Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunoniston (
Lakonika)
hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular Sparta shahar-davlatiga asos soldi- lar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahal- liy aholi –
ilotlar ham aslida yunonlar bo‘lib, ular bilan bir tilda so‘zlashgan.
Ilotlar spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o‘z hukmronligini faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo‘lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o‘z davlatlarida alohi- da shart-sharoitlar yaratdilar,
jumladan, ham- ma qat’iy intizomga amal qilar, yengilganlar shafqatsiz jazolanardi.
Sparta urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir shaharga o‘xshab qolgan. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan.
Savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. Hamma uylar bir-biriga o‘xshatib qurilgan.
Ilotlar kichik-kichik qishloqlarda yashagan- lar. Ular butun boshli davlatning mulki hisob- lanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar
oilasi yeriga ishlov berib, chorvani boqishgan va boshqa majburiyatlarni bajarishgan. Spar- taliklar esa faqat jangchi edilar. Ular deh- qonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug‘ullanmaganlar.
Sparta fuqarolari (spartaliklar)
Spartaliklar jangda
Spartalik jangchi
Periek kulollar ish ustida
Ilotlar hosil yig‘imida
Ilotlardan tashqari Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan, shaxsan ozod kishilar –
perieklar ham yashagan.
Qadimgi Spartada kuchli va chidamli jangchilar nihoyatda qadrlangan. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o‘rgatib bo‘lajak jangchilar va Spartaning so- diq himoyachilari etib tarbiyalashardi. Spar- talik o‘smirlar ota-onalaridan alohida yasha- ganlar. Yigirma yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar.
manzilgohlarning shahar-davlat (polis) larga aylanishi
goplit → falanga
Akropol → «yuqori shahar»
fuqarolar → meteklar →
qullar
pedagog – «bolani yo‘lda kuzatib boruvchi» stil → metall tayoqcha → palestra
Miron – «Disk uloqtiruvchi»
mil. avv. XII asr – doriylar
Spartaga asos soldilar
periyeklar → ilotlar
Savol va topshiriqlar
Yunon shaharlari qay tariqa tashkil topdi?
Polis nima? Polisning o‘ziga xosligi nima- da?
Attika aholisi qaysi guruhlarga ajratilgan?
4 «Olis
zamonlarda, men palestra – gimnas- tika maktabida ta’lim olganimda…». Hiko- yani davom eting.
5.
Sparta maktabida bolalarga nimalar o‘r- gatilgan?