edi. Qadimgi sivilizatsiyalar jahonning ko‘pgina o‘lkalarida, jum- ladan, O‘zbekiston hududida ham vujudga kelgan.
Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar ta- rix fanida Qadimgi dunyo tarixi deb ataladi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganiladi.
Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim sa- roy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma- yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalari (tarjimayi hol)da aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi.
Olimlar o‘qigan qadimgi matnlar, masalan, «Piramidalar matn- lari» va «Marhumlar kitobi» misrliklar tarixi haqida, «Rigveda» – hindlar, «Avesto» esa O‘rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi. Nil vodiysidagi Misr piramidalari, Dajla va Frot oralig‘idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol, Yuno- niston, Rim va O‘rta Osiyoning ko‘plab qadimgi shaharlari butun
jahonga mashhurdir.
Biroq qadimgi dunyo tarixiga oid hali ochilmagan sirlar oz emas. Balki birortangizga ularni ochish nasib etar. Tarix bizni ko‘p narsaga o‘rgatadi. Uni «buyuk o‘qituvchi» deb bejiz aytishmagan. Shu bois har birimiz o‘z Vatanimiz tarixini bilishimiz va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatiga hurmat bilan qa- rashimiz kerak. Ushbu darslikni o‘qir ekansiz, ko‘plab tushunilishi qiyin so‘zlarga, tarixiy atama va iboralarga duch kelasiz. Ularni yodlash, esda saqlash kerak bo‘ladi.
Darslik matni bilan
ishlash
Ushbu maslahatlarimizni diqqat bilan o‘qing, ular o‘rganilayotgan mavzuni es- lab qolishingizga yordam beradi.
Uyga berilgan topshiriqlarni tayyorlashda quyidagilarga ri- oya qiling:
Darsda yozib olganlaringizni bir necha bor o‘qing.
O‘qishdan oldin mavzu sarlavhasiga diqqat qiling, darsda nimalar deyilganini eslang.
Har bir mavzu oxirida berilgan savollarni o‘qing. Shunda siz yozganlaringizni o‘qiganingizda nimalarga e’tibor berish lo- zimligini va o‘qiganlaringizni qay tartibda bayon etish kerakligini bilib olasiz.
Matnni taxminiy qismlarga bo‘ling va har birining asosiy mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan ayting, keyin butun mavzuni ga- pirib bering. Aytib bera olmasangiz, qiyin joylarini qayta-qayta o‘qing. Takrorlang.
Matnni o‘qish jarayonida unda eslatilgan rasm va jadval- larni toping, izohlarini o‘qing, matnda uchragan shaharlar, mam- lakatlar nomlarini xaritadan toping.
Savollarga javob bering va mavzu oxiridagi topshiriqlarni bajaring.
Agar Siz har bir paragraf oxirida berilgan tayanch konspektlari bo‘yicha tarixni o‘rganishga qaror qilsangiz, quyidagi vazifalarni bajarishingiz lozim:
Darslik mavzulari matnini tayanch konspekt so‘zlari bilan taqqoslab o‘qing.
Konspektdan foydalanib mavzuni bir necha marta so‘zlab bering.
Tayanch iboralarni yoddan aytib berishga harakat qiling.
Bir necha soatdan so‘ng yana bir marta tayanch konspektni takrorlang.
Biz, darslik mualliflari, ustozingiz bilan birga Sizga uzoq o‘tmishga sayohat qilishga, madaniy yodgorliklar bilan tanishish va qadimgi dunyo tarixini o‘rganishga ko‘maklashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |