Qadimgi Rimda boshqaruv
Ilgari rimliklar o‘z hukm- dorlarini saylashardi. Hukmdorlar ham harbiy
boshliq, ham sudya, ham kohin bo‘lishgan. Laqabi Mag‘rur Tarkviniy degan kishi mam- lakatga saylab qo‘yilgan hukmdorni o‘ldirib, hokimiyatni egallab oldi.
Bundan darg‘azab bo‘lgan aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Tarkviniyni shahardan haydab yu- bordi. Shahar ahli butun hokimiyat bir ki- shi qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqaruv shakliga o‘tishga qaror qiladi. Podsho hokimiyatining ag‘darilishi Rim res- publikasi asosini yaratdi.
Tayanch konspekt
Apennin yarimoroli
Italiya – «buzoqchalar o‘lkasi»
ligurlar, italiklar
mil. avv. VIII asr – 12 shahar-davlat ittifoqi
mil. avv. 753-yil – Tibr daryosi bo‘yida Rim shahriga asos solinishi
Tarkviniyning shahardan quvg‘in qilinishi
Savol va topshiriqlar
Xaritadan Italiya hududini ko‘rsating va uning geografik xususiyatlarini so‘zlab be- ring.
Italiyaning aholisi qanday atalgan?
«Italiya» so‘zi qay tariqa vujudga kelgan?
Nima uchun Ona bo‘ri Rimning timsoli hi- soblanadi?
Rim ibodatxonasi.
Tiklangan
§. Rim respublikasi
Respublikani boshqarish
Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qi- lish uchun Xalq majlisini cha-
Rimning markaziy qismi
qirganlar. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni tasdiqlar va bekor qilar, barcha muhim mansabdor shaxslarni tayin- lar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqla- gan, lotinchadan tarjima qilinganda «senat» so‘zi «oqsoqollar kengashi» degan ma’noni anglatadi. Rimning tub aholisi patritsiylar, Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning av- lodlari plebeylar deb atalgan. Rim boshqaru- vida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi. Mil. avv. VI asr oxiridan Rim davlati respublika deb yuritila boshlangan.
Lotinchadan tarjima qilinganda «respub- lika» so‘zi «xalq ishi, umumiy ish» degan ma’nolarni anglatadi («res» – ish, «publika» – xalq). Xalq majlisi patritsiylardan ikki kishini bir yil muddatga hokim qilib saylagan. Ular kon- sullar deb atalgan.
Badavlat odam turli yo‘llar bilan say- lovchilarni o‘z tarafiga og‘dirib, bepul tushlik uyushtirishgan, sovg‘a-salom tarqatishgan va shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishgan. Saylov kuni konsullikka o‘z nomzodini qo‘ygan badavlat kishilar «kandida» deb ataluvchi oq-harir libos kiyib olishgan. Ho- zirgi «kandidat», ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so‘z ham «kandida»dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdo- ni ham uning libosidek beg‘ubor va pokiza
bo‘lishi kerakligini bildirgan.
O‘zingizni sinang!
Senat mamlakatda katta hokimiyatga ega bo‘lgan. Birorta ham qonun Senatda muhoka- ma etilmasdan turib, Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmasdi. Asosiy mansabdor shaxs- lar – konsullar esa bevosita davlatni boshqa- rar edilar. Qadimda eng tajribali va hurmatli kishilar Senatda o‘rin egallagan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Se- natda o‘rin egallab oladigan va uning umrbod a’zosiga – senatorga aylanadigan mavqega erishdilar.
Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo‘zg‘oloni ro‘y berganda diktator va uning o‘rinbosari – qo‘shinlar boshlig‘i etib tayinla- nardi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan. Ammo u hokimiyatda olti oydan ko‘p tura olmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |