Tarix kafedrasi


-1916 yillarda olib ketilgan mahsulotlar (pud hisobida)



Download 2,84 Mb.
bet46/157
Sana12.09.2021
Hajmi2,84 Mb.
#172613
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157
Bog'liq
3-курс Ўзб тарихи

1914-1916 yillarda olib ketilgan mahsulotlar (pud hisobida).

Mahsulot nomi

Pud hisobida

Mahsulot nomi

Pud hisobida

Paxta

40.899.244 pud

Kanakunjut

50.000 pud

Paxta yog‘i

3.109.000 pud

Kunjut

12.000 pud

Sovun

229.000 pud

Danak mag‘zi

2.700 pud

Go‘sht

300.000 pud

Tomat

845 pud

Baliq

473.923 pud

Vino

4.985 pud

Quritilgan meva

95.648 pud

Uksus

2.701 pud

Bodom

1600 pud

Kigiz-namat

38.004 m2

Turkistondan jadal sur’atlar bilan olib ketilayotgan iste’mol mollari va xom ashyo resurslari o‘lkaga olib kelinishi lozim bo‘lgan oziqovqat mahsulotlari bilan mutanosiblikka ega emasdi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi hukmron doiralari o‘lkadan faqatgina xom ashyo olib ketish bilan kifoyalanmadilar. Armiyani harakat vositalari bilan ta’minlash maqsadida Turkistondan yuk tashuvchi hayvonlar va aravalar ham olib ketildi.

1915 yildan boshlab Turkiston o‘lkasida aholidan zarur mahsulotlarni sotib olib, ularni jo‘natishga tayyorlovchi maxsus davlat komissiyalari va xususiy agentlar faoliyat olib borishgan. Masalan, xususiy agentlar tomonidan Yettisuv viloyatining o‘zidan 6 mingdan 10 mingtagacha ot olib ketilgan. Hattoki ishchi hayvonlarga muhtojlik sezgan Farg‘ona viloyatining o‘zidan 20 mingdan ortiq ot musodara qilingan. Shundan faqatgina 2.893 ta ot belgilangan tartibda sotib olingan. Talabni bajarmaganlarga shafqat qilinmagan. Masalan, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon uezdida yashovchi Damin Saidxo‘jaev, Qoraboy Abduqosimov, Muhitdin Madraimovlar umumiy qiymati 1400 rubl baholangan 4 ta otlarini toshirmaganliklari uchun jazolanganlar.

1914 yildan 1916 yilning ikkinchi yarmigacha front ehtiyojlari uchun Turkiston o‘lkasidan 2.925.000 pud jun, 70.000 ot, 12.737 tuya, 270 arava, 13.441 o‘tov jo‘natilgan. Shuningdek, Qizil xoch jamiyatining Turkiston bo‘limi tomonidan 1916 yilda 2.400.000 rubl pul mablag‘lari yig‘ilgan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Birinchi jahon urushi yillarida Turkistonda harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan va mudofaa uchun xizmat qilgan paxtachilik sohasini yanada rivojlantirishga zo‘r berib kirishildi. Rus sanotchilarining kuchli bosimi ostida hukumat tomonidan paxtachilikka e’tiborning kuchaytirilishi hamda bu sohaning pala-partish rivojlantirilishiga asosiy sabab urush harakatlari tufayli chet eldan keltiriladigan xom ashyoning keskin qisqarib, Turkiston paxtasiga bo‘lgan talabning oshganligida edi. Albatta, paxtachilikning bunday tartibda, ya’ni o‘zlashtirilgan yerlar hisobiga zo‘rma-zo‘raki kengaytirib borilishi kelgusida dehqonchilik va umuman qishloq xo‘jaligi inqiroziga sabab bo‘ldi. Bularning barchasi paxtakor dehqonni urush tufayli beqaror bo‘lib qolgan bozorga qaramligini kuchaytirib, oziq-ovqat va non narxining keskin oshishiga olib keldi. Paxta va non o‘rtasidagi narx muvozanatining buzilishiga sabab bo‘lib, ocharchilik va qahatchilikni keltirib chiqardi.

Turkiston qishloq xo‘jaligining haddan tashqari paxta yetishtirishga ixtisoslashuvi o‘lkani chetdan keltiriladigan g‘allaga qaram qilib qo‘ydi va temir yo‘llarda yuk tashish salmog‘ini oshirdi. Asosiy iste’mol mahsuloti non hisoblangan Turkiston o‘lkasiga g‘alla uzoq Shimoliy Kavkaz va Volga bo‘yi hududlaridan olib kelingan. O‘lkaga eng yaqin sanalgan yirik g‘alla yetishtiruvchi Yettisuv viloyati esa Turkistonning asosiy viloyatlari bilan temir yo‘l orqali bog‘lanmagan edi. Birinchi jahon urushi yillarida metropoliyaning olis joylaridan o‘lkaga g‘alla olib kelish tabiiy ravishda keskin qisqardi. 1915 yildayoq o‘lka aholisi ehtiyojidan besh barobar kam g‘alla olib kelindi. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich yanada pasayib, 1917 yilda Turkistonga umuman g‘alla olib kelinmadi. Urush yillarida o‘lkada nonning narxi 400 foizga oshib ketdi. Agar 1913 yilda Turkistonga 18 mln. pud g‘alla olib kelingan bo‘lsa, 1916 yilga kelib o‘lka aholisining nonga bo‘lgan talabi 22,5 mln. pudni tashkil qildi. 1915-1917 yillar davomida o‘lkada non mahsulotlari taqchilligi quyidagicha ko‘rinish hosil qildi:




Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish