«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining
amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning
yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, milliy an’analarni
o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli tashkil qilindi. Mustaqillik yillarida
oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator
chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro
Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva
davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti,
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika
universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi
113


Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari
ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
Yurtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim
olmoqda va o‘z masalakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan
ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan
mamlakatlari qatoriga chiqdi. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan
bahramand qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet
ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi. Chet ellik
o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif
qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka
oshirishi va talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda jahonning ko‘plab
mamlakatidan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olmoqda.
2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va
jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus
sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika oliy ta’lim
muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofi q, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab
alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at,
musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim
yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin
Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy
tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy
imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7
yildan 6 yil va tibbiy profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish