Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet16/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Selung‘ur g‘or makoni. Selung‘ur g‘or makoni O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respubliklari chegarasi Farg‘ona vohasining Haydarkon pastqatlamligi So‘x daryosining yon qirg‘og‘ida joylashgan (1-rasm). YOdgorlik joylashgan joy dengiz sathidan 2000 metr balandlikda hisoblanadi. Ushbu g‘or makoni 1955 yili A.P.Okladnikov va V.Konopley tomonidan ochilgan va dastlabki tekshiruv ishlari amalga oshirilgan. 1965 yili M.Qosimov yodgorlikda qisman arxeologik qazishma ishlarini olib borgan. Selung‘ur g‘or makoni 1980 yildan akademik O‘.Islomov tomonidan muntazam ravishda o‘rganila boshlangan. Selung‘ur g‘or makoni tadqiqotida T.Omonjulov, A. Eldzarova, A.R. Botirov, akademiklardan V.P. Okladnikov, A.P. Derevyanko, V.P. Alekseevlar, A.A. Velichko, Moskva davlat universitetidan V.M.Xaritonov, A.A.Zubov kabi mutaxassislar ishtirok etishgan. Arxeologik qazilma ishlari 8,5 metrgacha bo‘lgan qalinlikdagi tuproqli qatlamda amalga oshirilgan bo‘lib, bunda 0,3-1,0 metrgacha qalinlikdagi toza qatlam bilan ajralib turuvchi 5 ta madaniy (3-madaniy qatlam yana 3 ta mikro qatlamga bo‘lingan) qatlam aniqlangan. Bu madaniy qatlamlarning qalinligi 20 santimetrdan 0,5 metgacha boradi. Geoxronologik, biostratigrafik tadqiqotlar ko‘rsatishicha yodgorlikning antropogen qatlamlari plestotsenning ilk bosqichiga oiddirMadaniy qatlamlardan A.R.Botirov tomonidan 5500 dan hayvon suyaklari qoldiqlari topilib, ular 37 ta turdagi yovvoyi hayvonlarga tegishli ekanligi aniqlangan. Tadqiqotchilar ko‘rsatishicha, madaniy qatlamlardan hammasi bo‘lib 1417 dona tosh buyumlari topilgan bo‘lib, ularning 852 donasi uchirindilar, ishlab chiqarish chiqindilari, 306 donasi tosh qurollari, 38 donasi tosh o‘zaklari hisoblanadi. O‘.Islomov, T.Omonjo‘lov, K.A.Kraxmal tosh buyumlarni tipologik, morfologik va funksional jihatdan tadqiq etishib, O‘rta Osiyo miqyosida ashel davri tosh qurollarining tipologiyasini ishlab chiqishgan. Bu tipologiyada sferoid, kliver, piki kabi qurollar O‘rta Osiyo bo‘yicha birinchi marotoba ajratilgan. Bu turdagi qurollar Afrikaning Olduvay, Aljirdagi Ayn Xanesh, Yaqin Sharqdagi Ubaydiya, Djisar-Banat-YAkub kabi ilk paleolit davri yodgorliklaridan topilgan bo‘lib, tadqiqotchilar ko‘rsatishicha, Selung‘ur yodgorligidan topilgan, yuqorida nomlari keltirilgan tosh qurollari ularga o‘xshash.Selug‘gur makoni tosh buyumlari to‘plamining 11 % ini bifas, qo‘l cho‘qmorlari, rubila,kliver, 9 dona chopper,chopperning, 78 dona uchirindilar va ularning siniqlari, bo‘laklari tashkil etadi(2-rasm). To‘plamning 47%i srebla qurollaridan iborat. Madaniy qatlamlar tadqiqotida mahalliy tabiiy tog` jins parchalari va siniqlaridan tayyorlangan qo`l chopqisi, qo‘l cho‘qmorlari, chopperlar, to‘mtoq boltalar, pichoqsimon va tishli ish maydoniga ega bo‘lgan arxaik qo‘pol tosh qurollari, limas tipidagi tosh qurollari, tayyak tipidagi teshgich qurollari ham topilgan. O‘.Islomov ko‘rsatishicha bu qurollar Old Osiyoning Ubaydiya yodgorligi qurollariga o‘xshash. Madaniy qatlamlardan olingan analiz namunalari yodgorlikning yoshi mil.avv. 1,1 mln. 750 ming ekanliginii ko‘rsatdi. Eng muhimi, ikkinchi madaniy qatlamdan odam bosh suyagi engak qismining bir bo‘lagi hamda turtta tishi , uchinchi madaniy qatlamda esa yakka xolda 10 ta tish va odam elka suyagining bir bo‘lagi topildi. Bu arxantrop odami qoldiqlari antropolog A.L.Zubov, V.P.Alekseevlar tomonidan o‘rganilgan, bo‘lib Markaziy Osiyodagi eng qadimgi antropologik topilma, ya’ni arxantrop odamlari vakili deb ta’kidlandi.

O‘. Islomovning Selung‘ur g‘orida olib borgan ishlari natijasi­da hozirgi kunda O‘rta Osiyo hududida yashab kelayotgan xalqlar ta­rixi qadimiy mahalliy ildizlarga ega ekanligi, ular uzluksiz ravishda taraqqiy etib kelganligi isbotlandi. Demak, «Farg‘ona odami», «Obiraxmat odami», «Teshiktosh neondertal bolasi» hamda O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davriga oid antropologik topilmalarning qoldiqlari ona zaminimizga bironta qo‘shni hududdan aholi migratsiyasi natijasida odamlar kelib qolmagani, balki bizning ajdodlarimiz tagli-tugli, mahalliy xalqlar bo‘lganligi, bu hududlar dunyo miqyosida antropogenez jarayoni ro‘y bergan mintaqalar qatoriga kirishini yaqqol ko‘rsatadi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish