Tarbiyada o‗quvchilarning yoshi va o‗ziga xos xususiyatlarni xisobga olish



Download 96,04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi96,04 Kb.
#283571
Bog'liq
6-mavzu



Tarbiyalanuvchilaming yosh xususiyatlari 

 

1.



 

Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari? 

2.

 

Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari? 



3.

 

Zamonaviy  sharoitda  pedagogik  yo‘nalishda  tadqiqotlarni  olib        borishda   



qaysi   metodlardan    foydalanilmoqda? 

4.

 



Tarbiyada oilaviy munosabatlar? 

5.

 



Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida? 

 

Tarbiyada o‗quvchilarning yoshi va o‗ziga xos xususiyatlarni xisobga olish  

Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga  

muvofiqdir.  Yosh  xususiyatlari  muayyan  bir  yosh  davriga  xos  bo‗lgan  anatomik,  fiziologik

 (jismoniy)  va  psixologik  xususiyatlardir.  Aytaylik,  mas‘uliyat  tuyg‗usini  boshlang‗ich   

ta‘lim, o‗rta ta‘lim va o‗rta maxsus, kasb-

hunar ta‘limi muassasalarida ta‘lim olayotgan o‗quvchilarda  

ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli  

metodlar qo‗llaniladi.  

Bolalar  maktabda  rivojlanishning  turli  davrlarini:  bolalik,  o‗smirlik,  o‗spirinlik,  

pallalarini  bosib  o‗tadilar.  Shu  davrlar  ichida  ular  xayot,  inson  va  tabiat,  umuman   

atrofimizni qrab  olgan  dunyo  xaqida  aniq  bilimlarga  ega  bo‗ladilar.  Ularning  axloqi  xam   

o‗zgarib  boradi.  

Shu  yillar  ichida  bolaning  axloqiy  tuyg‗ulari  rivojlanadi,  ongi  bilan  xulqi  o‗rtasida   

uyg‗unlik  

vujudga  keladi,  xarakteri  tarkib  topadi,  o‗z  xulqi  va  xatti-

xarakatlarini  extiyojga  va  sharoitga muvofiqlashtirga intilish odatlari tarbiyalanadi.  

Bolalarning  yoshi  rivojlvnish  darajasiga  ko‗ra  ularga  beriladigan  tarbiyaning  mazmuni,  

pedagogik raxbarlikning xarakteri xam o‗zgarib boradi. Masalan, boshlang‗ich sinf o‗quvchilari  

maktabdagi  o‗z  asosiy  vazifalarini:  o‗zini  maktabda,  uyda,  ko‗chada  qanday  tutish   

qoidalarini  

bilib oladilar. Bunday odatlar ularga namuna ko‗rsatish, tushuntirish yo‗li bilan singdiriladi.  

Bolalarning  yoshi  ulg‗ygan  sari  ularga  talab  xam  orta  boradi.  Shu  tufayli  o‗rta  va  katta  

yoshdagi  bolalarni  tarbiyalashda  ularni  mustaqilligiga  suyanib  ish  ko‗rish  yaxshi  natija 

 beradi.  

Tarbiyada bolalarning kuchi va imkoniyatlarini to‗la ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga  

ortiqcha baxo berib yuborish xam yaramaydi.   

Tarbiya  berishda  o‗quvchilarning  yosh  xususiyatlaridan  tashqari,    xar  qaysi  bolaning  

o‗ziga xos xususiyatlarini xisobga olish xam katta axamiyatga ega. Bolalarning yoshi bo‗yi bir  

xil  bo‗lsada,  ularning  mijozi,  fazilatlari,  qobiliyat  va  mayllari,  qiziqishlari  xar  xil  bo‗ladi.  

Bu farqlar bolalarning, xulqida, o‗qish va mexnatida aks etadi.  

Bir o‗quvchiga nisbatan muvofiq bo‗lgan tarbiya uslubini boshqa bir o‗quvchiga nisbatan  

qo‗llaganda  u  kutilgan  natijani  bermasligi  mumkin.  Sinfdagi  o‗quvchilarning  ba‘zilariga   

oddiy tanbexning  o‗ziyoq  samarali  ta‘sir  ko‗rsatadi,  ammo  boshqa  o‗quvchilarga  tanbex   

berishning o‗zi  kifoya  qilmaydi.  Unga  nisbatan  jiddiyroq  choralar  ko‗rishga  to‗g‗ri  keladi.  

Ba‘zan  bir o‗quvchi    ayrim  axloqiy  fazilatlarni  tezda  uqib  oladi  va  unga  amal  qiladi,  ikkin

chisi  esa  unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu sifatlarni o‗zlariga juda sekinlik bilan singdir




adilar.  

Ayrim  o‗quvchilar  o‗zlarining  faolliklari,  saronjom-sarishtaligi,  intizomliligi,  faxm- 

farosati  bilan  o‗qituvchi  va  bolalar  jamoasining  ishonchi  va  xurmatiga  sazovor  bo‗ladilar,  

boshqalari  esa,  intizomsizligi,  pala-partishligi,  betga  choparligi,  bema‘ni  qiliqlari  bilan  tezda  

―tanilibǁ qoladilar.  

Demak,  xar  bir  o‗quvchining  qobiliyati,  qiziqishi,  xis-tuyg‗ularini  kuchli  va  zaif  

jixatlarini  aniqlab,  tarbiyaviy  ishlarda  ularni  xisobga  olish  tarbiyani  to‗g‗ri  yo‗lga  qo‗yish  

imkoniyatini beradi.  

Avvalo  ta‘lim  va  tarbiya  bir  maqsadni  -  barkamol  inson  shaxsini  tarbiyalashni  nazarda  

tutadi.  Ya‘ni  ta‘lim  ishi  tarbiya  bilan  birga  qo‗shilib  ketadi  va  bir-birini  to‗ldirib,  

mukammallashtirib boradi. Dars jarayonida olib borilgan tarbiyaviy ishlar sinfdan va maktabdan  

tashqari tarbiyaviy ishlar bilan qo‗shiladi.  

Bolalar  bilan  olib  boriladigan  xar  bir  tarbiyaviy  ish  butun  tarbiya  ishlarining  ajralmas  

qismi sifatida amalga oshirgan taqdirdagina ta‘siri kuchli bo‗ladi.  

Tarbiya  ishidagiizchillik  va  tizimlilik  shundan  iboratki,  xar  bir  tarbiya  ishi  maktabning  

umumiy  tarbiyaviy  rejasiga  asosan  ma‘lum  izchillikda  amalga  oshiriladi,  oldingiishlarning  

mantiqiy  davomi  sifatida  tarbiya  soxasida  qilinayotgan  ishlarni  rivojlantiradi,   

mustaxkamlaydi  va yanada yuqori darajaga ko‗taradi.  

 

 Tarbiya  metodlari  haqida  tushuncha. Maqsad,  mazmun,  shakl,  metod  va  vositalar  kabi 



tushunchalar  tarbiya  jarayonining  mohiyatini  ochib  beradi. Biroq,  tarbiya  mohiyatini 

yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya 

metodlari 

tushunchasidir. 

 

Tarbiya  metodi (yunoncha  «metodos»  –  yo‘l)  tarbiya  maqsadiga  erishishning  yo‘li; 



tarbiyalanuvchilarning  ongi,  irodasi,  tuyg‘ulari  va  xulqiga  ta'sir  etish  usullari.  Maktab 

amaliyotiga  tatbiq  etilganda,  metodlar  –  bu  tarbiyalanuvchilarning  ongi,  irodasi, 

tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir. 

Tarbiyaning  mutlaqo  yangi  metodlarini  yaratishga  bironta  tarbiyachining  kuchi  yetmaydi. 

Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga 

ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy 

qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. 

Metodning  ijobiy  va  salbiysi  bo‘lmaydi,  tarbiya  jarayonida  ma'lum  yo‘lni  yuqori  darajadagi 

samarali  va  samarasiz  deya  baholash  mumkin  emas.  Metodning  samaradorligini  u 

qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. 

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘lik. 

 

 



Tarbiyaning  maqsad  va  vazifalari.  Tarbiya  maqsadi  va  mazmuni  metodlarni  to‘g‘ri  tanlashga 

imkon  beradi.  Maqsad  qanday  bo‘lsa,  unga  erishish  metodlari  unga  muvofiq  bo‘lishi  zarur. 

 

Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. 



Unutmaslik  kerakki,  aynan  bitta  vazifa  turli  xil  fikrlar  bilan  to‘ldirilgan  bo‘lishi  mumkin. 

Shuning  uchun  metodlarni  umuman  mazmun  bilan  emas,  balki  aniq  fikr  bilan  bog‘lash  g‘oyat 

muhimdir. 

 



Tarbiyalanuvchilarning  yosh  xususiyatlari. Tarbiya  jarayonida  tarbiyalanuvchilarning  yosh 

xususiyatlarini  inobatga  olish  maqsadga  muvofiqdir. Yosh  xususiyatlari muayyan  bir  yosh 

davriga  xos  bo‘lgan  anatomik,  fiziologik  (jismoniy)  va  psixologik  xususiyatlardir.  Aytaylik, 

mas'uliyat  tuyg‘usini  boshlang‘ich  ta'lim,  o‘rta  ta'lim  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi 

muassasalarida  ta'lim  olayotgan  o‘quvchilarda  ham  shakllantirish  mumkin.  Biroq  har  bir 

bosqichda 

mazkur 

sifatni 


shakllantirish 

borasida 

turli 

metodlar 



qo‘llaniladi. 

 

Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning 



barcha  qirralarini  o‘zida  mujassamlashtirgan.  Xalq  pedagogikasida  turlicha  tarbiya  metodlari 

hamda  vositalaridan  foydalaniladi.  Bu  metod  va  vositalar  nihoyatda  rang-barang  bo‘lib,  ko‘p 

jihatlari  bilan  ilmiy  pedagogikadan  ustunlik  qiladi.  Binobarin,  ushbu  metodlar  ilmiy 

pedagogikaning  shakllanishiga  ham  o‘z  ta'sirini  o‘tkazgan.  Xalq  pedagogikasida  qo‘llanilgan 

xilma-xil 

tarbiya 


metodlarini 

quyidagi 

tarzda 

umumlashtirish 

mumkin. 

 

1.



 

 

Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish). 



2.

 

 



Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish). 

3.

 



 

Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish). 

4.

 

 



Nasihat  qilish,  o‘git  (undash,  ko‘ndirish,  iltimos  qilish,  yolvorish, 

tilak-istak  bildirish

ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar). 



5.

 

 



qoralash  va  jazo  (ta'kidlash,  ta'na,  gina,  tanbeh  berish,  majbur  qilish,  koyish,  ayblash, 

uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). 

 

Agar  e'tibor  berilsa,  yuqoridagi  beshta  metod  umumiy  yaxlitlikni  ifodalaydi.  Oldin  bolaga 



umumiy jarayonning mohiyati tushuntiriladi. Bolalar narsa, hodisa va jarayonlarning mohiyatiga 

tushunmaganlarida  tarbiyachi  namuna  vositasidan  foydalanadi,  ya'ni,  yoshlarning  mustaqil 

kuzatuvchanligiga  e'tibor beriladi. Bu holatda ham tushunmaganlar kattalarning nasihati, o‘g‘iti 

asosida  narsa,  hodisa  yoki  jarayonlarning  mohiyatini  anglaydilar.  Bordiyu,  bu  holatda  ham 

kutilgan  natijaga  erishilmasa  yoki  bolalar  e'tibor  qaratilgan  holatning  mohiyatini  tushunishni 

istamasalar,  eng  so‘nggi  chora  sifatida  qoralash  va  jazo  metodida  foydalanishga  to‘g‘ri  keladi. 

Biroq,  bu  eng  so‘nggi  chora.  Zamonaviy  pedagogika  g‘oyalariga  ko‘ra  qoralash  va  jazo 

metodlarini so‘nggi, aniqrog‘i kam samara beradigan chora ekanligini isbotlangan. 

Xalq  pedagogikasi  namunalari,  tarbiya  metodlari  va  tarbiyaviy  ta'sirlar  muayyan  vositalar 

yordamida  qo‘llanilgan.  Mehmon  kutish, mehmonga  borish,  turli  mehnat  jarayonlari,  hasharlar, 

turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an'analar (tug‘ilgan kun, 

fuqarolik 

pasporti

,  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus  hamda  oliy  ma'lumotga  egalik  to‘g‘risidagi  attestat  va 

diplom,  shuningdek,  davlat  mukofotlarini  olish  kabi  holatlarni  nishonlash)  va  musobaqalar 

o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi. 

 

 

Ijtimoiy  ongni  shakllantiruvchi  metodlar o‘quvchilarda  ma'naviy-axloqiy  sifatlar,  e'tiqod  hamda 



dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta'sir ko‘rsatish 

usullari sanaladi. 




Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin 

tutuvchi  ijtimoiy  g‘oya  va  maqsadlar  singdiriladi.  Yoshlar  dunyoqarashini  shakllantirish, 

ularning  hayot  mazmunini  tushunib  olishlariga  ko‘maklashish  uchun  ijtimoiy  ongni 

shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi. 

Tarbiya jarayonining mazmuni. 

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida 

shaxsni har tomonlama о‘stirish, 

uning ongi

, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 

toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan 

maqsad yо‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib 

toptirishga yо‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. 

Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bо‘lib, uning 

mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha 

ifodalangan bо‘lsada, ammo yо‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga kо‘ra 

yakdillikni ifoda etadi. 

Tarbiya xususida taniqli о‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: 

«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo 

saodat – yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi 

xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, 

davlatlarning qudratli bо‘lishi avlodlar tarbiyasiga kо‘p jihatdan bog‘liq. 

О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qо‘lga kiritgach, 

ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning 

asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yо‘li deb e’tirof etilgan 

demokratik, 

insonparvar

, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. 

Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi о‘sib 

kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. О‘zbekiston Respublikasining 

«Ta’lim tо‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, 

chunonchi, «Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», 




«О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada 

ijtimoiy tarbiyani yо‘lga qо‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. 

Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan 

pedagogik jarayon bо‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir 

etish imkonini beradi. 

Tarbiya jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 

о‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yо‘naltirilgan hamkorlik 

jarayonidir.  Tarbiya  jarayonida  tarbiyalanuvchining  ongi  shakllana  boradi,  histuyg‘ulari 

rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bо‘lgan ijtimoiy aloqalarni 

tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bо‘ladi. 

Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan tо‘g‘ri 

uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan 

tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bо‘ladi. Bu munosabat 

shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning 

tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning 

ularga munosabatiga bog‘liqligini kо‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina 

emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday 

anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan о‘zi uchun nimalarni 

olayotganligini bilishi

 

zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida 



kechadi. 

Tarbiya jarayonida о‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham 

о‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qо‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq 

keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun 

о‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning 

birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya 

jarayoniga о‘qituvchi rahbarlik qiladi. U о‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, 



ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. 

Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali о‘quvchilarning mustaqilligi, 

ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat о‘quvchilar jamoasi manfaati va 

istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va о‘zini о‘zi 

anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola о‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida 

javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol 

qatnashchisi bо‘lib qoladi. 

Tarbiyani samarali yо‘lga qо‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, 

tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya 

jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. 

Tarbiyada о‘quvchilarning tarbiyalanganlik 

darajasini ham hisobga olish

 

kerak bо‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. 



Faoliyat jarayonida hosil bо‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya 

qilishni yengillashtiradi. 

Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – о‘quvchilik 

yillarida uning ongiga turli faoliyat (о‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, о‘yin, sport, 

badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq 

me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy 

munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bо‘lib qolishi mumkin. 

Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir 

vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi. 

Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim о‘rin tutadi. Shaxsni 

shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bо‘lib, bu borada belgilangan 

vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta 

о‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl 

va metodlari, shaxsning о‘zini-о‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim 




о‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning 

amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu 

g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi: 

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida 

tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi 

ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti

, uning rivojlanish 

yо‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi 

kunda О‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi 

komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. 

3.Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qо‘yilgan maqsad va 

vazifalarga muvofiq о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi lozim bо‘lgan bilim, 

kо‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. 

Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qо‘yiluvchi ijtimoiy talablar 

mohiyatidan iborat bо‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari 

mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. 

Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi: 

1. Tarbiya maqsadining aniqligi. О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiysiyosiy mustaqilligining 

dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga 

oshirilishi kо‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. 

О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘qrisida»gi Qonuni hamda 

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga kо‘ra ijtimoiy tarbiyaning 

asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bо‘lgan komil inson va 

malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu 

maqsadga erishish yо‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat 

ТарбияЎз-ўзинитарбиялашЎз-ўзиниқайта 

тарбиялаш 

Мақсад, шакл, методлар, 




фаолиятни 

ташкил этиш

уни бошқариш 



Ижтимоий 

буюртма 


 

Педагогик

 

шарт-шароитлар 



Шахсни шакллантириш жараёни 

unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, 

ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan 

iborat. 


 

2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. О‘qituvchilarning

 

bolalar bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi 



namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va 

qadriyatlarini aniqlash о‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini 

ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali tо‘la-tо‘kis shakllanmagan 

bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari 

tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. 

3. О‘z-о‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar 

va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining 

eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy о‘z-о‘zini anglashi, 

uning о‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining subyekti sifatida e’tirof etilishi 

bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy о‘z-о‘zini 

anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir. 

4. Tarbiyaning shaxsga yо‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim 

muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, 



tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki о‘quvchi 

turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya 

jarayonida uning shaxsiy

 

xususiyatlari, qiziqishlari, о‘ziga xos xarakteri, о‘z qadr-qimmatini anglash 



tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur. 

5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya 

g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u 

oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning о‘zida ham о‘quvchi, ham о‘qituvchi 

ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi о‘quvchining 

qiziqishi, faoliyati, о‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka 

intilish tuyg‘ularini kо‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon 

bо‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bо‘lishi ta’minlangan sharoitda uning 

shaxsiga ta’sir kо‘rsatishga yо‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga 

erishiladi. 

6. Jamoa yо‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan 

ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har 

tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni tо‘laqonli 

talqin etish

insonparvarlik va о‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib 



borishi kabi holat amalga oshiriladi. 

4.Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga 

oshirish uchun tarbiya jarayonining о‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim 

ahamiyatga ega. 

Tarbiya jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati 

aniq maqsadga yо‘naltirilganligidir. 

Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchilar о‘rtasidagi 

muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, 

tarbiya jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil 



etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yо‘li 

zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi. 

Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda 

quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi: 

Tarbiya jarayoni kо‘p qirrali jarayon bо‘lib, unda tarbiya mohiyatini 

yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (subyektiv va obyektiv) omillar kо‘zga 

tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy 

munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning 

hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit 

yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yо‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar 

bilan 

qanchalik mutanosib kelsa



, shaxsni shakllantirish borasida shunday 

muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida 

nafaqat о‘qituvchi faoliyati, balki о‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy 

xususiyatlari, о‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim о‘rin tutadi. 



 

 

 



Download 96,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish