Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


-Mavzu: Qadimgi Rimda ilmiy bilimlarning taraqqiy etishi



Download 3,33 Mb.
bet7/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

4-Mavzu: Qadimgi Rimda ilmiy bilimlarning taraqqiy etishi
Reja:
1. Qadimgi Rimda ilmiy bilimlarning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar.
2. Sitseron, Seneka, Mark Avreliy, Avgustin Avreliy va Boetsiylar Rim ilmiy dunyoqarashining peshqadam vakillaridir.
3. Mil. avv. I asrning oxiri va milodning I asri boshlari Rim she’riyatining “oltin asri”.
4. Rimda teatrlar, kutubxonalar, kо’priklar va vodoprovodlar qurilishida aniq fanlarning о’rni.


Tayanch so’z va iboralar: Qadimgi Rim, patritsiylar va plebeylar, Sokrat, Aflotun, Arastu, epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar, «Davlat haqida», «qonunlar haqida», «Burchlar haqida» va boshqa asarlar.
Qadimgi Rimda siyosiy va huquqiy ta’limotlarning о’ziga xosligi
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi ming yillarni о’z ichiga oladi va shu davr ichida qadimgi Rimda о’zgarib turgan sotsial iqtisodiy, siyosiy-huquqiy qarashlarni voqealarni aks ettiradi. qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), respublika boshqarish usuli (504-28 y), imperatorlik (27 eramizgacha va 475 y). yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili batamom bо’linib ketdi. G’arbiy (markaz Rim), Sharqiy (markazi Konstantinopol) Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi.
Qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar o’zoq vaqt davomida turli qarama-qarshi kuchlar patritsiylar va plebeylar о’rtasidagi, tо’xtovsiz kurashlar ichida shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini о’zida aks ettirdi.
Qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy qarashlar qadimgi Yunonistonda shakllangan ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta’sirida edi. eramizgacha V asr о’rtalarida plebeylar yozma ravishdagi qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va Yunonistonga odamlar Yuborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini о’rganib kelish, xususan Solon davrida yaratilgan qonunlarga katta e’tibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta о’rganilib, nihoyat XIII jadvaldan iborat bо’lgan qadimgi rim huquq normalarini ishlab chiqishga asos bо’ldi. Qadimgi Yunonistonning atoqli faylasuflari Sokrat, Aflotun, Arastu, epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta’sir qildi.
Qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim hukukshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim huquqshunoslik sohalari (davlat va huquq nazariyasi va ma’muriy xuquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat hayotida rо’y berayotgan yangiliklarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. Rim Yuristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, fanlar bugun bizda ham о’rganilmoqda.
Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bо’ladi. Ilk xristian ta’limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bо’lgan kо’plab tabiiy huquq g’oyalarini yangi din о’z nomidan, ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila boshaydi. Barcha odamlarning tengligi, uni odamlar о’rtasida qaror topishi zarurligi haqidagi g’oya muhum ahamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bо’lishi va jaxon dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga kuchli ta’sir qildi. eramizning II asrida xristian jamoalarida aXVol bir muncha о’zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustahkamlanadi, ular о’rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bо’ladi. Cherkov ierarxiyasining paydo bо’lishi, diniy dogmatning kuchaytirib Yubordi. Ilk xristianlik ta’limotlarida qulchilikni yо’qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar о’rtasidagi notenglIkni bartaraf etishga qaratilgan g’oyalar mavjud edi.
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixida Mark Tualliy Sitseron (106-43 eramizdan oldingi yillar) alohida о’rin egallaydi. Mashhur arator, davlat arbobi va mutafakkir Sitseronning davlat va x,uquq muammolariga bag’ishlangan «Davlat haqida», «qonunlar haqida», «Burchlar haqida» va boshqa asarlarida siyosiy va huquqiy qarashlari о’z aksini topgan. Davlatning paydo bо’lishining sababi odamlarning birga yashashga intilishidadir. Birga yashash odamning tabiiy extyojidir, deydi, Sitseron. Davlat xalqning ishi, boyligidir. Sitseron davlatning to’zilish shakllariga katta ahamiyat beradi. U uchta oddiy davlat shaklini kо’rsatadi: podshoh hokimiyati, aristokratlar hokimiyati va xalq hokimiyati. Bularning har biri о’zining avfzalliklari va kamchiliklariga ega. Shuning uchun bularning barchasiga xos bо’lgan avfzalliklarni о’zida birlashtirgan qо’shma davlat shakli maqsadga muvofiqdir.
Zо’rlik bilan о’rnatilgan yakka shaxs yoki olomon xukmdorligi, yoki bir tо’raning xukmronligi davlat shakli hisoblanmaydi, bunga yо’l qо’yish mumkin emaC. Bu erda umuminsoniy manfaat ham barcha, uchun teng huquq ham yо’q.
Sitseron ijodida haqiqiy davlat arbobi va ideal fuqaroga xos fazilatlar katta о’rin olgan. Huquq zaminida tabiatga xos bо’lgan adolat yotishi kerak, deydi u. Tabiiy huquqining belgi va xususiyatlarni ta’riflash bilan bir qatorda, Sitseron ijobiy huquqning о’zini xususiy va ommaviy huquqlarga bо’ladi. Sitseronning ijodiy merosi insoniyat madaniyatining rivojiga katta ta’sir kо’rsatdi.
 Qadimgi insoniyat о’z harakati bilan ibtidoiy tibbiyotni vujudga keltirdi. Ular о’z-о’zini davolash usullarini va foydali о’simliklarni (boshoqli, yovvoyi boshoqli don ekinlarini zlak deb ataymiz va uni neantrop davriga kelib ko’zatishlar evaziga xonakilashtirilishini kо’ramiz. Dastlab tariq xonakilashtirilgan) ahamiyatini ajrata boshladilar. Ibtidoiy bilimlarni rivojining о’ziga xos hususiyatlaridan biri tabiat xodisalariga о’z ta’sirini kо’rsatish qadimdan insoniyat astronomik bilimlarni shakllantirishga harakat qilganlar. Keyingi 30-20 ming yiliklar davrida arxeologlar tomonidan kо’plab maqbaralar tadqiq etilib paleolit davrida ham astronomik bilimlarning kurtaklari paydo bо’lganligi aniqlandi.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish