Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


Noanik tushunchalar ustida mushohada



Download 3,33 Mb.
bet48/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Noanik tushunchalar ustida mushohada. Agar mushohada etilayot-gan tushunchalar aniq bo‘lmasa, yani so‘z va iboralar aniq ta’riflan-magan bo‘lsa, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida fikr yuritish man-tiqqa muvofiq bo‘lmaydi. Buning eng yorqin misoli "Ignaning uchiga nechta farishta joylashadi?" degan savol. Javob qanday bo‘lishidan qat’i nazar to‘g‘ri ham, noto‘g‘ri ham bo‘lolmaydi. Chunki "farishta" aniq ta’riflangan tushuncha emas. (Aslida bu mushohadada "ignaning uchi, sig‘adi, nechta" so‘zlari ham aniqlashtirishni talab qiladi. Masa­lan, "farishta" donalab (nafarlab) sanalsa "nechta" deyishda mano bor, lekin u "yorug‘lik", "ezgulik" kabi xususiyatga ega bo‘lishi ham is­tisno emaski, bu holda "nechta" so‘zi ma’nosini yo‘qotadi.)
Ikkinchi xil mantiqiy xato — bir-biriga zid deb qaralayotgan ikki fikrdagi tushunchalarga nisbatan ayniylik shartining buzilishi, ya’ni ular ayni bir mazmunda, ayni bir vaqt va bir xil sharoitga oid emasligidir. Misol tariqasida bir uyning dahlizidagi ikki kishi-ning gaplariga quloq tutaylik. Ulardan biri "Daxliz — issiq", ikkin-chisi "Dahliz — sovuq", dedi. Ziddiyatmi? Agar ziddiyat bor deyilsa, kamida bittasining gapi noto‘g‘ri bo‘lishi shart. Lekin har ikki tas-diq ham chin bo‘lishi istisno emas. Masalan, voqea qishda bo‘lib, "is-siq" degan odam tashqaridan kirgan, "sovuq" degani esa ichkaridan chiq-qan bo‘lsa, ob’ekt {daqliz qavosi) ham, joy ham, vaqt ham ayniylik shartini qanoatlantiradi-yu, lekin sharoit har xil sa shu tufayli aytilgan fikrlar ziddiyat hosil qilmaydi.
Mantiqiy xatolardan ko‘p tarqalgani va nozikrog‘i krsmiy inkorni mutlak, inkorga aylantirishdir. Misol tariqasida shu yil o‘tkazilgan ilmiy seminarlardan biridagi ikki mushohadani keltiramiz. Profes­sor A (ma’ruza uslubining tanqidchisi): "Mening kuzatuvlarim ko‘rsata-diki, ma’ruza tarzida o‘tilgan dars samarasi — o‘rtacha 5% atrofida (shu ma’nodaki, marueada aytilgan har 100 tushuncha yokm faktdan ting-lovchi o‘rtacha 5 tasini eslab qoladi)". Professor V {ma’ruza uslubi tarafdori): "Professor A ning bu tasdig‘iga qo‘shilolmayman. Mening kuzatuvlarim bo‘yicha e’tibor bilan tinglaydigan talaba 15-20% gacha eslab qoladi". Bunday qaraganda bu ikki fikr o‘zaro zid. Lekin faqat sirtdan. Aslida professorlarning tasdiqlari bir-birini inkor qil-maydi. Haqiqatan, faraz qilaylik, 100 ta talabadan iborat guruxda ma’­ruza o‘qilib, unda 100 ta tushuncha bayon qilindi. Ma’ruzadan so‘ng talaba-lar eslab qolgan tushunchalar hisoblab chiqmlganda jami 500 atrofida (yoki umuman 500 tadan kam) bo‘lsa, professor A qaq bo‘ladi. Endi shu guruhsa bir necha talaba 15 tadan tushunchani o‘zlashtirgan bo‘lishi mum-kinki, professor V ham haq bo‘ladi.
Xulosa: mushoqadada ziddiyat borligini da’vo qilish, xususan, biror fikrni inkor qilish maxsus mantikiy tahlil talab etadi. Mutlak, ko‘pchilik qolda ziddiyat anglashilmovchilik oqibatidan ibo­rat.
Bu xulosa muhokama qilinayotgan mavzuga nisbatan ancha keng amaliy ahamiyatga molik. U hayotda — er-xotin, qo‘shnilar, xizmatdoshlar, guruh-lar, partiyalar, davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning ko‘pchiligi sun’iy tabiatli ekanini, ehtiroslarsiz, mantiq bilan taxdil qilinsa, har doim murosa (konsensus) uchun imkoniyat mavjudligini asoslaydi. AQSh Kon-stitutsiyasi yaratilishi paytida shimoliy va janubiy shtatlar o‘rtasida-gi jiddiy ziddiyatlar shu tamoyil asosida yechilgan va yuz yil ichida AQSh kuchli davlatga, 200 yildan so‘ng esa superdavlatga aylanishiga poyde-vor yaratgan. Zidsiyatlarni suniy ravishda kuchaytirish asosiga quril-gan sovet tuzumi esa mushakday yondiyu so‘ndi.
Odamzodning vujudga kelishi borasida fan va diniy ilm yondashuv-lari o‘rtasida ziddiyat bor, degan tasdikda yuqorida sanalgan har uch to-ifa xatoni kuzatamiz.
Odam alayhissalom, odam va odamzod
"Odam" nima degani? Avvalo, fan nuqtai nazaridan qat’iy va aniq javob berib bo‘lmasligini ko‘raylik. Bugun konkret jonzot haqida "Bu odammi yoki yo‘qmi?" deb so‘ralsa, aniq javob berish mumkin, albatta. Lekin fan konkret odam bilan ish ko‘rmaydi — u biologik tur haqida fikr yuritadi. Hozirgi biologiya tushunchasiga muvofiq jonli mavju-dotlarning odamgacha bo‘lgan turlari ketma-ketlik tarzida tasvirlansa, uning so‘ngida Homo jinsi kelib, Avstralopitek jinsidan keyin joylashadi (D. Lambert. Doistoricheskiy chelovek. Leningrad, "Nedra", 1991). Bunda hozirgi odamlar Homo jinsining Homo sapiens (Aqlli odam) tu-riga mansub. Bu tur Homo Erectus (Tik qomatli odam) turidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Endi odamligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi-gan tayin shaxsni olaylik-da, uning shajarasini (masalan, ota-o‘g‘il chi-zig‘i bo‘ylab) tasavvur qilaylik. Bu chiziq vaqt bo‘yicha orqaga qarab da-vom ettirilsa, avval Homo erectus turiga, so‘ng bora-bora Avstralopi­tek (yoki boshqa bir mavjudot) jinsiga, keyin undan ham tubanroq jins-larga o‘tib ketadi. Xo‘sh, bu ketma-ketlikning qaysi a’zosidan "odam" zoti boshlanadi? Fan bu savolga javob berishga qodir emas, shuning uchun uni muhokama qilib ham o‘tirmaydi. Demak, biologiyada "odam" aniq tushuncha emas. Xozir bu kabi tushunchalar "chaypalgan" (razmыtoe, fuzzy) deb ataladi. Umuman, matematika, fizika, tilshunoslik kabi aniq fan-lardan tashqarida barcha tushunchalar aslida shunday tabiatli. ("Chaypal-gan"ligi uchun ularni o‘rganib bo‘lmaydi, degan xulosa chiqarish yaramay-di. O‘rganish mumkin, bunda muayyan exxiyotkorlik lozim. Ayniqsa, biror fikrni rad etishda!)
"Odam" tushunchasi diniy nuqtai nazardan ham turli talqinga egadir. Birinchisi — Yer yuzidagi dastlabki odam, odamzotning eng birinchi ajdodi bo‘lmish Odam alayhissalom. Ikkinchi talqin — Odam Ota va Momo Havvo hamda ularning barcha avlodi majmuasi, ya’ni odamzod. Uchinchisi — shu majmuaga mansub tayin odam (masalan, Charlz Darvin). "Odamni xudo yaratgan" tasdig‘ida "odam" tushunchasi qaysi ma’noda? Qolaversa, din nuqtai nazaridan odam yolg‘iz jismi bilan anikdanmaydi — u ruhga ega mavjudot. Shunday ekan, "odam" tushunchasiga ta’rif berish o‘e-o‘zi-dan "Ruh nima degan?" savolga borib taqaladi. Lekin unga na din, na fan ma’nili bir javob bera oladi. Bu savolga javob inson imkoniyatida emasligi oyat va hadislarda ta’kidlangan [Zayniddin Muxdmmad G‘azzo-liy. Kimyoi szodat. «Kamalak», 1994 ).

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish