Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


O`rta Osiyo so`nggi paleolit davri bilan shug`ullangan olimlar



Download 1,5 Mb.
bet54/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

10. O`rta Osiyo so`nggi paleolit davri bilan shug`ullangan olimlar.

O‘rta Osiyo arxeologiyasi: mezolit davri

Mezolit davriga umumiy tasnif va davr to‘g‘risida mutahassislarning yondoshuvlari, davr xronologik chegarasi, pleystotsen va golotsen davri ekologik sharoitlari, jamoalar moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, mezolit davrining asosiy yodgorliklari: Machay g‘ori, Obishir g‘ori, Qo‘shilish manzilgoxi, Markaziy Farg‘ona manzilgoxlari, Jayronquduq va Aydobol manzilgohlari, SHarqiy Kaspiybo‘yi mezoliti, Tojikistonda Tutqovul, Say Sayyod, Oshxona, Istiq, Vaxsh, CHilchorchashma makonlari Zarafshon vohasi mezolit yodgorliklari (CHorbaqti, Sazog‘on 1, Zamichatosh, Ochilg‘or makoni pastki madaniy qatlami, Markaziy va Janubiy Qozog‘iston mezolit davri yodgorliklari. Markansuy, Obishir madaniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

Mezolit davriga umumiy tasnif va davr to‘g‘risida mutahassislarning yondoshuvlari, davr xronologik chegarasi, pleystotsen va golotsen davri ekologik sharoitlari.

Ma’lumki, insoniyat tarixi taraqqiyotining boshlang‘ich va uzoq davom etgan ( 3-2 mln.- mil. avv. 4 ming yilliklar) davrini tosh asri o‘z ichiga oladi. Tosh asri ham o`z navbatida paleolit(qadimgi tosh davri), mezolit (o`rta tosh davri), neolit( yangi tosh davri) kabi taraqqiyot bosqichlariga bo`linadi. Xususan, myezolit davri (mil.avv. 12-7 ming yilliklar) plyeystotsen davrining oxirlari va golotsen davrining boshlariga to`g`ri kelib, o`simlik va hayvonat dunyosi hamda paleoekologik, iqlimiy sharoiti hozirgi zamonga yaqinligi bilan izohlanadi. Muzlikning chekinishi va o`q-yoyning ixtiro qilinishi bilan mezolit davri boshlanishi xarakterlanadi.

Mezolit davrida urug` jamoasi rivojlanib, jamiyatda o`rni mustahkamlangan, ona urug`da hamon hukumron bo‘lgan. Urug` a’zolari jamoaviy tarzda mehnat qilishib, mehnat qurollarining ijtimoiy mulkliligi ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil etgan.

Mezolit davrining kishilik tarixi taraqqiyotida mustaqil davr sifatida ajratilishi, tarixiy davr ekanligi borasida mutaxassislar o`rtasida turlicha ilmiy talqinlar mavjudligiga duch kelamiz. Masalan, A.A. Formozov mezolit tipologik jihatdan paleolit davriga nisbatan neolit davriga yaqinroq degan ilmiy qarashni ilgari suradi. A.N. Rogachyev esa mezolitni golotsyen paleoliti, ya’ni epipaleolit, xullas, paleolitga yaqin dyegan fikrni ilgari suradi. A.P. Okladnikov esa bir-biriga nisbatan mustaqil bo`lgan «epipaleolit», va « mezolit» degan terminlarni qo`llashni taklif etadi. « Epipaleolit» deganda ba’zi mintaqalarda paleolitning so`nggi bosqichlarida mezolit jamoalari moddiy madaniyati kuchliroq sezilganligini e’tiborga oladi. A.P.Okladnikovning fikricha, «epipaleolit» termini paleolit davri madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari ayrim hududlarda mezolit davri jamoalari madaniyatida sezilarli darajada saqlanib qolganligini bildirsa, ikkinchidan, boshqa ayrim sarhadlarda oldingi tarixiy davrga nisbatan takomillashgan madaniyatning mavjudligini ko‘rsatadi. Soha tadqiqotchilari tomonidan ilgari surilgan bunday yondoshuvlarga ham e’tibor qaratish lozim. Sababi, ko‘p holatlarda mezolit davrining so‘nggi bosqichlari yodgorliklari tosh industriyasi bilan ilk neolit davri yodgorliklari tosh industriyasini farqlash qiyin. Ilk neolit davri yodgorliklari tosh industriyasida tosh qurollarining evolyusiyasi, ya’ni mezolit davriga xos tosh qurollarining yasalishi va ularga ishlov berilishi texnologiyasi va texnik usullari an’anaviy tarzda, merosiylik asosda saqlanib kelinayotgani kuzatiladi. Keyingi yillar tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib, biz kishilik tarixi tosh asri taraqqiyotida mezolit davrining mustaqil davr sifatida o‘rta tosh asrini tashkil etishini e’tirof etamiz va bu O‘rta Osiyo miqyosida o‘z ilmiy tasdig‘ini topgan deb fikr beramiz.

O‘rta Osiyo mezolitini o‘rganganda, avvalo shu omillarga e’tibor berish kerakki, birinchidan yodgorliklar tosh industriyasida so‘nggi paleolit davri an’analarining sezilarli darajada saqlanib qolganligi, ovchilik va termachilik xo‘jalik tirikchiligining davom etayotganligi kuzatilsa, ikkinchi tomondan yodgorliklar tosh industriyasida innovatsiyalar sodir bo‘lganligi, ya’ni mikrolit qurollarning yuzaga kelganligi, jamoalar turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotining dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘laboshlagani faktlarini ko‘ramiz.

Tadqiqotlarda mezolit davrning boshlanishi muzlikning chekinishi va o‘q-yoyning ixtiro qilinishi bilan xarakterlanadi. Inson tomonidan o‘q-yoyning ixtiro qilinishi ham tom ma’noda buyuk innovatsiya hisoblanadi. Sababi, mezolit davri o‘z tabiati, ekologiyasi, iqlimiy sharoiti, o‘simlik va hayvonat dunyosi bilan oldingi tarixiy taraqqiyotlarga nisbatan hozirgi zamonga yaqin hisoblanadi. Muzlik chekinishi bilan janubdan issiq tabiiy iqlim, issiqsevar o‘simlik va hayvonat dunyosi siljib keldi. Tez yugurar hayvonlar ov qilishning yangi usullari, yangi ov qurollarining kashf etilishi zaruratini taqoza etdi. Bu esa insonning intellektual tafakkuri, innovatsion faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Endi irg‘itiladigan qurollar ish bermay qoldi. Shu bois o‘q-yoy kamon yaratildiki, bu ham o‘z davri uchun tom ma’noda innovatsiya demakdir.Bu tarixiy davrda ham odamlar ko‘plab ixtiro- kashfiyotlar qilishadi (to‘r, qarmoqlar, garpun va h.k.). Bu davrning muhim sotsial voqeilielaridan biri endi odamzod tabiatda tayyor bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan, o‘zlari mahsulot etishtirishga o‘ta boshlaganliklari hisoblanadi. Bu tarixiy jarayon faqatgina odamzod tabiat hodisalarini ziyraklik bilan kuzatishi, mehnati faoliyatidagi tajriba, to‘plagan bilim, ko‘nikmasining mevasi hisoblanadi. SHu asnoda termachilikdan dehqonchilik, ovchilikdan esa chorvachilik yuzaga kelaboshlaganligi tadqiqotlardan aniqlangan. Inson tomonidan o‘simliklar ichida birinchi bo‘lib bug‘doy madaniylashtirilgan. Mil.avv 10-8 ming yilliklarda Falastin, Eron, Kichik Osiyo tog‘liklarda, mil.avv 6 ming yilliklarda, Misr, Dunay bo‘ylari va Bolqon, Hindistonda donli ekinlar etishtirila boshlandi. Mezolit davrida echki, qo‘y, eshak keyinroq yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqa honakilashtirilgan. Xullas, ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish bilan aholining o‘troqlashishi yuz berdi. Muqim yashaydigan qishloqlar paydo bo‘ldi. Ierexon ( Falastinda), CHatay – xyuyuk (Kichik Osiyoda); Bagor ( Hindistonda). CHorvador aholilarning yaylovlarga talashib, jamoalar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berib, yangi erlarga aholi siljishlari sodir bo‘ldi. (mil.avv. 8-7 ming yillar). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish bilan odamlar ma’naviy dunyoqarashi ham o‘zgardi. Ular tabiat kuchlari sirlarini tushina boshladilar. Odamlarning mehnat faoliyati turlari ko‘paydi (tosh, suyak, yog‘och qurollari, erga ishlov berish, chorvani boqish, kulolchilik, uy – joy qurilishi, hayvon terilariga ishlov berish, chorva mahsulotlari va h.k.). Bular esa o‘z navbatida iqtisodiy boshqaruv, jamoaning ichki munosabatlarini, maxsulotlar taqsimotini nazorati qoidalarini talab qilar edi. Bu esa jamiyat tuzilmalari elementlari shakllanishini keltirib chiqardi. Insonlarni ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tishi misli ko‘rilmagan darajada ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi innovatsiyalar edi. Sababi, endi odamlar qo‘nim turmush tarzida kun kechira boshlashdi

O‘rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatinisbatan yaxshi tadqiq etilgan. Bu tarixiy davr jamoalari moddiy madaniyatini yoritishda A.P.Okladnikov, G.E.Markov, S.Hamrakuliev, A.V.Vinogradov, V.A.Ranov, V.A.Jukov, A.X. YUsupov,T.G.Filimonova U.Islomov, G.F.Korobkova, V.M.Masson, A.A.Formozov, G.V.Parfenov, M.D.Djurakulov, E.Bijanov, N.U.Xolmatov, D.M.Djurakulova kabi olimlarning tadqiqotlari muhim hisoblanadi. O‘rta Osiyo mezolit davri yodgorliklarining asosiy tadqiqotchisi O‘.Islomov bo‘lib, “O‘rta Osiyo mezoliti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yozgan, qator monografiyalar nashr ettirgan. Xususan, mezolit davri paleoekologiyasi, iqlimiy sharoitlari, o‘simlik va hayvonat dunyosi, davr ijtimoiy tuzumi, aholi turmush tarzi, xo‘jalik asoslari, ma’naviy kechinmalari, san’ati, etnik birikmalari, diniy e’tiqodlari,madaniy aloqalari borasida muhim ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Yaqin yillargacha O‘rta Osiyo miqyosida mezolit davri yodgorliklari bir zayilda o‘rganilmaganligi faktlari mavjud edi. Masalan. Zarafshon vohasida mezolit davri jamoalaria tegishli yodgorliklar topilmagan edi. Ayni kunlarda ham Janubiy Turkmaniston, Qirg‘iziston, Quyi Amudaryo vohasi, Qizilqum sarhadlarida to‘laqonli, madaniy qatlami saqlangan yodgorliklar honuzgacha aniqlanmagan va bu faktlar O‘rta Osiyo mezolit davrini o‘rganishda o‘ziga xos muammolar hisoblanadi. Lekin, keyingi yillarda birmuncha muvaffaqiyatlar bo‘lgan. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo hududida mezolit davriga oid 70 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari tadqiq etilgan, xususan Zarafshon vohasi miqyosida deyarli noma’lum bo‘lib kelgan mezolit yodgorliklari ochilgan va tadqiqotiga erishilgan (21-rasm).



O’rta Osiyo miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o`rganishda Sharqiy Kaspiy bo’yi hududi mezolit yodgorliklari A.P.Okladnikov, M.E.Masson, S.Xarakuliev, Ustyurt mezoliti E.Bijanov, A.V.Vinogradov, Qizilqum mezolit yodgorliklari A.V.Vinogradov, Zarafshon vohasi M.Jo’raqulov, T.Grechkina, N.Xolmatov, Farg’ona vodiysida U.Islomov, V.I.Timofeev, Tojikiston hududida V.A.P.Okladnikov, V.A. Ranov, V.A.Jukov, shuningdek Toshkent vohasida, Surxondaryoda U. Islomov kabi arxeolog-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim ahamiuat kasb etadi.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish