Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Italiyaning bosib olinishi



Download 1,03 Mb.
bet31/83
Sana10.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#936839
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

6. Italiyaning bosib olinishi. Mil.avv.V-III asrlarda Rim Respublikasi Apennin yarim orolida bosqinchilik siyosatini olib borgan. Rimning bosqinchilik urushlari ikki yuz yildan ziyodroq davom etgan. Patritsiylar ham, mayda ziroatchilar va umuman butun Rim jamiyati bu urushlardan manfaatdor bo'lgan
Etrusklar Rimning shimolida yashaganlar. Ularning Kluzi, Veyya shaharlariga qarshi kurash olib borilgan. Rim qo'shinlari shu vaqtda Latsiyga bostirib kirib,tog'lardagi ekv va volsk qabilalarini tor-mor qilgan. Rim etrusklarga qarshi kurashda Tibr daryosining o'ng qirg'oqlarida yashovchi lotinlar bilan ittifoqda bo'lgan, mil.avv. V asrda Rim jamoasi lotin jamoasi federatsiyasiga kirgan.
Mil.avv. V asrda G'arbiy va O'rta Yevropa yerlarida yashovchi jangovor kelt (gall) qabilalari Alp tog'laridan oshib o'tganlar. Etrusklarni Shimoliy Italiyadan surib chiqarganlar. Mil.avv. 390 yilda gallar Rimga qarshi kurash boshlagan. Gallar Markaziy Italiyani yer bilan yakson qilgan. Rimni yondirib yuborganlar. Kapitoliydagi tosh qo'rg'on omon qolgan, xolos. Gallar Kapitaliy tepaligini qamal qilgan. Tunlarning birida gallar Kapitoliyni ishg'ol qilishga kirishganda ma'buda Yunona ibodatxonasidagi g'ozlar shovqin ko'tarishgan. Kapitoliy qo’riqchilari yetib kelib gallarni uloqtirib tashlaganlar, Bu adolat «Rimni g'ozlar qutqargan» degan afsonaning to'qilishiga sabab bo'lgan. Ammo gallarning Kapitoliyni qamal qilgani, Rim to'lov bergandan keyin gallarning Rimdan qaytib ketgani haqiqiy voqeadir. Mil.avv. 334 yilda rimliklar gallar bilan sulh tuzganlar53.
Gallar hujumi davrida Rimning Latsiydagi va umuman Shimoliy Italiyadagi ta'siri kamaygan. Mil.avv. IV asr o'rtalaridagina Rimning mavqei yana tiklangan. Janubiy Etruriya ham bo'ysundirilgan. So'ngra uzoqqa cho'zilgan samniy urushlari boshlangan. Bu qabilalar o'rta Italiyaning bir qismi bo'lgan, tog'li Saleniumda yashagan. Samniylar chorvachilik, ovchilik bilan shug'allargan, ular temirga ishlov berishni bilganlar. Ular Sirakuza va Karfagenni yollanma otryad bilan ta'minlab turganlar. Samniy drujinalari talonchilik maqsadida boy Kampaniya shaharlariga hujum qilib turgan. Rimliklar ham Kampaniya vodiysini egallash niyatida edi. Natijada Rim va samniylar o'rtasida urush boshlangan. Uch marta urush bo'lgan. Mil.avv. 343-341 yillardagi birinchi samniy urushida rimliklar yengganlar. Kampaniyani Rimga bo'ysundirgan. Samniylar Rimga qarshi italiy qabilalaridan ittifoq tuzganlar. Mil.avv. 327-304 yillarda ikkinchi samniy urushi boshlangan. Kampaniyada rimliklar g'alaba qilgach, Samniumga bostirib kirgan. Lekin ikkala Rim konsuli tog' daralarida qurshab olingan. Og'ir shartlar bilan rimliklar taslim bo'lganlar, qurollarini topshirganlar. Ammo rimliklar so'zlarida turmay yana urush boshlashgan. Rimliklar qo'li baland kelgan. mil.avv. 304 yilda sulh tuzilgan. Kampaniya Rim ixtiyoriga o'tgan. Uchinchi samniylar urushi mil.avv. 304-298 yillarda bo'lib, qiyinchiliklar bilan o'tgan. Samniylar mag'lubiyatga uchragan. Samniumni rimliklar zabt etganlar. Urushlar natijasida mil.avv. IV asr o'rtalariga kelib, butun o'rta Italiya, ya'ni Po daryosidan tortib to Lukaniya chegarasigacha bo'lgan yerlar Rim bo’ysunuviga o'tgan. Shu yillarda rimliklar Shimoliy Italiyani ham o'ziga bo’ysundirgan.
Mil.avv. III asr boshlariga kelib Apennin yarim orolining janubida joylashgan, o'zaro urushlar va janubdagi mahalliy qabilalarning tazyiqi bilan kuchsizlangan yunon shaharlari Rimga tobe bo'lmay mustaqil yashab kelgan. Bu shaharlarning ba'zi birlarida Rim bilan ittifoq tuzishga moyil boylar to'dasi paydo bo'lgan. Rim yunon shaharlari ichki ishlariga aralasha boshlagan. Mil.avv. III asrning 80-yillarida lukan qabilalari Furiy shahriga hujum boshlagan. Furiyliklar rimliklardan yordam so'ragan. Rimltklar Furiyga o'z garnizonlarini kiritgan. Yunon shaharlari bundan g'azablangan. Mil.avv. 281 yilda Rim Tarentga urush boshlagan. Tarent Epir podshosi Pirrdan yordam so'rab murojaat qilgan. Pirr Apennin yarim orolini avvaldan o'ziga bo'ysundirmoqchi edi. Pirr mil.avv. 280 yilda o'zining ellinistik harbiy texnikasi bilan qurollangan fessal otliqlari, Italiyada sira bo'lmagan fillari bilan Apennin yarim orolining janubiga kirib kelgan. Gerakliya yonidagi jangda Pirr g'alaba qilgan. U Kampaniya va Samnium orqali Rimga yetib kelgan. Lekin Rimga hujum qilishga botina olmay, sulh taklif qilgan. Rim senati Karfagen bilan ittifoq tuzishga tayyorgarlik ko'rib bo'lgani uchun sulhni rad etgan. Mil.avv. 279 yilda Auskul shahri yonida ikki kunlik jang bo'lgan. Pirr ko'p talofat ko'rib, g'alaba qilgan. So'ng oson, tez g'alabalarga erishish uchun u qo'shini bilan Sitsiliyada ketgan. Karfagenni zabt etmoqchi bo'lgan. Karfagen armiyasi Sitsiliyada muvaffaqiyatli harakat qilgan. Mil.avv. 275 yilda Pirr yana Italiyaga qaytgan. Rimliklar fillarni o'tli o'qqa tutib, ularni qochirgan. Fillar Pirr askarlarini ezib ketgan.
Pirr yengilib, Italiyani tashlab, Epirga jo'nagan. Mil.avv. 272 yilda Rim Tarentni ishg'ol qilgan. So'ngra Messina bo'g'ozigacha bo'lgan yerlarni Rim o'ziga bo'ysundirgan. Rim Tibr daryosi bo'yidagi kichkina bir jamoadan O'rta yer dengizidagi qudratli bir davlatga aylangan.
Rim istilo qilgan yerlarni idora qilish tartibi asta- sekinlik bilan miloddan avvalgi IV-III asrlar davomida tarkib topgan. Rim polisining imtiyozli holatda bo'lganligi bo'ysundirilgan Italiya qabilalari, xalqlari va shaharlarining qaramlik darajasi turli- tumanligi va ularga berilgan huquqlarning xilma- xilligi Rim idora tartibining o'ziga xos xususiyatidir. Rim grajdanlari yashagan koloniyalar huquq jihatdan ko'proq imtiyozlardan foydalangan. Koloniyalar aholisi Rim xalqining bir qismi bo'lib, grajdanlik huquqlariga ega bo'lgan. Koloniyalar magistratlar saylash huquqiga ega bo'lgani uchun, ularni magistratlar tomonidan idora qilingan koloniyalarda doimiy harbiy garnizonlar turgan.
Qadim zamonlardan beri Rim davlati tartibida bo'lib, mustaqil yashab kelgan Italiya jamoasi, ya'ni munitsipiyalar ikkinchi guruhni tashkil etgan. Ular o'z ichki idora tartibiga ega bo'lganlar. Munitsipiyalar aholisi o'z magistratlarini shahar kengashiga saylashga, xalq majlisiga qatnashishga, rimlik grajdanlar huquqlaridan foydalanishga haqli bo'lganlar.
Bo'ysundirilgan Italiya xalqlarining yerlari davlatga qarashli jamoa dalalariga aylantirilgan. Jamoat dalalari odatda Rim grajdanlari o'rtasida taqsimlangan. Taqsim qilingan yerlarning quyi patritsiylar va plebey boylarining qo'liga o'tgan. Kolonistlar davlat yer fondidan chek yer olganlar. Yerlarni ular va omon qolgan mahalliy aholi haydab ekkan.
Xulosa. Miloddan avvalgi VII-III asrldarda Rimning Italiyada olib borgan urushlari natijasida chet qabila va chet yerlik qullar soni ko'paygan. Qullikning boshqa manbai qarz evaziga qullikka tushishdan saqlangan. Miloddan avvalgi III asrga kelib qullarning butunlay huquqsizlik holati vujudga kelgan, ularga buyumdek qaralgan. Qishloq xo'jaligi va hunarmandchilikda qullar mehnatidan tobora kengroq foydalanila boshlangan. Qullar qurilish ishlariga, flotda yetakchilikka jalb qilingan. Davlat ixtiyoriga qullarning shaxsiy kishilar qo'llarida imtiyozi ko'p bo'lgan, hatto oylik ham olgan.
Shunday qilib Rim miloddan avvalgi III asr boshlariga kelganda deyarli butun Italiyani o'ziga bo'ysundirgan va uning bilan ittifoqchilikda bo'lgan yirik Rim quldorlik konfederatsiyasiga birlashgan edi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish