FAN — dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bog’liq, faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o’z ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi o’zining o’rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan bog’liq holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo’lgan.
Tafakkur - sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo bo’la boshlagan.
Izoh-(tafakkur-bu inson aqliy faoliyatining yuksak shakli,ob’ektiv vokelikning ongida aks etish jarayoni).
Mifologiya fanga o’tish bo’sag’asida malum bosqich vazifani bajargan.
Izoh (yun.- mifos, afsona, rivoyat, asotir. Qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo’lib,koinotning yaratilishi, inson,o’simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budalar va ilohlar to’g’risidagi e’tiqodiy qarashlarni o’z ichiga olgan).
Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya o’rninini naturfalsafa egalladi. Avestoda mifologiya va fan unsurlari ham o’z aksini topgan.
Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim ayrim ravishda bayon etishga o’rina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo’ldi.
Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo’ldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi.
Ellinizm atamasi ilmda daslab nemis olimi I.G.Droyzenning 1836-43 y.da chop etilgan 2 jildli «Ellinizm tarixi» asarida qo’llangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligiga va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan uyg’unlashib hosil qilgan Yangi madaniyat tushunilgan.
Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o’rtasidagi yaqinlashuv ХIV—XVIII asrlarda manufaktura ishlab chiqarish bilan bog’liq holda sodir bo’ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika ta’siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga hech qanday salbiy ta’sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yo’nalishi sifatida yuksala borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |