Tarix” fakulteti, tarix ta’limi yo’nalishi 191 Guruh talabasi, Yo’ldosheva Nasibaning Davlatchilik tarixi fanidan tayyorlagan


Ismoil Somoniy davlat asoschisi, somoniylar davridagi o’ziga xos o’rnatilgan boshqaruv tizimi



Download 64,78 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2022
Hajmi64,78 Kb.
#676918
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nasiba

1.2. Ismoil Somoniy davlat asoschisi, somoniylar davridagi o’ziga xos o’rnatilgan boshqaruv tizimi
Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto safForiylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi (874 — 892).
Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida adovat paydo boʻladi. U 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Nasr qoʻshinlari tormor keltiriladi. Nasr yana 4 yil hukmdori qilib oʻldi. 892 yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi.
Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 893-yilda Taraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy to 907-iy yil hukmdori qilib oʻldi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.
Ismoil Somoniy bir qancha islohotlar o’tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish bo’ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi va 10 ta devon (harbiy-fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.
Somoniylar o’z davlatlarini o’zlarigacha bo’lgan Sharq davlatlarining boshqaruv an’analarini chuqur o’rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda o’zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar.
Somoniylar hukmronligi davrida Muhammad Jayxuniy va Abufazl Muhammad Balamiylar kabi zodogonlarning nufuzi va davlat boshqaruvidagi xizmatlari katta bo’lgan. Umuman, somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillaridan tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga bo’linishi ma’lum darajada rasmiy bo’lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko’p hollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat «sohibi xoras» qo’li ostida bo’lgan. Sohibi xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda sharbatdorlar, dasturxonchilar, tashtadorlar, otboqarlar, xo’jalik beklari kabi turli xizmatchilar bo’lgan. Saroydagi hamma xo’jalik ishlarini «vakil» boshqargan. Vakil saroydagi e’tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o’n devonga Buxoro Registonida o’nta mahsus bino qurilgan.
Devonlar orasida vazir yoki «xo’jayi buzrug» devoni alohida o’rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo’ysungan. U hamma ma’muriy, siyosiy va xo’jalik mahkamalarini nazorat qilgan.
Davlatni idora etishda «mustavfiy devon» ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.

Download 64,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish