Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


Mavzu: XX asrda fan texnika taraqqiyoti bosqichlari ilmiy texnika inqilobi asri



Download 3,33 Mb.
bet45/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

15. Mavzu: XX asrda fan texnika taraqqiyoti bosqichlari ilmiy texnika inqilobi asri.

Tarixga nazar solsak, biz fan texnika taraqqiyotini uch ta asosiy bosqichga ajratishimiz mumkin.



  1. Fan texnikaning negizlari о’z ildizi bilan 17-18 asrlardagi manufaktura ishlab chiqarishiga borib taqaladi Bu davrda ilmiy texnikaviy faoliyat va ilm fan yaqinlasha boshlaydi. Fan asta sekin ishlab chiqarishning “Xizmatkori” bо’lib qoladi bu davrni fan texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi deb Hisoblaydilar.

  2. 18-asr oxirida vujudga kelgan mashina ishlab chiqarishi fanga tayanmay rivojlana olmas edi, chunki bunday ishlab chiqarishning rivoji faqat ilm fan taraqqiyoti asosida bо’lishi mumkin edi. Shuning uchun amaliy va ishlab chiqarish tadqiqotlari, tajribaviy – konstruktorlik ishlanmalariga ehtiyoj sezila boshlandi. Shu tariqa fan texnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi 18- asr oxiridan 19- asr о’rtalarigacha bо’lgan davrni qamrab oladi.

  3. Fan texnika taraqqiyotining uchinchi bosqichi zamonaviy fan texnika inqilobi bilan bog’liqdir. Uning muhim xususiyatli belgisi – fanning texnikaga nisbatan yetakchiik rolidir.

XX asrda fan texnika taraqqiyoti integratsiyasining inqilobi bilan yuksak darajasi bilan xarakterlanadi. Fan texnika inqilobi bu ishlab chiqarish kuchlarining fanning ijtimoiy ishlab chiqarish rivojidagi yetakchi omilga aylanishi asosida sifat jihatdan о’zgarib borishidir. Uning ta’siri ostida ilmiy fanlar doirasi kengayib boradi. Ilm fan asosan texnika rivojiga asoslanadi. Texnik vazifalarni hal qilishda endilikda barcha fanlar ishtirok eta boshladi. Ilmiy kashfiyotlardan izma- iz ishlab chiqarishning butun butun tarmoqlari vujudga keldi: radiotexnika, atom energiyasi, kosmonavtika, informatika va hisoblash texnikasi va boshqalar. О’z navbatida texnika shuningdek doimiy ravishda ilm- fan taraqqiyotini rag’batlantirib boradi, uning oldidagi yanada yangi talablar va vazifalarni qо’yadi, uni aniq va murakkab eksperemental jihozlar bilan ta’minlaydi.
Fan texnika taraqqiyoti boshlanishi XX asr shartlari bilan belgilanadi. Uning tayyorlanishida 19 asr oxiri XX asr boshlarida qо’lga kiritilgan tabatshunoslikdagi muvaffaqiyatlar muhim rol о’ynagan.
Natijada materiyaga nisbatan qarashlarda о’zgarish sodir bо’ldi, dunyoning yangi manzarasi qaror topdi. Avvalambor u fizika fanini qamrab oldi. Bu davrda uch ta yirik kashfiyot qilindi: elektron, ridioaktivlik va mutanosiblik tamoyili kashf qilindi. Bu inqilob oqibati natijasida olimlar tafakkuridagi uslubning bo’zilishiga olib keladi. Yangi kashfiyotlar klassik mexanikadagi atom bо’linmasligi haqidagi tamoyilarni puchga chiqargan edi.
A.Eynshteynning mutanosiblik nazariyasining shakllanishi va kvant mexanikasining kashf qilinishi Nyutoning dunyoning mexanik manzarasiga zarba beradi. Mikrodunyo va mikrodunyo rivojlanishi qonuniyatlarning muvaffaqiyatliligi haqidagi tasavvurlar puchga chiqdi. Fiziklarning e’tibor markazida endilikda atom va uning ichki tuzilishi turar edi. 1911-yili atom yadrosini о’rgangan E.Rezerfort atomning planetar modelini kashf qildi. Uning asosida olim fizik N.Bor atom tuzilishining kvanti-planetar nazariyasini yaratdi. 1905-yili Eynshteyn mutanosiblikning maxsus, 1916- yilda esa umumiy nazariyasini yaratdi. Mutanosiblikning maxsus nazariyasi kо’plab fizik xodisalarni tushuntirishga imkon berdi. Birinchi navbatda, bu harakatlanuvchi jismlardagi elektromagnit hodisalariga bog’liq edi.
Bu davrda kimyo fanining muvaffaqiyatlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa sun’iy materiallr yaratilishida kо’p yangiliklar bо’ldi. Biologiyada, ayniqsa uning genetika bо’limida ham katta yutuqlarga erishildi . Ilgari davolab bо’lmaydigan kasallarni davolash usullari kashf etildi. Vitaminlar, garmonlar, asab impulsining elektrik tabiati va boshqalar kashf qilindi. Ingliz mikrobiologi F.Tourt bakterialar virusi – bakteriofagni kashf qildi.
XX asrning 20 yillari psixiatriya va ijtimoiy psixologiyadagi yutuqlar bilan mashhur bо’ldi. Psixoanalizning asoschisi Z.Freyd hisoblanadi. U inson psixikasining dinamikasi asosida ong va ongsiz, tabiiy odatlar о’rtasidagi mojaro turadi degan nazariyani ilgari surdi. Bu davrda yer haqidagi fanlar - geologiya, geofizika, okeanografiya, meteorologiya va boshqa tabiiy fanlar ham qaror topdi.
Telegraf, telefon, radio, kinematogrof keng amaliyotga tatbiq qilindi. 20- yillar boshlarida fuqarolik aviatsiyasi paydo bо’ldi. 30- yillarda ovozli kino, sо’ngra rangli kino ham paydo bо’ldi. Insonlar kundalik xayotida texnik vositalarning о’rni о’zgardi.
Bu yillarda elektr pochta, tramvay, avtomobil, lift, changyutgich, mo’zlatgich, ovoz yozish vositalari keng tarqaldi, televideniya kashf qilindi. 1928- yil 28-iyunda Toshkentda bir gurux kashfiyotchilar B.P.Grobovskiy rahbarligida ekranda harakat qilayotgan tramvay tasvirini olishga muvaffaq bо’lishdi. Bu qurilma telefot deb ataldi va zamonaviy televideniyaning birinchi kо’rinishi edi.
Iqtisodiy inqirozdan keyin, ayniqsa AQSH da avtomobil yо’llari tarmog’i kо’paydi, yangi tezyurar shosselar qurildi. Iqtisodiy inqirozdan chiqishga J. Keyinsning iqtisodiy nazariyasi yordam berdi. Uning kitobi “Bandlik protsent va pulning umumiy nazariyasi” iqtisodiyotda inqilob yo’z berishiga turtki bо’ldi .
40-yillarda ilm fan atom yadrosi parchalanishi muammosini hal qildi insoniyat atom energiyasiga hukmronlik qila boshladi. Atom reaktorlari va atom bombasini yaratish bо’yicha tatqiqotlar olib borila boshlandi. Turli mamlakatlarda bu izlanishlar davlat nazorati ostida edi.
XX asrning 50- yillarida ilmiy tatqiqotlarda ishlab chiqarishda keyinchalik esa boshqaruvda ham elektron hisoblash mashinalari keng qо’llinila boshlaydi. Ular fan - texnika inqilobining ramzi bо’lib qoladi.
XX asr о’rtalarida ilmiy- texnika inqilobining boshlanishi.
Hozirgi davrda fan-texnika inqilobining о’ziga xos xususiyatlarini izohlab berishdan iborat.
Ilmiy – texnika inqilobi ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat va о’zgarishlarida fanning ishlab chiqaruvchi omili bо’lishi XX asrning о’rtasidan boshlangan. Fan –texnika inqilobi mehnatning mazmuni, xarakteri va sharoitini, ishlab chiqaruvchi kuchlar strukturasini, mehnat taqsimotini, jamiyatning professional strukturasini о’zgartirdi. Mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, jamiyat xayotining hamma tomonlariga, madaniy-maishiy hayotga, inson psIXologiyasiga ta’sir kо’rsatadi. Xodimlarning ma’lumot darajasi, malakasi, madaniyati, uyushqoqligi va ma’suliyatiga katta talablarni qо’yadi.
Elektron hisoblash mashinalari fan –texnika inqilobining ramzi hisoblanib, uning paydo bо’lishi inson funksiyalarini asta-sekinlik bilan mashinalarga berishga, ishlab chiqarish va boshqaruvchi kompleksni avtomatlashtirishga olib keldi. Hozirgi davrda fan–texnika inqilobi quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi; fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi; shu bilan bog’liq ravishda ijtimoiy mehnat taqsimotida yangi davrning boshlanishi; mehnatning xarakteri va mazmunida ijodiy elementlarning kuchayishi; yangi energiya manbalari yordamida sun’iy materiallarning yaratilishi; axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ahamiyatining ortib borishi; ommaviy kommunikatsiya vositalarining misli kо’rilmagan taraqqiyoti; umumiy va maxsus ta’lim hamda madaniyat darajasining о’sishi; fanlararo о’zaro bog’liq murakkab muammolarni kompleks xal qilish; ijtimoiy fanlar rolining ortishi; ijtiomiy taraqqiyotning keskin tezlashishi; planeta miqyosida integratsiyalashuv; ekologik muammolarning paydo bо’lishi va u bilan bog’liq holda jamiyat-tabiat tizimini ilmiy boshqarishning zarurligi.
Fan-texnika inqilobi global muammoga aylangan ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu muammolar (xalqaro terrorizm, ekologiya, demografiya, energiya tanqisligi bilan bog’liq va boshqalar) ni xal qilish uchun jaxon ommasi barcha kuchlarini birlashtirishi taqozo etiladi.
Jamiyat va uning ijtimoiy taraqqiyoti tarix fani asosini tashkil etib, shu fanning obyektidir. Tarix fanining predmeti esa о’tmishda rо’y bergan voqea hodisalar bо’lib, ular о’zining betakrorligi bilan alohida xususiyatga ega. Tarixiy voqea-hodisalarni ilmiy, xolis о’rganishning aniq yо’lini О’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov 1998 yil 26 iyunda mamlakatimiz tarixchi olimlari, shoir va jurnalistlar bilan bо’lgan uchrashuvda kо’rsatib berdi. О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1998 yil 27 iyunda «О’zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish tо’g’risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorning qabul qilinishi о’zbek tarixchilari oldiga yangi davr mustaqillik sharoiti taqozosiga javob beradigan tarix yaratish, boy о’tmishimizda yo’z bergan barcha voqealarni odilona baholash, о’zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga ilm-fan nuqtai-nazaridan qо’shgan salmoqli hissalari e’tirof etish kabi о’ta jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qо’ydi. Sababi renessans, yani uyg’onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib о’rgangan olimlarning ishlari shuni kо’rsatadiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9-12asrlar) ulkan madaniy kо’tarilish yo’z bergan, ilm-fan falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg’or insonparvarlik g’oyalari jamiyat fikrini band etgan. Aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida “Musulmon Renassansi ” nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq uyg’onish davrida Yevropa uyg’onish davrining asosiy belgilarini о’zida mujassam etishi tufayli jо’shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq uyg’onish davri ham ulug’ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida M.Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, A.Beruniy, A.Farg’oniylar jahonshumul kashfiyotlarni qildilar. Nasr Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad G’azoliylarning falsafiy asarlari bilan tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqildi.
«Jadid» arabcha bо’lib, Yangi degan ma’noni anglatadi. Yangilik va islohotchilikka intiluvchi yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg’ul bо’lgan taraqqiyparvar ilg’or ruhdagi ziyolilar tarixda jadid deb nomlandilar. Jadidchilik xarakatining paydo bо’lishi bevosita о’sha davrdagi ichki ham tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy siyosiy muhit va vaziyat bilan bog’liq bо’ldi.
Jadidchilik harakati о’z maqsad va mohiyatiga kо’ra dastlabki kundan boshlab, madaniy-ma’rifiy siyosiy islohotchilik harakati bо’lgan. Ammo vatanni ozod va obod qilish millat va xalqni hurriyatga olib chiqish, tо’q va farovon va madaniyatli qilish uchun jadidlar dastlab e’tiborni madaniy-ma’rifiy ishlarga qaratdilar.
Jadidchilik harakatining paydo bо’lib rivojlanishida Qrimlik I.Gasprinskiy (1851-1914) hissasi behad katta bо’ldi. U Qrimdagi XIX asrning 80-yillaridayoq Rossiya bosib olgan musulmon xalqlari orasida 1- bо’lib jadidchilikka asos soldi. Uning rus va turkiy tillarda Chop etilgan Tarjimon (1883-1914) gazetasi , «Rossiya musulmonligi» (1881) , «Ovrо’pa madaniyatiga muvozini» (1885) va boshqa asrlari hamda jadid maktabi uchun yozgan darslik va qо’llanmalari Turkistonga kirib keldi.
I.Gasprinskiy 1884 yilda 12 ta bolani yangicha usul- «Usuli jadid»-Savtiya (tovush) usuli bilan о’qitib, 40 kunda savodini chiqardi. U 1892 Turkiston general –gubernatori N.O.Rozenbaxga maxsus maktub yullab, unda maktablarni isloh qilish, jadid maktablarni tashkil etish madrasalardan birini zamonaviy oliy ta’limga moslashtirishni taklif etadi. Ammo bu takliflar amalga oshmaydi. Shundan sо’ng u 1893 yilda Toshkentga keladi va ziyoli ulamolar bilan uchrashadi. Samarqandda bо’ladi. U yerdan Buxoroga borib amirni jadid maktabini ochishga kо’ndiradi va maktabga «Mo’zaffariya» degan nomni beradi. Jadidchilik g’oyasi Turkistonda 19 asrning 80 – yillarining 2- yarmidan tarqaladi. Shu asrning 90- yillari 20 asrning boshlarida jadidchilik muntazam madaniy ma’rifiy harakati sifatida paydo bо’ldi.
Jadidchilik harakati shu vaqtgacha islom dunyosida sira ham kо’rinmagan ilg’or va tezkor о’qitish «Savtiya» (tovush) usuliga asoslangan jadidlar maktablari tashkil topishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar 1-2 yilda tо’la savod chiqarib, mukammal о’qish va yozishni о’zlashtiradi. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon maktablarida besh olti yil о’qish kerak edi. Aytish mumkinki, «savtiya» usulidagi jadid maktabi vatanimiz tarixidagi buyuk kashfiyotlar silsilasinin boyitdi.
Jadid maktabi faqat о’qitish usuli jihatidan emas, balki, unda diniy (iloXIy) va dunyoviy ta’lim-tarbiya va о’o’zaro mutadillik asosida joriy etilishi, bolalar esa qulay partalarda о’tirishi, darslarda xarita va rasmlardan foydalanishi bilan ham butunlay Yangi maktab edi. U keyinchalik hozirgi zamonaviy milliy maktab uchun asos bо’ldi.
Bu maktablarda shariat ilmlari bilan birga mat, geog, ona tili, rus tili va arab tillari, ashula va jism. tarb fanlari о’qitila boshlandi.
Jadid maktablari 4 (boshlangich ) va 7 yillik edi. Bunday yetti yillik maktablar Toshkentdan tashqari Qо’qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi.
Jadid maktablari qat’iy nizom, tartib va intizom dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda 1- bо’lib, jadidlar о’quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar quyishni joriy etdilar.О’quvchilar sinfdan-sinfga jamoatchilik oldida ochiq imtihonlar topshirishi evaziga о’tkazilgan. Ba’zi ma’lumotlarga kо’ra 1903 y. Toshkentda 20 ta (shundan 2 tasi urta) jadid maktablari bо’lgan.
Mustabid to’zum xalqimizning ilm-fan va zamonaviy tex­nika sirlarini egallashi uchun ma’lum shart-sharoit yaratgan bо’lsa ham, uning boy ma’naviy merosidan bahramand bо’lishi, ajdodlarning ilg’or ilmiy-madaniy an’analarini rivojlantirishga imkon bermadi.
О’zbekistonning milliy davlat sifatida rivojlanish yо’liga о’tishi tarixiy xotirani tiklashga, milliy о’zlikni anglashga mezon yaratdi. Shu bois, о’zbek xalqining o’zoq muddatli ozodlik va mustaqillik kurashi, milliy-ozodlik harakati mafkurasining shakllanish tarixi juda kuchli ijgimoiy qiziqish uyg’atmoqda. Ma’lumki, 70 yillik shо’rolar istibdodi davrida о’zbek xalqining va umuman, Markaziy Osiyo xalqlarining ozodlik kurashi sahifalari kommunistik mafkura tazyiqi ostida ongli ravishda soxtalashtirildi. Endi tarixiy haqiqatni tiklash vaqti kelmoqda.
XIX-XX asrlardagi sharoitda milliy ozodlik harakatining, shu jumladan, uning alohida ijtimoiy-siyosiy oqimlarinint tarixiy jarayondagi о’rni va rolini xolisona о’rganish, dolzarb masala sifatida ilmiy doiraga chiqdi. Tarixiy tajribaning kо’rsatishicha, milliy о’zlikni anglashning о’sishiga muhim turtki bо’lgan va milliy ozodlik g’oyasini shakllantirib, о’z faoliyati bilan uni amalga oshirishga о’ringan kuchli progressiv harakat - jadidchilik bо’lgan. U jahondagi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyatning pishib yetilgan rivojlanish talablari va о’lka tub yerli aholisining zarur manfaatlariga javob berardi.
Jadidchilik, ma’rifatparvarlikdan qudratli siyosiy harakatga qadar bо’lgan murakkab rivojlanish yо’lini bosib о’tdi. Turkistondagi mustamlaka, uning turli tanazzulga yo’z tutganligi, xalqning og’ir iqtisodiy ahvoli, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan iqtisodiy jihatdan ortda qolishi, madaniy qoloqlik, ijtimoiy ongdagi turg’unlik - jadidlarni jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yullarini izlab topishga chorladi. Yetilib qolgan muammolarni hal etishdagi dastlabki yо’l sifatida ma’rifatparvarlik harakati yo’zaga keldi.
Nima uchun masala aynan shunday qо’yildi? Sababi, jadidlarning о’zlari talaba yoshlar edi. Ular ham Sharq ham G’ap6 madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, о’qidilar va о’zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Jadidlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti darajasini kо’ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuq­larini Turkistonga keltirish istagi paydo bо’ldi. Natijada, jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish vazifasi qо’yildi. Ular bunday islohotlarni о’tkazish zaruratini nafaqat, nazariy jihatdan isbotlab berdilar, balki yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, о’quv zallari ochib, darsliklar yozib, о’z g’oyalarini amalga oshirshiga katta kuch sarfladilar. Sо’nggi ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki jadid maktablari 1898 yilda Qо’qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Toshkentda Mannon Qori va shu yili Andijonda Shamsiddin domlalar tomonidan ochilgan. XX asr boshlarida bu harakat tezlik bilan rivojlanib ketdi. Milliy ziyolilarning о’zagini tashkil etuvchi jadidchilikning kо’zga kо’ringan vakillari - Munavvarqori Abdurashidxon о’g’li, Ubaydulla Asadullaxо’ja о’g’li, Abdulla Avloniy, Toshpо’lat Norbо’taev (Toshkent), Maxmudxо’ja Behbudiy, Xoji Muin Shukrullo, Abdulqodir Shakuriy (Samarqand), Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xо’jaev, Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Xо’jaev (Buxoro), Ashurali Zoxiriy, Pо’lat Soliev, Obidjon Maxmudov (Qо’qon), Nosirxontо’ra Komolxontо’raev, Ishoqxon Ibrat (Namangan) kabilar harakatning yetakchilari edilar.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda jadidlarning rahbari deb tan olingan Mahmudxо’ja Bexbudiyning xizmati beqiyos bо’ldi. Jadidlar tarkibini yosh jihatdan tahlil qilish natijasida, jadidlarning Turkistonning bо’lg’usi davlat qurilishi dasturlarida, haqiqatdan ham, yoshlar dunyoqarashi о’z aksini topganligiga ishonch hosil qilamiz. 1910 yilda jadidlar safini asosan 13 yoshdan 36 yoshgacha bо’lganlar tashkil etgan. Jadidchilikning rahbari Bexbudiy о’sha paytda 36 yoshda bо’lgan bо’lsa, keyinchalik yoshlarning sevimli shoiriga aylangan CHо’lpon, endigina 13 yoshda edi. Ularning hech birlari, siyosiy ta’kiblar tufayli keksalik yoshigacha yetib yashamaganlar.
Jadidlar mafkurasida hozirgi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan - dinning inson ma’naviy kamolotidagi о’rnini tо’g’ri tushunish, bozorni shakllantirish jarayonlarini faollashtirish, taraqqiyparvar demokratik institutlarni vujudga keltirish, о’lkada о’ziga xos milliy rivojlanishni shakllantirish kabi tarixiy vazifalar jamlangan edi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun muhum shartlar bo’lib, islom tushunchasini yangilash, uni mutaassiblikdan tozalash, fan yutuqlari va ilg’or texnologiyani egallash muammolarini hal etish lozim edi. Bi­roq bu g’oyalar, jadidlar islomning butun ta’limotini qayta yozishga intilganlar, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Sababi ular о’z faoliyatlarida Qur’onni ham, va umuman, butun islom ta’limotini ham tо’g’ri izohlab berishga intilganlar. Ular о’z asarlarida (A.Fitratning «Xind sayyohi qissasi», M.Bexbudiyning «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi») kabilar) ayrim ruxoniylarning о’z manfaatlari yulida islom mohiyatini bo’zib kо’rsatganliklarini tanqid qiladilar va dindan foydalanilgan siyosiy tadbirlar qanchalar og’ir oqibatlarga olib kelishini kо’rsatib beradilar. Jadidlar islomning taraqqiyparvar rolini tushuntirish bilan ta’lim, iqtisod, madaniyat va umuman, jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh etish zaruratini tushuntirishga intilganlar. Qur’on va uning tafsirini juda yaxshi bilgan Maxmudxо’ja Bexbudiy о’z maqolalaridan birida Qur’on oyatlari va hadislardan namunalar keltirish bilan islom xalq ta’limi va barcha fanlarga, shu jumladan, tarix faniga qay darajada katta ahamiyat berganligini isbotlab bergan. U islom tarixini bilmasligi oqibatida, aksariyat hollarda, ung’aysiz vaziyatga tushib qoladigan din peshvolarini tanqid qiladi.
Jadidlar nafaqat Vatanga va milliy qadriyatlarga munosabati bilan, ayni paytda, umuminsoniy taraqqiyot yutuqlarini tushunishda ham tarixiy namuna bо’lishlari mumkin. Ular hech qachon milliy doirada cheklanib qolmaganlar va ularning G’apb sivilizatsiyasi tomon intilshlarini tushunish mumkin. О’sha paytda G’ap6, texnologiya va ishlab chiqarish darajasi jihatidan Sharqqa nisbatan ancha ilgarilab ketgan edi. Jadidlar о’zlarining kelajakdagi davlat to’zumini barcha millatlarning birligi asosida tasavvur etardilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bо’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bо’lganlar, о’zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashdilar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga ham о’z ta’sirini kо’rsatdi. Progressiv kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida ham kо’rindi. Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarkori muxarrir ligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida «Shuxrat», Axmadjon Bektemirov muxarrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi.Lekin tez orada chor ma’muriyati o’zining eksperti N.P.Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi.
1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «El bayrog’i», «Kengash», «Ulug’ Turkiston», «Turon» rо’znomalari, «Oyina» oynomasi, 1917 yilda esa «Xurriyat», «Farg’ona saXIfasi» kabi ommaviy axborot vosigalari ham paydo bо’ldi.
Jadidlar Rossiyadagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan ko’zatib bordilar, vujudga kelayotgan rus siyosiy partiyalari dasturlarini о’rgandilar. Lekin milliy mentalitetning о’ziga xos xususiyati bо’lgan. О’zbek xalqining tinchliksevarlikka, bosiqlikka moyilligidan kelib chiqib, ular tinchlik yо’li bilan, jamoatchilikning murojaatlari, Davlat Dumasidagi ommaviy bahslar va boshqa legal vositalar bilan podsho xokimiyatidan о’z maqsadlarini amalga oshirish yо’lida yon berishga erishishga intildilar. Ammo chorizm ma’muriyati Davlat Dumasida turkistonlik vakillar bо’lishini man etgan. Bu bir tomondan, о’lka xalqining huquqlari va qadr-qimmatini poymol qilish bо’lsa, ikkinchi tomondan, ularning siyosiy ongining о’sishi Rossiya imperiyasi davlatchiligiga xavf tug’dirar edi. О’shandayoq jadidlar, Maxmudxо’ja Bexbudiyning 1906 yil 11 oktabrda «Xurshid» rо’znomasida chop etilgan maqolasida о’z aksini toptan xulosaga, ya’ni birlashib yagona musulmon partiyasi to’zish va Butunrossiya musulmonlari ittifoqi tarkibiga kirish zarurligi haqidagi fikrga keldilar. Shu bilan ular Rossiyadagi barcha turkiy xalqlar orasidagi progressiv kuchlarga tayanishga intildilar. Ushbu maqolasida Bexbudiy sotsial-demokratlar partiyasiga nisbagan o’zining salbiy munosabatini bildiradi. U bu partiyaning dastо’rini musulmonlar hayoti normalariga muvofiq kelmaydigan xayoliy (utopiya) dir, deb hisoblagan.
Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllanib, qisqa muddatda ijtimoiy turmushning barcha jabqalarini hamrab ola bilgan ijtimoiy harakat edi. «Jadid» sо’zining ma’nosi «yangi» demakdir. U shunchaki «yangi», «yangilik tarafdori» degani mas, balki «yangi tafakkur», «yangi inson», «yangi avlod» singari keng ma’nolarni о’zida mujassam etgan. «Jadid» atamasi Turkiya gurklarida ilk marta Sulton III Salim qukmroiligi (1789- 1802) davrida paydo bо’ldi. Avstriya ga elchi qilib yuborilgan Abubakr Ratib afandi shoqga yozgan bildiruvlarida u yerda
kurgan idora gizimini «IIzomi jadid» deb tunguntiradi.»Jadid» va «qadim» iboralari keyingi asrlarda maydonga kelgan bо’lsa-da, u moqiyatan eskilik va yangilik, taraqqiyot va turqunlik о’rtasidagi eski kurash edi. Shu bois jadidchilik goyasining asoschisi Ismoilbek Gasprali «Yunon qadimchilari ikki ming necha yo’z sana muqaddam Suqrotni jadidchilik qaboqati bilan ayblab, qatl ettirdilar»1, - leya szgapila mutlakr qaq edi.Ismoilbek tomonidan taxminan 1884 yilda «Tarji-mon» gazetasi orkali Sharqu harbning juda kо’p о’lkalariga yoyilgan jadidchilik XIX asrning 90- yillarida Turkistonga kirib keldi. 1917 yilgi bol’sheviklar tо’ntarishidan keyin ham 1930 yillar oxirlariga qadar о’z mavqe va yо’nalishini saqlab qola olgan jadidchilik oqim emas, balki kuchli ijtimoiy harakat edi. Jadidchilik - davlat, to’zum, boshqaruvni isloq etish va millatni rivojlantirish orqali, umuman, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qо’ngan va anihamaliy tadbirlarni о’zida mujassamlashtirgan goyalar tizimi. Bu tizim jaqon 5. Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy g’oyalari Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllanib, qisqa muddatda ijtimoiy turmushning barcha jabqalarini hamrab ola bilgan ijtimoiy harakat edi. «Jadid» sо’zining ma’nosi «yangi» demakdir. U shunchaki «yangi», «yangilik tarafdori» degani e.mas, balki «yangi tafakkur», «yangi inson», «yangi avlod» singari keng ma’nolarni о’zida mujassam etgan. «Jadid» atamasi Turkiya gurklarida ilk marta Sulton III Salim qukmroiligi (1789- 1802) davrida paydo bо’ldi. Avstriya ga elchi qilib yuborilgan Abubakr Ratib afandi shoqga yozgan bildiruvlarida u yerda kurgan idora gizimini «IIzomi jadid» deb tunguntiradi.»Jadid» va «qadim» iboralari keyingi asrlarda maydonga kelgan bо’lsa-da, u moqiyatan eskilik va yangilik, taraqqiyot va turqunlik о’rtasidagi eski kurash edi. Shu bois jadidchilik goyasining asoschisi Ismoilbek Gasprali «Yunon qadimchilari ikki ming necha yo’z sana muqaddam Suqrotni jadidchilik qaboqati bilan ayblab, qatl ettirdilar»1, - leya szgapila mutlakr qaq edi.Ismoilbek tomonidan taxminan 1884 yilda «Tarji-mon» gazetasi orkali Sharqu harbning juda kо’p о’lkalariga yoyilgan jadidchilik XIX asrning 90- yillarida Turkistonga kirib keldi. 1917 yilgi bol’sheviklar tо’ntarishidan keyin ham 1930 yillar oxirlariga qadar о’z mavqe va yо’nalishini saqlab qola olgan jadidchilik oqim emas, balki kuchli ijtimoiy harakat edi. Jadidchilik - davlat, to’zum, boshqaruvni isloq etish va millatni rivojlantirish orqali, umuman, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qо’ngan va anihamaliy tadbirlarni о’zida mujassamlashtirgan goyalar tizimi. Bu tizim jaqon albatta. Siyosiy qarashlarida kadetlarni qо’llagan M. Bsqbudiy «Xurshid» gazetasida (1906 yil 10 oktabr’, 6-son) chop etilgan «Ishlarning yaxshisi о’rtachasidur» maqolasida sotsialistik ta’limotni va bol’sheviklar partiyasi - RSDRP (b) dastо’rini keskin rad etib, ularmi turkistonliklar uchun m>tlaqo yaroqsiz bо’lgan utopiya deb atagan edi. Chupki jadn ;.lar nazarida marksizmning eng yomok jihatlari xususiy mulkni inkor etish va daqriylik (ateizm) edi.Jadidlarning siyosiy qarashlari millim maxdudlikni rad etar, ular Turkistopdagi barcha millat va elatlarqsh birlashtirishga, jamiyatpi har qanday kelishmovchilik va ziddiyatlardan xoli qilishga intilardilar. Mahmudxо’ja Beqbudiy bu xususda quyidagilarni yozgan edi: «Turkistoi musulmonlariga lozimki, avvalo, qadim va jadid о’izo lafzini qо’yib, ittifoq istasak. Turkistoi musulmomlari bundagi rusiy, ya’quliy va boshqalar bilai qо’shilgan qolda, о’z boshlariga Rusiyanipg bir parchasi hisoblana turgan Turkistoi qukmini (qukumatini) ta’sis etsak, о’zimiz-ning majlis-mashvaratpmiz (parlament) bо’lsin desak, Turkistoi musulmonlari shariat va odatlariga, о’z zakun (qonun) va dinlariga muvofiq tiriklik qilsinlar. Turkistoi yaqudiylari, nasroniylari va musulmonlari uchun hammalarining mapfaatlarini e’tiborga olaturqon qonunlar to’zilsin. Agarda biz - Turkistoi musulmonlari xoxdasakki, din va millatimizni... ittifoqetib, bugundan isloqotga qadam qо’ysalar... ziyoli va taraqqiypar-varlarimiz, boy va ulamomiz birlashib, din va millat, Vatan rivojm uchun xizmat etsak... О’zimizdan bora-bora tadrijiy suratda askarlarimiz bо’lsin. Ul milliy askar-larimizning vazifasini, qiyofat va shaklini, libos va maishat tarzini о’zimiz tayin qilurmiz. Mana, bizning oldimizda eng katta ishlar turibdir... hozirgi aqvolga qaraganda, yana biz musulmonlar, ruslarning fuharosi va raiyati bо’lgan о’lkadek, alardan dast va rijoga qolurmiz. Koloniya (mustamlaka) qoidasi ila bizni idora eturlarki, bunga о’z IXtilofimiz sabab bо’lur» Kо’rinib turibdiki, Beqbudiyning qarashlarida milliy qadriyatlarga bо’lgan IXlos va ayni paytda Yevropa dupssining tarixi, madaniyati, ta’lim tizimi, davlat qurilishi sohasidagi tajribalarini о’rganishga e’tibor katta о’rin tutgan. Shuningdek, Beqbudiy millat о’zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarga boshqalari bilan teng aralasha oladi, degan fikrni ilgari surib, tarixga alohida e’tibor berdi.
Jamiyatdagi huquqiy muammolar Beqbudiyning diqqat markazida bо’lib, unnng «qonuni Ovrupo», «qaq olinur, bsrilmas!», «Loyiqa», «qozi va biylar haqida loyiqa» maqolalarida Turkistonda vujudga kelganhuquq sohasidagi oqir vaziyat bayon etil adm. Shuningdek, huquqiy masalalarni g’al qilishni ellikboshi va qozilar IXtiyoriga butunlay topshirib qо’yilganligi oqibatida, ular nafaqat diniy, balki maishiy masalalarni ham poraxо’rlik asosida baja-rayotganliklari uchun rus qukumatini tanqid qiladi. Islom qopunchiligidan chuqur xabardor bо’lgan muftiy Beqbudiy о’z shaxsiy manfaatlari yо’lida shariat normalarini soxtalashtirastgan qozilar ni qattiq tanqid ostiga olgan.Beqbudiy mustaqillikning kurashsiz qо’lga kiritil-masligiga imopi komil bо’lsa-da, lekin u mustamlakachilarga qarshiqon tо’kishlarsiz kurash tarafdori bо’lgan. YA’ni har qanday kо’rinishdagi inqiloblarga harshi bо’lgan.
Nazorat savollari:

  1. Fan bilan texnikaning о’zaro bog’liqligini izoxlang.

  2. Fan bilan texnika taraqqiyoti о’rtasidagi yaqinlashuv sabablarini aniqlang.

  3. Faning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqeyi nima bilan izoxlanadi?

Rossiya Dumaem ishini muntazam ravishda ko’zatib borgan Beqbudiy parlament kurashi orqali kо’m narsalarga erishish mumkin deb hisoblagan. Turkistoi muxtoriyati»ning tashkil topishida Beqbudiyning amaliy xizmatlari katta. U milliy-ozodlik harakatidagi tarqoqlik qaytadan mustamlaka to’zumiga olib kelishini yaxshi tushunar, shuning uchun muxtoriyat qо’lga kiritilishi bilanoq, «agar bugun Turkistoi xalqi ittifoq etea, qon tо’kilmas. Yer va amlok ham taqsim bо’lmay qolur. Oni ham ravo topur. Ming karra dodu bedodki, IXtilof etmoq uchun ittifoq etkanimiz va IXtilofimiz sababi ila badbaxtlikka duchor bо’lurmiz. Butun Turkistoi ittifoq etea, 15 millionlik bir quvvatli imloqa kelurki, munga yer titraydur», deb xalqni hamjihat bо’lishga undagan. Xullas, BsqbudiyIIng ijtimoiy qarashlari markazida siyosiy masalalar bosh masala bо’lgapligining guvoqi bо’lamiz.
Mamlakatda bо’lib о’tgan fojiali voqealar Beqbudiyda sovet davlati va uning Turkistondagi vakillariga nisbatan shak-shubhasiz nafrat uyqotadi. Shubois 1917yilningiyul’ oyidayoq «qaholinur, berilmas» singari kо’plab publitsis-tik maqolalar bilan chiqib, aholini, ayniqsa, yoshlarni qurriyat uchun kurashga da’vat etgan Beqbudiy muxtoriyat tor-mor etilganidan keyin ham taslim bо’lmadi. Aksincha, u endi qurriyat uchun kurashning yashirin jabqasidan о’rin e gall ad i. Xorijda chop etilgan «Milliy Turkiston» jurnalining 1950 yil 66-sonida yozilishicha, «ulqarshishaharin-da о’z vazifalarini о’rinlov harakatida ekan, Rusiyaning Buxoro elchixona xizmatchisi Utkin vositasi-la amir tomonidan tutildi. Bsqbudiy «jadidchi» deya ayblanib, amirningqarshishaharindagi voliysi Nuriddin Oqaliq tomonidan amirning buyruhi ila 1919 yilda vaqshiyona о’ldirildi. Buyesa niqob edi. haqiqatda esa, Beqbudiyning о’limi amir vositasi-la rus ol’sheviklarining sovet komissiariati tomopdan uyushtirilganligi aniqlandi. Buni sobiq «Turkiston sovet jumquriyati»ning harbiy ministri Osipov 1919 yil Buxoroga qochgan vaqtinda «Yosh buxoroliklar» jamiyatinda («Yosh buxoroliklar» partiyasi nazarda tutilmoqda. - Muallif.) bergan bayonotida bildirgan edi. Turkiston xalqi bul usulda bundan 31 yil avval о’zining buyuk jamoat va siyosat xodimidan ay-rilgan»1.О’limi oldidan «biz о’z qismatimizni bilaniz, ammo bechora xalqimizga о’z hayotimizda nima qilishimiz mumkin bо’lsa, shuni qilganimizni qis etish bilan faxrlangani-mizdap о’limni ham xotirjam kutmokdamiz..., agar bizIIng hayotimiz qurriyat va xalqning baxt-saodatn uchun qurbonlik sifatida kerak bо’lsa, biz о’limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz»2, degan mardona sо’zlarni aytgan muftiy Mahmudxо’ja Beqbudiyning hayoti va ijodiy merosi hozirgi mustaqillik sharoitida ham yurt uchun, xalq uchun fidoyi-lik kо’rsatishda ibrat namunasi bо’lib qoladi.XIX asr oxirlarida Turkistondagi uyg’onish davrini boshlab bergan jadidlardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxon о’qli bо’lib, u 1878 yilda Toshkentning Shayqontoqur daqasidagi Darxon maqallasida mudarris oilasida tavallud topgan. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida, sо’ngra Buxoroda oliy taqsil olib «qofizi qur’on» bо’lgach, XIX asrning 90-yillari oxirlarida jadidchilik harakatiga qо’shiladi. 1901 yilda Toshkentda birinchilardan
bо’lib «usuli jadid» maktabini ochadi.Munavvarqori XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy tafakkurning., milliy-ozodlik harakatining eng e’tiborli namoyandalaridan bо’lganligi uchun ham 1921 yilda uning nomzodi «Turkiston milliy birligi» nomli yashirin harakatning raisligiga qо’yilgan. Biroq, u qech qachon isyonga, qо’zqolonga da’vat qilgan emas. Tо’qri, u «qaq olinur, berilmas»1 deb yezdi. Lekin bu qaqni ilm-ma’rifatni, fan-texnikani egallash, ma’rifiy-madaniy vositalarni ishga solish orqaligina qо’lga kiritishni maqsadga muvofiq deb topdi.
Munavvarqori siyosat bilan jiddiy shuqullangan pragmatik shaxe edi. Masalan, 1917 yilda tarix turkis-tonliklarga mustaqillikni qо’lga kiritish va munosib idora usulini о’rnatishdek noyob imkoniyatni berganida bir guruh kishilar xonlikni tiklash, Xudoyorxonning о’qli Muhammad Aminbekni xon qilib kо’tarish fikrida bо’lishganda, ikkinchi bir guruh rivojlangan mamlakat-lardan о’rganish, andoza olish yо’llarini qidirgan edi. Shulardan biri bо’lgan Munavvarqori 1917 yil voqea-laridan ancha oldin Finlyandiyaga borib, fin idora usulini о’rganib kelgan edi.Munavvarqori va uning safdoshlari kommunist-larning Markaziy Osiyodagi qukmronligini mustamlakachi-likning yangi kо’rinishi, sotsializm qurilishi tо’qrisidagi g’oyani utopiya, uning tarqibotchilarini esa mutaassiblar deb bilishgan. Istiqlolchilik harakatining qalabasiga ishongan bu fidoyilar jaqon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosida evolyusion yо’l va demokratik inqilob yotadi, deb hisoblashgan.Markaziy Osiyoda sovet to’zumi istibdodi о’rnatilgach, jadidlar tutgan siyosiy pozitsiya xususida tо’xtalar ekan, Munavvarqori Abdurashidxonov о’zining bol’sheviklar hamoqxonasila yozgan «Xotiralarimdan» asarida shunday deydi: «Bizlarning sinfiy dunyoqarashimiz negizida sinflarni inkor etish yotadi. Bizlar sinflarni bilmas edik, agar yirik burjuaziya deb hisoblanayotgan katta yer egalari va savdogarlarning juda ozgina guruhi hisobga olinmasa, bizlarning kо’z 5’ngimizda hamma teng edi. Burjuaziya tо’qrisida gapirganda, bizlar yirik savdogar va katta yer egalarinigina pazarda tutar edik. Bizlar shо’ro qukumatining mana shularga emas, balki mayda va о’rta qol burjuaziyaga nisbatan olib borgan tadbirlarigaqarshibо’ldik. Binobarin, bizlar asosan mayda burjuaziya
manfaat-larini himoya qildik: mana shundan bizlarning о’ktyabr inqilobidan keyin mamlakat siyosiy hayotida tutgan rolimiz, shо’ro qukumati, yо’qsil diktaturasigaqarshiolib borgan kurashimiz tushunarli bо’lsa kerak. Bizlarning mustaqillik haqidagi shiorimiz avval burjua demokratik Turkistonni, undan sо’ng esa, qayta chegaralanishdan keyin О’zbekisgonni tashkil etish, hokimiyatni mayda va о’rta burjuaziya qо’liga berish tо’qrisidagi harakatimiz ana shundan kelib chiqadi»1.Bu mashqur siyosatchi hamoqqa olingach, «Munavvarqori tо’dasi» degan ish ochildi va 87 kishi tergovga tortildi. О’n yetti oy mobaynida avval Toshkent, keyin esa Moskva avaxtaxonalarida olib borilgan oqir ruhiy va jismoniy qiynoqlardan sо’ng, 193! yilning 15aprelidaOGPU (sobiq SSSR Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi Maxsus Davlat Siyosiy boshharmasi.) harori bilan shulardan 15 kishi otib о’ldirishga, 31 kishi 10 yil, 19 kishi 5 yil, 14 kishi 3 yil
hamoqqa qukm qilinadi, 1 kishi 1 yilga Omskka surgunga yuboriladi, 3 kishi yurtidan badarqa etiladi2.Munavvarqori Abdurashidxonov Salimxon Tillaxonov; Sayd Aqroriy, Tangriqul qoji Maqsudov, Najmiddin Shermuhammedovlar bilan birga, 1931 yilning 23 mayida Moskvaning mashqur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinqona kо’mildi va bu ma’lumotlar Rossiya matbuotida 1992 yilning 25 mayida, rosa 61 yildan keyin oshkor qilindi. О’zbekistonda bundan ham keyinroq - 1997 yilda ma’lum bо’ldi. qolbuki, uning qatli haqidagi xabar dunyoga 1933 yildayoq tarqalgan edi. Mustafo CHо’qaevning Parijda nashr qilib turgan «Yosh Turkiston» jurnali о’zining 1934 yil yanvar’ sonida Turkiston ziyolilari boshiga tushgan bu musibatdan jaqon jamoatchiligini xabardor qiddi. U qakda maqola va xotiralar chop etdi1.Xul osa qilib aytganda, Munavvarqori Abdurashidxo-novning siyosiy-huquqiy qarashlari va hayot yо’li XX asr birinchi choragidagi Turkiston xalklari ijtimoiy-siyosiy tafakkuri, madaniyati, ma’rifatining mumtoz va betakror namunasi bо’lib qoldi.
Turkiston jadidchiligining tanikli namoyandalaridan yana biri mashqur adib va zabardast olim Abdurauf Fitrat (1886-1938) edi. Dastlab, u eski maktab, sо’ng Buxoroning mashqur Mir Arab madrasasida taqsil olgan. Fitrat
Turkiya, hindiston, Markaziy Rossiya shaharlarida va Arabistonda bо’lgan. 1909-1913 yillarda Istanbulda о’qigan davrida «Yosh turklar inqilobi»dan qattiqta’sirlangan Fitrat siyosatga faol aralasha boshladi, bu qol uning ijodida ham о’z aksini topdi.1913 yilda maorif va madaniy-ijtimoiy qurilish haqidagi yangi g’oyalar bilan ona shahri - Buxoroga qaytib kelgan bu yosh jadid qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining yetuk vakillaridan biriga aylandi. Fitratning о’sha davrdagi siyosiy qarashlari «Rahbari najot» (1915), «Oila» (1915), «Begijon» (1916), «Mavludi sharif» (1916), «Abo Muslim» kabi asarlarida о’z aksini topdi. U jadid maktablari uchun «Muxtasar islom tarixi» (1915), «О’qu» (1917) kabi darsliklarini yaratdi.
917 yil fevral’ voqealari amirlik qududida jadid-chilik va updan о’sib chiqqan «Yosh buxoroliklar» harakatiga kuchli turtki berdi. Fitrat ushbu harakatning sо’l qanotidan tashkil topgan «Yosh buxoroliklar»1 inqilobiy
Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish