenguruning ketidan yurar emish, osmondagi somon yuli esa usha ovchilar yerda yoqqan gulxanning osmonga kо’tarilgan tutini emish.
Eskimoslar yuldo’zlarni tulen ovlashga chiqib, osmonda yо’l topolmay adashib yurgan ovchilar deb ta’riflaydilar.
Mо’g’ullar va turklar yilni 12 oyga bо’lib, har oyni bir xayvon (sichqon, bo’zoq., arslon, quyon, naxang, ilon, ot, qо’y, maymun, tovuq, it va chо’chqa) nomi bilan ataganlar. Bu yil hisobini qо’shni Osiyo mamlakatlari, shu jumladan О’rta Osiyo xalqlari ham qabul qilgan.
Qadimgi Sharqda keng tarqalgan yana bir (Quyoshning yillik xarakati doirasidagi 12 nuqtada joylashgan burj - zodiak yuldo’zlar turkumiga asoslangan) kalendarda ham sayyoralarning kо’pchiligi hayvon (qо’zichoq, bo’zoq, qisqichbaqa, sher, chayon, tog’ echkisi, baliq nomi bilan atalgan.
Mazkur oy nomlari har bir xalqning mashg’uloti, mehnat faoliyati, turmush tarzining о’ziga xos xususiyatlarini obyektiv ravishda ifodalovchi muhim dalillardir.
Masalan, zodiak (burjiy) yil hisobida oyning Bo’zoq yuldo’zlar turkumining yonida joylashgan vaqt aprel-mayga tо’gri keladi va о’sha vaqtda dalaga mol (bo’zoq,) larni haydab chiqarganlar. Kamon oyi (noyabr-dekabr) ov qilish davriga, sunbula (arabcha «boshoq.») oyi (avgust-sentabr) yilning dexqonchilikda hosil beradigan eng gо’zal urim-terim vaqtiga tо’g’ri keladi. Agar moviy samo ovchi qabilalalar tasavvurida ovchilar quvlagan xayvonlar bilan tо’lsa, chorva xalqlarida uy hayvonlari va podachilari bilan, dexqonlarda har Xil dexqonchilik qurol-asboblari bilan tо’la.
Masalan, slavyanlar yuldo’zlar turkumini omoch, mola, xaskash, chalg’i, obkash deb ataganlar. Albatta, ibtidoiy odamlarning yuldo’zlar, Oy va Quyosh bilan bog’liq, tushunchalarida har Xil totemistik tasavvurlar ham ma’lum о’rinni egallagan. Hozirgacha qorong’u osmonda meteorit kо’chsa, birovning о’limi bilan bog’lab, uning «yuldo’zi uchdi» deyilishi bejiz emas.
Madaniyat tarixini о’rganuvchi olimlar ibtidoiy odamlarni olovni hosil qilishlarida ba’zi jihatlaridan- fizik, oziq-ovqat tayyorlashda- Ximik, davolashda va yaralarni bog’lashda - Xirurg , tevarak-atrofdagi muhitni, daryo va tog’larni bilishda – geograf, barmoq hisobida - matematik, toshbolta va о’q yoyni yasashda – Ixtirochi mexanik deb ta’riflaganlar.
O’zoq о’tmishga qancha chuqur nazar tashlasak, uning sirli sahifalarini varaqlasak, bu fikr tо’gri ekanligi isbotlanadi. Ilmning ilk shakli odamning mehnat qurollarni ishlab chiqarish va ulardan foydalana bilish qobiliyatidan boshlangan edi.
Ibtidoiy meditsina va farmakologiya tо’plagan ba’zi bilimlar hozirgacha zamondoshlarimizni hayratda qoldiradi. Meditsina tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlarning fikricha, ibtidoiy ovchilar ma’lum darajada amaliy anatomiya sohasida ulardan bir necha ming yil keyin (О’rta asrlarda) yashagan vrachlarga nisbatan ancha chuqur bilimlarga ega bо’lganlar. О’rta asrlarda jasadlarni yorib ochish taqiqlangan bо’lsa, ibtidoiy tabiblar eng murakkab Xirurgiya yuli bilan bosh suyagini kesish (trepanatsiya qilish) yо’llarini yaxshi bilganlar.
Agar о’tgan asrning boshlarida meditsina fani asosida bosh suyagi trepanatsiya gilingan kishilarning 90 foizi halok bо’lgan bо’lsa, bir necha asrlardan beri Shimoliy Afrika qabilalaridagi tabiblar amalga oshirib kelayotgan bosh suyagini kesish operatsiyasidan deyarli xech kim о’lmagan. Lekin shu bilan bir qatorda ibtidoiy qabilalarda vaxshiyona xurofiy usullar ham qо’llanilgan.
Masalan, ba’zi qabilalarda dori-darmon va massaj bilan bosh og’riq tо’xtamasa, trepanatsiya usuli bilan yoki bemorning manglayini teshib «davolaganlar». Badandagi ortiqcha о’simtalarni olib tashlash, singan joylarni to’zatish, qon oqishini tо’xtatish kabi Xirurgiya usullari zо’r mahorat bilan bajarilgan.
Ibtidoiy avstraliyaliklar suyak singanda «shina»dan foydalanishni, о’rgimchak uyasi va kul bosib qon oqishni tо’xtatishni, ichni surdirishni va qustiradigan vositalarni yaxshi bilganlar. Kо’p qabilalar zahardan baliqni karaxt qilish, uq-yoyni zaharlash hamda ba’zan davolash maqsadida foydalanganlar. Janubiy amerikalik indeyetslar ba’zi zaharli о’simliklarni zaharsizlantirib, iste’mol qilish yо’llarini ham bilganlar. Ular kauchuk daraxtidan qlizma qiladigan asbob Ixtiro qilganlar, sanitariya va shaxsiy gigiena, issiq, va sovuq; gidrotera­piya usullariga ham, parhez saqlashga ham ahamiyat berganlar. Deyarli har bir qishloqda tepalik yonbagriga uyilgan gorda yoki yerda usti teri bilan yopilgan 6yg’ hammomi bо’lgan, barcha shimoliy indeyets qabilalari umumiy qoida buо’icha tez-tez hammomda chо’milganlar. Lekin suvdan qо’rqadigan va mutlaqo chumilmaydigan qabilalar (masalan, kube qabilasi) ham uchraydi.
Jodugarlik, folbinlik va sehrgarlik qancha keng tarqalmasin, ibtidoiy odamlar juda kо’p о’simliklarning, hayvon va mineral moddalarning davolash xususiyatini ham yaxshi bilganlar. Peruning qadimgi aholisi yovvoyi holda о’sadigan XIna daraxtining pustlog’idan bezgak kasalini davolaydigan dori (XInin) ni kashf etgan. Ular tamaki chekishni ham davolash vositasi deb hisoblaganlar, har Xil zahar va narkotiklardan og’riqni bosish va davolash uchun foydalanganlar.
Qadimgi boliviyaliklar yovvoyi holda о’sadigan koka nomli mahalliy bо’tani ekib ko’paytirganlar va uning bargidan og’riqni bosuvchi dori sifatida foydalanganlar. Undan narkotik ichimlik ham tayyorlangan (hozirgi mashhur koka-kola va kokain dorisining Ixtirochisi qadimgi Boliviya qabilalaridir).
Tub avstraliyaliklar qirqqa yaqin har Xil davolaydigan о’simliklarni bilganlar. Ibtidoiy jamoa to’zumi davrida paydo bо’lgan tabiblar, jodugarlar va duoxonlar faqat sehrgarlik, avrash bilan cheklanib qolmasdan, bal­ki ibtidoiy farmakologiya qо’lga kiritgan barcha dori-darmonlardan ham mohirona foydalanganlar.
Chorvachilik va dehkonchilikning paydo bо’lishi ib­tidoiy davrda tabiatshunoslik kurtaklarining vujudga kelishiga sabab bо’lgan. Taxminan besh-о’n ming yillar muqaddam odamlar har Xil hayvonlarni xonakilashtirishni boshlaganlar. Chunki ular gо’sht va boshqa oziq.-ovqatlarga, kiyim-kechak uchun jun va teriga, yuk tashish va keyinchalik xaydash uchun ish xayvoniga muxtoj edilar. Shunisi diqqatga sazovorki, yuqori madaniyat yaratgan keyingi avlodlar ibtidoiy odamlar xonakilashtirgan ot, qoramol, qо’y, echki, tuya, tovuq, kurka kabi uy xayvon-parrandalaridan boshqa birorta xayvonni xonakilashtirmaganlar. Chorva mollarining о’sishi, dehqonchilikda yer va hosil о’lchash zaruriyati ibtidoiy davrdan boshlab hisoblash, o’zunlik va og’irlik о’lchovi kabi tushunchalarni paydo qilgan edi.
Faqat о’tkir ko’zatuvchilik va tabiat bilan yaqindan tanishish natijasida ibtidoiy odamlar yovvoyi holda о’sayotgan don va poliz ekinlarini, meva daraxtlarini sun’iy о’stirish imkoniyatiga ega bо’ldilar. Masalan, melaneziyaliklar о’n Xil non daraxtini, 52 ta banan tо’rini ustirishni bilganlar.
Amerikadagi qabilalar esa о’n bir xil mais (makka) tо’rini parvarish qilganlar. Hozirgi davrda ekiladigan boshoqli ekinlardan bug’doy, tariq, arpa va sholi eng qadimdan (neolit davridan) va juda kо’p joyda parvarish qilina boshlagan о’simliklardir.
Shunday qilib, hozirgi davrda insoniyat iste’mol qilayotgan va xо’jalikda foydalanilayotgan madaniy о’simliklarning deyarli hammasi qadimgi zamonlarda turli mamlakatlarda turli qabila va elatlar tomonidan mahalliy yovvoyi turlaridan yetishtirilgan. Behisob yovvoyi о’simliklar orasidan inson uchun foydali turlarini tanlab olish, ularni parvarish qilish usullarini uylab topish va zararli о’tlardan qо’riklash uchun o’zoq vaqt davomida ibtidoiy odamlar qancha sabot-matonat va mehnat sarf qilganlar.
Ibtidoiy kashfiyotlarning eng muhim ahamiyati shundaki, inson kо’p asrlik ishlab chiqarish tajribasi va ibtidoiy bilimlar asosida tevarak-atrofni va о’z tabiatini tо’gri obyektiv idrok qila boshlagan, ratsionalistik (ijobiy) bilimlar ibtidoiy odamlarning ongiga dastlabki ijobiy tо’g’ri tushunchalarning singishida muhim zamin bо’lgan. Kishilar о’z bilimlarini tajribada tekshirib, har gal asta-sekin tabiat tо’g’risida ancha aniq va obyek­tiv ma’lumotlarga ega bо’lib borganlar.
Buyuk demokrat A.I.Gersenning obrazli iborasi bilan aytganda, «Yozilgan narsani bolta bilan kesib bо’lmaganday, tajriba orqali olingan bilimni olov bilan kuydirib bо’lmaydi».
Ibtidoiy jamiyatda dastlabki ilmiy bilimlar inson ongini chо’lg’ab olgan xurofiy tuman ichidan kurtak otib chiqishga doimo intilib kelgan. Yuqorida qayd qilganimizdek, ba’zi ibtidoiy qabilalar narigi dunyo (oxirat), jonning tandan ajralib chiqib abadiy yashashi tо’grisi-dagi tasavvurga ega bо’lmaganlar.
Afrikalik gottentotlar oxirat xaqida xech nima bilmaganlar, ular odam о’lishi bilan uning joni ham о’ladi, deganlar. Ibtidoiy odamlarda g’ayritabiiy kuchlar, arvoxlarga sig’inish mavjud bо’lmasa-da, ba’zan ularning qudratiga shubxa bilan qarash, og’ir turmushda yordam bermaganligi uchun norozi bо’lish yoki xaqorat qilish kabi hodisalar ham bо’lgan.
Etnograflar eskimoslar orasida ruxlarning borligiga, shamanlarning mo’jizalariga ishonmaydigan skeptiklarni (ishonchsizlik) uchratganligini hikoya qiladilar. Shimoliy Kanadada yashovchi eskimos qabilalaridan birida agar rux, foyda keltirmasa, uni haqorat qilib «haydaganlar». Shimoliy Osiyo xalqlarining og’zaki ijodida ruxlarni taxqirlash kо’p uchraydi.
Shunday qilib, inqirozga uchrayotgan ibtidoiy jamoa to’zumi о’rnida yangi ishlab chiqarish munosabatlari aso­sida yangi jamiyat va uning ustqurmasi bunyod etila boshlaydi. Oqibatda ibtidoiy jamoa to’zumi о’rniga mustabidlikka asoslangan quldorlik to’zumi va davlati paydo bо’ladi. Ruxlar xudolarga aylanadi, oliy va past xudolar ierarxiyasi saf tortadi, dunyoviy hokim esa shu oliy xudoning yerdagi avlodi, vakili yoki noibi sifatida hukmronlik qila boshlaydi.
Mazkur diniy tasavvurlar bi­lan bir vaqtda inson о’zining kundalik hayoti va mehnat faoliyati asosida ijobiy bilimlarni ham tо’plab kamol topa boshlaydi.



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish