Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


O‘rta Osiyo neolit jamoalari madaniyatlarining genezisi



Download 1,5 Mb.
bet111/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

O‘rta Osiyo neolit jamoalari madaniyatlarining genezisi.

Ma’lumki, neolit jamoalari madaniyati kelib chiqishi tarixiy ildizlarini oydinlashtirishda mazkur hududlarda to‘laqonli so‘nggi paleolit, mezolit jamoalari makonlarining tadqiqot etilganligi yoki ushbu makonlar kashf etilmaganligi masalasi o‘ta muhim omil hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan, O‘zbekiston sarhadlarida mezolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklarbir zaylda o‘rganilmaganligi faktiga duch kelamiz. Bu esa ayni kunlarda ilmiy arxeologik adabiyotlarda tahlil etilayotgan Kaltaminor, Sazog‘on, Markaziy Farg‘ona vaUstyurt neolit jamoalari madaniyatlarining kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalasini aniqlashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi.

Dastavval, Vatanimiz hududi pasttekislik mintaqasi neolit jamoalari madaniyatlarining kelib chiqishi tarixiy ildizlarini oydinlashtirish borasida qo‘lga kiritilgan manbalar tahliliga e’tiborimizni qaratamiz. Keyingi yillarda Ustyurt platosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlardan mazkur hudud odamzod tomonidan ilk paleolit davridayoq o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, Esen 2, Qoraquduq makonlari E.B.Bijanov tomonidan tadqiqot etilib, ular moddiy madaniyati ilk paleolit jamoalariga tegishli ekanligi qayd etilgan. Taniqli paleolitshunos olimlar V.A.Ranov va M.R.Qosimovlar ham bu yodgorliklarni ilk paleolit davri jamoalariga tegishli ekanligini o‘z tadqiqotlarida e’tirof etishgan. SHu o‘rinda, A.V.Vinogradov o‘z vaqtida bu yodgorlikni muste davri so‘nggi bosqichlari yoki so‘nggi paleolit jamoalariga tegishli degan fikrni bildirganligini ham nazardan qochirmaslik lozim. Keyinchalik E.Bijanov Ustyurt platosida muste (Qorinjoriq, SHaxpaxtin, Kugesem), so‘nggi paleolit (Esen 3, CHuruk 12) davri jamoalari moddiy madaniyatini tadqiq etishi bilan mazkur hududdatosh asri taraqqiyot bosqichlarida uzluksiz moddiy madaniyat yaratilganligi ma’lum bo‘ldi. Mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati masalasiga kelganimizda,Janubi-SHarqiy Ustyurt hududlarida mazkur davrga tegishli turkum makonlar tadqiqotigaerishilgan. SHuningdek, E.Bijanov tomonidan Ustyurtning shimoliy qismida mezolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan Aydabal guruhi makonlarining kashf etilishi mazkur davr jamoalari moddiy madaniyatining yangi qirralarini oydinlashtirdi hamda neolit jamoalari madaniyatlarining kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalasida ham ishonarli dalillar berdi. Bu ma’lumotlar Ustyurt neolit jamoalari madaniyatining kelib chiqishitarixiy ildizlari mahalliyAydabal, Oqtayloq tipidagi mezolit jamoalariga tegishli bo‘lgan moddiy madaniyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Qizilqum ichki hududlari, Amudaryo etaklari, Uzboy yuqori oqimlari bo‘ylab mezolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan makonlar hanuzgacha deyarli o‘rganilmagan. Ammo bu holat mazkur hududlar mezolit davrida aholilar tomonidan o‘zlashtirilmagan degan fikrni bildirmaydi. Bu joylarda aholi mavsumiy tarzda hayot kechirishgan, shu sababli uzoq muddat yashagan makonlari bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Istiqbolda mazkur hududlarda mezolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklar kashf etiladi.



Ma’lumki, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo miqyosida neolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyatining o‘ziga xos o‘rni bor. Mazkur madaniyatning tadqiqoti boshlangan dastlabki davridayoq uning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib xususan, Kaltaminor jamoalari madaniyati kelib chiqishi tarixiy ildizlari, qo‘shni jamoalar bilan o‘zaro madaniy aloqadorliklari masalasida ham qimmatli manbalar qo‘lga kiritilgan edi. Jumladan, Kaltaminor jamoalari madaniyatining kelib chiqishi tarixiy ildizlari xususida tadqiqotchilar tomonidan bir nechta ilmiy qarashlar ilgari surilganligini aytishimiz mumkin. Bunda tadqiqotchilar Kaltaminor va Joytun jamoalari moddiy madaniyati o‘zaro madaniy yaqinliklariga alohida e’tibor qaratganlar. Hattoki, mazkur jamoalar madaniyatlarining kelib chiqishi bir-birlariga qon-qarindosh bo‘lgan ildiz bilan bog‘liqligi borasida ham ilmiy qarashlar ilgari surilgan. Xullas, Joytun va Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalarining madaniy yaqinliklarini ikkalasiga ham xos bo‘lgan uchta tarkibiy jihat bilan izohlash mumkin: 1. Ikkala madaniyatning shakllanishi ham mahalliy, o‘zlaridan avvalgi taraqqiyot bosqichiga oid bo‘lgan jamoalar madaniyatlari negizida, vorisiylik asosida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin, lekin to‘laqonli paleolit, mezolit makonlari mazkur hududlarda hozirgacha kashf etilmagan; 2. Kaltaminor va Joytun jamoalari madaniyatlarining kelib chiqish ildizlarini SHarqiy Kaspiy bo‘yi so‘nggi paleolit va mezolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan makonlar moddiy madaniyatidan izlash maqsadga muvofiqligi masalasi; 3. SHarqiy Eron yoki unga nisbatan g‘arbiy hududlarda yashagan dehqonchilik xo‘jaligiga asoslangan jamoalarning shimol tomonga siljib kelishi va ularning mahalliy jamoalarga madaniy ta’siri masalasi. Darhaqiqat, Kaltaminor jamoalari madaniyatlari kelib chiqishi ildizlari borasida jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan. Masalaning echimini qiyinlashtirayotgan holat Kaltaminor jamoalari tarqalib yashashgan hududlar chegarasi doirasida to‘laqonli ravishda tadqiq etilgan so‘nggi paleolit, mezolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan makonlar yo‘qligidadir. Ko‘pchilik tadqiqotchilar Markaziy Osiyo pasttekislik mintaqalari (Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari) neolit jamoalari moddiy madaniyatlari kelib chiqish ildizlarini SHarqiy Kaspiy bo‘yi, aniqrog‘i, Bolxan bo‘yi mezolit jamoalari madaniyatlari bilan bog‘lashmoqdalar. Xususan, V.M.Masson ham o‘z tadqiqotlarida Kaspiy bo‘yi qabilalarining Uzboy orqali siljib kelishi bilan kaltaminor jamoalari madaniyati shakllanishini bog‘laydi. Lekin bu madaniyatning shakllanishiga birdan-bir asos emas, Kaltaminor jamoalari madaniyati tom ma’noda shu hududlarda mavjud bo‘lgan, hali tadqiqotlarda aniqlanmagan mahalliy, avvalgi davr jamoalar madaniyati negizidashakllangan degan xulosani ham bildirgan. Bu ilmiy qarashning to‘g‘riligini so‘nggi yillar mobaynida A.V.Vinogradov tomonidan kaltaminor jamoalari madaniyatlari borasida amalga oshirgan tadqiqotlari natijalari ham tasdiqladi. Xususan, Qizilqum hududida ilk neolit jamoalariga tegishli bo‘lgan madaniy qatlami yaxshi saqlangan makonlar kashf etildi (Uchashi 131). Mezolit davri so‘nggi bosqichlari jamoalariga tegishli bo‘lgan ashyoviy dalillar ham ko‘plab topildi, lekin ularning stratigrafik ma’lumotlari aniq bo‘lmagan. SHu sababli, A.V.Vinogradov Qizilqum hududlarini odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi masalasi bosqichma-bosqich ro‘y bergan degan xulosaga kelgan. YAqin yillarda Qizilqum hududidan Ko‘k-ayoz 1,2 kabi ilk paleolit yodgorliklari, Zarafshon daryosi etagi qadimgi o‘zani hisoblanuvchi CHorbaqti vohasidan turkum holatda mezolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan makonlarining kashf etilishi kaltaminor jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqish ildizlarini mahalliy madaniyatlar bilan bog‘lash imkonini bermoqda. SHu nuqtai nazardan qo‘lga kiritilgan yangi manbalarga tayanib, biz Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyatining kelib chiqish ildizlari mahalliy mezolit madaniyati negizida ro‘y bergan deb hisoblaymiz.

V.M.Masson o‘z tadqiqotlarida Joyitun neolit jamoalari madniyatining kelib chiqishi tarixiy ildizini YAqin SHarq hududi hamda SHarqiy Kaspiy bo‘yi mezolit jamoalari madaniyati bilan bog‘lagan. Bu madaniyat yodgorliklari tadqiq etilgan hududda hozircha to‘laqonli ravishda so‘nggi paleolit, mezolit davri yodgorliklari mavjud emas.

O‘.Islomov ta’kidlashicha, Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari madaniyati mahalliy Obishir mezolit davri madaniyati negizida shakllangan.

V.A.Ranov o‘z vaqtida tadqiqotlarida hisor madaniyatiga oid yodgorliklar tosh industriyasida kuzatilgan so‘nggi paleolit, mezolit davri tosh qurollariga xos xususiyatlarni (nukleussimon tosh buyumlar, qirg‘ichlar, yonlama tomonidan ishlov berilgan nukleuslar, ponasimon qurollar) inobatga olib, hisor madaniyati genosologik ildizlarida Samarqand makoni sohiblari madaniyatining ishtirokini e’tirof etgan edi. Keyingi yillarda V.A.Ranov, T.G.Filimonovalar Tojikiston hududida turkum holda ko‘p madaniy qatlamli, so‘nggi paleolit, mezolit davri yodgorliklarining ko‘plab topilganligi, ular tadqiqotida katta hajmdagi arxeologik materiallar qo‘lga kiritilgan va ushbu manbalarning ilmiy talqiniga tayanishib, hisor neolit jamoalari madaniyati genezisi mahalliy madaniyatlar negizida ekanligini ta’kidlashgan. Bunda Vaxsh mezolit madaniyatining yodgorliklari Tutqavul 2a-gorizonti va Darai-SHur yodgorligi sohiblarining moddiy madaniyati asos qilib olingan.

Xullas, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar O‘rta Osiyo sarhadlarida tosh asri taraqqiyotida neolit davri mustaqil tarixiy davr sifatida bo‘lganligi va jamoalar o‘ziga xos madaniyat yaratishganligiga to‘liq ilmiy asos beradi. Ayni kunda, Janubiy Turkmanistonda Joyitun, Tojikiston sarhadlarida Hisor, Amudaryo va Zarafshon daryosi quyi oqimlari va Qizilqumda Kaltaminor, Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘onaYU O‘rta Zarafshon vohasida Sazog‘on, Ustyurt platosida Ustyurt neolit jamoalarining madaniyati tadqiqotiga erishilgan. Bu neolit davri jamoalari madaniyatlarining genezisi keyingi yillar tadqiqoti natijalariga ko‘ra mahalliy tarixiy ildizlarga ega bo‘lishgani va avtoxton xarater kasb etganligi manbalarda o‘z tasdig‘ini topgan.

Mavzuga doir yozma topshiriqlar




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish