Tarix” kafedrasi “tarbiya” fanidan


Halimlik-ilmning vaziridir, Muloyimlik-uning otasi



Download 3,22 Mb.
bet71/112
Sana02.03.2022
Hajmi3,22 Mb.
#479750
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil

Halimlik-ilmning vaziridir, Muloyimlik-uning otasi.
Riyo.
Alloh taolo munofiqlar haqida xabar bera turib: «Insonlarga riyo qiladilar», deydi. Ya'ni, ularning namoz o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari - Allohning yuzi emas, balki odamlar ko‘rib, eshitishlari - xo‘jako‘rsin uchundir.
«Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. - Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir.- Va ular qachon namozga tursalar dangasalik bilan, odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar» (Niso surasi, 142).
«Namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxon»larga vayl bo‘lsin» (Mo'un surasi, 4-oyat). Namozlariga beparvo, yengiltaklik qilib uni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qiydigan kimsalarga halokat, azob bo‘lsin. «... ular riyokorlik qiladigan kimsalardir». Ular odamlar ko‘z o‘ngida «solih» deb aytishlari uchun namoz o‘qiydilar, «taqvodor» deb nom qozonish uchun xushu'li va huzu'li bo‘lib ko‘rinadilar va «saxiy» degan nom olish uchun ehson-sadaqa qiladilar. Ularning har bir amallari riyo va nom qozonish uchundir.
Munofiqlik - soʻzi bilan ishi birbiriga toʻgʻri kelmaslik, nosamimiylik, ikkiyuzlamachilikni, soʻzidan qaytishni ifodalovchi salbiy axloqiy sifat. Halollik, toʻgʻrilik, samimiylik tushunchalariga zid. Qurʼonda tilida imon keltirib, dilida kofir boʻlib qolgan kishilarning munofiq ekanliklari taʼkidlanadi. (Munofi-qun surasi)
Munofiqlar haqida eshitganmiz. Ular qanday odamlar bo‘ladi? Munofiqlarni boshqalardan ajratuvchi belgilar bormi? Bu haqda ta'lim berar ekanlar, Payg‘ambarimizdan (s.a.v) quyidagi hadis keltiriladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday dedilar: “Munofiq odamning a'lomatlari uchtadir:
1. Qachon gapirsa, yolg‘on gapiradi;
2. Qachon va'da bersa, va'dasini ustidan chiqmaydi (ya'ni, va'daga vafo qilmaydi);
3. Unga biror bir narsa omonat qilinsa, omonatga xiyonat qiladi (ya'ni, biror bir narsani omonat qilib berilsa, uni o‘z egasiga qaytarib bermaydi)”.
Sharh: Ko‘rinib turibdiki, munofiqning uch alomati bor ekan. Odamlar bilan suhbatlashganda, biror bir xabarni yetkazganida yolg‘on gapiradi. Buni, albatta, o‘z manfaati uchun qiladi. Ikkinchi belgisi, va'da bersa, uning ustidan chiqmaydi. Bu bilan mas'uliyatni his etmaydi, o‘zida beburdlik illatini shakllantiradi va o‘zgalarni hurmat qilmaydi. Uchinchi belgi – omonatga xiyonat qilish, ya'ni birovning haqiga xiyonat qilishidir. Bu bilan o‘ziga nisbatan boshqalar ishonchini yo‘qotadi.
Bir so‘z bilan aytganda, munofiq – tuslanuvchi, ikkiyuzlamachi odamdir. U o‘zgalar ko‘z oldida Allohga ishonuvchi, uning aytganlarini qiluvchi mo‘min-musulmon bo‘lib ko‘rinadi, ammo qalban bu narsalarni tasdiqlamaydi, gunoh ishlarda davom etaveradi.
3. Xudo har bir insonga uning bo‘yin tomiridan ham yaqin deyilgan. Xuddi shuningdek, Allohning kalomi ham har bir insonga shunday yaqin. Xudoning o‘zi mehr bilan yaratgan va tarbiyalagan Insonga yetkazgan So‘zlari — pandu nasihatlari, yashamoq yo‘l-yo‘riqlari, tartib-intizomlari, man etganlari hamda buyurganlari, iroda etmish barcha hukmlarini inson qanchalar teran tushunib, anglab yetsa, ular haqida butun aqlining kuchini ishlatib o‘ylasa, fikr yuritsa, o‘z hayotini hidoyat asosiga qursa, Alloh bilan Inson o‘rtasida yaqinlik hamda Kalom bilan Inson o‘rtasida yaqinlik shunchalar ortib boradi. Alloh o‘zi aytmoqchi, faqat Yaxshilikka buyuradi, yomonlik va turli razolatlar, qonxo‘rlik va turlicha nafs tug‘yonlaridan, ularning fojiali oqibatlaridan qaytaradi.
Qanchadan-qancha odamzod qavmlari qabohat chohiga botib ketdi. Yer yuzi sayyora miqyosida ne-ne to‘fonlar, zilzilalar, mangu sovuq, mangu issiqlar girdobida qayta-qayta bino bo‘ldi. Keyingi zamonlardagi Birinchi va Ikkinchi jahon urushi qirg‘inlari, tirik jonzotlar uzra yadro qurollarining portlatilishi, ularning yerni mahv etish maqsadida tinimsiz sinab ko‘rilishi, din niqobi ostida yovuz tajovuzlarning avj olishi — bular bari Oxirzamon nishonalaridir. Yer kurrasini Shimoliy va Janubiy Qutblarning tarang muzliklari mustahkam tutib turadi. Endilikda ayrim buyuk davlatlar shu ikki Qutb tagidagi boyliklarning zahiralarini talash va birdan-bir makonimiz bo‘lmish sayyoramizni tuxum po‘chog‘idek qilib qo‘yish rejalarini tuzib, bir-birlari bilan kon, joy talashmoqda. Sayyoramizni bunday talon-taroj qilishga urinishlar — og‘ir zamonlarning nishonalaridir. O‘z-o‘zidan Qiyomat hech qachon bo‘lmagay. U faqat razolat so‘ng nuqtaga ko‘tarilgandagina va Inson shu go‘zal sayyorada umrguzarlik qilishga noloyiq, nobop bo‘lib qolgan oxirgi palladagina ro‘y beradi. Qur’onning har bir oyati shundan darak beradi va ogohlantiradi. Umid shundaki, bunday razolatlardan saqlanish va o‘zni tiyish odamlar va ularning hozirgi zamon jamiyatlarining o‘z qo‘lida, irodasida. Alloh buning ibratlari va saboqlarini Mehribonlik kitobi bo‘lmish Qur’onda ta’sirli qissalar, ibratli masalalar, Inson aqlini quvvatlantiruvchi hikmatlar va mav’izalarda Rahm qudrati bilan aytib o‘tadi
 Ilmi zohir – tashqi ilm. Ilmi botin – ichki ilm. Qalb bilan, his bilan boʻladigan ilm.
Shariat baʼzi amallarni qilishga buyurgan, baʼzi ishlarni qilmaslikka buyurgan. Shariat buyurgan ishlarga maʼmurot – buyruqlar; qaytargan ishlarga manhiyot - qaytariqlar deyiladi.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish