Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Neolit davrining ijtimoiy tuzumi, aholi turmush tarzi



Download 1,5 Mb.
bet106/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

2. Neolit davrining ijtimoiy tuzumi, aholi turmush tarzi.

Neolit jamoalari ijtimoiy tuzumining o‘ziga xos xususiyatlari, aholi turmush tarzini aniqlashda, jamoalar uzoq muddatli yashagan tayanch makonlari, uy-joylarining ichki tuzilishi muhim ma’lumotlar beradi. Neolit jamoalari xoh pasttekislik mintaqasida, xoh tog‘, tog‘ yon bag‘ri hududlarida yashamasin o‘ziga xos moddiy madaniyat yaratganlar va o‘ziga xos barcha taraqqiyot jabhalarida an’analariga ega bo‘lishgan. Mazkur jamoalar neolit davri jamoalari ijtimoiy tuzumi, bu davr moddiy madaniyatiga xos bo‘lgan xususiyatlar, umumiylikka ega. S.P.Tolstov Jonbos 4 yodgorligi manbalari asosida Kaltaminor jamoalari ijtimoiy tuzumini ona urug‘i jamoalari tashkil etishi va bunda juft oilalar hali barqaror emasligi, hattoki er va xotin o‘z-o‘zlarining urug‘larida yashaganligi dalilini keltiradi. SHu nuqtai nazardan, yirik makonlar, xususan, Uchashi 131, Uchashi 159, Tolstov, Dorbazaqir 1,2, Lavlakon 26 kabi makonlar urug‘ jamoalarining markazi yoki urug‘ jamoalari yashaydigan hududning asosiy qismining markazi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida juft oilalarning nisbatan barqaror bo‘lmaganligi faktini, makonning jamoa yashagan uy ichki qismi va uyning atrof xududlarida o‘choqlarning bir tartibda emas, beqaror holatda, tartibsiz, tarqoq holda uchratilganligi bilan izohlangan edi. Lekin, keyinchalik Tolstov makoni tadqiqoti jarayonida A.V.Vinogradov makonning 1-uyi misolida kuygan qum izlarining hammasi ham o‘choq qoldiqlari bo‘lmasdan, balki o‘choqning olov yonishidan hosil bo‘lgan kulini vaqti-vaqti bilan tozalab, atrofga chiqarib tashlanganligi izlari bo‘lgan degan xulosaga kelgan (sababi, ularda kuyib qotib qolgan qum parchalari ko‘proq). SHu nuqtai nazardan o‘choqlar soni miqdori, ular faoliyatining beqarorligi masalasi muammo echimini bermasligi mumkin. Fikrimizcha, urug‘ jamoasining barqaror ijtimoiy yacheykasini to‘la qonli ravishda juft oilalar, kichik-kichik oila a’zolari tashkil etadi. To‘g‘ri, hozircha oilalarni urug‘ jamoasidan mustaqil ravishda, alohida xo‘jalik yuritishganligi borasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot beruvchi faktlar kam. SHunday bo‘lsa-da, oilalar o‘z ehtiyoji uchun oziq-ovqat g‘amlash harakatida bo‘lishganligi va oila uchun alohida ovqat tayyorlaganliklari to‘g‘risida bevosita ma’lumot beruvchi dalillar mavjud. Har bir oilaning o‘z shaxsiy oziq-ovqat zahirasi (baliq, mevalar, o‘simlik ildizlari) bo‘lganligi mantiqan to‘g‘ri. Odamlar bunday zahiraga ega bo‘lishliklari uchun makondan unchalik uzoqlab ketishining va katta jismoniy mehnat qilishning hojati bo‘lmagan. Qolaversa, daryo etaklari havzalarida juft oilalar to‘laligicha mustaqil xo‘jalik yurgizish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. Termachilik yumushlari bilan kun kechiruvchi sertarmoq jamoalar va umumiy mehnat qilishga sharoiti bo‘lgan jamoalar bo‘linishlari ham shu qoidaga bo‘ysunishgan. Bu holat, albatta kichik oilalar uchun taalluqli bo‘lmagan.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish