Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Neolit davri aholisining kasbiy ixtisoslashuvi, chaqmoqtosh ustoxonalari va shaxtalari



Download 1,5 Mb.
bet108/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Neolit davri aholisining kasbiy ixtisoslashuvi, chaqmoqtosh ustoxonalari va shaxtalari.

Neolit davri jamoalari kundalik turmush tarzidagi mashg‘ulotlaridan biri chaqmoqtoshlarga ishlov berish, ulardan turmushda turli vazifalarni bajaradigan mehnat qurollarini yasash bo‘lishgan. SHu tarzda tosh asrining so‘nggi, yakunlovchi bosqichida tosh qurollarini yasash va ularga ishlov berish texnologiyasi yuksak darajaga ko‘tarilgan, chaqmoqtosh ustoxonalari va shaxtalari takomillashgan. Ma’lumki, tabiatda chaqmoqtoshlar tog‘ jinslari yotqiziqlari orasida uchraydi. Tosh asrining dastlabki bosqichlarida chaqmoqtoshlar er usti qoyatosh yotqiziqlari orasidan ochiq usulda olingan. Neolit davriga kelib esa ko‘ndalangiga, uzunasiga, qiyaroq holatda qazilgan shaxtalar muhim o‘rin tuta boshlagan. SHunday klassik ko‘rinishidagi yodgorliklardan biri Nurota tog‘ tizmasi etaklarida joylashgan Uchtut chaqmoqtosh ustaxonasi va shaxtasi hisoblanadi. Bu yodgorlik majmuidagi diametri 1 metrdan 5 metrgacha va chuqurligi 6 metrgacha bo‘lgan 35 ta chaqmoqtosh qazib olinadigan shaxta o‘rganilgan. Er sathidan chuqurroq tusha borilgani sari, ohaktoshli jinslar tarkibida chaqmoqtoshlar uchrashi ko‘paygan, bu joylarda shaxta maydoni kengaytirilib, bir nechta odam birdaniga ishlaydigan bo‘lgan. SHaxtalar maxsus tosh, suyak va yog‘ochdan yasalgan, cho‘kichsimon, kuraksimon qurollar yordamida qazilgan. SHaxta devorlarida qazuvchi qurollarning izlari saqlanib qolgan. Qazish qurollari sifatida hayvon, ayniqsa, bug‘u, kiyik shoxlaridan cho‘nki sifatidagi qurollar yasalgan. Xomashyoni shaxtalardan olib chiqish uchun turli idishlardan foydalanishgan. Hayvon terilaridan maxsus qoplar, daraxt xivichlaridan g‘alvirlar yasashgan.

Qizilqumning bir qancha hududlarida ham chaqmoqtosh, chaqmoqtoshli-slanets, kvarsitlarga ishlov berilgan ustaxonalar bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Oqchadaryo havzasidagi Sulton-Uvaystovda ikkita tag qismi yo‘lakchalar bilan ulashtirilgan chaqmoqtosh qazib olingan shaxta aniqlanib, unda qisman amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida shaxta ishlari neolit jamoalari faoliyatiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.Qadimgi tog‘ konchiligida aqiq qazib olish va unga ishlov berish ishlari, mashg‘ulotlari ham neolit jamoalari turmush tarzini belgilagan. Biryuzadan yasalgan bezak va taqinchoqlar O‘zbekiston miqyosida neolit jamoalariga qarashli makonlardan topilgan. Bu makonlarning ko‘pchiligi Qizilqumning ichki hududlari hisoblanuvchi Lavlakon, Beshbuloq atroflariga joylashgan. Makon maydonlari doirasida ishlab chiqarish chiqindilari, feruza va chaqmoqtoshlarga ishlov berilayotgan paytda nogohon sinishi, darz ketishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan ashyolar, shuningdek, munchoq va marjonlarni ko‘ndalangiga parmalab teshadigan mikroteshgichlar ham ko‘plab topilgan. Uchtut, Ijont chaqmoqtosh ustaxonalari va shaxtalari holatlari hamda yuqorida keltirilgan feruza toshlarga ishlov berilish jarayonlari neolit jamoalari aholisi ichida shu soha kasbkori, o‘z kasbining ustasi paydo bo‘layotganligi, ibtidoiy holatda bo‘lsa-da, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi kasbiy mutaxassislashgan aholi toifasi shakllanayotganligini bildiradi. Tom ma’noda bu “neolit inqilobi” bilan bog‘liq ishlab chiqarish iqtisodiyoti demakdir.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish