sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli
kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi.
Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan
edi.
2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi.
Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov qatnashdi va
O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot
imzolandi. O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning
nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHT, deb o’zgartirildi. O’zbekiston uning
asoschilaridan biri bo’ldi.
2001 yil iyunda bo’lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish
to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi
kurash borasidagi Shanxay konventsiyasi imzolandi.
2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHT ga a’zo mamlakatlar
davlat boshliqlarining
Sankt-
Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati -
ShHT
Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar o’rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi
haqidagi bitim imzolandi. 2003 yil 29 may kuni Moskvada bo’lib o’tgan sammitda
ShHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo’mitasini ishga tushirishga qaror
qildi. Bu tashkilotlar 2004 yil yanvardan boshlab ish boshladilar.
2004 yil 17 iyun kuni Toshkentda ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti
bo’lib o’tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik
va savdo-iqtisodiy hamkorlik
bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Sammitda 2004 yil mart oyida O’zbekistonda sodir
etilgan terrorchilik harakati nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo
mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda
terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo
bo’lganligi, terrorchilarning bazalarini yo’qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan,
terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish
zarurligi ta’kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot
almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini
muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan.
ShHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda ShHT ga a’zo
mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik
sari boshlaydigan tashkilotdir, deb
ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini
rag’batlantirishga kelishib olindi:
transport infratuzilmasini rivojlantirish;
132
tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish;
suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
fan-texnika
va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu
sohadagi to’siq va muammolarni bartaraf etish.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi XU Tszintao Xitoy hukumati ShHT doirasadagi
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSh dollari miqdorida kredit
ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida
Toshkent deklaratsiyasi, ShHT ning
vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konventsiya, Narkotik vositalar va psixotrop
moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim,
tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o’nta hujjat imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: