Markaziy Osiyodagi qadimgi davlatlar Reja: 1.Qang’ davlatining vujudga kelishi va uning ijtimoiy-siyosiy hayoti. 2. Qang’lar davri iqtisodiy va madaniy hayoti. 3.Davan podsholigining tashkil topishi. Uning hududlari aholisi, etnik tarkibi. 4.Davan davlatining tashqi siyosati. Farg’ona-Xitoy mojarolari. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang’ davlati to’g’risidagi ma’lumotlar miloddan avvalgi III asr oxiri va II asr boshlariga to’g’ri keladi. - Qadimgi Xitoy manbalarida Qang’ davlati to’g’risidagi ma’lumotlar miloddan avvalgi III asr oxiri va II asr boshlariga to’g’ri keladi.
- Qang’ davlatining chegarasi sharqda Farg’ona vodiysi, shimoli-sharqda usunlar, shimoli-g’arbda Sarisuv daryosi va g’arbda Sirdaryoning o’rta oqimi bilan chegaradosh.
- Qang’arlar hukmron bo’lgan hududda m. av. I asr va milodiy I-II asrlarda 120 ming oila yoki 600 ming kishi yashagan.
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixida qang’larning o’rni muhim. Chunki aynan shu davrda yagona turkiy tilda so’zlashuvchi yangi etnos vujudga keladi.
Qang’ davlati xarobalari
Qang’ davlati 7 asr yashadi. Milodiy V asrda uning tarkibida yemirilish bo’ladi. - Qang’ davlati 7 asr yashadi. Milodiy V asrda uning tarkibida yemirilish bo’ladi.
- “Qang”-Sirdaryoning quyi va o’rta oqimining nomi bo’lsa, “ar”-kishi, “li” ma’lum bir xalqning shu daryo bo’ylarida yashab kelganligidir.
- Qang’ davlatida boshqaruv mahkamasi Oliy kengash bo’lgan.
- Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar qatnashgan.
- Mamlakatda harbiy demokratiya ustivor edi va u viloyatlarga bo’lib boshqarilgan.
- Viloyat boshliqlari “jobu” yoki “yobu” deb atalgan.
Qang’yuy ayyollarining milliy kiyimi
Toshkent vohasidagi Kanka qang’ hukmdorlarining doimiy qarorgohi bo’lsa, Aris daryosining quyi oqimida joylashgan O’tror (Tarband) esa ularning yozgi qarorgohi bo’lgan. - Toshkent vohasidagi Kanka qang’ hukmdorlarining doimiy qarorgohi bo’lsa, Aris daryosining quyi oqimida joylashgan O’tror (Tarband) esa ularning yozgi qarorgohi bo’lgan.
- Miloddan avvalgi II asr oxiri I asr boshlarida Qang’ davlati yuqori qudratga erishib Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat yurita boshlaydi.
- Qang’ davlati Xitoy-Farg’ona mojarolariga aralashadi va Xitoyliklarning Davanni bosib olish rejasini barbod qiladi.
- Qang’arlar Yorkent va Qashg’ar hududidagi harbiy harakatlarni qo’llab-quvvatlaganlar va Yorkentdagi xitoy elchisini o’ldiradilar.
Qang’yuylar Xitoy manbalarida qo’pol xalq sifatida ta’riflanadi. - Qang’yuylar Xitoy manbalarida qo’pol xalq sifatida ta’riflanadi.
- Xitoy elchilaridan biri: ular elchilarni mensimasliklari va usun elchilaridan ham pastga o’tkazishlarini yozadi.
- Milodiy I asrning 80-yillari Xitoy qo’shinlari Qang’ va Farg’ona yerlarini bosib olish maqsadida unga hujum qiladi.
- Xitoy qo’shinlariga G’arbiy o’lka noibi Ban-Chao qo’mondonlik qilar edi.
- Qattiq kurash natijasida Xitoy qo’shinlari yengiladi va o’zining savdodagi ittifoqchisi kushonlardan yordam so’raydi.
Ban Chao qang’ qo’shinlarining Qashqardan olib chiqilishini so’raydi. - Ban Chao qang’ qo’shinlarining Qashqardan olib chiqilishini so’raydi.
- Qang’arlar qo’shinini olib chiqadi. Chunki ular bu paytda kushonlar ta’siri ostida bo’lgan. Qang’ xoqoni Kushon podshosining qiziga uylangan edi.
- I asrda qang’arlar Buxoro va Xorazmni egallaydi.
- Parfiyaning kuchsizlanayotganidan foydalanib, Alan yerlarini egallaydi.
Qang’yuy davlati topilmalari
Qang’ davlati sopol buyumlari.
Qang’ davlati madaniyatidan Qovunchitepa qazilmalari xabar beradi. - Qang’ davlati madaniyatidan Qovunchitepa qazilmalari xabar beradi.
- Sopol idishlar ko’pincha qizil angob bilan bo’yalgan. Ularning ba’zilarida hayvon boshi tasvirini ko’rish mumkin.
- Qovunchi madaniyati asosan Toshkent vohasi, Sirdaryoning o’rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg’onada keng tarqalgan.
- Qang’ davlatining madaniyati va savdo-sotiq rivojlanishining asosiy omili mamlakat hududidan o’tgan buyuk ipak yo’lining shimoliy tarmog’I edi.
Qang’arlar olovni muqaddas deb hisoblagan. Ular zardushtiylik diniga sig’ingan. - Qang’arlar olovni muqaddas deb hisoblagan. Ular zardushtiylik diniga sig’ingan.
- Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, milodiy II-III asrlarda qang’arlarda musiqa san’ati yuksak rivojlangan.
- Milodiy IV-V asrlarda Buxoro (Ango), Samarqand (Kango) va Qang’li yoki Qang’liso nomli maqomlar mavjud bo’lgan.
Qang’ davlati jangchilari.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar
Arxeologik tadqiqotlar natijasi.
Davan davlati.(Ulug’ van)
Imperator U-di
Davan davlati to’g’risida batafsil ma’lumot xitoy manbalarida uchraydi. - Davan davlati to’g’risida batafsil ma’lumot xitoy manbalarida uchraydi.
- Bu davlat miloddan avvalgi II-I asrlarda qudratli davlat uyushmasi bo’lgan.
- Bu davlat ahamoniylar davrida ham, makedoniyaliklar bosqini davrida ham o’z mustaqilligini saqlab qolgan.
- Miloddan avvalgi II-I asrlarda aholisi asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Davan tarixining bu bosqichi Sho’rabashad davri deb ataladi.
- Sho’rabashad O’zgan yaqinida joylashgan bo’lib, yer maydoni 70 gektar.
Miloddan avvalgi II asrda Davanda bo’lgan Xitoy elchisi Chjan Syan bergan ma’lumotlarga qaraganda davlat kuchli siyosiy tuzum asosida boshqarilgan. Davlat boshida turgan hukmdor xitoycha Mugua, Chan Fin, Yanlyu deb tilga olinadi. - Miloddan avvalgi II asrda Davanda bo’lgan Xitoy elchisi Chjan Syan bergan ma’lumotlarga qaraganda davlat kuchli siyosiy tuzum asosida boshqarilgan. Davlat boshida turgan hukmdor xitoycha Mugua, Chan Fin, Yanlyu deb tilga olinadi.
- U davlat boshqaruvida oqsoqollar kengashiga suyangan.
- Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki voha-davlatlarning erkin ittifoqiga tayanardi.
- Davanda Aravansoy, Akbura, Sultonobod, Qo’rg’ontepa, Andijonsoy, Qorabosh, Tentaksoy, Maylisoy, Ulug’nor, Shahrixonsoy, Akman, Yilg’insoy va boshqa dehqonchilik vohalari bo’lgan.
Chjan Syanning sayohat xaritasi
Chjan Syanning Dovonga kelishi.
Chjan Syan
Chjan Syan
Samoviy otlar
Savdo-sotiq asosan mol ayirboshlash tarzida bo’lgan. - Savdo-sotiq asosan mol ayirboshlash tarzida bo’lgan.
- Hunarmandchilikning to’qimachilik va kulolchilik sohalari rivojlangan.
- Bu davlat 60 ming qo’shinga ega edi.
- Qadimgi Farg’onaliklar g’arbda qang’lilar, shimolda usunlar, sharqda uyg’urlar bilan chegaradosh bo’lgan.
- Manbalarning guvohlik berishicha milodning dastlabki yuz yilliklari davomida Davanni mahalliy aslzodalar sulolasi boshqargan. Bu sulola uzluksiz 419-yilgacha hukmronlik qilgan.
Chjan Syan sayohatidan keyin farg’onaga Xitoy elchisi Chi Lin keladi. Uning maqsadi kumush va oltin haykalchalarni samoviy otlarga almashtirish edi. - Chjan Syan sayohatidan keyin farg’onaga Xitoy elchisi Chi Lin keladi. Uning maqsadi kumush va oltin haykalchalarni samoviy otlarga almashtirish edi.
- Chi Linga oqsoqollar kengashi rad javobini beradi. Bu voqea Xitoy-Farg’ona munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi.
- Miloddan avvalgi 104-yili 6 ming otliq askar va bir qancha piyoda qo’shin Farg’ona vodiysiga hujum qiladi. Shahar dushman qo’liga o’tadi, Ammo ko’plab askarlaridan ayrilgan Xitoy qo’shinlari orqaga qaytishga majbur bo’ladi.
Shu yilda xitoyliklar o’z lashkarboshisi Sho Ye Xue boshchiligida xunlarga taslim bo’ladi. - Shu yilda xitoyliklar o’z lashkarboshisi Sho Ye Xue boshchiligida xunlarga taslim bo’ladi.
- Bundan g’azablangan U-di Farg’ona ustiga 60 ming qo’shin, 100ming ho’kiz, 30ming ot, 10 ming xachir, eshak, tuya va 50 nafar yirik lashkarboshi yordamida qo’shin yuboradi.Ikki o’rtada og’ir janglar bo’ladi. Farg’onaliklar Ershiga chekinishga majbur bo’ladi. Xitoyliklar suvni to’sib qo’yadi. Qang’ qo’shinlarining farg’onaliklarga yordamga kelishi, o’rtada sulh imzolanishiga olib keldi.
- Xitoyliklar 3000 ot evaziga shaharni qaytib topshiradi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |