Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda qullar soni uncha ko`p bo`lmagan Afinadan farqli o`laroq Spartada qulga aylantirilgan aholi ko`pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o`z hukmdorligini faqat birlashgan kuchli davlat tashkil etish bilan saqlab qolish iloji bo`lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o`z davlatida alohida shart-sharoitlar yaratdilar: hamma amal qilishi lozim bo`lgan qafiy intizom va aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi hamda yengilganlarga qarshi shafqatsiz terror.
Sparta urushga tayyorgarlik ko`rayotgan bir shaharga o`xshab qolgan. Ko`chalarda safda yurib kelayotgan spartaliklarni ko`rish va harbiy qo`shiqlarni eshitish mumkin edi. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagan. Ajnabiylar ham Spartaga unchalik oshiqishmagan – savdo-sotiq sust rivojlangan, san`at asarlari, chiroyli ibodatxonalar va turar joy binolari ham yo`q edi. Hamma uylar bir-biriga o`xshar, Afinadagi kabi, ajnabiylarni lol qoldirguvchi favvoralar va haykallar ham bo`lmagan. Yalpi harbiy tayyorgarlik madaniyatdagi yo`qotishlar bo`lib qaytdi. Spartada faylasuflar ham, rassomlar ham, olimlar ham qolmagandi.
Ilotlar mamlakat bo`ylab joylashgan kichik-kichik qishloq-larda yashar edilar, alohida spartaliklarmas, butun boshli davlatning mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berar, chorvani boqar va boshqa ko`plab majburiyatlarni bajarar edilar. Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug`ullanmasdi. Ular hech qachon quroldan yiroqlashmasdilar.
Ilotlardan tashqari, Spartada to`la-to`kis huquqlarga ega bo`lmagan fuqarolar – perieklar ham yashardi. Ular shaxsan ozod kishilar bo`lsada, Xalq kengashida ishtirok eta olmas,
armiyada xizmat qilolmas edilar. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagani bois savdo-sotiq bilan shug`ullangan periyeklargina ular bilan muloqotda bo`lar edi.
Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlanar edi. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Boshdan mustaqillikka o`rgatish maqsadida ularni deyarli boqishmasdi. Bolalar o`zlariga yegulikni topishga majbur etilgandilar. Bunday sharoitda bolalarning o`g`rilik qilishdan boshqa chorasi qolmasdi.
Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o`rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi.
Spartalik ayollarni ham jismoniy mashqlar bilan shug`ulla-nishga majbur qilishgan. Ayollar ham mashq qilar, sport musobaqalarida bir-birlari bilan bahslashar edi.
2. IV–V asrlarda butun Rim imperiyasini qullar va kolonlar qo`zg`olonlari qamrab oldi. Yerlarni va mo`l-ko`1 o`ljalarni qo`lga kiritish maqsadini ko`zlagan «varvarlar»ning imperiyaga hujumlari ham kuchayib bordi. Bu davr 150-yildan ko`proq davom etdi.
410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaharga yopirilib kirdilar. Gotlar haykallarni yo`q qilib, bebaho kitoblarni yondirgancha roppa-rosa uch kun Rimni taladilar. Talon-taroj qilingan Rim huvillab qoldi.
Germanlar savodsiz bo`lib, hech mahal teatrlar, kutubxonalar va hammomlarga borishmagan edi. Rim imperiyasiga kirganlaridan keyin Rim imoratlari, arxitekturasi va haykallari go`zalligi va ulug`vorligini munosib baholay olishmasdi. Bularning barini shafqatsiz yo`q qilib tashladilar. Germanlar qo`rg`onchalarini o`rab turgan devorlarni mustahkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxonalari binolaridan tosh taxtalarni ko`chirib olib ketardilar. Kitoblar, haykallar boshqa san`at asarlari ham nobud bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |