Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet51/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Ko‘lbuloq makoni. Ko‘p madaniy qatlamli Ko‘lbuloq paleolit yodgorligi CHatqol tog‘ tizmasi janubiy-sharqiiy qismi (41°00’31’’ shimoliy kenglik, 70°00’22’’), Angren daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, Obliq qishlog‘idan 5 km shimoliy-g‘arbda joylashgan. Mazkur yodgorlik 1962 yili O.M.Rastovsev tomonidan ochilgan bo‘lsada, unda asosiy qazilma ishlari M.Qosimov tomonidan ba’zi tanaffuslar bilan birga 1963-1985 yillarida amalga oshirilgan. YOdgorlikda 600 metr kvadratdan ortiq maydonda 19 metr qalinlikdagi tuproq qatlamida madaniy qatlam tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida (pastdan yuqoriga qarab) 22 ta madaniy qatlam ilk paleolit, 24 ta madaniy qatlam o‘rta paleolit va 3 ta madaniy qatlam so‘nggi paleolit davri jamoalariga tegishli ekanligi aniqlangan. SHu asosda M.Qosimov yodgorlik paleolit davri taraqqiyoti bosqichlari barchasida odamzodning uzluksiz yashash makoni bo‘lgan degan xulosaga kelgan. M.Qosimov yuqori uchta qatlamdan topilgan 11124 ta tosh buyumlarning tipologik tahliliga asoslanib, ularni so‘nggi paleolitning oxirgi bosqichlariga mansub deb hisobladi va bu madaniy qatlamlar tosh industriyasida muste davriga xos tosh qurollariga ishlov berish uslublari kuzatilishini alohida ta’kidlagan. Haqiqatdan ham bu yodgorlik Vatanimiz sarhadlari paleolit davri jamoalarining moddiy madaniyatini o‘rganishda tayanch, ko‘p madaniy qatlamli bo‘lganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ko‘lbuloq yodgorligi 1994-1995 yillari Rossiya-O‘zbekiston xalqaro arxeologik ekspeditsiyaning N.K. Anisyutkin boщchiligidagi arxeologik guruhi tomonidan qayta tadqiq etildi. Asosiy qazilma ishlari yodgorlikning yuqori 4 ta madaniy qatlamlarida amalga oshirilib, N.K. Anisyutkinning ko‘rsatishicha 1 va 2 - madaniy qatlamlar M.Qosimov tomonidan ochilgan 2 va 3- madaniy qatlamlarga to‘g‘ri keladi va ular so‘nggi paleolit davriga mansub. Tosh buyumlar to‘plami teshgich, qirg‘ich, keskich, ponosimon qurollar, payraqa qurollari, tishsimon, o‘ydum chuqurchali ish maydonlariga ega bo‘lgan tosh qurollari hamda turli tosh o‘zaklari, ishlab chiqarish chiqindilaridan iborat. YOdgorlikda yana 2007-2011 yillari maboyinida Markaziy Osiyo paleolit guruhi xodimlari tomonidan qayta tekshiruv, qazilma ishlari stratigrafik ma’lumotlarni, tabiiy fanlar asosida madaniy qatlamlar xronologik sanasini oydinlashtirish maqsadida amalga oshirilgan. Uchta qazilmaning 2 tasida o‘rta paleolit, 1 tasida so‘nggi paleolit madaniy qatlami o‘rganildi. Tadqiqotlardan 2.1. madaniy qatlam uzoq muddat odamzod tomonidan yashalganligi, 2.2 madaniy qatlam, garchi qisqa muddat odamzodga makon bo‘lsada, biroq unda qizg‘in hayot bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. 2009 yili 2.1 madaniy qatlamdan «Hozirgi zamon qiyofasidagi odamzod» ga taalluqli tish qoldig‘ining topilishi va uning so‘nggi paleolitga oid tosh qurollari tosh industriyasi bilan omuxtali muhim ilmiy ahamiyat kasb etdi. Ushbu tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar Kulbulak, Kыzыl-Alma-2, Dodekatыm-2, SHugnou yodgorliklari tosh buyumlarini dastlab uchirib olish, qurollar yasash va ishlov berishning texnologik, texnik-tipologik jihatdan o‘xshashliklari ularni so‘nggi paleolit davri Ko‘lbuloq madaniyatiga birlashtirish imkonini bergan. Ko‘lbuloq yodgorligining qo‘shni, tevarak-atrof joylaridan Kыzыl-Alma-2, Dodekatыm-2, Maybulaq kabi so‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklarning topilishi va ular tadqiqotida qo‘lga kiritilgan arxeologik materillar so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatini yoritishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Ko‘lbuloqning yuqori uchta madaniy qatlamlari materiallari texnik-tipologik jihatdan N.Xushvaqtov tomonidan tadqiq etilgan. Bu tahlilda mikroplastinkalar chaqmoqlab olishga mo‘ljallangan konussimon yoki shunga yaqin nukleuslar hamda mikroplastinkalar, qirg‘ichlar, tishsimon va o‘yib-kertib ishlangan qurollar bilan Samarqand so‘nggi paleolit davri qurollariga o‘xshashligi aniqlangan. SHuningdek, N.Xushvaqtov bu ikki yodgorlik tosh industriyasida farqli jihatlar borligini ham aniqlagan, Samarqand makonida levallua texnikasining nisbati juda yuqori ekanligi, garchi, qayroqtosh qurollari Samarqand va Zirabuloq makonlarida uchrasada, Ko‘lbuloqning yuqori qatlamlarida uchramasligi, Ko‘lbuloqda bifasial ishlangan tosh qurollarning mavjudligini alohida ta’kidlagan. SHu bois, soha tadqiqotchilari O‘zbekistonda so‘nggi paleolit davrining mahalliy madaniy variantlarini ajratishgan: Zarafshon madaniy varianti- Samarqand makoni, Xo‘jamazgil, Siyobcha, Uchtut va Ijont; Ohangoran mahalliy madaniy varianti- Ko‘lbuloqning so‘nggi paleolit davriga oid yuqori uchta madaniy qatlamlari, Bo‘zsuv 1 va 2 hamda Oq-tosh makonlari.

SHu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, garchi yodgorlikning yuqori madaniy qatlamlari so‘nggi paleolit davri jamoalari madaniyatiga taalluqli bo‘lsada, uning pastki madaniy qatlamlari o‘rta va ilk paleolit davriga tegishli hisoblanadi. SHu bois, tadqiqotchilar so‘nggi paleolit davri jamoalari madaniyati genezisini Huji (Tojikiston), Obirahmat, Ko‘lbuloq (23-madaniy qatlam) yodgorliklarining o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolitga o‘tuvchi payraqali industriyasi bilan bog‘lashgan.

O‘.Islomov., A.P.Derevyankolarning ko‘rsatishicha, Kulbulak, Kыzыl-Alma-2, Dodekatim-2 va SHugnou yodgorliklari o‘z tosh industriyasi xususiyatlari o‘xshashligi bilan O‘rta Osiyo so‘nggi paleolit davri Ko‘lbuloq madaniyatini (G‘arbiy va Janubiy-G‘arbiy Pomir va Tyan-SHan hududida) tashkil etishadi. Ko‘lbuloq madaniyati tosh industriyasi mayda payraqali texnika mikrolitli element salmog‘i yuqoriligi bilan xarakterlanadi (to‘mtaqlangan elka qismiga ega bo‘lgan payraqalar va uchburchak ko‘rinishli geometrik shakldagi mikrolit qurollari). Uchirindili industriya qirg‘ichlar, ponasimon qurollar, yon qirralariga turlicha ishlov berilib ish maydoni hosil qilingan uchirindi tosh qurollari ham asosiy o‘rinni egallaydi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish