Tarix kafedrasi


Yillar Paxta (pud hisobida)



Download 2,84 Mb.
bet45/157
Sana12.09.2021
Hajmi2,84 Mb.
#172613
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157
Bog'liq
3-курс Ўзб тарихи

Yillar

Paxta (pud hisobida)

Yillar

Paxta (pud hisobida)

1888

1 ,1 mln.

1902

6.0 mln

1889

1,5 mln

1903

5.6 mln

1890

0,6 mln

1904

6.4 mln

1891

-

1905

5.5. mln

1892

3.0 mln

1906

9.0 mln

1893

3.6 mln

1907

10.8 mln

1894

2.6 mln

1908

8.3 mln

1895

2.9 mln

1909

9.8 mln

1896

3.2 mln

1910

9.0 mln

1897

4.7 mln

1911

11.6 mln

1898

4.4 mln

1912

11.5 mln

1899

4.6 mln

1913

12.8 mln

1900

5.0 mln

1914

14.6 mln

1901

6.9 mln

1915

18.5 mln

Mazkur ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, paxtachilik o‘lka xalqlarining iqtisodiy hayotida asosiy o‘rin tutgan. Paxta maydonlarining tinimsiz oshib borishi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligini keltirib chiqardi va narxlarning keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa, Turkiston o‘lkasi chetdan keladigan, xususan, rus g‘allasiga bog‘lanib qoldi.

Rossiya imperiyasi hukmron doiralari va rus savdo-sanoat burjuaziyasi Turkistonda paxtachilikni rivojlantirishga butun e’tiborini qaratdi. Ular taraqqiy etib kelayotgan Rosssiya yengil sanoatini o‘lkada yetishtiriladigan kafolatlangan xom ashyo bilan ta’minlashga harakat qilishgan. Bu, o‘z navbatida, mustamlakachilik siyosatini avj oldirib, g‘alla, poliz, bog‘dorchilik ekin maydonlarining qisqarishiga, ko‘p hollarda ocharchilikka va mahalliy aholi noroziligining ortishiga olib keldi.



7.2. Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

1914 yil yozida boshlangan Birinchi jahon urushi Rossiya imperiyasining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Podsho hukumati tomonidan qabul qilingan dasturlar va ko‘rilgan choratadbirlarga qaramay mamlakat iqtisodiy va harbiy-texnikaviy jihatdan Germaniya va hatto Avstriya-Vengriyadan ham o‘ta zaif ekanligi ma’lum bo‘ldi. 1914-1915 yillarda 15,8 mlrd. rublni tashkil etgan mamlakat milliy daromadi 1916-1917 yillarda 12,2 mlrd. rublga tushib ketdi. Harbiy xarajatlar 4,3 mlrd. rubldan 7,1 mlrd. rublga yetib, mamlakat milliy daromadining yarmini qamrab oldi.

Urush Turkiston xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayni paytda Turkiston generalgubernatorligi budjeti harajatlari ham ortdi. Agar 1913 yilda sarfharajatlar 23,2 mln. rublni tashkil qilgan bo‘lsa, 1915 yilda 38,1 mln. rublga, 1917 yilda esa 99 mln. rublga yetdi. Urush xarajatlarning kundankun o‘sib borishi Davlat banki oltin zahira fondining qisqarishiga sabab bo‘ldi. Zero, 1914 yil 16 iyulda Davlat banki zahirasida 1744 mln. rubl qiymatdagi tilla bo‘lgan bo‘lsa, 23 iyulga kelib u 1218 mln. rublga tushib qoldi. Bir hafta ichida Davlat bankining tilla zahirasi qiymati 26 mln. rublga qisqarib ketdi. Shunday qilib, urushning birinchi kunlaridanoq hukumat va moliya tashkilotlari oldida urush xarajatlari uchun mablag‘ni qaerdan olish, moliyaviy siyosatni qanday yuritish to‘g‘risidagi masala asosiy muammoga aylanib qoldi.

Davlat budjetidagi kamomadlarni to‘ldirish uchun hukumat mehnatkash aholi zimmasidagi soliq to‘lovlari bo‘yicha bosimni kuchaytirdi. Amaldagi soliq stavkalari oshirilib, yangi turdagi soliqlar joriy etildi. Xususan, temir yo‘llar orqali tashilayotgan yuklar va yo‘lovchilardan olinadigan to‘lovlar, shakar, gugurt va boshqa iste’mol maxsulotlari bo‘yicha soliqlar miqdori oshirildi. Hukumat qarori bilan paxtaga mahsus soliq joriy qilindi. Davlat dumasi budjet va moliyaviy komissiyasi xulosalari bo‘yicha ma’ruzachi A.Shingarev hisobotida budjet kamomadlari, birinchi navbatda, mavjud to‘g‘ri va egri soliqlar, boj to‘lovlari evaziga to‘ldirib kelinayotgani ta’kidlanadi. Ko‘rilgan choralar tufayli 1915 yilning sakkiz oyi davomida davlat daromadlari ro‘yxatining 18 ta bandi bo‘yicha 260 mln. rublga oshdi. Eng ko‘p daromad 121,9 mln rubl qiymatida paxtaga joriy etilgan maxsus soliq hisobidan olindi.

Shunday qilib, soliq stavkalarining o‘sishi va yangi to‘lov manbalarining topilishi hukumatga katta foyda keltirdi. Jumladan, mazkur soliq va to‘lovlar 1915 yilda 500 mln. rubl, 1916 yilda 725 mln. rubl daromad keltirgan bo‘lsa, 1917 yilda 1075 mln. rubl daromad keltirishi ko‘zda tutilgan.

Birinchi jahon urushi yillarida imperiya hududida yashagan mazlum xalqlar soliqlar, turli xildagi yig‘imlar tufayli qashshoqlikka giriftor etilib, mol-mulki va bor-budidan ayrilib, og‘ir qimmatchilik sharoitida yo‘qchilikda hayot kechirib keldilar. Rossiya imperiyasi urush bilan bog‘liq qator muammo va og‘irliklarni chekka mustamlaka o‘lkalar zimmasiga yuklashga urindi. Bu muammo va qiyinchiliklardan Turkiston o‘lkasi aholisi ham chetda qolmadi.

Rossiya imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtiroki Turkiston o‘lkasi xalqlari iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ta’kidlab o‘tilganidek, uning armiyani oziq-ovqat, ot-ulov va mamlakat yengil sanoatini xom ashyo bilan ta’minlashdagi rolini yanada oshirdi. Mustamlaka hukumatining o‘lkada olib borgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, birinchi navbatda, mahalliy aholini maishiy va iqtisodiy muammolar girdobida tutib turishga qaratildi.

Birinchi jahon urushi yillarida muhim va qimmatli harbiy-strategik xom ashyo yetkazib beruvchi Turkiston o‘lkasining ahamiyati va roli beqiyos darajada oshdi. Bunday vaziyatda o‘lka mahalliy aholisining keng qatlamini ekspluatatsiya qilish jarayoni yanada kuchaygan.

Shu bilan birga imperiya iqtisodiy hayotida va uning milliy mustamlakalarida rus burjuaziyasi vakillarining, ya’ni trestlar, sindikatlar va banklarning ta’siri oshdi. Aynan ularning bosimi ostida mamlakat xalq xo‘jaligi to‘laligicha harbiy izga solinib, “hamma narsa front uchun”, “hamma narsa urush uchun” shiori ostida ish olib orildi. Bu jarayon, ayniqsa, 1915 yil yozidan yanada kuchaydi.

Mavjud rasmiy ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 1914-1916 yillar davomida Turkistondan o‘lkasidan jami 2154.738 pud mahsulot olib ketilgan.






Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish