2. Alloh taolo ruxsat etgan narsalar shariatda "halol" deyiladi. Mo‘min-musulmonlarga halol rizq topish, halol kasb bilan ro‘zg‘or tebratish, halol taom-ichimliklarni iste'mol qilish buyurilgan. Shariatimizda ijozat etilgan hamma narsa, yeyiladigan taomlar yoki qilinadlgan ishlar halol sanaladi. Alloh taolo halol qilgan narsalar inson uchun moddiy va ma'naviy foydalardan xoli emas.
Alloh taolo man qilgan narsalar va ishlar shariatda harom hisoblanadi. Harom ishga o‘tish yoki harom taom yeyish og‘ir gunoh sanaladi. (Ba'zan zarurat tufayli harom halolga aylanishi ham mumkin, masalan, ochdan o‘layotgan odam zarur miqdorda harom iste'mol qilishi, dushmanga nisbatan yolg‘on ishlatish mumkinligi kabilar). Harom ish va narsalar sanoqlidir. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz: to‘ng‘iz, vahshiy hayvonlar, o‘zi o‘lib qolgan halol hayvonlarning go‘shtlari, so‘yganda chiqqan qon, "Bismillah"siz so‘yilgan halol hayvonlarning go‘shti, dinsiz (majusiy)lar so‘ygan hayvon go‘shti, mast qiluvchi ichimlik va giyohvand moddalarning barcha turlari, erkaklarga ipak va tilla ishlatish, ayollarga erkakcha kiyinish, tilla-kumush idishda ovqat yeyish, zinokorlik, sudxo‘rlik, o‘g‘rilik, qaroqchilik, g‘iybat, tuhmat, bo‘hton, yolg‘onchilik kabi narsalar musulmonlarga harom qilingan.
Yaratganning bandasiga in’om etgan go‘zal va buyuk ma’naviy in’omlaridan biri husni xulq, ya’ni, go‘zal fazilatdir.
Husni xulq - bu inson ichki dunyosini va ruhiy olamini go‘zallashtiribgina qolmay, uning fe’l atvorida ham namoyon bo‘ladigan go‘zal fazilatdir. Shu bilan birga husni xalq degan so‘z ham borki, bu kishining tashqi go‘zalligini ifoda etadi. Husni xulqsiz husni xalq nisbiy go‘zallikdir. Inson tabiatidagi xulqlar ikki xil bo‘lib - ular axloqi hamida va axloqi zamima deb nomlanadi. Bu so‘zlar xalqimiz orasida axloqi hamidani husni xulq, go‘zal axloq, xush xulq deb izohlansa axloqi zamimani esa bad axloq, xulqi buzuq kabi atamalar bilan talqin qilinadi.
Xulq inson tabiatida mutlaq sobit turuvchi, o‘zgartirib bo‘lmaydigan atvor emas. Kishi o‘z tabiatida mavjud bo‘lgan husni xulqni davomiy sayqallashi, mavjud bo‘lmaganini esa hosil qilmoqlik uchun astoydil urinmog‘i lozim bo‘ladi. Ulamolar bunga misol tariqasida Rasulimiz Muhammad (s.a.v.)ning o‘z as’hoblariga (r.a) xulqlarini go‘zallashtirishga amr qilishlari va bad axloqlikdan ogohlantirishlarini, hatto o‘zlariga Alloh tomonidan buyuk xulq sohibi ekanliklari vahiy orqali e’lon qilingan bo‘lsada Allohdan doimo xulqlarini yanada go‘zal qilishligini va nomaqbul xulqlardan asrashini so‘rab duo qilganliklarini hadisi shariflar orqali bayon qiladilar. Zero Islom dinining asl maqsadlaridan biri Rasululloh (s.a.v.)ning zimmalaridagi risolat burchi ham solih axloqlarni batamom mukammal etish ekani Rasululloh (s.a.v.) ning muborak tillaridan bayon qilingan haqiqatdir.
Yaxshi xulq mo‘minning dunyosini ham oxiratini ham obod qiladigan omildir. Xushxulq kishi jamiyatning qaysi jabhasida bo‘lsa ham u ota yoki ona, farzand yoki nabira, ustoz yoki shogird, amaldor yoki xodim - barchaga mahbub bo‘ladi, do‘st-u yaqinlari unga xayri xoh bo‘lib va qadrdonlarining safi ko‘payadi. Badaxloq kishi ma’nan qashshoqdirki, undan barcha o‘zini uzoq olmoqqa harakat qiladi, nafratlanadi.
Mo‘min kishi o‘zida axloqi hamidalarni kashf etmoq va sayqallamoqni istasa Rasululloh (s.a.v.)ning xulqlari bilan xulqlanishga harakat qilmog‘i lozimdir. Rasululloh (s.a.v.)ning xulqlari Qur’oniydir. Qur’on esa buyuk xulq egasi Ollohning go‘zal xulqlariga targ‘ib qiladigan buyuk kitobdir.
Olloh taolo Qalam surasining 4- oyatida “Va albatta siz buyuk xulq uzradirsiz” degan.
Do'stlaringiz bilan baham: |