Tarix falsafasi mazmun mohiyati


Tarix – inson, zamon va makon falsafasi



Download 25,64 Kb.
bet2/2
Sana19.04.2023
Hajmi25,64 Kb.
#930450
1   2
Bog'liq
TARIX FALSAFASI MAZMUN MOHIYATI

Tarix – inson, zamon va makon falsafasi
Tarixni vaqtdan ajratib bo’lmaydi. U vaqt, muddat va zamonda yuz bergan, ma’lum bir makonda vujudga kelgan voqea-hodisalar birligi. Ana shu zamon va makonda shakllangan an’analar, turlicha qarashlar, ma’naviy-ruhiy hodisalar, ijtimoiy munosabatlar zamirida xatti-xarakatlar o’z izini qoldiradi. Harakatlar zamirida esa ma’lum maqsad va intilishlarni o’zida mujassam etgan voqealar yotadi. Tarixning o’ziga xosligi, ijtimoiy hodisaligi ma’lum bir davr, zamon va makon mohiyatini o’zida mujassam etganligi bilan, uning butun fenomenini belgilashi bilan baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, uning mazmun-mohiyati, ijtimoiy, iqgisodiy va siyosiy hodisa sifatidagi o’ziga xosligini ko’rsatadi. Ayniqsa, yuksak ko’tarilyshlar, sakrashlar, taraqqiyotning eng baland cho’qqilariga chiqqan davrlarda tarixning tsivilizatsiyani vujudga keltiruvchi buyuk hodisa sifatidagi fenomeni ko’zga yaqqol tashlanadi. Tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi. Inson ongi va tafakkuri, qalbi va tuyg’ulari orqali yuzaga kelgan hodisa sifatida qadriyatga aylanadi. Ana shu jihatdan qaraganda inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyatni taraqqiy ettirish yo’lidagi sa’y-harakatlari, butun bir xalq, butun bir jamiyat mentalitetini belgilaydi. Ana shu mentalitet – millat yoki xalqning umumiy madaniy-ma’naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur maydoni nechog’ligiga qarab taraqqiyotning yoxud tanazzulning mazmunmohiyati ochiladi. Tarix esa ana shu o’ta murakkab, o’ta ziddiyatli, ayni paytda nihoyatda qudratli ruhiyat orqali, faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Turli ijtimoiysiyosiy hodisalar, voqealar shu tarzda vujudga keladi va tarixiy taraqqiyot shajarasining bo’g’inlarini tashkil etadi. Qadimiy donishmandlarning aytishlaricha, «Ko’r ko’rni etaklasa, ikkovi ham jarga qulaydi». Ana shu nuqtai nazardan inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyoti, insonning madaniy-ma’naviy imkoniyatlari va tarixiy jarayon o’rtasidagi munosabatlarni aniqlab olish qiyin emas. Qariyb uch ming yillik tariximizning turli davrlarida xalq turli holatlarga tushganligining, buning sabablari va mohiyatining ildizi qaerdaligini yuqoridagi xulosalardan bilish mumkin.
Shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, uning jamiyat taraqqiyotidagi roli yana ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarix falsafasi, tarixiy tafakkur bizni ana shu ulkan muammolar atrofida jiddiyroq mushohada yuritishimizni taqozo etadi. Har qanday jamiyat taraqqiyot va tanazzul, turli ko’tarilish va pasayish davrlarini boshdan kechiradi. Tarix qahramonlik davrlarini, har tomonlama shakllangan davlatchilik va boshqaruv tizimiga ega bo’lgan holatlarni, mintaqalararo taraqqiyotlar o’rtasidagi aloqalar rivojlangan zamonlarni ko’rgan. Tsivilizatsiyaning hayotiyligi, yashovchanligi, uning uzluksiz davom etishi bevosita odamlarning ma’naviy darajasi, hayotiy omillarning barqarorligi, inson faoliyatining uzviyligi, faolliga va doimiy uzluksiz faoliyatning ta’minlanganligi bilan belgilanadi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, uzoq o’tmishimizning yuksak tsivilizatsiyalashgan davrlar bilan tanazzulga uchragan davrlari, ularning mantiqiy, siyosiy va ijtimoiy asoslari, iqtisodiy zamini va siyosiy tafakkuri bilan yaxlit holda tadqiq etilganda uning bir butun falsafasi vujudga keladi. Bir butun qiyofasi yaratiladi. Shu tarzda tarix fenomeni orqali ajdodlarimiz fenomeni, millat va xalq sifatidagi mentaliteti ko’zimizga yaqqol tashlanadi. Umumjahon tarixini o’rganish, umuminsoniyat o’tmishini tadqiq etish inson haqidagi tushunchalarimizni boyitishga, inson faoliyati, uning imkoniyatlari xususidagi xulosalarimizni kengaytirishimizga yordam beradi. Biz insoniyat tarixini, jumladan, o’z ajdodlarimiz o’tmishini o’rganish orqali olamni o’rganamiz, olam haqidagi tasavvurlarimizni boyitib, xulosalarimizga yana xam aniqlik kiritamiz. Bizning olam va odam haqidagi tushunchalarimizni kengaytirishimizning yagona yo’li olamni tadqiq etish, olamni anglash, uni tushunishdir. Tarix kishilik jamiyati taraqqiyotining yaxlit moxiyatini tafakkur orqali idrok etiladigan suvratdir yoki tafakkur orqali ongimizda mangu chizilgan xotirot. Shunday ekan, biz olamni tarix orqali, insoniyat taraqqiyotining bosqichlari, evolyutsiyasi orqali anglaymiz. U orqali bugungi kunimizning mazmunini, mohiyatini tushunib olamiz, ertangi kungi maqsadlarimizni, orzu-umidlarimizni belgilaymiz. Shu jihatdan qaraganda biz o’zimizni olamdan ajralgan holatda tasavvur etolmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, olamdan ayri tusha olmaymiz. Olamdan ayrilsak, o’zimizdan ayrilamiz. Olamni yo’qotsak, o’zimizni, o’zligimizni yo’qotamiz. Olam va odam o’rtasidagi bog’liqlik ayni olam yaxlitligi va odam butunligidir. Ayni ana shunday mushtaraklik ularning har ikkovini ham, bir-birini ham to’ldirib turadi va butun o’tmish, bugun va istiqbolni bog’lab turadi. Tarix xotira-sining abadiyatini, uzviyligini, davomiyligini belgilaydi. Tarixiy tafakkur va tarix falsafasining noyob qadriyata, buyuk sabog’i ana shunda. Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, his-tuyg’ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki o’tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, sodir etgan voqea-hodisalari, maqsad va intilishlari haqidagi fandir. Aslini olganda tarix faqat o’tmish haqidagi ma’lumotlar yoki xotiralar ham emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o’tmishni o’rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yo’naltirish bo-rasidagi fikrlarni, g’oyalarni o’zvda mujassam etganida! Agar biz tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, uning butun ko’lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqurroq anglaymiz. Muarrix tarixiy sanalar, voqealar, hodisalar atrofida fikr yuritar ekan, u eng avvalo inson, uning dunyosi xususida o’ylashi kerak, dedik. Agar haqiqatan ham inson tarixning tadqiqot ob’ektiga aylansagina, u orqali, faqat va faqat u orqali tarixning butun ko’lamini, mohiyatini ochib bera olamiz. Aks holda, quruq bayonchiliqdan iborat bo’lgan ma’lumotlar to’plamlarini yana yarataveramiz, odamlarni bezdiraveramiz. Yuqoridagi xulosalar va mushohadalarni xisobga olib, tarixshunoslikni majoziy ma’noda insonshunoslik deyishimiz mumkin. Gegel iborasi bilan aytganda, tarix falsafasi bu dunyoqarashlar, tarixiy tafakkur va tarix xotirasi haqidagi fandir. U ma’naviyat fenomeni, ruhiyat fenomeni sifatida inson va tarixiy tafakkur o’rtasidagi bog’lyqiikni o’rganadi. Agar chindan ham tarixni ma’naviyat va ruhiyat fenomeniga aylantirsak, aniqrog’i, uni shunday idrok etib, shunday tadqiq etsak, yana va yana o’tmishni sana va voqealar orqali emas, inson orqali o’rganishga ehtiyoj sezamiz. Oxiroqibatda Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi, dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligini va bu rad etib bo’lmas haqiqat, tengsiz qadriyat ekanligini tan olamiz. Insoniyat tarixi bu har birimizga bog’liq bo’lgan, o’zligimizni ko’rsatadigan, bizning olis shajaramizni, naslu nasabimizni, insoniy qadru qimmatimizni belgilaydigan, muqaddas va mo’’tabar voqelik. Biz uni shunday tushunishimiz va shunday qabul qilishimiz kerak. Agar o’tmishimizga shuvday munosabatda bo’lsak, ana shu yuksaklikdan turib unga qarasakkina, tarix ayni tafakkur mahsuliga aylangan taqdirdagina bizni ma’naviy jihatdan boyitishi, ruhiyatimizga qudrat baxsh etishi mumkin bo’ladi. Ana shu jihatdan qaraganda butun hayot shajarasini davom ettirayotgan, o’ziga xos tarix yaratayotgan odamlarning dunyoqarashlari, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, insonlik sha’ni nimalarga bog’liqligi, uning ildizlari qayoqlarga etib borishi va qanday ma’naviy sarchash-malardan ozuqa olayotganligi aniq bo’ladi va u bevosita tarix va tarixshunoslik bilan bog’liq ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Agar tarix chindan ham falsafa va tafakkur mahsuliga aylantirilsa, zamondoshlarimizning o’tmishi kimlarga borib taqalishi ayon bo’ladi va hayotda o’z o’rnimizni belgilashimizga, o’zimizning kimligimizni anglab olishimizga yordam beradi Gegel ta’biriga ko’ra tarix davlatchiliqdan boshlanadi. «Xalq davlat qurilishisiz hech qanday tarixga ega emas», – deydi alloma. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy davlatchilik tariximizning qariyb uch ming yilligini nishonlash arafasida turgan xalqimiz o’z taqdirini butun insoniyat taqdiri, kishilik tarixiy taqdiri bilan bog’liq holda ko’radi. Ayni ana shu taqdirdoshlik, ayni ana shu insoniyat tarixining ibtidosi bilan bog’liqlik bugun butunlay yangi jamiyat qurayotgan xalqimiz qiyofasini ko’rsatmoqda. O’zining qadimiy milliy davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi ilg’or tajribalarini uyg’unlashtirib, sintezlashtirgan hodda «o’zbek modeli»ni dunyoga taqtsim etib, dunyoni hayratta solayottan o’zbek xalqining fenomeni jahon mehvarida paydo bo’lmoqtsa.
O’zbek xalqi tarixi, uning kechmishi bevosita tarix falsafasi va tarixiy tafakkur orqali bugun odamlarni uyg’otmoqda, ular diqqatini o’ziga tortmoqtsa. Zamondoshlarimiz ongi, qalbi orqali butun o’gmish o’z yutuqlari va nuqsonlari bilan yaxlit holda jonlanmoqtsa. Shu asosda xalqimizning ma’naviy qudratiga, ruhiy tayanchiga aylanmoqda, olis istiqbolni belgilashda o’ta muhim omil sifatida xizmat qilmoqda. Tarixiy tafakkur ehtiyoji O’zlikni anglash, eng avvalo, o’tmishni o’rganishdan, tarixni bilishga extiyoj sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o’zini anglayotgan, o’zini tushunayotgan har bir odam qanday oilada dunyoga kelgani, o’z ajdodlari kimlar bo’lgani, ota-bobolari nimalar bilan shug’ullanishgani va qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib yashaydi.


Download 25,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish