O‘rta Osiyoning XX asr 40-yillari 2-yarmi- 80-yillar maboyinidagi tosh asri yodgorliklari o‘rganilishi tarixi, yodgorliklar kompleks tadqiqotlarining yo‘lga qo‘yilishi.
XX asr 40-yillari 2 - yarmi – 80-yillar maboyinida O‘rta Osiyo miqyosida tosh asri yodgorliklarini o‘rganilishi ishlari yangi pag‘onaga ko‘tarildi. Bu davrda yodgorliklar kompleks fanlar tadqiqotlariga tayanilib o‘rganilishi ishlari yo‘lga qo‘yildi. O’rta Osiyo hududi tosh asri yodgorliklari tadqiqotida A.P. Okladnikov, S.P.Tolstov, M.E.Masson, P.I.Boriskovskiy, G.E.Markov, V.M.Masson, G.F.Korobkova, O.Berdiev, X.A.YUsupov, A.Amosova, X.L.Movius, N.A.Beregovaya, D.N.Lev, V.A.Ranov, M.Qosimov, M.Djurakulov, T.Mirsoatov, U.Islomov, R.X.Suleymonov, N.Toshkenboev, X.A.Alpisboev, A,G.Medoev, V.S.Voloshin, M.N.Klapchuk, T.Omanjo‘lov, T.Grechkina, S.Hamroquliev, K.A.Kraxmal kabi olimlarning xizmatlari muhim hisoblanadi. Xususan, 1945 yildan e`tiboran O’rta Osiyoga arxeologik tadqiqot ishlari birdaniga jonlantirilib yuborilgan. Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspedittsiyasi (M.E.Masson raxbarligida) va uning A.P.Okladnikov raxbarligidagi guruhi tosh asri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda muhim tadqiqotlarni amalga oshirdilar. 1946-49 va 1950-52 yillarda A.N.Berrnshtam raxbarligida Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspeditsiyasi xodimlari Farg’ona tosh asri arxeologiyasi borasida materiallar to‘plashdi.
Shu yillari O‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy sarhalarida, xususan Turmaniston hududida Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va Xorazm ekspeditsiyasining maxsus tosh asri yodgorliklarini o‘rganuvchi guruhi xodimlari (P.I.Boriskovskiy, A.P.Okladnikov, S.P.Tolstov, A.V.Vinogradov) tomonidan keng ko‘lamda arxeologik izlanishlar amalga oshirilgan. 1947 yili Krasnovodsk yarim oroli, Katta Balxon tog‘ tizmasi g‘arbiy qismlari arxeologik tekshiruvdan o‘tkazilib, Jabal, Qaylu, Dam-dam-chashma kabi tayanch tosh asri yodgorliklari topilgan. A.P.Okladnikov tomonidan 1947-1950 yillari Jabal g‘ori tadqiq etilgan.A.P.Okladnikov 1947 yili Dam-dam-chashma 2 g‘or makonini aniqlab, dastlabki qazilma ishlarini olib borgan bo‘lsada, yodgorlikda asosiy qazilma ishlari G.E.Markov tomonidan 1963-1964 yillari amalga oshirilgan va 1978 yili S.Hamraquliev bilan hamkorlikda yodgorlik yana qayta o‘rganilgan. SHu yillarda Dam-Dam-CHashma 1, Qaylu g‘or makonlarida ham arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. YAngadja, Qora-Tengir kabi ashel yodgorliklari arxeologik xartiga olingan. 1957-59 yillari S.G.Klyashtorniy tomonidan Markaziy Qoraqumda arxeologik qidiruv ishlari amalga oshirilib, qator tosh davri yodgorliklari topilgan. 1959-1960 yillari A.A.Maruщenko Qizil-Arvat qazilmalarida neolit davri madaniy qatlamini topgan. Janubiy-G‘arbiy Turkmaniston hududi Kopettog‘ yon bag‘rida Joyitun neolit madaniyatiga oid yodgorliklar o‘rganilgan. 1952 yili B.A.Kuftin Joytun yodgorligi tadqiqotini boshlab bergan bo‘lsada, yodgorlikda asosiy qazilmalarni 1955-1958 yillarda V.M.Masson amalga oshirgan va tadqiqot 1964 yilgacha davom etgan. 1953 yili Chopan-tepa (A.A.Maruщenko, S.A.Ershov), 1960-1963 yillari Bami, Tog‘oloq-tepa, Manjuqli-tepa, Chig‘illi-tepa yodgorliklarida keng ko‘lamli qazilma ishlari bajarilgan (A.A.Marushenko, O.K.Berdiev).
Ya.G‘ulomov rahbarligidagi arxeologik guruh o‘tgan asr 50-60-yillari Haydarkon vohasida keng ko‘lamli arxeologik tekshiruvlar olib borishib, 28 ta g‘orlar arxeologik xaritaga olingan, Obishir 1-5 g‘orlari ham shu g‘orlar jumlasidan hisoblanadi. Haydarkon botiqligi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududlari bilan bog‘liq bo‘lgan vohadir. Bu joyda A.P.Okladnikov 1955 yildan e’tiboran arxeologik tekshiruv ishlarini amalga oshirgan va 1958 yili Selung‘ur g‘orini aniqlab, undan tosh qurollarini topgan, 1964 yilda yana bu yodgorlikda arxeologik qazilmalarni olib borgan. 1963 yili M.R.Qosimov Ohangaron vohasi Qizilolmasoy yoqasidagi chashma yonidan Ko‘lbuloq paleolit makonini topgan va qazilma ishlarini bajarib, bu joylarda ajdodlarimiz ilk paleolit davridanoq yashashganligini aniqlagan. R.H.Suleymanov 1962 -1970 yillarda Obirahmat g‘or makonida arxeologik qazilma ishlarini olib borib, qo‘lga kiritilgan materiallar asosida bu yodgorlik so‘nggi paleolit jamoalariga tegishli ekanligini aniqlagan.
Bu yillari Turkmanistondagi Yangadja, Tojikistondagi Qizilqal`a, Ko’hipiyoz, Qayroqqum, Qayqitov, Qirg’izistondagi Xo’jago’r, Onorcha, Qayrag’och, Uchqo’rg’on, Polman kabi paleolit yodgorliklari tadqiqotiga erishilgan. Xususan, Qirg‘iziston xududida 1953 yildan e’tiboran tosh asri yodgorliklarini o‘rganish ishlari Frunze, To‘qmoq shaharlari atroflari, Issiqko‘lnig shimoliy qismida, Norin daryosi yuqori oqimida A.P.Okladnikov rahbarligidagi Qirg‘iziston arxeologik ekspeditsiyasining Qirg‘iziston paleolit guruhi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Natijada On-Archa ilk paleolit davriga oid yodgorlik aniqlanib, qazishma ishlari olib borilgan. P.K.Konoplya Oxno qishlog‘i atrofidan, Turkiston tog‘ tizmasi yon bag‘ridan Ayirboz 1-5 muste davriga oid punktlarni aniqlagan. 1953-1956 yillarda Sel-ungur g‘or makonida A.P.Okladnikov boshchiligida mutaxassislar tekshiruv ishlarini olib borishgan. 1955, 1956, 1958, 1959 yillarida P.T.Konoplya A.P.Okladnikov bilan hamkorlikda Qapchig‘ayda tosh davri chaqmoqtosh ustoxonasi va shaxtasini o‘rgandi. O‘sh shahri yaqinida A.N.Poshka Orlov g‘orida qazilma ishlarini bajargan. 1956, 1957 yillarida V.A.Ranov Oloy vohasida, 1957 yilda V.A.Ranov va P.T.Konoplyalar Janubiy Qirg‘iziston arxeologik guruhi tarkibida Ayraboz, Qopchig‘oy, So‘x va Batkentov atroflarida, 1962 yili V.A.Ranov, S.A.Nesmeyanov va P.T.Konoplyalar G‘arbiy Farg‘ona, 1964 yilda YU.A.Zadneprovskiy Uzgend atroflarida arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirishib, qator tosh davriga oid manzilgoh punktlarni aniqlashgan. 1963 yili Sh.A.Qodirov Cho‘tirkul atrofi, Norin daryosi yuqori oqimida, 1965 yilda X.A.Alpisbaev, M.Yunusalievlar Issiqko‘l yonidan qator paleolit davri manzilgohlarini topishgan. Shu yillari V.A.Ranov ham Issiqko‘l yonidan qator muste davri yodgorliklarini topib, xususan Tossor manzilgohida qazilma ishlarini amalga oshirgan.
SHuningdek, Janubiy Qozog’istonning Qoratov atrofidan X.A.Alpisboev qator paleolit yodgorliklarini aniqladi. Aniqrog‘i, X.A.Alpisboev 1957 yili Shabaqti II, Uchbuloq VI, 1958 yili Burultoy, Bustepa , Shakpak Valixonov yodgorligi (Qorasuv) - 1959-1960 yillari Olg’abos yodgorligi tadqiq etilgan. 1961 yili X.A.Alpisboev tomonidan tadqiq etilgan. Qiziljar III, Kosmola yodgorliklari 1962 yili M.N.Klapchuk tomonidan, Xantov yodgorligi 1965 yilda A.G.Medoyev tomonidan, MuzbelI, Tuymaynak, Vishnevka 1 yodgorliklari 1970 yil V.S.Volovshen tomonidan o’rganilgan.
Tojikiston hududi tosh davri jamoalari moddiy madaniyati shu yillarda A.P. Okladnikov va V.A. Ranov, A.Lazarenko lar tomonidan o’rganilgan. A.Lazarenko 1972 yili paleolit jamoalariga tegishli qo‘l cho‘qmorini topgan. Keyingi yillarda V.A.Ranov Janubiy Tojikiston hududida paleolit davriga oid 8 ta yodgorlikni aniqlagan va shu makonlar ichida Qoratov-1, Laxuti, Quldara makonlarida bevosita arxeologik qazishma ishlarini amalga oshirgan. Xususan, Tojikiston FA Janubiy Tojikiston ekspeditsiyasining (rahbari B.A.Litvinskiy) tosh davri yodgorliklarini o‘rganuvchi guruhi rahbar V.A.Ranov) xodimlari V.A.Ranov, A.A.Lazarenkolar tomonidan Qoratov-1 paleolit yodgorligi 1975, 1976,1978-83 yillar maboyinida tadqiq etilgan. Bu makon Dushanbe shahridan 50 km chamasi janubiy-sharqiy tomonda Yavan tog‘ tizmasi yon bag‘rida joylashgan. Laxuti-1 ilk paleolit makoni Qoratov-1 makonidan 80 km. chamasi sharqda Obimozor daryosi o‘ng qirg‘og‘ida Laxuti qishlog‘i yonida joylashgan bo‘lib, 1976-1978 yillari V.A.Ranov A.Dadonovlar tomonidan, 1986-1987 yillari V.A.Ranov, 1982 yili V.A.Ranov, A.Jukovlar tomonidan tadqiq etilgan. Quldara ilk paleolit makoni Laxuti qishlog‘idan g‘arb tomon 2 km. masofada Obimozor daryosining Kuldara irmog‘ida joylashgan bo‘lib, 1987-1989 yillari V.A Ranov tomonidan tadqiq etilgan. YOdgorlik tadqiqotida geolog A.E.Dodonov, S.A.Nesmeyanov, paleobotanik M.M.Paxomov, tuproqshunos P.Lomov hamda fransuz arxeologi R. Detros kabilar qatnashgan. V.A.Ranov ko‘rsatishicha Kuldara makonining yoshi 850 – 750 ming yillarga to‘g‘ri kelib, Laxuti-1, Qoratov-1 makonlari moddiy madaniyatidan qadimiyroq bo‘lgan. Tojikiston hududida shu yillari A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, A.YUsupov, A.Amosovalar tomonidan Qayroqqum, Oqjar, Jarqo’ton, Qorabo’ri, Xo’jakent Bo’ritov, Xo’rangon, Semiganch, Ko’rjamalakqum kabi o‘rta paleolit davri yodgorliklari tadqiq etilgan.1954 -1961 yillarida Qayroqqum manzilgohi, 1954 -1955 yillarida Xo’jagur makoni, 1957 – 1964 yillarida Qorabo’ri yodgorligi, 1958–1959 –yillarda Xo’jakent makoni, 1961-1963 yillarda Jarqo’ton yodgorliklarida bevosita qazilma ishlari amalga oshirilgan. V.A.Ranov boshchiligidagi Nurek arxeologik guruhi xodimlari tomonidan YAxsu daryosining uchinchi terrasasida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan SHugnov so‘nggi paleolit, mezolit davri yodgorligi 1963-1970 yillari maboyinida tadqiq etilgan
Tojikiston mezolit davri yodgorliklari A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, A.G.Amosova, A.YUsupov, V.A.Jukov, T.G.Filimonovalar tomonidan tadqiq etilgan. Xususan, A.P.Okladnikov va V.A.Ranovlar 1965 – 1984 yillarda 10 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari tadqiqotini amalga oshirishgan. SHulardan Tutqovul, Say-Sayyod, Oq tanga, Shugnov va Darai-SHo‘rda bevosita qazilma ishlari bajarilgan. Chilchor-Chashma, Makoni-Mor va Beshkent vohasi yodgorliklarida madaniy qatlam saqlanib qolmagan. Dara-i-SHo‘r g‘or makoni 1977-1978 yillari A.X.Yusupov, T.Filimonovalar tomonidan o‘rganilgan. Tutqovul makoni Dushanbe shahridan 70 km. Janubiy-SHarqda Vahsh daryosi o‘ng yon bag‘rida joylashgan bo‘lib, 1956 yilda A.P.Okladnikov tomonidan topilgan. Keyingi yillarda V.A.Ranov yodgorlikni atroflicha tadqiq etgan. Say-Sayyod makoni 1972-1975 yillarida A.H.Yusupov tomonidan batafsil tadqiq etilgan. Oq tanga yodgorligi V.A.Ranov tomonidan dastlab 1951 - 1953 yillarda o‘rganilgan bo‘lib, yodgorlik 1961-1963 yillarda qayta tadqiq etilgan. O‘tgan asr 50-60-yillarida birinchi bo‘lib A.P.Okladnikov tomonidan Chilchor-Chashma, Obikiyik, 1957-1959 yillarda Quyi-Bulon yodgorliklari tadqiq etilgan. Markan-Suy madaniyatiga oid Oshxona (Markan-Suy vohasida Uysu muzligidan 12 km pastda joylashgan), Istiq yodgorliklari V.A.Ranov tomonidan 1958, 1960-1964 yillari, V.A.Jukov tomonidan 1975-1976 yillar mobaynida o‘rganilgan (Tojikiston FA instituti, Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi, Pomir otryadi). SHarqiy Pomir hududida Istiq g‘or makoni 1975 yili V. A. Jukov tomonidan topilgan va u yodgorlikni 1975-1978 yillarda tadqiq etgan.
Taniqli rus olimi, akademik A.P.Okladnikov 1952 yili Hisor vohasi Hisor shahri yaqinidagi Tepai Gazion qirligi yonidan 1-hisor neolit madaniyati yodgorligini topgan. Keyingi 7 yilgi arxeologik mavsumda (1953-1959 yillar) Dushanbe shahri atrofidagi Varzob, Luchob daryolari terrasalaridan, Dangara va Qulob vohalaridan qator neolit yodgorliklari aniqlanib, ular orasida Kunchi, Sangi-Mill, Luchob, Quyi-Bulon kabilarida bevosita qazilma ishlari bajarilgan. Jumladan, A.P.Okladnikov birinchi muntazam ravishda qazilma ishlarini 1957-1959 yillarida Quyi-Bulon yodgorligida amalga oshirgan. Shuningdek, A.P.Okladnikov Vaxsh vohasini tadqiq etib, 1956 yilda Say-Sayyod, Tutqovul yodgorliklarini topgan. Keyingi yillarda mazkur yodgorliklar V.A.Ranov tomonidan batafsil o‘rganilgan, ya’ni 1963-1969 yillarida Tutqovul, 1966-1972 yillarida Say-Sayyod yodgorliklarida qazilma ishlari amalga oshirilgan. 1970-1980 yillarida Vaxsh, YAvan vohalarida V.A.Ranov, A.G. Amosova, A.X.YUsupov, T.G.Filimonovalar tomonidan tosh asri yodgorliklarini tizimli ravishda tadqiq etish ishlari amalga oshirilib, 150 dan ortiq hisor madaniyatiga oid yodgorliklar topilgan. Xususan, Tepai-Gazion, Quyi-Bulon yodgorliklarida qayta tekshiruv ishlari bajarilagan, V.A.Ranov 1988 yili Qizilsuv daryosi o‘rta oqimida qator neolit yodgorligini topgan. CHimbuloq yodgorligida madaniy qatlam o‘rganilgan. 1987-89 yillarida V.A.Ranov va T.G.Filimonovalar Kangurttut yodgorligi neolit madaniy qatlamini tadqiq etishdi. 2002-2005 yillari maboyinida T.G.Filimonova Qulob shahri va uning atrofidan 8 ta neolit yodgorligini aniqladi. SHulardan Lyulikutal, CHarmgaron, Uchqun yodgorliklarida bevosita arxeologik qazishma ishlari olib borilgan.
O’zbekistonning must`e davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Zarafshon vohasi muste yodgorliklarining alohida o’rni bor. Zarafshon vodiysining paleolit davri haqidagi malumotlar 30- yillarning oxiridan boshlab ma`lum bo’ldi. Samarqand shaxrining bolalar istirohat bog’i hudidida, Chashmasiyob daryochasi irmog’ining o’ng qirg’og’ida (keyinchalik Komsomol ko’li nomi bilan yuritilgan joyda) birinchi bor 1939 yilda ko’l inshooti qurilishi davomida, ibtidoiy kishilarning tosh qurollari, hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan edi. 1940 yilda esa bu dargohdan pastroqda G.V.Grigorev tomonidan ikkita tosh sixchasi topildi. 1947 yildan boshlab arxeologik D.N.Lev rahbarligida faol ishlagan Samarqand Davlat universiteti arxeologiya ekspeditsiyasi vohaning ibtidoiy tarixini o’rganishda katta yutuqlarga erishdi. Xususan, Registon maydoni, Siyob daryosining qirg’oqlari, Afrosiyob territoriyasida Darg’om kanali yon terrasalaridan ham paleolit davri topilmalari qo’lga kiritildi. D.N.Lev tomonidan 1947 yildan Omonqo’ton, Takaliksoy paleolit makonlari, 1958 yildan Samarqand makoni tadqiq etildi. To`plangan materiallar asosida, keyinchalik universitet qoshida arxeologiya kabineti, so’ngra arxologiya kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi kunda Arxeologiya muzeyida 50 mingdan ziyod arxeologik manbalar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Unga arxeolog D.N.Lev nomi berilgan.
SHu davrda tosh asri yodgorliklarini o‘rganishda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Samarqanddagi Arxeologiya instituti xodimlarining xizmatlari katta hisoblanadi. Jumladan, N.X.Toshkenboev, R.X.Sulaymonov, M.R.Qosimov, O’.I.Islomov, T.Mirsoatov, T.Grechkina kabi arxeologlarning ish natijalari diqqatga sazovordir., 1968 yildan Siyobcha, Xo’jamazgil so’nggi paleolit davriga oid makonlarni, Uchtut, Ijont tosh uctoxonasi va shaxtalarining ochilishi va tadqiqoti etilishi e`tiborlidir. Sobiq Ittifoq FA Etnologiya Instituti Xorazm arxeologik ekspeditsiyasining Amudaryo guruhi tomonidan 1946 yili Qarshi, Kanimex cho‘llarida, keyingi yillarda Amudaryoning Oqchadaryo havzasi, Sariqqamish, Uzboyning quyi va yuqori havzalari, Qizilqum sarhadlarida amalga oщirilgan keng ko‘lamli arxeologik izlanishlari jarayonida Kaltaminor neolit madaniyatiga oid 100 dan ortiq yodgorliklar tadqiqotiga erishilgan.
O‘rta Osiyo sarhadlari tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda O‘zR FA tarix va arxeologiya Institutining YA.G‘.G‘ulomov rahbarligidagi O‘zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘tgan asrning 50-60- yillarida Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlarning natijasi juda sermahsul bo‘ldi. Xususan, ekspeditsiya tarkibidagi Mohandaryo arxeologik guruhi tomonidan Xo‘jayli, Mohandaryo, Katta va Kichik Tuzkan atrofidan 50 dan ziyod tosh va jez davri jamoalariga tegishli yodgorliklar topilgan. Xususan, Dorbazaqir 1.2 makonlarida bevosita arxeologik qazishma ishlari amalga oshirilib, ular moddiy madaniyati Kaltaminor jamoalariga tegishli ekanligi aniqlangan.SHu yillari A.Asqarov Qarshi cho‘lining shimoliy- g‘arbiy qismida Paykend ko‘li atrofidan 5 ta tosh asriga oid manzilgohni aniqlab, ular moddiy madaniyatiga ko‘ra kaltaminor jamoalari madaniyatining so‘nggi bosqichlariga mansubligi haqida ma’lumot qoldirgan.
N.I. Vakturskaya, E.D. Mamedov tomonidan qo‘lga kiritilgan qiziqarli tosh qurollari to‘plami 1965 yildan Qizilqum hududi tosh davri jamoalari madaniyatining keng ko‘lamli tadqiqotlarining boshlanib ketishiga turtki bergan. Bu tadqiqotlar Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (A.V.Vinogradov) vaToshkent Davlat Universiteti Geografiya fakulteti (E.D.Mamedov)hamkorligidaamalga oshirilgan o‘n yillik arxeologik mavsumda:-1965-1972, 1975-1978 yillar Qizilqumning ichki hududlari, 1965-1966 yillar Lavlakan, 1967-1968 yillari SHarqiy va G‘arbiy Oyoqog‘itma, 1968-1969 yillarda esa Daryosoy vohalarida keng ko‘lamli arxeologik ishlar amalga oshirilib, yuzlab tosh davri yodgorliklari arxeologik xaritaga olindi, tadqiqoti tashkil etildi / 1970-80-yillarda Qizilqumning ichki hududlari va Quyi Zarafshon vohasida tosh davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida muhim ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Xususan, 1970 yili Echkilisoy tadqiq etilgan.1971 yili Beshbuloq, Mingbuloq havzalari atrofidan asosan neolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklar topilgan. 1972 yili Mingbuloq, Bukantov atrofi tadqiq etilib, qator tosh davri yodgorliklari arxeologik xaritaga olingan. 1976-1980 yillar maboyinida Tolstov makoni tadqiq etilgan. 1978-yili Mohandaryo va Daryosoy orlig‘ida Quyi Zarafshonning qadimgi o‘zanlaridan bo‘lgan CHorbaqti vohasi aniqlandi. Vohada 1984 va 1986 yillar moboynida 60 ga yaqin mezolit, neolit davriga oid yodgorliklar topilib, tadqiq etilgan.
Ta’kidlash joizki, Zarafshon vohasi neolit davri jamoalari moddiy madaniyati juda yaxshi tadqiq etilgan. Quyi Zarafshon vohasi, aniqrog‘i uning qadimiy o‘zanlari Echkiliksoy, Oyoqog‘itma, Daryosoy, CHorbaqti, Xo‘jayli va Mahondaryo vohalarida ko‘plab ibtidoiy davr makonlar topilib, ular kaltaminor jamoalariga tegishli ekanligi aniqlangan. YUqori Zarafshon vohasida neolit jamoalari moddiy madaniyati Oq-Tanga makonida V.A.Ranov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bilan fanga ma’lum.
O‘rta Osiyo sarhadlarida tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Farg‘ona vodiysi istiqbolli o‘lkalardan biri sanaladi. Vodiyda tosh davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Xususan,B.Z.Gamburg va N.G.Gorbunovalar tomonidang Damko‘l atroflarida amalga oshirilgan tadqiqotlari natijasida qo‘lga kiritilgan tosh buyumlar to‘plamlari muhim ahamiyat kasb etadi. 1963-64 yillar mobaynida YU.A.Zadneprovskiy vodiyning markaziy sarhadlarida keng ko‘lamda tadqiqot olib borib, 21 ta tosh davriga tegishli makonlar kashf etishga muvaffaq bo‘lgan. 1965 yilgi O‘z R FA tarix, arxeologiya va etnografiya Institutining Farg’ona paleolit guruhi So’x daryosi vohasida tadqiqotlar natijali bo’lib, Katrantov tog’ tizmasi janubiy yon bag’rlari ibtidoiy davr moddiy madaniyatini o’rganishda ko’p manbalar berdi. Xususan, 28 ta g’or va tog’ o’ngurlari arxeologik xaritaga olindi. Jumladan, 1966 yili Selung’ur g’or makoni Haydarkon yaqinida ma`lum bo’lgan bo’lsa, shu yilning o’zida Obishir I vaV g’or makonlari ham taddqiqot etilishi muhim bo’ldi. Jumladan, 1966 yil Obishir I makonida kichkina qidiruv shurfi qazib ko’rilganda buzilmgan madaniy qatlam va undan qayroqtosh qurollar Bilan bir paytda, mikrolit qurollar ham topilishi juda ahamiyatli bo’ldi. Shu yilning o’zida Obishir V makoniga 2 ta qidiruv shurfi tashlanib qiziqarli arxeologik manbalar qo’lga kiritilgan. 1966-1967- yillar 1969-1971 yillar va 1973 yillar bu makonlarda tizimli ravishda qazilmalar o’tkazildi. Bu tadqiqotlar asosida to’plangan arxeologik manbalar asosida aniqrog’i tipologik analiz yodgorliklarni o’rta mezolit davri moddiy madaniyatiga ta`luqli ekanligini ko’rsatdi. Ana shu materiallar asosida O’. Islomov Obishir madaniyatini mustaqil mezolit davri madaniyati sifatida ilmiy asoslagan. So’xdan topilgan Obishir I va V makonlari bilan bir qatorda ochiq holatdagi Chashma manzilgohi ham topilgan. Keyingi yillarda vodiyning neolit davri jamoalari madaniyati tadqiqoti ishlari asosan U.Islomov, V.I.Timofeevlar tomonlaridan bajarilib, tadqiqotlar natijasi sifatida mustaqil «Markaziy Farg‘ona» neolit madaniyati ajratilib, ilmiy asoslangan.
2014 yili O‘zR FA arxeologik tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi B. Abdullaev Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qo‘shtepa 2 yodgorligi tadqiqoti jarayonida 4 metrlik chuqurlikdan qiziqarli tosh qurollari to‘plamini qo‘lga kiritgan. 2016 yili Arxeologiya instituti xodimlari tomonidan tashkil topgan guruh Qo‘shtepa materiallarini o‘rgangan va qo‘shni hududlarda arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirib Qo‘rg‘ontepa tumani Sultonobod massivida Ko‘kbuloq, Oloy tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘rida Qo‘turbuloq kabi paleolit davriga oid yodgorliklarni aniqlab.qazilma ishlarini amalga oshirilgan (Matbabaev B. X., Abdullaev B. M., Hoshimov H. B.,Sayfullaev B. Q. Andijon viloyatida ibtidoiy odam izlari.
O‘rta Osiyo hududi tosh davri jamoalarining moddiy madaniyatini o‘rganishda Ustyurt platosi miqyosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari ham ahamiyatli hisoblanadi. O‘tgan asr 60-70 -yillari A.V.Vinogradov, E.Bijanovlar tomonidan amalga oshirilgan arxeologik izlanishlar natijasida ilk va o‘rta paleolit davriga oid Barsakelmas pastqamligining g‘arbiy va shimoliy qismi Esen qirliklarida Esen 1,2,4-6 tosh ustaxonalari, Qoraquduq, Shaxpaxti kabi yodgorliklar tadqiq etilgan. E.Bijanov shu yillar davomida Esen 3, Churuk 12 kabi bir qator so‘nggi paleolit davri yodgorliklarini tadqiq etishga erishgan.
Ustyurt platosi mezolit davri yodgorliklar o‘tgan asr 70-80-yillari E.Bijanov, M.Xojaniyazov, N.Yusupov, A Avizovalar tomonidan tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida 30 dan ortiq mezolit yodgorliklari aniqlanib o‘rganilgan. Ular Aydabol, Oqtayloq, Churuk, Oqto‘ba yodgorliklari guruhi hamda Qiyshiq-Shungir, Jarin-quduq,Kosxotun, Daxli, Say-o‘tis, Kugesem 4, Sulayma kabi yodgorliklar hisoblanadi.
Hozirgi kunda Ustyurt platosining deyarli barcha sarhadlarida neolit jamoalariga tegishli makonlar kashf etilgan bo‘lib, ularning umumiy soni 150 taga yaqin. E.Bijanov neolit makonlari tosh industriyasi xarakteri, tosh qurollari tipologik tahlilidan kelib chiqib, neolit jamoalari moddiy madaniyatini quyidagi uchta taraqqiyot bosqichiga bo‘ladi: 1. Ilk neolit – Oqtoyloq 1, Oqto‘ba 2, CHuruk 2, 3, 7, Jarinquduq 2, Aydabal 2, 4, 7, 10, 20, 23 kabi makonlardan iborat bo‘lib, ularning moddiy madaniyati mil. avv. VI-V ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. 2. O‘rta (rivojlangan) neolit (mil.avv. V-IV ming yilliklar) – Kosbuloq- 5, 7; CHuruk- 5, 6, 8, 9; Allam 3, Aydabal 3, 5, 8, 13, 19, 24, 26; Jarinquduq kabi makonlardan iborat.3. So‘nggi neolitga (mil.avv. IV-III ming yilliklar) – Isatay- 3, CHuruk -1, 4, Kaskajol, Oqtumsiq, Kugesem kabi makonlar kiritilgan.
Xullas, o‘tgan asr 40-yillari 2-yarmi-50- yillardan e’tiboran tosh davri yodgorliklari tadqiqoti yanada jadallashib ketgan. Bu davrda o‘rganilgan yodgorliklar jumlasiga Turkmanistondagi Yangadja, Tojikistondagi Qizilqal`a, Ko’hipiyoz, Qayroqqum, Qayqitov, Qirg’izistondagi Xo’jago’r, Onorcha, Qayrag’och, Uchqo’rg’on, Polman va Janubiy Qozog’istonning Qoratov atrofidan hisobga olingan yodgorliklarni kiritish mumkin. Xususan, 1954 -1961 yillarida Qayroqqum manzilgohi, 1954 -1955 yillarida Xo’jagur makoni, 1957-1964 yillarida Qorabo’ri yodgorligi, 1958–1959–yillarda Xo’jakent, 1961-1963-yilllarda Jarqo’ton , 1971- 1972 yillarda Zirabuloq,1971–1972 yillarda Qo’tirbuloq , 1962 -1970 yillarda Obirahmat, 1958-1972 yillarda Samarqand makoni kabilar tadqiq etilgan. Bulardan tashqari keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli yana bir qancha yodgorliklar topilib o’rganildiki, ular O’rta Osiyo paleolit davri tarixini mazmunan ma`lum darajada boyitdi. Bunga misol qilib Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalaridan, so’ngra O’zbekistonning Farg’ona, Ohangaron vodiylaridan, keyingi yillarda esa Qoraqalpog’istonning Ustyurt o’lkasidan topilgan materiallarni ko’rsatib o’tish mumkin.
SHu yillari maboyinida O‘rta Osiyo tosh davri jamoalari moddiy madaniyatiga oid qator dissertatsion tadqiqot ishlari ham bajarilgan. Xususan, 1957 yili A.V.Vinogradov “Kelteminarskaya kultura” mavzusida, 1966 yili M.Djurakulov “Istoriya izucheniya kamennogo veka Sredney Azii” mavzusida, 1966 yilda G. F.Korobkova “Orudiya truda i xozyaystvo neoliticheskix plemen Sredney Azii” mavzusida, 1965 yili YU.K.Berdiev “YUjnaya Turkmeniya v epoxu neolita” mavzusida, 1963 yili U.Islamov “Neoliticheskaya kultura v nizovyax Zerafshana” mavzusida, 1962 yili M.R.Kosimov “Kremneobrabatыvayuщie masterskie kamennogo veka v Sredney Azii” mavzusida, shuningdek, V.M.Masson, E. Bijanov V.A.Ranov, N.Tashkenbaev, T.Mirsoatovlar hamda 1968 yili R.X. Suleymanov “Grot Obiraxmata i opыt matematiko-statisticheskogo izucheniya obiraxmatskoy kulturы” mavzusida, S.Hamrakuliev 1981 yilda «Kamennыy vek Pribalxanya (Vostochnoe Prikaspie)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishgan.
O‘rta Osiyoning XX asr oxiri va XXI asr boshlarida tosh asri yodgorliklari o‘rganilishi tarixi, yodgorliklar tadqiqotida xorijiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida O‘rta Osiyo tosh asri yodgorliklarini o‘rganish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab xalqimizning qadim o’tmishi, shonli tarixi, ajdodlarimizdan qolgan nodir madaniy merosni ilmiy o’rganish kun tartibiga qo’yildi. Xususan, ilm-fan, ma`naviy-ma`rifiy, ta`lim -tarbiya sohasida chuqur islohatlar keng miqyosda amalga oshirildi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1998 yil yozida Respublikamizning bir guruh yetakchi tarixchi, arxeologlari bilan o’tkazgan uchrashuvidagi ko’rsatmalari, Respublika Vazirlar Mahkamasining “O’zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” chiqqan qarori istiqbolda tarixchi, arxeologlar tomonidan o’tkaziladigan tadqiqotlarning dasturi amali bo’lib xizmat qildi. Mazkur qarorning arxeologiyaga tegishli bandlari asosida “O’zbekistonda Arxeologiya fanini rivojlantirish kontsepsiyasi” ishlab chiqildi. “Ta`lim to’g’risida” qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, ijrosi ta`minlanmoqda. Barcha fanlar qatori Respublikamiz mustaqilligi yillari O’zbekiston arxeologiyasi fani ham ravnaq topdi. Arxeologiya sohasida jahonning yetuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Bu fanning ravnaqida Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan xalqimizning o’tmish, boy madaniy merosini o’rganishga hukumatimiz tomonidan e`tibor, g’amxo’rlik ko’rsatilganligi alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan fikr yuritadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yil 25 avgustda Surxondaryo viloyatiga qilgan tashriflari davomida arxeologiya fanini rivojlantirish, arxeologik yodgorliklar tadqiqoti borasida bildirgan fikr mulohazalari hamda bu masalada bergan topshiriq, ko’rsatmalari va ular yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 19 dekabr PQ-4068 “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunga yaqqol dalildir.
Vatanimiz mustaqilligi yillarida O’zR FA arxeologiya instituti keng qamrovli fundamental arxeologik tadqiqot ishlarini amalga oshirish ishlariga rahnomolik qildi va qilmoqda. Bu fundamental tadqiqotlar O’zbekistonning eng qadimgi tosh davri makonlari; bronza davridan to arablar istilosigacha moddiy-madaniyat; o’rta asrlar arxeologik komplekslari yodgorliklarni ximiyaviy tamirlash kabi sohalarni qamrab olgan. Bu tadqiqotlar natijalari Vatanimiz sarhadlarida antropogenez jarayoni masalasini oydinlashtirish, tosh davri jamoalari madaniyatining avtoxton tarzda, uzluksiz, tadrijiy davom etib kelayotganligi, ilk shaharsozlik madaniyati, o’zbek davlatchiligi tarixini arxeologik ashyolarda asoslanishi kabi dolzarb masalalar yechimida muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ma`lumki, hozirgi kun jaxon fanida odamzodning paydo bo’lishi va uning ilk vatani masalasi eng dolzarb masala bo’lib, bu borada mutaxassis olimlar turli ilmiy qarashlarni ilgari surishmoqdalar. U.Islomovning Sel-Ungur g’orida olib borgan tadqiqotlari natijalari Vatanimiz xududida bundan 1 mln 200 ming yil oldin odamzod tamonidan o’zlashtirilganligini isbotladi. Antropogenez masalasida 2004-2005 yillar Qo’rg’oshin qal`aning sharqiy tamonida joylashgan Qorachuri degan joyda must`e, so’nggi paleolit jamoalariga tegishli makonlar kashf etilishi ham muhim bo’ldi. Shuningdek, Sulton Uvays tog’ tizmalari janubiy yon bag’ri, Qizil qal`a qishlog’i shimoliy- sharqiy tomonida paleolit makoni aniqlandi.
Paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda O’zR FA arxeologiya xodimlari tomonidan Qizilqumning Ko’kayaz pastqamligida qator ashel, muste yodgorliklarining topilishi, SamDU arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 2000 yili O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’rida Sazag’on qishlog’i markazida Olmabuloq yonida paleolit makonini kashf etilishi ham ahamiyatli. Shuningdek, bu davr jamoalari modiy madaniyati tadqiqoti bo’yicha Rossiya FA Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo’limi va O’zb FA arxeologiya instituti hamkorlikda 1998 yildan e`tiboran Obi-Raxmat g’or makoni tadqiqoti natijalari muhim bo’ldi. 10 metr qalinlikda madaniy qatlam 22 ta stratigrafik qatlamga ajratildi. Obi-Raxmat g’oridan topilgan odam qoldig’i kramonyon odamining bir turi bo’lib chiqdi «Obiraxmat odami». Bu tadqiqotlar A.P.Derevyanko va U.Islamov raxbarligida amalga oshirildi. 2001 yili U.Islamov raxbarligida O’zR FA arxeologiya instituti bir guruh xodimlari Angren vohasida komplekst ravishda tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Vatanimiz janubiy hududida joylashgan Teshiktosh g’or makonida ham 2002 yil O’zbek- Rossiya qo’shma ekspeditsiyasi qayta tekshiruv ishlarini amalga oshirdi. G’ordan chekkaroqda tekshiruv shurfini qazib ko’rishdi. Qazish jarayonida qimmatli arxeologik manbalar qo’lga kiritilinib, bu makon Teshik-tosh 2 makoni deb nomlandi. 2007-2011 yillari Ko’lbuloq yodgorligida xalqaro Markaziy Osiyo paleolit otryadi tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. 1998 yildan Rossiya FA Sibir bo’limi arxeologiya,etnologiya institutining xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan tosh davri yodgorliklarini tizimli o‘rganish ishlari amalga oshirila boshlandi. Xususan, Dodekatim-1,2, Qizilolma-2, Paltov kabi yangi paleolit yodgorliklari kashf etildi, Ko’lbuloq yodgorligida tadqiqotlar davom ettirildi. Qashqadaryo vohasi muste davri jamoalari moddiy-madaniyatini o’rganishda O’zbekiston-Amerika arxeologik ekspeditsiyasining 2001, 2002, 2003 yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlari muhim bo’ldi. Bu tadqiqotlar R.N.Sulaymonov, M. Glantz, P.Shrauber, P.Xuges, E.T. Fyodorovlarlar tomonidan amalga oshirilib tosh davriga oid bir qancha yodgorliklar kashf etilgan. Bular Shaxrisabzdan shimol tomonda Oyoqchi tog’ tizmasida joylashgan Kattakamar va Angillak g’or makonlari xisoblanadi. Kattakamar g’or makonida madaniy qatlam o’rganilib 200 ga yaqin tosh buyumlar kolleksiyasi topilgan. R.N. Sulaymonov hamda geolog E.T. Fyodorovlarning fikricha bu yodgorlik muste davri jamoalariga tegishlidir.Tosh qurollari, qirg’ichlar, tosh o’zaklari, teshgich, kesgich, poykansimon qurollaridan iborat.Angilak g’ori. Bu yodgorlik 2001-2003 yillar yuqorida zikr etilgan ekspeditsiya xodimlari tomonidan o’rganilgan bo’lib, madaniy qatlamdan 500 ga yaqin tosh buyumlari topilgan. 1999 yili O‘zbek-Fransuz geografik-arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan SHimoliy-SHarqiy Qizilqumda Ko’kayaz havzasidan paleolit davriga Ko’kayaz 1,4,8 yodgorliklari tadqiq etildi. Keyinchalik bu mintaqada yana qidiruv ishlari bajarilib, 8 ta punkt tosh qurollari bilan topilgan va bu punktlardan topilgan tosh qurollari texnik-tipologik tahliliga ko’ra ular tosh qurollarini yasashga mutaxassislashgan ustoxona deb eneolit davri bilan sanalanmoqda.
Paleolit davri jamoalari modiy madaniyati tadqiqoti bo’yicha Rossiya FA Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo’limi va O’zb FA arxeologiya Instituti hamkorlikda 1998 yildan e`tiboran Obi-Raxmat g’or makonida tadqiqot ishlarini amalga oshira boshlaganligi muhim ilmiy axamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishlari 1998-2001 yillari bajarilib, 10 metr qalinlikda madaniy qatlam 22 ta stratigrafik qatlamga ajratildi. 2001 yilgi tadqiqot natijasi juda sermahsul bo’lib, o’rta paleolit davri madaniyatidan so’ngi paleolit davriga o’tishni tosh qurollari evolyutsiyasi orqali kuzatish imkoni bo’ldi. Bu tadqiqotlar natijalaridan eng muhimi Obi-Raxmat g’oridan odam qoldig’i topilgani hisoblanadi. Bu kramonyon odamining bir turi bo’lib chiqdi. Bu tadqiqotlar A.V.Derevyanko va U.Islomov raxbarligida amalga oshirildi. 2001 yili U.Islomov raxbarligida O’zR FA arxeologiya instituti bir guruh xodimlari Angren vohasida kompleks ravishda tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Qo’lga kiritilgan yangi manbalar makoni so’nggi paleolit davri ilk bosqichlariga oid makon ekanligini ko’rsatdi.
Vatanimiz janubiy hududida joylashgan Teshiktosh g’or makonida ham 2002 yil O’zbek- Rossiya qo’shma ekspeditsiyasi qayta tekshiruv ishlarini amalga oshirdi. G’ordan chekkaroqda tekshiruv shurfini qazib ko’rishdi. Qazish jarayonida qimmatli arxeologik manbalar qo’lga kiritilinib, bu makon Teshik-tosh 2 makoni deb nomlandi. 1994-1995 yillari Jarsoy yodgorligi, 2005 yili Paltov yodgorligi, 2006-2010 yillarida Dodekatim 2. 2007-2013 yillarida Ko‘lbuloq yodgorligida qayta tadqiqot ishlari,2007-2008 yillari Qizilolma qazilmalari, 2013 yilda Kattasoy yodgorliklarida tadqiqotlar amalga oshirilgan. O‘zbekiston va Polsha xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari (K.Shimchak, M.Xo‘janazarov, R.Suleymanov, N.Tashkenbaev) tomonidan 1994 yildan Qo‘turbuloq paleolit makonida qayta tekshiruv ishlari amalga oshirilgan. O‘zRFA arxeologiya instituti arxeologik guruhi tomonidan keyingi yillarda Urgut, Narpay, Paxtachi, Jizzax, Farg‘ona vodiysida paleolit davri yodgorliklarini topish borasida arxeologik izlanishlar amalga oshirilgan.
Xullas, keyingi yillar maboyinida O’zbekiston must`e davri paleoekologik sharoiti, jug’rofiyasi, jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda yangi manbalar qo’lga kiritilishiga erishilgan. Bu manbalar muste davri ijtimoiy tuzumi, jamoalar kunlik turmush tarzi, mashg’ulotlari, ma`naviy kechinmalari, ko’mish bilan bog’liq urf-odatlari, jamoalar madaniyati o’ziga xos xususiyatlari, madaniy aloqalar va madaniyatlar kelib chiqishi ildizlari borasida qimmatli ma`lumotlar berdi.
1995-2005 yillari O‘zbekiston-Polsha, 2006 yildan O‘zbekiston-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyalari Quyi Zarafshon vohasida Oyoqog‘itma neolit yodgorligida tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan.
O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Tokiya universiteti muzey o‘rtasida 2013 yili O‘zbekistonda tosh asri yodgorliklarini o‘rganishda hamkorlikda tadqiqot ishlarini amalga oshirish borasida ilmiy loyiha imzolangan. Ushbu loyihaga ko‘ra izlanishlar olib borilib, Nurota tog‘ tizmasi yon bag‘rida Poshshot o‘rta paleolit yodgorligi aniqlangan, 2013-2014 yillarda Qoratepa tog‘ tizmasi janubiy yon bag‘ridagi Angilak paleolit davri g‘or makonida 4 m.kvadrat madaniy qatlam o‘rganilgan hamda 2015 yili Surxandaryo xududi Machay daryosi vohasida arxeologik qidiruv ishlari olib borilib 19 ta g‘or, ungurlar o‘rganilgan. Qaynarkamar, Qorang‘i dara, Sigirtosh, Boltaboykamar, Dunyokamar, Xo‘jadeyakkamar, Haydar 1-4, Kichik Kamar, Ayrama katta kabilar yangi arxeologik xaritaga olindi.
2016 yili O‘zbekiston-Xitoy xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi hodimlari Jou Sing va U. I. Raxmonov lar tomonidan To‘da 1 g‘or makoni topilgan. YOdgorlik Boysun shaharidan 16 kilometr g‘arbiy tomonda, dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan. G‘orning o‘lchamlari quyidagicha: g‘orning og‘zi qismi eni 5 metr, balandligi 3 metr, g‘orning tubi tomon chuqurligi 15 metr. 1917 yili yili 2x3 metr kvadrat o‘lchamli qazilmada tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va qiziqarli manbalar qo‘lga kiritilishiga erishilgan.
Respublikamiz mustaqilligi yillarida O‘zbekiston hududi tosh davri jamoalari moddiy madaniyati bo‘yicha qator dissertatsion tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, Djurakulov M.D. Kamennыy vek basseyna Zarafshana. Samarkand. Avtoref. na soisk. uch.stepeni, d.i.n.-Samarkand, 1992.47 s; Xolmatov N.U. Neolit Srednego i Nijnego Zarafshana Avtoref. na soisk. uch.stepeni, k.i.n.-Moskva,1991. Bijanov E.B. Kamennыy vek Ustyurta Avtoref. na soisk. uch.stepeni, d.i.n.- Tashkent,1996, Sayfullaev B.K. Paleolit dolinы reki Zarafshon i Severo-Vostochnыx Kыzыlkumov. Avtoref. na soisk. uch.stepeni, k.i.n.-Samarkand, 2002, Kraxmal K.A. Drevniy kamennыy vek Ferganы. Avtoref. na soisk. uch.stepeni, k.i.n.-Samarkand, 2004, Djuraqulova D.M. Kulturы kamennogo i bronzovogo veka Zarafshanskoy dolinы. Avtoref. na soisk. uch.stepeni, k.i.n.- Samarkand, 2009, Mirsoatova S.T. O‘zbekistonda tosh davri madaniyatlari muammolari.- Tarix fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati, Samarqand, 2011, N.Xushvaqtov Pozdniy paleolit Tashkentskogo oazisa (texniko-tipologicheskoe issledovanie po materialam verxnix (I-III) sloev Kulbulaka).- Avtoref. na soisk. uch. stepeni, k.i.n.- Samarkand, 2011, A.N.Xolmatov Nurota tog‘ tizmasi qoyatosh rasmlari texnika-tipologiyasi va tarixiy tahlil, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, Samarqand, 2019, H.B.Hoshimov Oyoqog‘itma makoni-ilk neolit davri tosh industriyasi - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, Samarqand, 2019, Xolmatov N.U. Sazog‘on madaniyati va uning O‘zbekiston neolit davrida tutgan o‘rni. Tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati, Samarqand, 2019.
Samarqand davlat universiteti arxeologik guruhi o‘tgan asr 40- yillari 2- yarmidan e’tiboran O‘rta zarafshon vohasida tosh asri yodgorliklari tadqiqoti ishlarini boshlagan bo‘lsa (D.N.Lev), bu tadqiqot arxeologiya kafedrasi olimlari tomonidan (M.D.Djurakulov, N.Xolmatov, D.M.Djurakulova) hozirgi kunga qadar muntazam ravishda davom ettirilib kelinmoqda. Bu tadqiqotlar esa O‘rta Zarafshon vohasining tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda nihoyatda istiqbolli mintaqa ekanligini ko‘rsatdi. SHu bois, biz O‘rta Zarafshon vohasi tosh asri yodgorliklarining o‘rganilishi tarixini alohida yoritishni lozim topdik.
O‘rta Zarafshon vohasi neolit davri jamoalarining moddiy madaniyatini o‘rganish tarixini shartli ravishda 3 ta bosqichga bo‘lish mumkin: 1-bosqich - XIX acp oxiri XX asr 1-yarmini o‘z ichiga olib, unda O‘rta Zarafshon vohasida tosh davri jamoalari moddiy madaniyatiga oid dastlabki tasodifiy topilmalar tafsiloti hamda dastlabki arxeologik yodgorliklar qazilmalarining natijalari bayon etiladi; 2-bosqich -o‘tgan asr 40-yillar 2-yarmi 80- yillarini o‘z ichiga olib, undaO‘rta Zarafshon vohasida tosh davri yodgorliklarining tizimli ravishda tadqiq etilishi va ular natijalari bayoni keltiriladi. 3-bosqich Respublikamiz mustaqilligi yillarini o‘z ichiga olib, unda Zarafshon vohasida tosh asri yodgorliklari o‘rganilishi tarixi yoritiladi. Asosan, O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘rida Sazog‘on neolit madaniyati tadqiqoti tarixi va natijalariga e’tibor qaratilgan holda Quyi Zarafshon vohasida xorij bilan hamkorlikdagi xalqaro arxeologik ekspeditsiyalarining (O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya) tadqiqoti natijalari keltirilgan. SHuningdek, yodgorliklar tadqiqotida xorijning soha mutaxassislari bilan hamkorlik hamda zamonaviy tadqiqot usullari qo‘llanilgani bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |