12-Ma’ruza
Quduq tubiga ta’sir etish usullari va texnalogiyasi.
Ma’ruza rejasi
1 Neft beraolishligini oshirishning yangi usullarni qo’llash.
2 Neftni turli reagentlar bilan siqib chiqarish
3 Issiqlik usullari, ularning tasnifi va qo’llanish sharoitlari
1.Neft beraolishligini oshirishning yangi usullarni qo’llash.
Hozirgi kunda qatlamga suv haydashdan tubdan farq qiladigan va qatlamdan
neft olishni oshirishgа qaratilgan usullarni yangi usullar deyish odat bo’lgan. AQSH
da bu usullarning hammasini uchlamchi usullar deb ataladi. Bu usullar suv haydash
usuli etarlicha samara bermagan va qatlamda uning tuzilishi murakkabligi yoki
undagi suyuqliklarning nomaqbul xossalari tufayli ko`plab neft' qolib ketayotgan
hollarda qo`llanadi va bu usullarning qo`llanishi er bag’rida abadiy qolib ketishga
mahkum bo`lgan neftning bir qismini olishga, shuning bilan qatlamning neft'
beruvchanlik qobiliyatini bir pog’onaga ko`tarishga qaratilgandir.
90-yillarda AQSHDa olinayotgan neftning 10 % ga yaqini ya`ni, taxminan 40 mln
t.ga yaqin neft' olingan, ushbu usullar yordamida amalga oshirilganligi ma`lum. Bu
ko`rsatkich anchagina yuqoriligi ahamiyatga molikdir.
Qatlamdan olinadigan neftni oshirishga qaratilgan bu usullarni shartli ravishda
quyidagicha turkumlarga bo`lish mumkin:
1) fizik-kimyoviy usullar neftni siqib chiqarish qar xil kimyoviy reagentlar eritmalari
(polimerlar, sirtaktiv moddalar, kislotalar, ishqorlar), mitsillyar eritmalar va sh.k.;
2) issiqlik-fizika usullari - qatlamga har xil issiqlik beruvchi moddalar qaydash
(issiq suv, bug’ va sh,k.);
3) issiqlik kimyo usullari - qatlam ichida neftni yonishini ta`minlovchi usullar
(jumladan oksidlar va ishqorlar ishtrokida);
4) neft' bilan aralashishi mumkin bo`lgan eritmalar va yuqori bosim ostidagi
uglevodorodlar bilan neftni siqib chiqarish usuli.
Yuqorida keltirilgan usullar har xil o`ziga xos sharoitlarda qo`llanishi va o`sha
sharoitlarga qarab natija berishi mumkin. Undan tashqari keltirilgan usullar
aksariyat tajribaxonalarda qilingan tadqiqotlarga asoslangan bo`lib, bunda olingan
natijalar tabiiy sharoitdagidan ancha yuqori bo`lishi mumkin. Undan tashqari
ularning ma`lum sharoitlarda qo`llanish har xil ko`rinishlarda hali to`laligicha tadqiq
etilmaganligi va ba`zi reagentlarning qimmatligi tufayli bular hamma tomondan
puxta o`rganishni va hozircha ular tavsiya sifatida qabul qilinishi maqsadga
muvofiqdir.
Kimyoviy reagentlardan foydalangan holda suv haydash- bir guruh usullar
mahsuldor qatlamga kimyoviy reagentlarning 0,02-0,2 % miqdorida haydaladi.
Bunda g’ovaklik hajmining 10-30 % qadar haydalib, qolgan qismi suv bilan
so’riladi. Bunda ma`lum hajmdagi eritmali suyuqlik qatlamning bir qismdan
ikkinchi qismga so’rilib boradi, chunki uning orqasidan oddiy suv bilan siqib
boriladi. Bu usullarni mavjud quduqlar majmuasi bilan amalga oshirish mumkin.
SHunday eritmalar yordamida qatlamdagi, ancha quyuq bo`lgan neftlarga
(50-60 MPa*s ) ta`sir o`tkazish mumkin. Bunday usulni qatlamni qazib
chiqarishning dastlabki davrlarida qo`llansa oddiy suv haydash usuliga nisbatan
neft' beruvchanlikni 3-10 % ga orttirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |