Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet11/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

3-bosqich. Zarafshon vohasi tosh davri, xususan neolit jamoalari moddiy madaniyatining Respublikamiz mustaqilligi yillarida o‘rganilishi tarixi bilan izohlanadi. Xususan, Quyi Zarafshon vohasida O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyalari a’zolari Oyoqog‘itma yodgorligini tadqiq etishdi. SamDU arxeologik ekspeditsiyasi esa O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘ri Sazog‘on neolit yodgorliklari tadqiqotini davom ettirdi (Jangal 1,Tepaqul 3) hamda qator yangi yodgorliklar (Tepaqul 4, Lolab, Qorakamar, Ochilg‘or) kashf etishga erishdi. Ushbu tadqiqotlar natijasida voha mezo-neolit davri jamoalari moddiy-madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari, jamoalar turmush tarzi, ijtimoiy tuzumi, xo‘jalik mashg‘ulotlari, manaviy madaniyati, o‘zaro qo‘ni-qo‘shnichilik madaniy aloqalari, genezisi masalasida qimmatli malumotlar beruvchi arxeologik ashyolar qo‘lga kiritishga erishildi. SHuningdek, Respublikamiz mustaqillik yillarida O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ri tosh davri yodgorliklarini SamDU arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan zamonaviy tadqiqot metodlariga tayanilib, yangicha yondoshuv asosida,xorij mamlakatlar soha tadqiqotchilari ishtirokida tadqiqotlar amalga oshirildi. Zarafshon vohasi tosh davri jamoalari moddiy madaniyati bo‘yicha qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi tadqiqotlari bajarilgan.

O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘massivi shimoliy yon bag‘rida SamDU arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganish borasida muhim kashfiyot va yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Xususan, Sazog‘on neolit madaniyati mustaqil madaniyat sifatida ajratilib, ilmiy asoslangan. Keyingi yillarda Tepaqul 3,Tepaqul 4,Tepaqul 5, Olmabuloq makoni, Lolab, Qorakamar, Ochilg‘or kabi yangi yodgorliklarning kashf etilishi mazkur mintaqada nafaqat neolit davri jamoalari, balki mezolit va hatto paleolit jamoalari ham yashashib o‘ziga xos moddiy madaniyat yaratishganligini ko‘rsatdi. Xususan, Tepaqul 3 yodgorligi 1990-1996 yillari maboyinida, Tepaqul-4 neolit makoni esa 1996-2004 yillarda tadqiq etildi. 2000 yil kuzida Sazog‘onsoy va unga qo‘shni bo‘lgan soylar yon daralarida arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirayotgan paytda Katta Quruqsoy yon darasida Qorakamar g‘or makonini kashf etishga erishilgan. Tosh qurollarining tipologik tahlili makon tosh industriyasi mezolit davri jamoalariga tegishli ekanligidek dastlabki xulosa chiqarish imkonini bermoqda. Olmabuloq makoni SamDU ekspeditsiya xodimlari tomonidan 2000 yili kashf etilib, 2001 yili ham tadqiqot davom ettirilgan arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Makon tadqiqoti jarayonida qo‘lga kiritilgan tosh qurollari levallua – muste texnologik uslubiga ega bo‘lib, ular o‘z jihatlari bilan Zirabuloq, Omonqo‘ton kabi paleolit makonlari tosh qurollariga o‘xshaydi. Ba’zi tosh qurollari shakli va ishlov berishi uslublarida Samarqand makoni tosh qurollariga xos texnologik uslub va xususiyatlar saqlanib qolganligi holatlari kuzatiladi.

SamDU arxeologlari tomonidan 2004 yilda kashf etilgan Ochilg‘or makonida arxeologik tadqiq ishlari 2017 yilgacha davom etdi. 2017 yil yozida talabalarning dala arxeologik amaliyoti jarayonida Sazog‘onsoy yuqori vohasida (Sazog‘on 2 yolgorligidan chamasi 700-800 metrlar yuqorida) Turk qishlovi degan joyda soyning chap yoni terrasasi sathidan yangi yodgorlik aniqlanib, Sazog‘on 3 deb nomlandi va tadqiq etildi. Ayni kunlarda SamDU arxeologik guruhi tomonidan Sazog‘on 3 neolit makoni tadqiqoti davom etmoqda, shuningdek Zarafshon vohasida yangi tosh davri yodgorliklarini aniqlash va tadqiq etish borasida arxeologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Masalan, Payariq tumani Qoraqchitog‘ yon bag‘ri O‘rta hovuz atrofidan qiziqarli mezolit, neolit davriga oid tosh qurollari to‘plami qo‘lga kiritilgan.

Xullas, biz yuqorida O‘rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyati o‘rganilishi tarixini tasodifiy xarakterdagi tosh qurollari topilmalarining dastlabki ma’lumotlaridan boshlab, ilmiy asosda o‘rganila boshlangani, ya’ni moddiy, madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini o‘rganishda to‘garaklari, davlat tashkilotlari hamda yirik arxeologik ekspeditsiyalar tashkil topishi va ular faoliyati masalalari va keyingi davrlar tadqiqotlari bosqichlari, mutaxassis olimlar, hozirgi kunda xorijning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berishga harakat qildik.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish