Kriptovalyutalar bozori. Kriptografiya va kriptovalyutalar haqida tushuncha



Download 19,41 Kb.
bet1/2
Sana30.11.2022
Hajmi19,41 Kb.
#875659
  1   2
Bog'liq
Kriptovalyutalar bozori va blokchain texnologiyalar (5)


. KRIPTOVALYUTALAR BOZORI
. Kriptografiya va kriptovalyutalar haqida tushuncha
Soʻnggi yillarda kriptovalyutalar moliya bozorida shiddat bilan
rivojlanayotgan asosiy tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda.
Kriptovalyutalar – shunday toʻlov vositasiki, bunday toʻlov
tizimining egasi ham, ichkaridan yoki tashqaridan biror boshqaruvchisi
mavjud emas. Bunday tizimning asosiy xususiyati ham bevosta
markazlashtirilmagan tartibda ekanligidadir.
Kriptovalyutalarni bir tomondan oʻziga xos gʻoyaga asoslangan
pullarning yangi koʻrinishi sifatida, ikkinchi tomondan esa nima bilan
savdo qilishlariga ahamiyat bermay, faqatgina foyda olishni koʻzlovchi
spekulyantlar uchun juda qiziqarli boʻlgan urfdagi, oʻzgaruvchan
(volatil) moliyaviy aktivlardan biri sifatida aniq farqlab olishimiz
lozim.
Insonlarning dunyo haqidagi qarashlarini yuqori tezlikda
kechuvchi jarayonlar qanchalik oʻzgartirmaydi deysiz-a? Koʻpincha
insonlar, huddi baliq qarmoqqa bogʻlangan yaltiroq xoʻrakka
talpinganidek, urfdagi hodisa ortidan kelajak uchun barcha narsalari
bilan risk qilishga tayyor boʻlishadi. Ayniqsa, bunda ularning ham
fikrlari koʻp boʻlsa.
Kriptovalyutalar – raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda
xavfsizlik uchun kriptografiya (grekcha soʻz, maxfiy belgilar bilan
yozilgan xat)dan foydalaniladi. Kirptografiya – bu ma’lumotni koʻzda
tutilmagan foydalanuvchilardan himoyalash yoʻlida, axb orotni
oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan gʻoya va usullar yigʻindisidir.
Tarixiy jihatdan, kriptografiya maxfiy ma’lumotlar, asosan, maxfiy
xizmat va razvedka idoralari tomonidan maxfiy ma’lumotlardan
himoya qilish uchun ishlatilgan. Ushbu sohadagi olimlarning
koʻpchiligi, har qanday hukumat yoki bank kabi boshqa vositachilar
bilan bogʻlanmagan avtonom raqamli valyutaning oʻzi yashaydigan
maxfiylik va erkinlik tufayli foydali va qulay deb hisoblaydilar.
288
Bunday tizimda pulni boshqa joyga oʻtkazilishi, mahalliy va xalqaro
miqyosdagi hududlar davlat tartib-qoidalarini chetlab oʻtgan holda
osonlik va tezda amalga oshirilishi mumkin. AQSHda kriptografiya
asoschisi Horst Fietsel tomonidan “Dighital Enscryption Standard”
(DES) ning 1975-yil 17-martda Federal Reyestriga kiritilishi bilan
qabul qilinadi.
Ushbu tizim xavfsizlik xususiyati tufayli kriptovalyutalarini
soxtalashtirish murakkab hisoblanadi. Kriptovalyutaning alohida
xususiyatlaridan biri uning muomilaga kiritilish jarayonidir. Ya’ni, u
hech qanday markaziy hokimiyat tomonidan berilmaydi va uni davlat
aralashuvi yoki manipulyatsiyasidan holi hisoblanadi. Oʻz oʻrnida
Kriptovalyutalarda ham kamchiliklar ham mavjud. Shuningdek,
ularning moliya bozoridagi dastlabki rivojlanish bosqichlari, xavfxatarlari, imkoniyatlari va ularning kelajakdagi holati kriptovalyutalar
bozorini alohida jihatini asoslaydi.
Kriptografik pullarning kelajagini bashorat qilish oson emas,
chunki rasmiy tuzilmalar sohasida ayniqsa juda koʻp ishlar qilinishi
kerak. Shu bilan birga, banklar va boshqa moliya institutlari kelajakda
moliyaviy bitimlar uchun alternativ sifatida kriptovalyutalarni koʻra
olishi kerak. Soʻnggi yillarda jahon moliya bozorida katta oʻzgarishlar
roʻy bermoqda. Shuningdek, valyuta instrumentlari sifatida
ishlatiladigan vositalarni, savdo operatsiyalarini iloji boricha
osonlashtirsh va qulaylashtrirish, bozor ehtiyojlariga mos ravishda
oʻzgarishlarini va rivojlanishni talab etmoqda. Tovar ayriboshlanishi
uchun foydalaniladigan vositalar pul deb ataladi. Pul - bu oʻzaro
kelishuv vositasi boʻlib, bozorning barcha ishtirokchilari buni amalga
oshirishda ishtirok etadilar. Insoniyat va jamiyat, iqtisodiy
munosabatlar, bozorlar tobora rivojlanib borishi sababli, murakkab
tovar almashinuvi vositalariga ehtiyoj paydo boʻldi. S hu munosabat
bilan, shifrlangan valyutalarning joriy etilishi xalqaro toʻlov tizimini
bir necha yil avval tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada kengayishiga
sabab boʻlmoqda.
Blokcheyn texnologiyalar – kriptovalyutalarni asosini tashkil
etuvchi texnologiyalar boʻlib, moliya bozorini taraqqiy etishini yangi
bosqichga olib chiquvchi, raqamli innovatsion texnologiyalar boʻlgan,
kriptografik tizim orqali himoyalangan va kiberxavfsizlikning yuqori
darajasiga ega texnologiyalardir. Tranzaksiyalar bloklarda qayd etiladi,
har bir blok oʻzidan oldingi blok bilan bogʻlanadi va natijada bloklar
zanjiri hosil boʻladi. Hosil boʻlgan bloklar zanjiri esa “Blokcheyn”
(Blokchain) deb ataladi. Blokcheyn texnologiyalarning xususiyati
ularning markazlashmaganligi va taqsimlanganligidir (B, C, 1-rasm)
va aynan shu xususiyati bilan an’anaviy markazlashgan (A, 1-rasm)
toʻlov tizimlaridan farqlanadi. Blokcheyn texnologiyalarni yaratuvchi
va ularni yangilab borish bilan shugʻullanuvchilar maynerlar deb
ataladi. Maynerlar (Miners) buning uchun mukofotga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda Mayning (Mining) bilan shugʻullanuvchilar soni keskin
ortmoqda. Mayning bu kriptovalyutani murakkab matematik
formulalar orqali yaratish (qazib olish)dir. Buning natijasida ular
mukofot (Bitkoyn)ga ega boʻladilar. Ma’lumotlarga koʻra, Moskvada
oxirgi 2017 yilda videokartalar sotuvi 3 marta koʻpayib, bozordagi
talab taklifdan ortib ketishi kuzatilgan. Moskva axborot texnologiyalar
departamenti ma’lumotlariga koʻra 2017 yilning 1 kvartalida
videokartalar oʻrtacha 9300 rublda baholangan, bu esa 2016 yil IV
choragiga nisbatan 6%ga arzon boʻlsa, shu yilning I choragiga
nisbatan esa 9%ga qimmatroqdir. “Yandeks Market” ma’lumotlariga
koʻra Rossiyada videokartalar narxi 2017 yil yanvar oyida oʻrtacha
13997 rublni, may oyida esa 17 040 rublni tashkil etgan. “Marveldistributsiya” kompaniyasi departamenti direktori A. Kirichevskiy
soʻzlariga koʻra, joriy davrda videokartalarga boʻlgan talab keskin
koʻtarilib, bunday holat oxirgi 10 yilda kuzatilmaganligini hamda
buning natijasida 200-600$ narxdagi yuqori unumdorlikka ega kartalar
defitsiti yuzaga chiqayotganligini va ularni sotib olish navbati 3–4
oyga choʻzilayotganligini ta’kidlab oʻtdi. Bunday koʻrsatkichning boisi
mayning bilan shugʻullanuvchilarning sonini keskin ortganligidir.
Bunda ularga kuchli kompyuterlar kerak boʻladi. Mayning bilan
shugʻullanuvchilarni yuzaga chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar
haqida ogohlantirish befoyda, ular baribir buni inobatga olishmaydi.
Xuddi XVII asrda shu kabi dalillarni inobatga olmasdan “tulip” lola
oʻsimligi piyozlari bilan oldi-sotdi qilishga qattiq kirishgan gollandlar
kabi.
290
A. Markazlashgan B. Markazlashmagan S. Taqsimlangan
16.1-rasm. Global toʻlov tizim sxemalari
Kriptovalyutalar mustaqil tizim hisoblanib, ular mutlaq avtonom
va hech kimning yordamiga muhtoj emas, ya’ni bir markazlashgan
tizim orqali boshqarilmaydi va shu xususiyati bilan an’anaviy toʻlov
tizimlaridan farq qiladi. 15.1- rasmda an’anaviy toʻlov texnologiyalari
(A) va blokcheyn texnologiyalarning (B, S) global tizim sxemasi
tasvirlangan. Markazlashgan toʻlov tizimida tizim Markaziy bank
tomonidan tijorat banklari orqali boshqariladi. Unda Markaziy
bankning asosiy roli toʻlovlarning haqqoniyligi va xavfsizligini
ta’minlashdan iborat. Markazlashmagan yoki taqsimlangan tizimda esa
bunday markaziy boʻgʻinga ehtiyoj yoʻq. Chunki toʻlovlar boʻyicha
ma’lumotlar tizimning barcha ishtirokchilarida mavjud boʻlib, ular
oshkora hisoblanadi va tizim ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanadi.

Download 19,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish