Xulosa. 179
Tarixiy atamalar lug‘ati 181
Yakuniy takrorlash 184
Qadimgi dunyo tarixiga oid tarixiy va geografik atamalar. 185
Qadimgi dunyo tarixidagi nomlar 186
Qadimgi dunyo tarixi sanalarda 187
K i r i s h
sinfda «Tarixdan hikoyalar» bilan tanishgan edingiz. Siz uzoq o‘tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib ol- dingiz.
sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom ettirib, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz.
Jahonda shaharlar va davlatlar paydo bo‘lgan davrlardan beri ming yillar o‘tdi. Ammo qadim zamonlarda odamlar yaratgan ko‘pdan ko‘p narsalardan bugun ham kundalik hayotda foyda- lanib kelinmoqda. Bu mehnat qurollari, sopol buyumlar, g‘ildirak, sopol suv quvurlari, gazlamalar, yozuv va boshqa ko‘pgina narsalardir. Qadimgi zamon mualliflari yozib qoldirgan asarlar hali-hanuz kishilarga saboq berib, tarbiyalab kelmoqda.
Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro‘y bergan voqealarni qay- tadan tiklash uchun katta kuch-g‘ayrat sarflaganlar. Ular qadim- gi shaharlarni topib tekshirishdi va charmga, sopolga, toshga, shuningdek, tangalarga bitilgan sirli yozuvlarni o‘qishdi. Siz endi arxeologik topilmalar nimalar haqida so‘zlab berishini bi- lasiz. Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan
epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika degan maxsus fanlar shug‘ullanadi.
Insoniyat sodda mehnat qurollarini yasashdan to hunarmandchilik dur- donalarini yaratishga qadar, eng oddiy uy-joylarni qurib olishdan to shahar- larni bunyod etishga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va ri- vojlanishi davrini olimlar ilk sivilizatsiya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiyalar
tarixi Qadimgi Sharqda, so‘ngra Yu- nonistondagi Krit orolida boshlangan