Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet18/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Toshsay topilma joylari ham Ko‘lbuloq yodgorligi atroflaridan topilgan. Birinchi topilma joyi Ko‘lbuloq yodgorligidan 250 metrlar chamasi shimol tomonda Toshsoyning g‘arbida soyning qadimgi yuqori yon terrasasida joylashgan. Tosh buyumlari to‘plamida arxaik ko‘rinishdagi tosh qurollari bo‘lib, chopperlar, klekton tipidagi tosh qurollari, arratishli, chuqurchali ish maydonlariga ega bo‘lgan qo‘pol ishlangan tosh qurollarining uchratilishi bu topilma joyini ilk paleolit davri bilan yoshlashga imkon bergan.Toshsoyning o‘rta terrasasida ikkinchi topilma joyi joylashgan bo‘lib, bu joydan ham qiziqarli tosh buyumlar to‘plami topilgan. Tosh qurollarining tipologik tahlili ularni levallua-muste davriga oid tosh qurollari ekanligini ko‘rsatdi. Xullas, bu joylar odamzod tomonidan ilk paleolit davridan o‘zlashtirilgan ekan.

Tojikiston hududi ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganish ishida A.Lazarenko, V.A.Ranovlarning tadqiqotlari natijalari muhim bo‘ldi. Xususan, A.Lazarenko 1972 yili Janubiy Tojikiston hududi tog‘ yon bag‘rida soz tuproqli qatlamda 1-ilk paleolit jamoalariga tegishli qo‘l cho‘qmorini topishga muvaffaq bo‘ldi. (Lazarenko, Ranov, 1975, 69-71 betlar). SHundan so‘ng, V.A.Ranov bilan hamkorlikda soz tuproqli qatlam yaxshi qalin saqlangan joyda statigrafik ma’lumot olinib xronologik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi 9 ta qatlamni aniqlashdilar. Eng muhimi bu qatlamlar geologik jihatdan joylanishi ketma-ketligi xronologik yoshi geologik, geomorfologik, minerologik, paleogeografik, paleonologik, paloemagnitik ma’lumotlarga asoslanib belgilandi. V.A.Ranov ana shu Janubiy Tojikistonda soz tuproqli qatlam statigrafiyasini asos qilib olgan holda mazkur mintaqadan topilgan ilk paleolit jamoalariga tegishli bo‘lgan tosh qurollarni (qo‘l cho‘qmorlari, chopper, chopping tipidagi qurollar, qayroqtosh qurollar) ana shu stratigrafik qatlamlarga joylashtirib chiqishga erishgan. Tojikiston hududi ilk paleolit jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda shubhasiz V.A.Ranovning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. V.A.Ranov Tojikiston hududi bo‘yicha ilk paleolit davriga oid 8 ta makonni arxeologik xaritaga belgiladi. Shu makonlar ichida 2 tasida Qoratov-1, Laxuti-1 makonlarida bevosita arxeologik qazilma ishlari amalga oshirildi.



Qoratov ilk paleolit makoni. Bu makon Dushanbe shahridan 50 km chamasi janubiy-sharqiy tomonda YAvan tog‘ tizmasi yon bag‘rida joylashgan. Makon joylashgan joy Vaxsh daryosi sathidan 1125 m balandlikda bo‘lib, soz tuproqli qatlam qalinligi ba’zi joylarda, 100 metrlardan oshadi. Bu makon V.A.Ranov, A.A.Lazarenkolar tomonidan, 124 kv metr maydon sathida madaniy qatlam atroflicha o‘rganilgan. Arxeologik qazish jarayonida, 207 dona tosh buyumlar kolleksiyasi to‘plangan. Tosh buyumlarning 56 foizida, odamzod tomonidan qayta ishlov berilganligi izlari ko‘rinib turibdi. Tosh buyumlar ichida, tosh qurollari ko‘pchilikni tashkil etmaydi.Tosh buyumlarning 20 foizi unchalik sifatli bo‘lmagan chaqmoqtoshlardan yasalgan. Qolgani esa shubhasiz qayroqtoshlardan yasalgan. Otsheplar va ishlab chiqarish chiqindilari shubhasiz, qayroqtoshlardan qo‘pol ravishda uchirib olinganligining mahsuli hisoblanadi. Ucirindilar ham ko‘pchilikni tashkil etmaydi. V.A.Ranov fikricha, Qoratov-1 makonidan topilgan otsheplar o‘z ko‘rinishlari bilan klekton tipidagi otsheplardan keskin farq qiladi. Bu fikrni Z.A.Abramova ham qo‘llab quvvatlagan. V.A.Ranov ko‘rsatishicha, makonda yaxshi ishlov berilgan tosh o‘zaklari makonda uchratilmagan. Shuning uchun ham paraqa qurollar mavjud emas. V.A.Ranov tosh qurollar tipologiyasini ishlab chiqgach, yaxshi ishlov berilgan chopperlardan tashqari, qirg‘ichlar, teshgichlar, qirg‘ichsimon qurollarni ham ajratgan (4-rasm). Lekin bu qurollarda qayta ishlov berish izlari unchalik yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Qoratov-1 makoni joylashgan joy A.Lazarenko aniqlashi bo‘yicha 5 chi, V.A.Ranov tadqiqoti bo‘yicha esa 5 chi stratigrafik qatlamda joylashgan. Termolyuminessent uslubi bo‘yicha bu 5 chi stratigrafik qatlam yoshi bundan 200 ming yil oldinga to‘g‘ri keladi. Shu nuqtai-nazardan Qoratov-1 makoni ilk paleolit davri jamoalariga tegishli makon bo‘lib chiqdi. Laxuti-1 ilk paleolit makoni. Bu makon Qoratovdan 80 km chamasi sharqda Obimozor daryosi o‘ng qirg‘og‘i Hovaling tumani Laxuti qishlog‘i qarshisida joylashgan. 1976 yili makonda arxeologik qazishma ishlari boshlanib 3 ta arxeologik mavsum jarayonida 216 kvadrat metr maydon sathida madaniy qatlam o‘rganilgan. Hammasi bo‘lib 452 dona tosh buyumlar kolleksiyasi yig‘ilgan. Tosh buyumlardan 50 foizida qayta ishlov berishga urinish faoliyati bilan bog‘liq izlar qoldig‘i kuzatiladi. Makon atroflicha V.A.Ranov tomonidan tadqiq etilgan. V.A. Ranov Laxuti-1 makoni tosh industriyasi o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab, tosh buyumlar asosan qayroqtoshlardan yasalgan deb hisoblaydi. Uning ko‘rsatishicha, Laxuti tosh qurollari Qoratov makoni qurollariga qaraganda, tipologik jihatdan ancha takomillashgan (5-rasm). Tosh o‘zaklari nafaqat disksimon, balki bir maydonli bir tomonlama ishlov berilganligi bilan xarakterlanadi. Tosh o‘zaklariga juda yaxshi ishlov berilgan. Tosh qurollariga ishlov berishda, hattoki levallua elementi ham yaqqol namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin. Otshepdan yasalgan qurollar, qirg‘ich qurollar, ish maydonlari tishsimon, chuqurchali ko‘rinishga ega bo‘lgan otsheplar ham to‘plamda ko‘pchilikni tashkil etadi. SHuningdek, chopper, chopping tipidagi qo‘l cho‘qmorlari ham ko‘plab topilgan. Tosh qurollari tipologik tahlili, V.A.Ranov ko‘rsatishicha, Qoratov qurollariga qaraganda ancha rivojlangan. Laxuti makoni joylashgan joy 5 chi stratigrafik qatlamning yuqori qismiga to‘g‘ri keladi. Bu qatlam geologik termolyuminessent metodiga ko‘ra xuddi ris-vyurm qatlamidek, bundan 130-120 ming yil oldingi sana bilan yoshlanmoqda.

Quldara ilk paleolit makoni. Bu makon Laxuti posyolkasidan 2 km masofada g‘arb tomon Obimozor daryosining Quldara irmog‘ida joylashgan. Makonda kompleks ravishda tadqiqot ishlari amalga oshirilib, bu tadqiqotlarda mutaxassislardan: geolog A.E.Dodonov, S.A.Nesmeyanov, paleobotanik M.M.Paxomov, tuproqshunos P.Lomov hamda fransuz arxeologi R. Detros kabilar ishtirok etishgan. Quldara makoni tadqiqoti V.A.Ranovga yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini bergan. Jumladan, yuqorida zikr etilganidek, soz tuproqli qatlam 9 ta stratigrafik qatlamdan emas, balki 12 ta qatlamdan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, keyingi 11 – 12 qatlamlar pleystotsen qatlamlari bo‘lmay yanada kadimiyroq pliotsen qatlamlari bo‘lib chiqdi. Bu pliotsen qatlami geologik jihatdan V.A.Ranov ko‘rsatishicha mashhur Motuyama manzilgohi joylashgan qatlamiga to‘g‘ri keladi. Qatlamning yoshi 850 – 750 ming yil bilan belgilangan. Makonning yoshini bunday bo‘lishini madaniy qatlamdan topilgan tosh qurollari ham isbotlab turibdi. Ya’ni qayroqtoshdan yasalgan qo‘l cho‘qmorlari, arxaik ko‘rinishdagi otsheplar mavjud (6-rasm). Tosh o‘zaklari, paraqa qurollar uchramaydi. SHu nuqtai-nazardan V.A.Ranov Quldara makoni moddiy madaniyatini Laxuti-1, Qoratov-1 makonlari moddiy madaniyatiga nisbatan qadimiyroq degan xulosaga kelgan. Tojikiston hududida ilk paleolit jamoalari moddiy madaniyatining tadqiqot etilishi quyidagi mulohazalarni bildirish imkonini beradi: 1. Janubiy Tojikiston hududi antropogenez jarayoni ro‘y bergan mintaqalar jumlasiga kiradi. 2. Tojikiston hududida tadqiqotlar asosida yaxshi stratigrafik ma’lumotlarga ega bo‘lgan makonlar kashf etilgan. Bu makonlar tosh industriyasi qayroqtoshli industriya bo‘lib, qayroqtosh madaniyati, qayroqtosh texnologik uslubi taraqqiyot bosqichlari ketma-ketligi barchasida, na Markaziy Osiyo, na Hindiston yoki boshqa qo‘shni hududlarda Tojikiston hududidek rivojlanishini kuzatish imkoni yo‘q. Demak, bizda Tojikiston hududi tosh davri taraqqiyot bosqichlarining barchasida qayroqtosh madaniyatini uzluksiz kuzatish imkoni bor. Buning sababi qayroqtosh qurollarini evolyusiyasini, huddi shu Tojikiston tosh davri makonlari moddiy madaniyati misolida bilib olamiz. Xulosa qilib aytganda, Tojikiston hududidan topib o‘rganilgan Quldara, Laxuti-1, Qoratov-1 kabi paleolit makonlari moddiy madaniyati asosida mazkur mintaqa odamzod tomonidan 850 – 750 ming yildan buyon o‘zlashtirilib, o‘ziga xos madaniyat yaratilib kelinganligini bilib olamiz. Bu esa, shubhasiz, O‘rta Osiyoni odamzod tomonidan qachondan boshlab o‘zlashtirilganligi masalasini oydinlashtirishda ahamiyatlidir. Ta’kidlash joizki, Tojikiston hududida ilk paleolit jamoalari madaniyat izlari bor ekan. Bu topilmalar, shubhasiz, Selungur g‘or makoni moddiy madaniyatini to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z jihatlari bilan to‘ldiradi. SHuningdek, yuqorida zikr etilgan, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududida tadqiq etilgan ilk paleolit jamoalari moddiy madaniyati kompleks ravishda ham Selungur g‘or makoni, ham Tojikiston ilk paleolit makonlari bilan birgalikda bu davr jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo xududini odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi masalasi xam o‘z mazmun mohiyatiga ko‘ra o‘ta muhim masala hisoblanadi. U.Islomov tomonidan Farg‘ona vohasida Sel-Ungur g‘orini atroflicha tadqiqot etilgunga qadar Teshik tosh g‘or makoni neandertal topilmasi asosida O‘rta Osiyoning odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi o‘rta paleolit davridan deb hisoblanib kelinar edi. Xattoki, ba’zi tadqiqotchilar tomonidan O‘rta Osiyo muste davri odamlarining kelib chiqishi masalasini Old Osiyo hududi paleolit jamoalari bilan bog‘lash faktlari ham mavjud bo‘lganligini e’tiborga olish mumkin. Bu masalada U.Islomovning Sel-Ungur g‘orida olib borgan tadqiqotlarining natijalari yangicha yondashuvni berdi. Sel-Ungur g‘ori materiallari asosida Vatanimiz xududida bundan 1 mln 200 ming yil oldin odamzod tamonidan o‘zlashtirilganligi isbotlandi. Demak, Sel- Ungur g‘or makoni tadqiqotlari natijalari masalasiga kelganimizda, bu yodgolik O‘.Islamov tomonidan o‘tgan asr 80 yillari o‘rtalaridan tadqiq etilganligini ko‘ramiz. Makonda qalinligi 30 sm. dan 1 metrgacha bo‘lgan 5 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Bu madaniy qatlamlardan tabiiy jins parchalari va siniqlaridan tayyorlangan qo‘l chopqisi, to‘mtoq boltalar, pichchoqsimon va arratishli ish maydonlari, tig‘lari bo‘lgan qurollar, qirg‘ichlar topilgan. Bu topilmalar bilan birgalikda o‘sha zamon hayvonlari suyak qoldiqlari, shuningdek arxantrop odam qoldiqlari ham topilgan. Tadqiqotchilar ko‘rsatishicha, Sel-Ungur g‘ori arxeologik manbalari ashel’ davriga oid bo‘lib, bu davrga oid bo‘lgan boshqa janub hududlari yodgorliklari manbalariga o‘xshash. Sel-Ungur g‘orining 2- madaniy qatlamidan arxantrop odami bosh suyagi engak qismi bo‘lagi, xamda 4 ta tishi topilgan. 3- madaniy qatlamdan esa alohida holda 10 ta tish va odam elka suyagining bir bo‘lagi topilgan. Antropologlar bu arxantrop odami qoldiqlarini o‘rganar ekan, ularni O‘rta Osiyo paleontroplarining alohida ajdodi ekanligini ta’kidlashdilar. Sel- Ungur g‘ori tadqiqoti jarayonidan qo‘lga kiritilgan arxeologik ashyolar tahlili ularni ilk pleystotsen davri oxirlariga taalluqli ekanligini ko‘rsatdi. SHu tariqa, Sel-Ungur g‘or makoni tadqiqoti natijalariga tayangan xolda Vatanimiz xududi bundan 1 mln 200 ming yil oldin odamzod tamonidan o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘ldi. Demak, ilk paleolit davrida odamzod yashashib, o‘ziga xos moddiy madaniyat yaratilgan ekan. Bu esa Vatanimiz hududini Er sharida antropogenez jarayoni ro‘y bergan mintaqalar sirasiga kirishini bildiradi. Buni Vatanimizning boshqa hudularidan ashel’ davriga oid makonlar topilishi xam tasdiqlab turibdi. Jumladan, yaqin yillar maboynida Qizilqum xududida Ko‘k- ayaz 1,2 nomli ashel’ davriga oid makonlar topilishi xam muxim bo‘ldi.O‘zbek –fransuz ekspeditsiyasi tomonidan Qizilqumda amalga oshirilgan arxeologik qidiruv jarayonida 2004-2005 yillar Qo‘rg‘oshin qal’aning sharqiy tamonida joylashgan Qorachuri degan joyda must’e , so‘ngi paleolit jamoalariga tegishli makonlar kashf etildi. SHuningdek, Sulton Uvays tog‘ tizmalari janubiy yon bag‘ri, Qizil qal’a qishlog‘i shimoliy- sharqiy tomonidan ham paleolit davriga oid tosh buyumlari to‘plamlari topilgan.

Turkmaniston hududi ashel-muste yodgorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar B.P.Boriskovskiy, A.P.Okladnikov, V.P.Lyubin, A.B.Viщnyaskiy, A.V.Vinogradov, E.Bijanovlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlari jarayonida qo‘lga kiritilgan.

O‘rta Osiyo miqyosida ilk paleolit davri jamolariga tegishli tosh qurollari to‘plamlari ko‘p madaniy qatlamli yodgorliklar va ko‘pincha tasodifiy topilma joylari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan. Ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekistonda Selungur, Ko‘lbuloq, Tojikistonda Qoratov, Laxuti, Quldara kabi madaniy qatlamlari yaxshi saqlangan yodgorliklar qazilma ishlari jarayonidan bizga ma’lum. SHuningdek, bu tarixiy davr jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida Turkmaniston hududida YAngadja, Alamkul 1, Djanak Koymat 2, Tojikiston sarhadlarida Qizilqala, Qo‘hipiyoz, Qayraqqum, Kaykitov, Qirg‘iziston hududida Ho‘jago‘r, On-archa,, Qayrag‘ach, Uchqo‘rg‘on, Palmon, Qizilqumda Ayaqag‘itma, Qorasigir, Echkiliksoy kabi topilma joylarning manbalari ham muhim ma’lumotlar beradi.

Xullas, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, O‘rta Osiyo sarhadlari kishilik tarixi taraqqiyoti bosqichi ilk davrlaridanoq, ya’ni ilk paleolitdan e’tiboran odamzod tomonidan o‘zlashtirilgan ekan. Bu haqda tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan arxeologik, antropologik manbalar dalolat beradi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish