Diniy e’tiqodlarning vujudga kelishi
Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to‘plangan bilimlar asta-sekin inson- ning fikrlash qobiliyati va
Teshiktosh g‘ori topilmalari
tafakkurini o‘zgartirib bordi.
Odamlar o‘zlariga tushunarsiz bo‘lgan hodisalar haqida o‘ylay boshladilar: kun bi- lan tun, yil fasllari almashishi, vulqonlar otili- shi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam e’tiborini o‘ziga tortgan.
Ana shu hodisalarning sabablarini tushu- na olmagan inson momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg‘ir kabi tabiat kuchlariga sig‘ina boshladi.
Ovchilik va termachilik rivojlangan davrda inson o‘zini tabiiy muhitdan hamda o‘rab olgan hayvonot va o‘simliklar olamidan ajratmagan. U tabiatni jonli deb hisoblagan. Odamlar tabiatdagi turli hodisalar negizida g‘ayritabiiy kuchlar yashiringan deb o‘ylaganlar. Ular ana shu kuchlarga e’tiqod qilishgan.
Paleolit davri manzilgohlari
Neandertal bola (Teshiktosh)
«Qadimgi rassom»
O‘q-yoy bilan ov qilish tasviri
Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish totemizm deb ataladi.
Odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda animizm nomini olgan.
Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishi- ga ham e’tiqod qilganlar. Bu e’tiqod fetishizm nomini olgan.
So‘nggi paleolit davriga oid g‘orlar de- vorlarida topib tekshirilgan rasmlar ham qadimgi odamlarning diniy tasavvurlari to‘g‘risida hikoya qiladi. Bunday rasmlardan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransi- yadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g‘orlaridan topilgan.
Odamlar mazkur rasmlar bo‘lajak ovda ularga yordam beradi, deya ishonishgan. Rasmlar qarshisida hayvonlar harakatlariga taqlid qilib, raqsga tushishgan, ov manzarala- rini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan.
Qadimgi rasmlar qimmatli tarixiy manbalar- dir. Ular inson nimalar haqida o‘ylagani, te- varak dunyoni qay yo‘sinda tasavvur etgani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog‘dan foydalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi.
Odamning o‘zini qurshab turgan tevarak olamni tushunishga intilishi eng qadimgi tas- viriy san’at rivojlanishi uchun asos bo‘lib xiz- mat qildi.
ilk paleolit
o‘rta paleolit so‘nggi paleolit
Tayanch konspekt
avstralopitek zinjantrop
pitekantrop va sinantrop
neandertal → Teshiktosh
kromanyon
Altamir
eng qadimgi rasmlar
Lasko Kapova g‘ori
diniy e’tiqodlar → totemizm →
→ animizm → fetishizm
Savol va topshiriqlar
Eng qadimgi odamlar haqida nimalarni bila- siz?
O‘zbekiston hududidagi qaysi paleolit manzilgohini bilasiz?
Eng qadimgi odamlarning mashg‘ulotlarini sanab bering.
Diniy e’tiqod kurtaklari vujudga kelishi sa- bablarini ayting.
Ilk rasmlar qaysi davrda paydo bo‘lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |