viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o‘rta maktab uchun kasb-hunar
kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan
kelib chiqqan holda, yangi
mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo)lar kiritildi.Unga
binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar
kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi
tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda
o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga
e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab
ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida
yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv
laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning
barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi.
Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan
va amaliyot yutuqlari bilan
boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham
yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi.
2004-2010 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi
amalga oshirildi. Buning natijasida 7800 dan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan
qurildi, ta'mirlandi va rekonstruksiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga
etdi. 8 mingdan ortiq ta'lim muassasasi kapital ta'mirlandi, gaz va suv bilan
ta'minlandi, markazlashtirilgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi .
2011 yilda eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan,
46300 o‘quvchiga mo'ljallangan 166 ta yangi maktab qurildi va rekosntruksiya
qilindi, 151 ta maktab kapital ta'mirlandi. 852 ta maktabda zamonaviy o‘quv
kompiyuter sinflari tashkil etildi. 9400 dan ziyod umumta'lim maktabi yoki jami
maktablarning 96%i ZiyoNET elektron axborot tarmog'iga ulangan .
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning burch va
mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan
ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va
muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50
mingdan ortiq
pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. Qishloqlarda
istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun
to‘lovlardan ozod etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab
bordilar. Keyinchalik kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga
qo‘shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar
yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif
va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik
ta’limga qaytildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop
etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11-yillik ta’limga o‘tilgan holda
o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
110
Mamlakatimizda maktab o‘quvchilarining «Umid nihollari» ,
kollej va lisey
o‘quvchilarining «Barkamol avlod» hamda talabalar Universiadasining har yillik
musobaqalarining jahonda o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli tizimi yaratilgan.
Barcha o‘quv muassasalarida, shu jumladan, qishloqlarda ham xalqaro mezonlar
bo'yicha jihozlangan sport zallari, sport majmualari mavjud.
Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturi
joriy etilgan yilda mamlakatimizdagi maktab o‘quvchilari tomonidan
xalqaro fan olimpiadalari tomonidan 152 ta medali, shu jumladan, 29 ta Oltin medali
qo'lga kiritildi. O’zbekiston Oliy o‘quv yurtlarining ko'plab talabalari turli fanlar
bo'yicha xalqaro olimpiadalarning g'oliblaridir. Bizning yosh musiqachilarimiz va
rassomlarimiz orasida turli nufuzli xalqaro tanlovlar sovrindorlarining soni ortib
bormoqda. Olimpiada o'yinlarida jahon va mintaqa chempionatlarida, boshqa
musobaqalarda yosh o'zbek sportchilarining g'alabalari Vatanimiz dong'ini butun
dunyoga taratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni
aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz
tizimini tashkil etish
chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari g'oliblarini
rag'batlantirishning yangi tizimi joriy etildi. Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan
o‘quvchilar va ularning o'qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, quyidagi fanlar bo'yicha olimpiada g'oliblari davlat OTMlariga test
sinovisiz va qo'shimcha imtihonsiz imtiyozli qabul qilinishi ham belgilab qo'yildi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad
(IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics
(IOI).
2019 yilda O’zbekiston terma jamoasi Xalqaro olimpiadalarda jami 8 ta medalni
qo'lga kiritdi. Jumladan, 11-22 iyuli kunlari Buyuk Britaniyaning Bat shahrida bo'lib
o'tgan 60-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) O’zbekiston jamoasi 1 ta bronza
medali (2018 yilda medal olinmagan) va 3 ta diplom, 14-21 iyuli kunlari
Vengriyaning Seged shahrida bo'lib o'tgan 30-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO)
O’zbekiston jamoasi 3 ta bronza medali (2018 yilda medal olinmagan), 21-30 iyuli
kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida
(IChO) O’zbekiston jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medali (2018 yilda 2 ta
bronza medali) sohibi bo'ldi.
2020 yilgi natijalarga ko'ra, Yaponiya tomonidan tashkil qilingan IBO2020
Challenge — Xalqaro biologiya olimpiadasida 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi
qatnashdi. Masofaviy tarzda o'tkazilgan ushbu olimpiada natijalariga ko'ra,
O’zbekiston terma jamoasi a'zosi mamlakat tarixida ilk bor biologiya yo'nalishida
oltin medalni qo'lga kiritdi.Shu bilan bir qatorda, olimpiadada 2 ta kumush medali
ham O’zbekistonlik akademik lisey o‘quvchilari tomonidan egallandi.
Shuningdek, O’zbekistonda tashkil etilayotgan prezident maktablari yangi avlod
kadrlarini tarbiyalashda muhim asos bo'lishi kutilmoqda. Chunki bu o‘quv
maskanlari
iqtidorli bolalarni aniqlash, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda ularga saboq berish
va tarbiyalash bo'yicha yaxlit tizim bo'ladi. Prezident maktabida o‘quv jarayoni
111
tubdan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo'lib, Kembrij universiteti bilan
hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va dasturlar bo'yicha ingliz tilida amalga
oshiriladi. Prezident maktablarida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, texnologiya,
texnik ijodiyot, san'at, matematika chuqurlashtirib o'rgatiladi. O’n nafar xorijlik
mutaxassislar o‘quvchilarga dars beradilar. Bunday maktablar Toshkent, Namangan,
Nukus, Xiva shaharlarida ochildi
va loyihaga muvofiq Buxoro, Jizzax, Qarshi,
Samarqand va Farg’onada ham qurilish ishlari olib borilmoqda.
Prezident maktablarining 9-11-sinflarida ta'lim olish o‘quvchilarning
qiziqishlariga ko'ra ayrim fanni tanlash va ularni o'rganish darajasini inobatga olgan
holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi. Prezident maktablari
bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma,
attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International
Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega
bo'ladi. Bu esa o'z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi
ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul
imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: