«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan.
Yuzaga kelgan yangi tarixiy
shart-sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni taqozo etdi. Zero, dolzarb ilmiy-
texnik muammolar hal qilinishi respublikaning rivojlanishini ta’minlar edi.
Avvalo, 1992-yil martdagi Prezident farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini
tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi.
Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llabquvvatlash va
innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida respublika
olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy
natijalarni ichki va tashqi bozorga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi Respublika
ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil
etildi.
1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, Fanlar akademiyasining
mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi.
2000-yili Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi
dunyoning eng boy qo‘lyozmalar xazinasidan biri sifatida YUNESKO madaniy
merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Prezidentning 2006-yil avgustdagi «Fan va texnologiyalar rivojlanishining
muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni
rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tashkil etildi (bugungi kunda vazirlik).
Qo‘mitaga fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab
chiqish, akademik va oliy ta’lim muassasalari fani integratsiyalashuviga, ilmiy
sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab
qo‘yildi.
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar
yarmarkasi o‘tkazib kelinmoqda. 2008–2015-yillar davomida o‘tkazilgan I – VIII
yarmarkalar doirasida jami 4000 dan ortiq ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan
buyon umumiy qiymati 113 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod
shartnomalar tuzildi.
O‘zbekiston olimlari demokratik va huquqiy jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy va
madaniy rivojlanishini tadqiq qilish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish,
energetika va energiya xomashyoni tejash, axborotlashtirish va axborot-
kommunikatsiya, kimyo, bio va nanotexnologiyalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi,
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tibbiyot, farma-kologiya, geologiya,
geofizika, seysmologiya bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishib kelmoqda.
Arxeologiya fani sohasida ham ma’lum siljishlar bo‘ldi. Jumladan, 2002-yildan
«O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar» yillik to‘plamlari nashr etilib, ularda
respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning umumlashma
ilmiy xulosalari berib boriladi. 2010-yildan esa «O‘zbekiston Arxeologiyasi» ilmiy
jurnali chop etila boshlandi. Fanning boshqa yo‘nalishlaridagi olimlar ham yirik
natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi
instituti tomonidan tayyorlangan 10 jildlik «Tabiiy birikmalar (O‘simlik zaxiralari,
tuzilishi va xossalari)» nomli noyob ma’lumotnoma ingliz tilida Londonda chop
115


etildi. Bu ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik rivojlanayot-ganidan ham dalolat
beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillari birgina Fanlar akademiyasining ilmiy mahsulot
eksporti 8,2 martaga ko‘paydi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish