Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi



Download 3,33 Mb.
bet5/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Tayanch so’z va iboralar: Qadimgi Gretsiya, mustaqil polislar, Demokrit, Suqrot, Ploton, Arastular, «yetti donishmandlar» ijodi.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida davlatlar paydo bо’ladi. Mustaqil polislar shahar davlatlar yon atrofidagi qishloqlarni ham о’z ichiga oladi. Ibtidoiy to’zumdan ilk sinfiy to’zumga о’tganda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkillashga katta e’tibor beriladi, bu ishlar axolini sotsial tabaqalashtirishni kuchaytirib yuboradi va ular о’rtasida ziddiyatlar avj ola boshlaydi. Bu sharoitda polislar ichida ham, tashqarisida ham hokimiyat uchun kurash keskinlashadi.
Davlatlarni boshqarishning turli shakllari kelib chiqadi. eramizgacha IV-V asrlarda Afinada, Abdirda demokratiya qaror topadi, Fiva, Megerada Oligarxiya, Spartada aristokratiya shakllari davlatchilikning turli yо’sindagi boshqarish shakllarini keltirib chiqaradi. Qadimgi Gretsiyada paydo bо’lgan va asta-sekin rivojlanib borgan siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini uch davrga bо’lish mumkin. Ilk davr (eramizgacha IX-V asrlar) qadimgi grek davlatlarining paydo bо’lish davrini о’z ichiga oladi.
Bu davrda siyosiy va huquqiy tasavvurlarning mifologiyadan ozod bо’la boshlashini, ratsionallashuvini ko’zatish mumkin. bu jarayon Gomer, Gesiod va mashhur «yetti donishmandlar» ijodida о’z ifodasini topgandir. Shu davrda davlat va huquq muammolariga falsafiy yondashish ham shakllana boshlaydi (Pifagor va uning izdoshlari, Geraklit). Ikkinchi davr (eramizgacha V va IV asrning birinchi yarmi. Bu davr qadimgi grek falsafiy siyosiy va huquqiy ta’limotlarning gullagan davri. Bu davrda Demokrit, Suqrot, Ploton, Arastularning falsafiy, siyosiy va huquqiy ta’limoti shakllandi va rivojlandi.
Uchinchi davr ( IV asrning ikkinchi yarmi va II asrgacha). Bu davr tarixda ellinizm davri bо’lib. Bu davrning muhum belgisi grek davlatchiligining tanazzulga yuz tutgan davri. Grek polislari dastlab Makedoniya, sо’ngra rim tasarrufiga о’ta boshlaydi. Bu davrdagi siyosiy va huquqiy qarashlar epikur, stoiklar va Polibiy ijodida о’z aksini topdi.
Qadimgi Yunonistonda paydo bо’lgan va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlar tarixini Gomer va Gesiod dostonlarini taxlil qilishdan boshlaymiz. Bu buyuk shaxslar yaratgan dostonlarda jamiyatda paydo bо’lgan ijtimoiy muammolar xudolar obrazlari orqali izchil ta’svirlagandir.
Adolat, qonunchilik va polis hayotiga oid boshqa tushunchalarning mohiyati, yо’nalishlari va shakllanishi eng avvlo Zevsning faoliyati bilan bog’lanadi. Bosh Xudo Zevs barcha xudolarni iskanjaga olib, adolat о’rnatishni talab qilgan. Gomer poemalarida Zevs xuddi mana shu tartibda, ya’ni qattiqqо’l adolatli Bosh Xudo obrazida ifodalangan. Bunda adolat tushunchasi yerdagi voqealar bilan bog’langan holda izohlanadi. Erdagi oddiy qonun-qoida asoslari odamlarni birlashtiruvchi bir kuch, umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bо’ladi.
Gesiod (eramizgacha VIII asr) asarlarida adolat, huquq-tartibot tushunchalari yanada yorqinroq ifodalangan. Uning «Teogoniya», «Mehnat va kunlar» nomli asarlarida turli tamoyillarga ega bо’lgan axloqiy-huquqiy normalar ta’riflanadi va himoya qilinadi.
Masalan, uning «Teogoniya» asarida Zevs va abadiy tabiiy tartibning timsoli Femida nikohidan ikki qiz Dike adolat xudosi va evnomiya qonunchilik xudosi tug’ildi. Dike adolatni himoya qiladi, uni bo’zuvchilarni qattiq jazolaydi. evnomiya esa qonunchilik, tartib-intizom ilohiyat tomonidan о’rnatilgan odamlar orasida bо’lishi shart bо’lgan qonun deb hisoblab uni himoya qiladi. Dike ham, evnomiya ham barcha ishlarni bosh xudo-otalari Zevs buyrug’i bilan bajaradilar. Demak, adolat ham, qonunchilik ham ilohiy manbaga ega. U Bosh xudo va boshqa xudolar tomonidan boshqarib boriladi.
Gesiod «Mehnat va kunlar» poemasida patriarxal to’zim ideallarini himoya qilar ekan, odamlar hayotida beshta biri-biri bilan olmashib turadigan bosqichlarini о’ziga xos tomonlarini ifodalab beradi. «Oltin asr», «kumush asri», «mis asri», «yarim xudo-qaxramonlar asri» va nihoyat о’zi yashab turgan asrni «temir asri» deb baholaydi. «Oltin asr» odamlari baxtli edilar, g’am-tashvishsiz umr kechirdilar. «Kumush asrining» qaysar, xudolarga itoat qilmagan odamlarini Zevs qirib tashladi. «Mis asri» ning odamlari о’zaro raqobatda va chiqishmovchiliklar tufayli о’zlari biri-birini yanchib tashlashdi. Tо’rtinchi «Temir asrining» qonli urushlarda yarim xudo qahramonlari ham halok bо’ldilar. Gesiod «Temir asrini» qora bо’yoqlar bilan g’amgin tasvirlaydi. Mehnat og’ir, kun kо’rish qiyin, haqiqat toptalgan, odamlar о’rtasidan insof, diyonat kо’tarilgan.
Gomer va Gesiod ijodiga xos bо’lgan axloqiy, huquqiy tartib-intizomning insonlar о’rtasida qaror toptirish va ularga aql nо’rini bag’ishlashga qaratilgan intilishlar keyinchalik etti donishmand faoliyatida davom ettirildi. Bu etti donishmand Fales, Pittak, Permandr, Biant, Solon, Kleobul va Xilon. Bu donishmandlar jamiyat adolat tantana qilishi uchun kurash olib bordilar. Ularning ayrimlari hokim yoki qonun chiqaruvchilar sifatida о’z g’oyalarini amalga oshirishga harakat qildilar. Masalan, Solon xususiy va davlat qarzlarini bekor qildi, qarz berishni adolatli asosga qо’ydi. Solon tomonidan tashkil etilgan polis demokratiyasi demos bilan zadogonlarni, boylar bilan kambag’allarni murosaga keltirish uchun ishlab chiqilgan qoidalarga asoslanar edi. Solon bir tomonning ikkinchi tomon manfaatlarini erga urish asosida ustunlikka erishishlarini ochiq qoralaydi.
Ijtimoiy, siyosiy-huquqiy tartiblarning falsafiy g’oyalar asosida qayta о’zgartirish fikrlarini ilgari surgan Pifagor (eramizgacha 580-500 yillar) va uning izdoshlari (Arxit, Lizis, Dgigolay va boshqalar), hamda qadimgi dunyoning atoqli faylasufi Geraklit (eramizgacha 530-470) demokratiyani tanqid qilib aristokratik boshqaruv usulini, aqlan va axloqiy etuk odamlar hokimiyatini yoqlab chiqdilar.
Pifagor va uning hamfikrlari dunyoqarashlari bir qadar mistik bо’lsada, ammo ular olamning asosini moddiylik belgisi sonlar tashkil etadi deb hisoblashdi. Hamma narsaning mohiyati oxir oqibatda sonlarga borib taqaladi. Axloqiy va siyosiy-huquqiy voqealarning ham mohiyatini sonlar xarakteristikasidan izlash kerak, masalan, adolat tushunchasi tenglarga tenglik bilan javob qaytarish demakdir.
Pifagorchilar ideali polis edi. Ammo polisda adolatli qonunlar mavjud bо’lishi kerak. Pifagorning kо’rsatishicha, xudodan sо’ng, ota-onani va qonunni hurmat qilish kerak, xudo, ota-ona va qonun. Pifagorchilar tartibsizlik, anarxiyadan qattiq nafratlanar, insoniy munosabatlar anarxiya zulmidan ozod etilib huqiqiy tartib va garmoniyaga ega bо’lishi kerak degan g’oyani ilgari surdilar.
Aflotun va Arastuning siyosiy va huquqiy ta’limotlari.
Aflotunning ideal davlat va jamiyat haqidagi ta’limoti uning keyingi dialoglarida («Davlat», «qonunlar» va boshqalar) rivojlantirildi. Uning ideyalar haqidagi qarashlarining mohiyati quyidagicha: haqiqiy borliq bu moddiylikdan tashqari, aql bilan idrok etiladigan ideyadir. Bizning qо’zimizga kо’rinib, hissiyotimizga ta’sir qilib turgan narsalar borliqqa aloqador emas, shuning uchun ham haqiqiy bilish bu borliqni bilishdan iborat, ya’ni ideyalarni bilishdan iborat. Borliqni hamma ham bilavermaydi, faqat faylasuflargina bunga qodir.
U о’zining «Davlat» nomli asarida adolatli ideal davlatni ta’riflar ekan, davlat polisdagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan koinotning birikuvidan hosil bо’ladi, deydi.
Aflotunning ta’limotiga kо’ra adolat deganda birichi navbatda har bir odam о’z ishi bilan shug’ullansin, boshqalarning ishlariga aralashmasin, polis turli ehtiyojlarning umumlashgan ifodasidir degan g’oyani ilgari suradi. Bu turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun davlatda odamlar о’rtasida mexnat taqsimoti qaror topgan bо’lishi kerak Ideal davlatda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega. Aflotun ideal davlatida uch tabaqa faylasuflar, harbiylar va dehqon, hunarmandlarni bо’lishini e’tirof etgan.
Aflotun о’zining «qonunlar» nomli asarida davlatning mohiyati va qurilishi xaqida batafsil tо’xtalib о’tadi. Aflotun ideal davlatning eng muhim belgilari quyidagilardan iborat. Uning 5040 fuqarosi chek tashlash orqali er maydoni va uy-joy oladilar, ammo bu er va uy ularning xususiy mulki hisoblanmaydi. Barcha erlar davlatning mulki bо’lib odamlarning farzandlaridan biriga meros bо’lib о’tishi mumkin. Mavjud mulkning kо’p va ozligiga qarab, odamlar tо’rt toifaga bо’linadilar:
Boylikning ham, kambag’allikning ham ma’lum chegarasi bо’lib, bu qonun tomonidan belgilab qо’yiladi. qullar va chet ellardan kelgan dehqon, hunarmand, savdogarlar Yuqorida aytilgan 50-40 fuqaro tarkibiga kirmaydi. Birinchi davlatda ham, ikkinchi davlatda ham hamma ish о’zaro kelishuv va muomila asosida olib boriladi. Yoshlar erkaklar bilan teng huquqqa ega bо’lsalarda, ammo ular oliy rahbarlikka kо’tarila olmaydilar. Aflotun davlatining boshida bosqichma-bosqich saylovlardan о’tgan 37 hukmdor turadi. Hukmdorlarning yoshi 50 dan 70 yoshgacha bо’ladi. 360 kishidan iborat bо’lgan saylov kengashi katta huquqlarga ega.
Aflotunning ideal davlatida qonunchilikka e’tibor qaratgan qonun chiqaruvchilarga Aflotun maslahat berib qonunlar juda qattiq bо’lmasin, qonunga itoat etish bilan birga hukmdorlar jamiyatni erkin boshqara olsinlar, qonunlarni ishlab chiqqanda geografik muhit, iqlim, tuproq va boshqa omillar e’tiborga olinishi zarur. Aflotun qonunlarga rioya etmaslikni qattiq qoralaydi. Har xil shoirlar, olimlar turli-tuman yangiliklar yaratib, qonunlarni bo’zishavermasin.
Aflotun о’z qarashlarida mafkuraviy masalalarga katta e’tibor berdi. Davlat va qonunlarning ilohiy va muqarrar qudratini odamlarga etkazish, ularning ongiga singdirish kerak. qonun-qoidalarni bo’zish qattiq jazolanishi kerak.
Aflotun tomonidan ikki yarim ming yil oldin aytilgan «qonun ustivorligi», «qonun hukmronligi» g’oyalari bizning kunimiz uchun shubhasiz juda foydali.
Arastu Aflotundan keyin eng ulug’ mutafakkir sifatida maydonga chiqdi. (Eramizdan oldingi 384-322 yillar). О’zining «Politiya», «Afina siyosati», «Etika» nomli asarlarida siyosiy, huquqiy qarashlarini bayon etadi. Arastu siyosat fanini har tomonlama ishlab chiqishga, siyosatni axloq doirasida qarashga harakat qildi. Axloq siyosatning boshlang’ich nuqtasi, uning muqaddimasidir, deydi u. Arastu adolatning ikki Xilini farqlab kо’rsatadi. Muvozanatga soluvchi adolat misoli arifmetik tenglik, ya’ni mana shu tamoyilni jamiyat taraqqiyotiga tadbiq etish. Belgilovchi adolat xuddi geometrik tenglikka о’xshaydi. ya’ni barcha haq-huquqlar, ne’matlar odamlar о’rtasida har kimning о’ziga yarasha taqsimlanishi kerak.
Arastuning etika sohasidagi izlanishlarining mohiyati shundaki, siyosiy adolat odamlar о’rtasidagi tenglik, erkinlikka asoslangan bо’lib, har bir odamning о’z ehtiyojlarini qondirishi bilan belgilanadi. Arastu tasavvurida davlat kо’plab tarkibiy qismlarning о’zaro uyg’unligidan tashkil topadi. Davlat о’ziga xos bir tashkilot bо’lib, fuqarolarning uYushishidan tashkil topdi. Davlatning har bir turida о’ziga xos inson xuquqlari ishlab chiqilgan bо’ladi.
Arastu davlatning siyosiy tashkilot ekanini ta’kidlab, davlat bu oliy hokimiyatga ega bо’lgan siyosiy tizimdir, deb uqdiradi. Davlatning tо’g’ri va notо’g’ri boshqarish shakllarini ajratadi. Davlatning tо’g’ri boshqarish shaklida xalqqa manfaat keltiradi. Notо’g’ri boshqarish shaklida faqat tor doiradagi odamlarga foyda keltiradi xolos. Davlat boshqarishining uchta tо’g’ri shakli monarxiya, aristokratiya, politiya. Davlat boshqarishning notо’g’ri shakli tiraniya, oligarxiya, demokratiyadir.
Arastu davlat boshqarish shakllarining turli xillarini ham tekshirib chiqadi. Uning fikricha, eng tо’g’ri boshqarish shakli bu politiyadir. Boshqa davlat formalari politiyadan ozmi-kо’pmi chekinishlarga asoslanadi. Davlatni notо’g’ri boshqarish shaklidan eng yomoni bu tiraniyadir. Politiya oligarxiya va demokratiyaning eng yaxshi tomonlarini birlashtiradi, ammo ularning yomon tomonlaridan butunlay holi davlat shaklidir. Arastu ishlab chiqqan ideal davlatning loyihasini oddiy bir faktni tajribada sinab kо’rishdek aniq bir belgilar bilan xarakterlab bо’lmaydi, deb kо’rsatadi. Ideal davlatning aholisi etarli darajada bо’lib, aniq kо’zga tashlanib turishi kerak. Uning hududida quriqlik va dengizga yaxshi yо’naltirilgan bо’lmog’i zarur.
Barcha yerlar ikkiga bо’linadi. Bir qismi butun davlat tomonidan umumiy tarzda foydalaniladigan yerlar, ikinchisi fuqarolarning xususiy yerlari. Tinchlikni jamiyatning ravnaqi deb baholagan olim, urushlarni huquqqa qarshi hodisa deb baxolaydi. Arastu Sokrat va Aflotunning adolat va qonunning biri-biriga mos kelishi zarurligi g’oyasini himoya qiladi. Umuman olganda, huquk siyosiy hodisa bо’lgani uchun uni siyosiy hukuq deb atasa bо’ladi. Tabiat qonunlari hamma joyda bir xil ahamiyatga ega bо’lib, tan olinishi yoki olinmasligiga qaramay mavjud bо’laveradi. Bundan tashqari, shartli xuquq xdm bor. U sharoitga qarab о’zgarib turishi mumkin. Tabiiy huquqlar ham shartli huquqlar ham davlat siyosatiga xizmat qiladi. Bu huquq normalari izchil, barqaror bо’lishi zarur.
Qonun siyosatga mos bо’lishi uchun avvlo qonunlar adolat asosida shakllanishi zarur. Arastu qadimgi dunyoning eng mashhur, genial tafakkur egasi edi. Uning asarlari asrlar osha о’z kuchini yо’qotmay qolmoqda. U voqealarni chuqur, ilmiy taxlil etishda о’z ustozi Aflotundan ancha о’zib ketgan edi.
Qadimgi Yunoniston unchalik katta bо’lmagan mamlakat edi. Lakzoniya (Sparta) va Attika (Afina) Gresiyadagi davlatlarning eng mо’tabarlisi edi. Bu davlatlarning har qaysisida tarbiyaning alohida sistemasi vujudga keldi, shunga kо’ra Sparta usulidagi, Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bо’lgan. Bu davlatlarning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi xususiyatlar turlicha bо’lgan. Shu sababli har ikkala sistema bir-biridan farq qilgan.
Gresiyada qо’llarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblangan. Spartada dehqonchilik mehnati rivojlangan. Spartaliklar juda uyushqoq bо’lib yashashgan.Tarbiya ishlari davlat qо’lida bо’lgan. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalanganlar, sо’ng “Agella” maktablariga 18 yoshga etguncha tarbiyalanganlar.О’smirlarning jismoniy jihatdan tarbiyalashga alohida e’tibor berilgan, ularni chiniqtirar sovuqqa, ochiqlikka va chanqoqlikka, chidamga bardosh berishga о’rgatilgan. Harbiy gimnastika mashqlariga kо’p e’tibor berilgan. Yosh spartaliklar yugurishni, sakrashni, disk va nayza ota bilishni, kurashish, qо’l bilan jang qilish usullarini, harbiy ashulalar aytishni о’rganar edilar. Bolalarga jismoniy-tarbiya berish bilan birga mo’zika, ashula va raqslar ham о’rgatilgan.
Yoshlarni qо’llarga nisbatan shavqatsiz qilib, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalash alohida vazifa qо’yilgan. Davlat rahbarlari yoshlar bilan maxsus suhbatlar о’tkazib, shu yо’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar, bunday suhbatlarda ular bolalarga vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolarining kо’rsatgan mardligi va jasorati haqida gapirib berar, qahramonlar haqida hikoya qilar edilar. Bolalar aniq va qisqa javob berishga о’rgatilar edi.
18-20 yoshda etgan yigitlar alohida “efeblar” gruppasiga о’tkazilar va harbiy Xizmat о’tar edilar. Spartada qizlarga ham harbiy jismoniy-tarbiya berishga katta e’tibor berilgan.
Afinada tarbiya boshqacha yо’lga qо’yilgan. Afinada eramizdan oldingi V-IV asrlarda madaniyat gurkirab о’sdi. Yunonistonda tabiat ilmi, matematika, tarix, san’at, grek me’morchiligi va haykaltaroshligi taraqqiyot qildi. Afinada ham jismoniy, ham ma’naviy kо’rkam bо’lgan kishini barkamol odam deb hisoblaganlar, axloqiy, estalik va jismoniy tarbiyani birga qо’shib olib borishga intilganlar. Afinada jismoniy mehnat qо’llarning qismati deb hisoblanadi.Afinada bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalanganlar. 7 yoshdan boshlab maktabga qatnashganlar. Qiz bolalar oilada tarbiyalanar edilar, uy-rо’zg’or ishlarini о’rganar edilar. Dastlab bolalar (7 yoshdan 13-14 yoshgacha) grammatist va kifaristlar maktablariga о’qitilar edilar. Grammatist-gramatika mutaxasisligi, kifarist-mo’zikachi demakdir. Bu maktablar xususiy bо’lgan.
Maktablarda “didaskal” deb atalgan о’qituvchi mashg’ulot olib borgan. “Didasko” sо’zidan keyinroq “didaktika”-ta’lim nazariyasi kelib chiqqan. О’g’il bolalarni maktabga qо’llardan biri boshlab borgan, bunday qо’l pedagog deb atalgan.
Grammatist maktabida о’qish, yozish va hisoblash о’rgatilar edi. Bunday maktabda harflarni g’ijjalab о’qitish metodi qо’llanilgan: bolalar tovushlarni yodlab olar, sо’ng qо’shib sо’zlar yasar edilar. Yozuvga о’rgatish uchun mum surtilgan taxtachalardan foydalanilgan.
О’g’il bolalar 13-14 yoshdan sо’ng polestra (kurash) maktabiga qatnaganlar va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganlar. Polestrada о’qish tekin bо’lgan, shuning uchun ham yoshlarning kо’pchiligi polestrada о’qish bilan cheklanib qolardi.
О’ziga tо’q oila bolalari polestra maktabini tugallagandan sо’ng “gimnaziy” ga kirib о’qirdi. Gimnaziyda falsafa, siyosat va adabiyot fanlari о’rgatilgan.Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bо’lgan yoshlar efeblar qatoriga о’tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va о’zlarining siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar.Bechora hol tabaqaga mansub ota-onalar о’z bolalariga biror kasbni о’rgatishga majbur edilar.
Yunon olimi va faylasuflari Sokrat, Platon, Aristotel’ va Demokritlar о’z asarlarida tarbiya va ta’lim tо’g’risidagi fikrlarini ravshan ifoda etganlar. Sokrat (eramizdan oldingi 469-399 y) о’zining demokratik ijtimoiy chiqishiga qaramay aristokratlarning idealogi edi.
Sokratning fikricha tarbiyadan qutilgan maqsad buyumlar tabiatini о’rganish bо’lmay, balki kishining о’z-о’zini bilib olishi axloqini kamol topshirishi bо’lmog’i lozim. Sokrat jamoa tо’planadigan joylarda axloqqa doir masalalar yo’zasidan suhbatlar о’tkazar edi, tinglovchilarni savol va javoblar yо’li bilan “haqiqat” ni о’zlari fikr yuritib topishga undar, ularga hech vaqt qoida va xulosalar aytmas edi. Suhbatning bu metodi “Sokrat metodi” deb atalgan. “Sokrat metodi” dan keyingi davrlar metodikasida suhbatni “fikr qо’zg’ovchi savollar metodi” yо’li bilan о’tkazish kelib chiqdi.Yunonistonning mashhur faylasufi Platon eramizdan oldingi (427-347 y) yashadi. Sokratinning shogirdi.
Platon olamni hodisalari dunyosi va ideyalar dunyosi deb bо’ldi. U aristokartiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani olg’a sо’rdi. Uning fikricha, davlat uch Xil ijtimoiy gruppa: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar gruppasidan iborat bо’lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar himoya qiladilar, uchinchi gruppa mehnat qilib о’zini va shu ikki gruppani boqadi.
Uning fikricha tarbiya-davlat tomonidan tashkil etilmog’i va hukmron gruppalarning faylasuflar va jangchilarning manfaatlarini kо’zlamog’i lozim.Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha davlat muassasalarida tarbiyalanishi kerak.
7 yoshdan 10 yoshgacha davlat maktablarida о’qitish va ularga о’qish, yozish, hisob, mo’zika va ashula ilmini о’rganishi kerak. 12 yoshdan 16 yoshgacha “palestra” jismoniy-tarbiya maktablarida ta’lim olishlari kerak. 16 yoshdan 18 yoshgacha bо’lgan о’spirinlar arifmetika, geometriya, astronomiya fanlarini о’rganganlar.18 yoshdan 20 yoshgacha efebiya maktabida о’qib harbiy jismoniy tayyorgarlikka ega bо’lganlar.20 yoshdan sо’ng aqliy qobiliyatga ega bо’lganlar. 30 yoshgacha о’qib falsafa, arifmetika, geometriya, astranomiya va mo’zika nazariyasini о’rganganlar. Iste’dodli yoshlarning oz qismi 35 yoshgacha falsafa ilmini mukammal о’rganganlar va 35 yoshdan 50 yoshgacha davlatni boshqarish ishiga qatnashganlar. Platon xotin-qizlar tarbiyasida sparta tarbiya sistemasini lozim topgan.
Tarbiya jarayonida ota-ona, о’qituvchi va tarbiyachining namunasini birinchi о’rinda qо’ydi.
Aristotel’ eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan U. Plotonning shogirdi, makedoniyalik iskandarning tarbiyachisi. Aristotel’ olamni yaxlit bir butun deb bildi. U odamda tana bilan jon bor materiya bilan forma singari bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deb bildi. Uning fikricha uch xil jon bor:
1. о’simlikdan tarkib topgan jon oziqlanishda va о’rchib kо’payish namoyon bо’ladi;
2. hayvonotdan tarkib topgan jon, bu sezgilar va istaklarda namoyon bо’ladi;
3. aqlning ifodasi bо’lgan jon.
Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bо’lganligi uchun uni iroda deyish mumkin.
Uning fikricha, uch Xil jonga muvofiq uch xil tarbiya jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bо’lishi kerak. Tarbiyaning maqsadi jonning oliy tomonlarini aql va irodani kamol toptirishdan iboratdir. Har bir moddada rivojlanish bо’lganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlarning boshlang’ichnigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati tabiatda mavjuddir va imkoniyat tarbiya vositasi bilan rо’yobga chiqariladi, shu sababli jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiq. Tarbiya davlat tomonidan bir xil tashkil etilishi kerak. Aristotel pedagogika tarixida birinchi bо’lib bola yoshini davrlarga bо’ldi, insonning yoshlik yillarini 3 yilga bо’ldi.
1) 7 yoshgacha, 2) 7-14 yoshgacha, 3) 14-21 yoshgacha bо’lgan davr.Uningcha bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanishi kerak. О’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida о’qishlari kerak. Bolalarga aqliy tarbiyadan oldin jismoniy tarbiya berilishi kerak. Boshlang’ich ta’lim vaqtida gimnastikadan tashqari uqish yozish, grammatika, rasm va mo’ziqa urgatilishi kerak. Uning xotin-qizlar tarbiyasi erkaklar tarbiyasidan farq qilishi kerak.Hamma narsada ortiqchallika ham, kamchillika ham yо’l qо’ymaydigan xatti- harakat yaxshilikning nishonasidir, harakatni hosil qilish uchun kо’proq mashq qilish kerak.
Demokritning falsafiy qarashlari (eramizdan oldingi 460-370 yillar) qadimgi gresiya falsafasining chо’qqisidir. О’z asarlarida tarbiya masalalariga kо’p e’tibor beradi. Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalalarini birinchi bо’lib ilgari surdi. “Tabiat bilan tarbiya bir-biriga о’xshaydi” deb yozadi. U “ta’lim mehnat asosidagina gо’zal narsalarni hosil qiladi” deb kо’rsatib о’tadi va tarbiya ishida mehnatning roli katta ekanligini ta’kidlaydi va “doimo mehnat qilib turishni” talab qiladi.
Demokrit yomon о’rganishdan ehtiyot bо’lish kerak va yaxshi xulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta deb hisoblaydi.  
Sо’ngi paleolit davrida insonlar oy taqvimlariga ega edilar. 10 oylik oyga qarab, taqvim 280 kundan iborat edi. Demak, 20 ming yil avval insonlar hisob-kitobni oy va quyoshga qarab belgilashgan. Vaqtni shu tariqa insonlar tabiat fasllari va shaxsiy fiziologiyasiga ham moslab borishgan.
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bо’lishi bilan bog’liq holda maydonga keldi. Ilk ibtidoiy insoniyat dunyoni tushunishni, aniq tasavvur eta olgan. Ular fasllarni, tabiatdagi о’zgarishlarni sezish qobiliyatiga ega bо’lgan. Qayerda yashayapti, geografik muhitning qandayligini tasavvur etishgan. Ibtidoiy inson о’z organizmini qanday davolash uslublarini ham bilgan hamda foydali о’simliklarni ajrata olish orqali insoniyat о’tmishda quyidagi tushuncha va bilimlarni egallab borishgan.
ibtidoiy tibbiyot;
sodda jarrohlik operatsiyalarini о’tkazish;
astronomik bilimlarni paydo bо’lishi;
tasviriy san’at;
tosh taroshlash texnologiyasi;
afsonalar (mifologiya);
sehrgarlik;
Mifologiya fanga о’tish jarayonidagi ma’lum bir bosqich rolini о’tagan.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi shakllanish jarayonida fan tarmoqlarining kurtaklanishi kuyidagi shaklga ega;
yozuvning paydo bо’lishi
suratli yozuvlar – “piktografiya”
ideografiya
iyeroglafiya
Bizga ma’lumki XIV asrda Xett davlatida Kikkuli dastlabki “otboqarlik” haqida ma’lumotlarni yozdi. Bu esa agrar fanning shakllanishiga asos bо’lgan edi. Shuningdek qadimgi bobilliklar jigar, yurak va boshqa inson organizmini davolash usullarini bilishgan. Shu davrdan e’tiboran III ming yillikda Mesopotamiyada oy kalendarlari mavjud bо’lgan. Hammurappi davrida fanning ayrim tarmoqlari jumladan, qonunlar tо’plami yo’zaga keltirildi, qadimgi Xindlar matematik о’lchovlarni Ixtiro qilishdi. Astronom Nryabxata V asrda yer shar sifatida о’z о’qi atrofida aylanadi deb kо’rsatgan edi. Xitoyliklar choyning shifobaxsh ekanligini aniqlashganlar. Qadimgi greklar birinchi marta geometrik о’lchovlarni ishlatganlar.
Yunon- Rim faylasuflarining fanga qо’shgan hissalari.
Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning kurtaklari.
Temir davrining boshlanishi о’z vaqtiga kо’ra “antik” deb atalgan madaniyatning vujudga kelishi bilan bir vaqtga tо’g’ri keldi. “Antik” sо’zi “qadimgi” ma’noni anglatib, yangi shakllanayotgan shaharlar bu madaniyat markazlariga aylandilar. Ayni paytda yunon koloniyalari joylashgan hududlarning tobora kengayib borishi bu madaniyatning oykumenaning katta qismiga tarqalishiga sabab bо’ldi.
II ming yillik oxirida О’rta yer dengizining sharqiy sohilidagi finikiyaliklarning savdo shahar-davlatlarida 22 harfdan iborat yozuv paydo bо’lgan edi. Yunonlar finikiyaliklar yozuvi asosida 24 harfdan iborat о’z yozuvlarini yaratib, bunda har bir harfga biror unli yoki undosh tovush tо’g’ri kelgan.
Antik davrda fan va madaniyat, san’at va adabiyotning yuqori darajada rivojlanganligini kо’rishimiz mumkin. Bu о’rinda, eng avvalo, yunonlarda falsafiy tafakkо’rining rivojiga e’tibor qaratish lozim. VIII-VII asrlarda kishilar dunyoqarashi avvalgi diniy aqidalar bilan cheklanganlik holatidan chiqib, olamning tuzilishini ilmiy jihatdan asoslab berish harakatlari boshlandi. Bu о’rinda miletlik Gekatey, Kichik Osiyolik Ksenofont, miletlik Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Pifagor, efeslik Geraklit kabi faylasuflarning fikrlari e’tiborga molik. Xususan, Gekatey bilan Ksenofan aslida xudolarning mavjudligiga shubha bilan qaray boshladilar. Fales dunyoning asosini suv, Anaksimandr “apeyron” (cheksizlik), Anaksimen havo, Pifagor esa sonlarning о’zaro muvofiqligida, deb bildi. Geraklit esa, olamning asosini moddalarning doimiy harakati va qarama-qarshiligida, deb biladi.
Yunon madaniyatining yuqori chо’qqisi mil. av. V asrga tо’g’ri keladi. Polislarda iqtisodiy hayotning yuksalishi, demos erkinliklarining kengayishi ilm-fan va madaniyatning rivojiga ham sharoit yaratdi. Ayniqsa, falsafa, tibbiyot va tarix ilmlarida oldinga siljish kо’zga tashlanadi. Bu davr falsafiy fikrini rivojida Gorgiy, Suqrot, Demokritlarning xizmati katta. Gorgiy va Suqrot bu davrda vujudga kelgan “sofizm” (yunon. “sofos” – “donishmand”) harakati vakillari edilar. Suqrot falsafada insonning о’zini anglash harakatini boshlab berdi. Demokrit esa inqilobiy “atomistik nazariya”ni, ya’ni butun borliq atomlardan iboratligi g’oyasini ilgari surdi.
Tibbiyot sohasi ham ancha tez rivojlanib, VI asrdayoq Kroton polisida Demoked tibbiyot maktabi shakllangan edi. Demokedning shogirdi Alkmeon esa odam va hayvonlarning ichki organlarini о’rganib, tibbiyotda magiya bilan bog’liq davolash usullarini ikkinchi darajaga tushirib yubordi. Lekin, Kosa orolidan bо’lgan tabib Gippokrat dunyoda birinchi bо’lib, ilmiy meditsinaga asos soldi. U tibbiyot xudosi Asklepiy “asos solgan” Asklepiadlar xonadoni vakili bо’lib, о’z tibbiyot maktabiga asos soldi. Gippokrat bemorga taxshis qо’yishda alohida kasallik belgilariga emas, balki organizmning umumiy holatiga e’tibor bergan. Shu bilan birga tabiblar kasb etikasi qoidalarini ishlab chiqdi.
Tabiiy fanlar rivoji о’z navbatida ijtimoiy soha fanlari rivojiga ham turtki berdi. Yunonistonda bu davrda falsafa bilan birga tarix ilmi ham rivojlandi. Tarix, ya’ni yunoncha “istoriya” sо’zi aslida “sо’rab bilish”, “mohiyatiga yetish” ma’nolarini anglatib, faylasuflar tomonidan “tadqiqot”ni belgilash uchun ifodalangan. Ayni paytda ular yozma hujjatlar asosida qadimgi va о’z davrlarida yashab turgan xalqlar, kishilar hayoti va turmushi haqida ma’lumotlar berganlar. Dastlabki tarixchilar Miletda paydo bо’lgan. Anaksimandr dastlabki globus va dunyoning ilk geografik xaritasini yaratdi. Uning shogirdi Gekatey esa bu xaritani dunyo xalqlari tо’g’risidagi konkret ma’lumotlar bilan boyitdi. О’zining “Genealogiya” asarida esa Gekatey yunon afsonalarini ratsional tahlil qilib, ulardan aniq faktlarni ajratib olishga intilgan. Biroq, yunonlar dastlabki tarixchi sifatida Kichik Osiyolik Gerodotni tan oladilar. Garchi, Gerodotning “Tarix” asari ilmiylikda Gekatey asarlaridan ortda qolsa-da, ammo о’zining badIIy shakli va dunyoqarash kengligi jihatidan undan ustun turadi. Gerodot yunon-fors urushi voqealarini tasvirlash bilan birga uning ishtirokchilari ruhiyatini ham tushuntirishga intilgan. YA’ni Gerodot tarixining maqsadi – voqeliklarni aniq keltirib о’tishgina emas, balki ularni badIIy va falsafiy jihatdan tahlil qilish hamdir. Peloponnes urushini tasvirlab bergan afinalik tarixchi Fukidid esa siyosiy-harbiy voqeliklarni tasvirlab, alohida tarixiy shaxslarning о’z harakatlaridan kо’zlagan maqsadlarini ham keltirib о’tgan. Ayni paytda u voqeliklarni xudolar irodasi bilan emas, alohida shaxslarning manfaatlari bilan asoslashga intildi.
Fanning keyingi rivojida Platon, Antisfen, Diogen kabi faylasuflar katta hissa qо’shdilar. Ammo antik davr ilm-fani tо’g’risida gap ketar ekan, Aristotelning fan rivojiga qо’shgan hissasiga alohida tо’xtalib о’tish lozim. Afina yaqinidagi Stagir shahrida tug’ilgan Aristotel Afinadagi Platon akademiyasida 18 yil davomida tahsil olib, mil. av. 335 yilda Afinada о’zining “Likey” maktabiga asos soldi. Aristotel falsafa fani tarkibidan mantiq, fizika, biologiya, ritorika, she’riyat, siyosat, tarix, psixologiya kabi mustaqil fanlarning ajralib chiqishi va rivojida katta rol о’ynagan. Aristotel tabiat va tirik mavjudotlarni tushuntirishga harakat qilgan.
Shu bilan birga tarix ilmi rivojlanishi ham davom etib, Ksenofont, Feopomp va Polibiy kabi tarixchilar tarixning ilmiy rivojlanishiga katta hissa qо’shdilar.



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish