Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi



Download 3,33 Mb.
bet37/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Astronomiya
Astronomiya fanining tabiat qotib qolgan va o’zgarmaydigan bir narsa deb qarashga XUSH asrning ikkinchi yarmidayoq zarba bergan dastlabki sohasidir, XUSH asrning ikkinchi yarmida nemis filosofi Immanuil Kant, keyinroq esa fransuz astronomi Per-Simon Laplas Quyosh sistemasi lovullab turgan tumanlikdan hosil bo’lgan, degan nazariyani maydonga tashlagan edilar. Laplasning “Olam sistemasining bayoni” degan asari 1796 yilda e’lon qilindi, uning ko’p yillik mehnat mahsuloti bo’lgan “Osmon mexaniqasi haqida” degan asari esa 1799 yildan chiqa boshladi. Bu nazariya ko’rib chiqilayotgan davr faniga g’oyat katta revolyutsion ta’sir ko’rsatdi. Birinchi marta o’laroq olam paydo bo’lgan, o’zgaradigan va rivojlanadigan narsa deb qaraladigan bo’ldi. “Qo’zg’almas” yulduzlarda o’z harakati borligining kashf etilishi, shuningdek olamdagi materiyaning ximiyaviy tarkibi bir xil ekanligining, hatto eng uzoqdagi yulduz va tumanliklar ham shunday materiyadan iboratligining aniqlanganligi shundan keyingi o’n yilliklarda astronomiya sohasida erishilgan eng muhim muvaffaqiyatlardan ekanligini aytib o’tish lozim. Osmon jismlari harakatini eng takomillashgan matematik usullar bilan o’rganuvchi “osmon mexaniqasi” astronomiyaning asosiy bo’limlaridan biri bo’lib qoldi. Texnikaning (shu jumladan, optik asbobsozlik texnikasining) o’sishi juda kuchli teleskoplar barpo etishga imkon berdi. Angliyada ishlagan astronom va optiklar Uilyam Gershel (1738-1822) va uning o’g’li Jon Gershel (1792-1871) XVIII asrning oxiri va X1X asrning boshlarida o’sha zamon uchun juda katta teleskop yasab astronomik kuzatishlar o’tkazdilar va g’oyat katta natijalarga erishdilar. U.Gershel takomillashtirilgan astronomik asboblar vositasi bilan (1781 yilda) Uran planetasini kashf etdi (to’g’ri, dastavval bu planetani kometa deb uyladi) va fazoda yulduzlarning joylanishini hamda osmon yo’lining tuzilishini tekshirib, juda ko’p tumanliklar va yulduz tumanlarini topdi.
Fransuz astronomi Yu.J.J.Levere (1811-1877) va u bilan qariyb bir vaqtda ingliz astronomi Jon Adams (1819-1892) Quyosh sistemasi urandan ham uzoqda yana bir planeta borligini nazariy jihatdan asoslab berdilar, uni 1846 yilda nemis astronomi I.Galle va Adams ko’rsatgan joydan topdi; bu planetaga Neptun deb nom berildi; Levere bilan Adamsning bu ishlari astronomiya sohasida tekshirishning yangi ilmiy usullarini tatbiq qilish na qadar samarali ekanligini ko’rsatuvchi ajoyib misol bo’ldi.
Ayniqsa XIX asrning 30-yillari oxirida, ko’p vaqtlar ja-honning eng yaxshi observatoriyalaridan biri bo’lnb qolgan Pulkovo observatoriyasi qurilgandan keyin, rus astronomlari V. Ya. Struve (1793—1864) va boshqalar jahon astronomiya fanini rivojlantirishda katta hissa qo’shdilar. Observatoriya vaqt-vaqti bilan yulduzlarning koordinatalarini aniqlab berar edi, bu hol yulduzlar Olamining tuzilishi haqida xulosalar chiqarish uchun material bo’lar va bundan tashqari, amaliy maqsadlarga, ya’ni kartografiya, dengizda kema yuritish va boshqalar uchun zarur bo’lgan narsaga—yer yuzasidagi nuqtalarning vaziyatlarini aniqlashga xizmat qilar edi.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish