Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


Matematika va tibbiyot sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlar



Download 3,33 Mb.
bet36/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

2. Matematika va tibbiyot sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlar
Moddiy ishlab chiqarishning har xil sohalarida to’plangan g’oyat keng amaliy tajriba, o’z navbatida, aniq fanlar bilan tabiat to’g’risidagi fanlarni nazariy jihatdan taraqqiy ettirishga yordam berdi. Olim yoki ixtirochi moddiy ishlab chiqarishning har bir talabini darhol qondirgan, deb tasavvur qilish yaramaydi, albatta. Ammo, pirovard natijada, ishlab chiqarish bilan fan o’rtasida, hatto eng abstrakt fanlar, chunonchi matematika o’rtasida ob’ektiv bog’lanish ham chambarchasligicha qoldi.
Sanoatning mashinasozlik, asbobsozlik, elektrotexnika va ximiya kabi tarmoqlari taraqqiyoti ilmiy tajribalar uchun zarur moddiy-texnika bazasi yaratib berdi va tadqiqotchilarni madaniy taraqqiyotning avvalgi bosqichlaridagiga qaraganda tenglashtirib bo’lmaydigan darajada mukammal apparatlar, asboblar va reaktivlar bilan ta’minladi.
Moddiy ishlab chiqarishning har hil tarmoqlari qo’ygan vazifalarni hal etish uchun tabiat hodisalarga yangicha yondashish talab qilindi. Avvalo harakatning har xil formalari orasidagi, xilma-xil ximiyaviy moddalar, har xil tur hayvonlar orasidagi o’zaro bog’lanish va o’zaro ta’sirini aniqlab olish kerak bo’ldi. Ana shu amaliy talablar tabiat to’g’risidagi fanlar taraqqiyotining ichki logikasiga mos edi.
Matematika
Matematikaning XVI-XVIII asrlarda barpo qilingan hamma bo’limlari tez rivojlanib bordi. Matematika tibiiyot va texnika qo’ygan vazifalarni hal qilishda keng ko’lamda tatbiq etiladigan bo’ldi. Matematik yasashlarning ko’pginasi ishlab chiqilayotgan davrda haqiqatdan uzoq, “xayoliy” bo’lib ko’rinsada, keyinchalik amalda real tatbiq qilinadigan bo’ldi. “Dekartning o’zgaruvchi miqdori,-deb yozgan edi F.Engels,-matematika burilish punkti bo’ldi. Shu tufayli matematikaga harakat va dialektika kirdi, shuning o’zi tufayli differensial va integral hisobiga darhol zarurat tug’ildi va bu hisob darhol vujudga keldi, ammo u Nyuton Bilan Leybnis tomnidan ixtiro qilinmadi, balki umuman va butunlay tugallandi”.
XVIII asrning so’nggi o’n yilligida cheksiz kichik sonlarni analiz qilish usullari ancha takomil topdi. Yer va osmon jismlari mexaniqasi sohasida tug’ilgan yangi matematik usullarni mashhur fransuz olimi J.-L.Lagranj (1736-1813) va uning shogirdlari rivojlantirib va boyitib fizika hamda astronomiyaga tatbiq etdilar. Jumladan, O.L.Koshining cheksiz kichik sonlar analizini aniq asoslar yuzasidan yaratgan asarlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kompleks sonlar geometrik interpretatsiyasining 1799 yilda skandinav tadqiqotchisi K.Vessel, 1806 yilda fransuz matematigi J.Argon va boshqalarning kashf etganligi va amalda tatbiq qilganligi hamda O.-L.Koshining kompleks o’zgaruvchi funksiyalari nazariyasi asosini yaratganligi matematika fani sohasida erishilgan muhim muvaffaqiyatlardir.
Kompleks sonlar nazariyasini dastlabki bayon etganlardan biri ingliz matematigi U.R.Gamilton (1805-1865) nemis matematigi G.Grasman (1809-1877) bilan bir qatorda (X1X asrning 40-yillarida) vektor analizini yaratganlardan biridir. Vektor hisobining so’ngra esa tenzor hisobining vujudga kelishi matematik fizikani rivojlantirishda va matematikani mexaniqa masalalarini yechishga tatbiq qilishda g’oyat katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ehtimollik nazariyasi juda yaxshi rivojlantirildi, bu nazariya tibiiyot ham texnikaning, bir qator muhim masalalarida tatbiq etildi.
XUSH asrning oxiri va X1X asrning boshlarida geometriyada yangi oqimlar tarkib topdi. Geometrik obrazlarni cheksiz kichik sonlar analizi usullari bilan va, birinchi navbatda, differensial hisobi usullari bilan o’rganuvchi differensial geometriya paydo bo’ldi. Differensial geometriyani rivojlantirishda katta rol o’ynagan Gaspar Monj (1746-1818) fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash usullarini ishlab chiquvchi chizma geometriyaga asos solganlarning biridir. (1799). Chizma geometriya sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar mashina jihozlari, sanoat transport va turmush binolari hamda inshootlarning chizmalarini chizishning amaliy masalalari bilan bevosita bog’liq edi. Mashhur matematik Karl-Fridrix Gaussning (1777-1855) sirtlar ichki geometriyasi yuzasidan yozgan asarlarini ham esalatib o’tish zarur.
Ammo qadimgi grek matematigi Evkliddan (eramizdan avvalgi Sh asr) meros bo’lib qolgan geometrik tasavvur asoslari X1X asrning 20-yillari oxirigacha o’zgarmay keldi; X1X asrning 20-yillarida esa buyuk rus olimi Nikolay Ivanovich Lobachevskiy (1793-1856) g’ayri evklid geometriyasining birinchi sistemasini kashf etib, uni asoslash bilan matematika fanida chinakam revolyutsiya yasadi. Shundan sal keyin, 1832 yilda vengr geometrii Yanosh Bolyay (1802-1860) Lobachevskiydan mustaqil suratda xuddi o’shanday xulosalarga keldi. K.F.Gauss ham odatdagi geometriya-Evklid geometriyasi bilan bir qatorda g’ayri Evklid geometriyasi sistemalari bo’lishi mumkin degan fikrga keldi.
Lobachevskiy o’z asarlarida geometriya nazariyasining to’g’riligi tajribadagina tekshirib ko’rildi degan fikrni ham ilgari surgan edi. Lobachevskiy fikricha, shundan buyongi tajribaviy tekshirishlar ba’zi fizik yoki astronomik hodisalarni o’rganish vaqtida hozirgacha rasm bo’lib kelgan Evklid geometriyasining fazodagi real hodisalarga uncha to’g’ri kelmasligini ochib berishi mumkin. Lobachevskiy, masalan, astronomik yoki molekular tekshirishlar vaqtida bu qonuniyatlarni tatbiq qilib bo’lmaydi va, demak, yangi, g’ayri evklid yasashlar kerak bo’ladi, deb taxmin qilgan edi. Aniq fanlarning va tabbiyot fanlarining taraqqiysi Lobachevskiyning bu taxminlari tamomila to’g’ri ekanligini isbot qilib berdi. N.I.Lobachevskiyning g’ayri evklid geometriyasini kashf etganligi yolg’iz geometriyanigina emas, balki butun matematika fanini taraqqiy ettirishda g’oyat katta rol o’ynadi.
X1X asrning 40-70 yillari geometriya sistemalarining rivojlanish davri bo’ldi. B.Riman 1854-1868 yillarda yangi, g’ayri evklid geometriyasi isitemasini ishlab chiqdi, bu sistema ham fanning shundan buyongi taraqqiysida real talqin qilib berildi.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish