Tarix” fakulteti, tarix ta’limi yo’nalishi 191 Guruh talabasi, Yo’ldosheva Nasibaning Davlatchilik tarixi fanidan tayyorlagan



Download 64,78 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2022
Hajmi64,78 Kb.
#676918
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nasiba

Kurs ishining maqsadi. Asosiy maqsad esa Arab xalifaligining vujudga kelishi, uning istilochilik yurishlari, islom dinining tarixiy taraqqiyoti, xalifalik davrida yaratilgan ilm-fan sohasidagi ulkan o’zgarishlarni ilmiy tahlil qilishga bag’ishlangan. O’rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama o’rganishda arab mustamlakachiligi davrini tadqiq etish ham katta ahamiyatga ega.
Kurs ishining vazifasi.

  • Movaraunnahrda arablar bosqini davrida kechgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarni tadqiq etish;

  • Somoniylar davlatining vujudga kelish tarixini bilish;

  • Davlat siyosiy boshqaruvini tahlil qilish;

  • Siyosiy tizimning rivojlanishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni yoritib berish.

Kurs ishining tuzilishi: Somoniylar davlati siyosiy tarixi, mavzuga kirish, asosiy qismni o’z ichiga oluvchi 2 ta bob, 4 ta paragrf, xulosa, foydalanilgan adabiyotdan iborat. Umumiy qismda 29 betni tashkil qiladi.
I. BOB.Somoniylar davlatining tashkil topishi
1.1. Movaraunnahr va Xurosonda Somoniylar davlat sifatida vujudga kelishi
Yurtimiz tarixida ajralmas sahifa sifatida e'tirof etiladigan Somoniylar davri shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan va ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizdan mashhur mutafakkir olim Ibn Sino, islom ilmlarida katta shuhrat qozongan ilohiyotchi olim Abu Mansur Moturidiy kabi o‘nlab allomalar yashab ijod qilgan. Shuningdek, ushbu davrda o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan va ko‘plab ilm markazlari, jumladan “Dor al-juzjoniya”, “Dor al-iyodiya”, “Buxoro fiqh maktabi” kabi maktablar faoliyat olib borgan. Ushbu davr yana shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada millatlararo o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishida qariyb bir yarim asr davomida Movarounnahrda mustahkam imperiya sifatida hukmronlik qilgan somoniylar davridagi shu barqarorlik tarixi haqida ma'lumot berishni maqsad qildik.
Somoniylar davlatida IX asrning oxirlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim o‘zgarishlar yuz bergani va bir necha yillar davomida tinch siyosat va sharoitlar hukmron bo‘lib turgani Movarounnahrning asosiy ilmiy markazlaridan hisoblangan Samarqand shahrida ilmiy jarayonlarning jonlanishiga zamin yaratdi. Samarqandning buyuk ipak yo‘lida joylashgani tijorat, san'at va ilm markazlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, somoniylar davrida Samarqandda nafaqat islom dinining, balki boshqa dinlarning ham ta'lim markazlari faoliyat olib borgan.
Movarounnahr mintaqasining Somoniylar davridagi tarixi haqida birinchilardan bo‘lib Muhammad Narshaxiy batafsil ma'lumot beradi. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi
Somoniylar davlatining poytaxti - Buxoro tarixiga bag‘ishlagan o‘ziga xos qomusiy asardir. XIII asr muallifi Sam'oniyning “Kitob-ul-ansob” asarida keltirilgan qisqagina ma'lumotga qaraganda, uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakiriyo ibn Xattob ibn Sharik bo‘lgan. Naslu nasabi Buxoro ahlidan, 899 yilda shahar yaqinidagi Narshax qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida vafot etgan. “Buxoro tarixi” asarini u 943-944 mobaynida arab tilida yozadi. Kitobni Samoniylar davlatning hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943-954 yy.) ga bag‘ishlaydi. Afsuski, “Buxoro tarixi”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning faqat ancha-muncha qisqartirilib, fors-tojik tiliga ag‘darilgan tarjimasigina yetib kelgan.
Somoniylar davlatiga Somon qishlog’i (Balx yaqinida, ba’zi manbalarda esa, Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos solgan. Xalifa Ma’munga bo’lgan sadoqatlari evaziga 819-820 yillarda Somonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, Ahmad Farg’onaga, Yahyo Shosh va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokim etib tayinlandilar.
839-840 yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U Sug’dning bir qismi va Farg’onaga hokim bo’lib oldi. Lekin Somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko’proq bo’ldi. Uning Nasr, Yaqub, Yahyo, Asad, Ismoil, Isxoq va Homid ismli o’g’illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari Ahmad va Yahyo boshqardi, keyin hokimlik Nasr (865-892) qo’liga o’tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, Shosh va Ustrushona Ahmadning ikkinchi o’g’li Ya’qubga nasib etdi. Keyin tashabbus Ismoil ibn Ahmad qo’liga o’tdi. Buxoroda Tohiriylar mavqei sust edi. 874-yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892) ni hokim qilib jo’natadi2.
Nasr Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq bu ishda unga xayrxoh edi. 875-yilda u Shosh (Turkiston yaqinida)ni qo’lga kiritdi. Xalifa Mutamiddan Movarounnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo’ldi. Bu paytda Buxoroda kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe bo’lishni istamadi. 888-yili ikki o’rtadagi jangda Nasr yengildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib qoldi (892-907). 893-yilda u Tarozni, so’ng Ustrushonani qo’lga kiritdi.
Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o’rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo’natadi. Ismoil 899 va 900-yillardagi harbiy to’qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo’ldi.
Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag’oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe edilar), o’lka hudud (Movarounnahr, va Xuroson) somoniylar tomonidan bo’ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar.
Ismoil Somoniy o’z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo’lgan. U yirik va markazlashgan davlat barpo qilishdan manfaatdor bo’lgan barcha oqsuyak amaldorlarni o’z atrofiga to’playdi. Ularning yordami bilan Ismoil shunday bir qudratli markazlashgan davlat barpo qiladiki, bu davlat o’sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil Somoniy davrida Movarounnahr Arab xalifaligining istibdodidan abadul-abad ozod bo’ldi. Ammo bir qarashda qudratli bo’lib ko’ringan bu davlatni ichdan yemirayotgan bir qator ijtimoiy ziddiyatlar bor ediki, buni hatto Ismoil Somoniy ham bartaraf eta olmadi. Bu markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o’rtasidagi qarama-qarshilik edi. Somoniylar har qancha urinsalarda, Sejiston, G’uzg’on, G’azna, Garjiston, Isfijob, Xorazm hozirgi Tojikistonning tog’li viloyatlari: Chag’oniyon va Rashtani o’zlariga batamom bo’ysundira olmadilar. Bu viloyatlarning hokimlari markaziy hokimiyatni rasman tan olsalar-da, amalda mustaqil siyosat yurgizardilar. Somoniylar davrida qo’shinda yetakchi mavqeni turk sarkardalari va g’ulomlari egallagan edilar. Ularga hamma vaqt ham ishonib bo’lmasdi.
Ismoildan so’ng uning vorislari davrida somoniylar sulolasi inqiroz sari yuzlandi. Ismoilning o’g’li Ahmad hukmronligi (907-914) davrida arab tili yana davlat tiliga aylantirildi, arab tilini bilgan shaxslarning mansab va martabalari oshirildi. Holbuki, Ismoil Somoniy davrida bu narsa yo’q edi. Albatta, bu saroy amaldorlarining, birinchi navbatda, turklardan iborat harbiy oqsuyaklarning noroziligini oshirdi. Shu bois Ahmadning turk g’ulomlari tomonidan o’ldirilishi tasodif emasdir. Ahmad o’ldirilgach taxtga uning sakkiz yoshli o’g’li Nasr II (914-943) o’tqazildi. Uning hukmronligi davrida Buxoroda Registon maydonida devonlar uchun saroy qurdiradi. Davlat boshqaruvida esa Nasr II davrida amaliy ishni vazir Abuabdullo Muhammad ibn Ahmad Jayhoniy olib bordi. Hali Ahmad ibn Ismoil hayotlik chog’idayoq bir qator viloyatlarda xalq ommasining qo’zg’olonlari bo’lganligi qayd qilingan. Ahmadning o’ldirilishi munosabati bilan bunday harakatlar yanada avj olgan. Ahmad hayotlik chog’ida Ismoilning ukasi Is’hoq ibn Ahmad Samarqandda qo’zg’olon ko’taradi. Bu qo’zg’olon shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ahmad Ray va Seistonda ko’tarilgan isyonlarni ham shafqatsizlarcha bostirdi.
IX asrdan boshlab Movarounnahrning Samarqand, Farg’ona, Shosh (Toshkent) va Ustrushona viloyatlarida So­moniylar xonadonining vakillari noib edi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Ular hatto o’z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr I (865-892-yilda Samarqand hokimi; 875-yili Movarounnahr amiri) Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chag’onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan mustaqil bo’lish uchun qulay sharoit paydo bo’ladi. Chunki safforiylar Movarounnaxrga hukmronlik qilishni uddasidan chiqa olmaydilar. Buxoro zodagonlarining iltimosiga binoan, Samarqand hukmdori Nasr ibn Ahmad Buxoroga noib qilib ukasi Ismoilni (874) yuboradi (Ismoil Somoniy). Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnaxr Somoniylar tasarrufiga o’tgan3.
Somoniylarning tobora kuchayib borishi Arab xalifaligini xavotirga solgan. Shu boisdan xalifa Safforiylar bilan Somoniylarni to’qnashtirib, Xuroson va Movarounnahrda o’z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Natijada 900-yilda ular o’rtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson Somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi.
Somoniylar o’z tasarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham davlat ma’muriyatini tashkil etdilar. Ma’muriyat podsho saroyi va devonlar (markaziy hokimiyat)dan iborat edi. Narshaxiyning ma’lumoti bo’yicha, Somoniylar hokimiyati, asosan, unga devon boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi bo’lib, davlatning ma’muriy, siyesiy va xo’jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi.
Nasr II ibn Axmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida 943-yil Dor ul-mulk saroyi (vazirlar mahkamasi) va uning qarshisida devonlar uchun maxsus saroy qurilgan. Mahkama xizmatchilari arab va fors tillarini puxta egallagan, Qur’on tafsiri va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan yetarlicha xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Viloyat devonlari mahalliy hokimga, ayni vaqtda markaziy mahkamaning tegishli devoniga bo’ysunardi. Viloyat hokimlari ba’zan vazir deb yuritilardi. Ular sulolaviy xonadonga tegishli amirzodalar yoki sobiq mahalliy hukmdorlar hamda zodagon dehqonlardan tayin etilardi. Bo’lardan tashqari har bir shaharda rais (shahar boshlig’i) hamda muxtasib (nazoratchi) bo’lardi. Ularni hokimning o’zi mahal­liy aslzoda yoki ko’pincha oliy tabaqa ruhoniylarning nufuzli vakillaridan tayinlar edi. Mansabdorlar maoshiga davlat yillik daromadining deyarli yarmi sarflanardi4.
Movarounnaxrda islom ruhoniylarining obro’si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, jumladan jome masjid, xonaqoh (g’aribxona)lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri (Forjak) Buxoro shahrida qad ko’tardi. Mad­rasa shaharning Darvozai Mansur mahallasida amir hammomining yonida joylashgan edi.
Mamlakat ma’naviy hayotining tayanchi bo’lgan islom mafkurasiga bu davrda «ustod» - din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu atama tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» deb yanada ulug’landi. Shayxulislomdan keyin xatiblar turardi. Somoniy­lar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradi. Masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun mahsus joylar va ularning sarf-harajati uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasar­rufidagi yer-mulklar tobora ko’payib, yangi turdagi xo’jalik - vaqf tarkib topadi. Masalan, Narshaxiyning yozishicha, Ismoil Somoniy Afshona kishlog’ining ekin yerlari va atrofidagi yaylovlarni Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beradi, shuningdeq amir Registon maydoniga tutashgan Dashtak qamishzorini mulkdor arab lashkarboshisidan 10 ming dirhamga sotib olib, Buxo­ro shahrining jome masjidi vaqfiga qo’shib beradi. Shu tariqa masjid va madrasalar tasarrufida katta-katta yer va mulklar to’plana bordi.
Somoniylar mamlakatni tashqi va ichki dushman xurujlaridan muhofaza qilishga katta e’tibor beradilar. Xususan, Ismoil So­moniy yaxshi qurollangan harbiy qo’shin va turk g’ulomlaridan mahsus saroy qo’shinini tuzadi. Turk g’ulomining harbiy xizmati qat’iy belgilangan tartibda o’tar edi. Eng qobiliyatli va uzoq yillar xizmat qilgan ayrim g’ulomlar aylboshi (otliq otryad boshlig’i), so’ngra esa nufuzli hojib lavozimlariga ko’tarilardi5. Hojiblar boshlig’i hojib ul-hujob yoki hojib ul buzruk Somoniylar saroyida oliy unvon edi. Hojib ul-hujob saroyda katta nufuzga ega bo’lib, ayni vaqtda u butun turk qo’shinining boshlig’i edi. Qo’shindan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan muntazam harbiy qo’shin ham bo’lib, uning ta’minoti bilan mahsus mahkama - ariz devoni shug’ullanar edi. Qo’shinlarga xizmat haqi har uch oyda to’lanar edi. Somoniylar hokimiyatni qadimgi davlat boshqaruvi an’analariga suyanib boshqardi.
Somoniylar davridagi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko’tarilish madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro, Samarqand, Nasaf, Gurganj, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi6.
Bu davrda qishloq aholisining aksariyati sug’diy, turkiy yoki xorazmiycha so’zlashsa-da, markaziy shaharlarda forsiy-dariy adabiy tili vujudga keladi. Bu til davlat tili sifatida qabul qilinadi. Forsiy-dariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlaydi.
IX-X asrlarda, ayniqsa, Buxoro shahri ma­daniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qo’lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi. Bu davrda Buxoroda ayniqsa she’riyat ravnaq topadi. Uning rivojiga Rudakiy (860— 941), Abu Mansur Daqiqiy (976-980 orasi), Abulhasan Balxiy va boshqalar shoirlar katta hissa qo’shadilar.
Shahar madaniyatining ravnaqi, ziyolilar davrasining kengayib borishi, shubhasiz, Somoniy hukmdorlarni ilm ahli bilan yaqinlashtirdi. Mamlakatni boshqarishda ularning bilim va maslahatlaridan foydalanildi.
Bu davrda Muhammad Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Narshaxiy, Beruniy kabi jahon fani taraqqiyotiga o’lkan hissa qo’shgan buyuk siymolar ijod qildilar.



Download 64,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish