Numisma” sо‘zidan olingan bо‘lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatlar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og‘irligi, о‘lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi



Download 28,8 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi28,8 Kb.
#465131
  1   2   3   4
Bog'liq
Numizmatika


  • Numizmatika - tangalar xaqidagi fandir. U lotincha “numisma sо‘zidan olingan bо‘lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatlar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og‘irligi, о‘lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi, qachon va qayerda muomalada bо‘lganligi kabilarni о‘rganadilar. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyatga oid bо‘lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Qog‘oz pullarni bonistikaо‘rganadi.

  • Tanga - bu belgilangan normadagi metall quymasi. U о‘zining og‘irligi, qiymatiga, sifat tarkibiga ega bо‘lgan qonuniy muomala vositasi hisoblanadi.

  • Pul, qiymat о‘lchovi, muomala vositasi, xazina tо‘plash, tо‘lov vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tangalar fanning turli sohalari, jumladan tarix, arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik san’atshunoslikka oid masalalarni hal etishga yordam beradi.

  • Insoniyat tarixi va madaniyatini о‘rganishda tangalarning ahamiyati katta. Xususan, tarix, siyosat, iqtisod, san’atshunoslik, mafkura, til, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni yechishda muhim rol о‘ynaydi. Tangalar bо‘lib о‘tgan tarixiy voqealarning sanasi, shohlar hukmronligi, davlat chegaralari, kiyimlarini о‘rganishda ham katta ahamiyatga ega. Qо‘lyozmalar asrlar davomida boshqalar tomonidan о‘zgartirilar, qayta kо‘chirib yozilar, ayrim sо‘zlarning ma’nosi aslidan uzoqlashib ketardi. Tangalardagi zarb etilgan yozuvlar esa qanday bо‘lsa shundayligicha saqlanib qolaveradi.

  • “Numizmatika” termini о‘rta asrlarda paydo bо‘lgan. Bugungi kunda “numizmatika” tushunchasi tanga va medallarni kolleksiyalash hamda ularni о‘rganuvchi fanni о‘z ichiga oladi. Yevropada qadimgi tanga pullarga qiziqish uyg‘onish davrida boshlangan. Dastavval ularga estetik nuqtai – nazardan qaralgan va mashhur tanga kolleksionerlari bо‘lgan. Ayniqsa XIV-XV asrlarda uyg‘onish davri mamlakati bо‘lgan Italiyada qadimgi Rim tangalarini mashhur italyan shoiriPetrarka (1304-1374) tо‘plagan. Florensiyalik Kozimo Medichi(1389-1464) va boshq. Birinchi numizmat paduyalikDjovanni Kavini(1499-1570) bо‘lib, uning kolleksiyasida kо‘plab qadimgi davr tangalari bо‘lgan.

  • 1517 yilda Rimda Andreo Fulvioning “Izobrajeniya znamenitix lyudey” (“Mashhur shaxslarning tasviri”), 1553 yilda Lionda Gilyom Rullning “Begliy obzor monet naiboleye znamenitix lits, sushestvovavshix s sotvoreniya mira, s kratkim opisaniyem ix jizni i deyaniy, zaimstvovannim u klassikov” (Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot)asari bо‘lib, u tarixiy shaxslar, ya’ni Rim hukmdorlarining tasvirlariga qiziqqan xolos. Lekin ulardan hech biri tangalarni о‘rganishga ilmiy nuqtai nazardan yondashmagan. Vaqt о‘tishi bilan numizmatika predmetlarini tо‘plash ishi keng urf bо‘lgan. XVI asr о‘rtalarida mansabdorlarning saroy va qasrlarida 950 ta maxsus kabinetlar bо‘lgan (Myuns kabinet). Kolleksiyalar bilan ishlash uchun maxsus xizmatchilar yollangan. XVI asrda birinchi numizmatikaga oid yozma ishlar paydo bо‘lgan. (Bu asarlarda afsonalar, fantastik fikrlar kuchli bо‘lgan).


  • Download 28,8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish