1. Miloddan avvalgi X asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga ko`chmanchi doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo`ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Miloddan avvalgi VIII asrda ular Meseniyani ham bo`ysundirdilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Boshqa yunon davlatlaridan farqli o`laroq, spartaliklar qulga aylantirgan ilotlar ham aslida yunonlar bo`lib, ular bilan bir tilda so`zlashar edi. Ilotlar qo`ldan ketgan ozodlik va yerlari uchun kurashni hech mahal to`xtatmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |