Konsullar
Har bir konsulni 12 kishidan iborat faxriy qorovul – liktorlar qo‘riqlab yurardi. Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida liktorlar yelkalariga o‘rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalar- dan bog‘lama taqib yurishardi.
Plebeylar qo‘zg‘oloni
Qonunbu- zarlarga nisbatan tan jazosi
qo‘llanilar edi
Konsullar ikki nafar bo‘lib, ular muhim masalalarni hal etayotganda bir-birlari bilan maslahatlashib olishi kerak bo‘lgan. Konsul- lar yil davomida Rim respublikasini boshqarib, rimliklarni sud qilar edilar. Harbiy davrlarda esa ular qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilishgan. Har yili ular Xalq majlisiga hisobot berar edilar. Rim respublikasida xalq tribuni lavozimi ham ta’sis etilgan. Xalq tribunlari qashshoq rimlik- lar manfaatlarini ifoda etgan. Ular majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bi- lan saylanar edi. Xalq tribuni «veto» (taqiqlay- man) so‘zini aytishi mumkin bo‘lgan, bunday holda qonun qabul qilinmas edi.
O‘zingizni sinang!
«12 jadval qonunlari»
Qadimgi Rim qonunchiligi og‘zaki qonunlarga asoslan- gan edi. Sudlarda ko‘pincha
adolatsiz qarorlar chiqaruvchi patritsiylar maj- lis tuzar edilar. Plebeylar talabiga ko‘ra, o‘nta patritsiydan iborat hay’at tuzilib, ular qonun- larning yozma majmuasini tuzishlari kerak bo‘lgan. Ammo hay’at bu ishni oxiriga yetkaza olmagan.
O‘shanda asosan plebeylardan iborat bo‘lgan Rim qo‘shinlari isyon ko‘taradi. Ular Rim atrofidagi Muqaddas tog‘ga ketib qoladi- lar va o‘z qonunlariga ega bo‘lgan yangi sha- har tashkil qilamiz, deb ogohlantiradilar. Shu tariqa 12 ta mis lavhaga o‘yib yozilgan qonun- larni hamma ko‘rishi uchun Rimning markaziy
maydoni – Forumga joylashtiradilar. Patritsiy- lar 12 jadvaldan tashkil topgan yangi qonun- larni qabul qilishga majbur bo‘ladilar.
Mazkur qonunlar xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qildi, ammo ular asosan plebeylar va patritsiylar tengsizligini qonunlashtirgan. Faqat miloddan avvalgi III asr boshlariga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng, deb hisobla- nadigan qonunlar qabul qilindi.
respublika oliy hokimiyati – Xalq majlisi
Senat – «oqsoqollar kengashi»
patritsiylar
plebeylar
respublika – «xalq ishi»
konsullar – respublikaning bosh man- sabdor shaxslari
diktator – urush davrida Rim hukmdori
xalq tribuni – Senatda Rim qashshoq aholisi vakillari
veto – «taqiqlayman»
«12 jadval qonunlari»
Savol va topshiriqlar
Rimda respublika boshqaruvi qay tarzda amalga oshirilgan?
«Respublika» so‘zi qanday ma’noni ang- latadi?
Diktator kim? Qaysi hollarda u Rim hukm- doriga aylangan?
Rim qonunchiligi haqida so‘zlab bering. Uning o‘ziga xosligi nimada?
«12 jadval qonunlari» kimlarning manfaatla- rini himoya qilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |